NOGIRONLIGI BO'LGAN YOSHLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH VA
INKLYUZIV TA'LIM
Kamol Olim o'g'li Kamolov
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti, Huquqiy fanlar kafedrasi tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim sohasidagi islohotlar hamda nogironligi bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim sohasidagi imtiyozlar borasida fikr va mulohazalar yuritilgan. Nogironligi bo'lgan yoshlarga ta'lim berishda inklyuziv ta'limning joriy etilishi shu bilan birgalikda ta'lim to'g'risidagi qonunning yangi tahrirda inklyuziv ta'lim va ta'lim olishda barchaning tengligi borasida o'z qarashlarimiz yoritilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, inklyuziv ta'lim, BMT, Taraqqiyot dasturi, ta'lim to'g'risidagi qonun, rivojlanish, islohot, istedod.
ПОДДЕРЖКА МОЛОДЫХ ЛЮДЕЙ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ И ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
АННОТАЦИЯ:
В данной статье представлены мнения и комментарии о реформах в сфере образования в нашей стране сегодня, а также о поддержке молодых людей с ограниченными возможностями, их образовательных привилегиях. Помимо внедрения инклюзивного образования в образование молодых людей с ограниченными возможностями, новая редакция Закона об образовании подчеркивает наши взгляды на инклюзивное образование и равенство всех в образовании.
Ключевые слова: образование, инклюзивное образование, Организация Объединенных Наций, Программа развития, закон об образовании, развитие, реформа, талант.
SUPPORT FOR YOUNG PEOPLE WITH DISABILITIES AND INCLUSIVE
EDUCATION
ANNOTATION:
In this article, there are opinions and comments about the reforms in the field of education in our country today, as well as the support of young people with disabilities, their educational privileges. In addition to the introduction of inclusive education in the
294
April 24, 2024
education of young people with disabilities, the new version of the Law on Education highlights our views on inclusive education and the equality of all in education.
Keywords: education, inclusive education, United Nations, Development Program, law on education, development, reform, talent.
Kirish. So'ngi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizimida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish barcha uchun teng imkoniyat beradigan zamonaviy ta'limni joriy qilish shu bilan birgalikda nogironligi bo'lgan yoshlarni ham qo'llab-quvvatlash ularga istedodlarini namoyish qilishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimini ham rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda inklyuziv ta'lim sohasidagi faoliyatga kasbiy tayyorlash dolzarb muammolardan biri bo'lib, inklyuziv ta'lim rivojlanishini jadallashtirish, uni amalga oshirish bo'yicha pedagogik kadrlarni tayyorlash masalasi ta'lim sohasidagi bir qancha me'yoriy hujjatlarda e'tirof etilgan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi 1992 yilda "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyani (20 noyabr 1989 yil BMT tomonidan qabul qilingan)ni ratifikatsiya qilgan[1]. Ushbu Konvensiya BMTning bolalikni muhofazalash borasidagi eng universal hujjatidir. O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish, kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish va boshqa qator ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega vazifalarni amalga oshirish kafolatlab qo'yilgan. Bundan tashqari oxirgi besh yil mobaynida ta'limni isloh qilish, fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali farovon hayot kechirish sharoitini ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi[2].
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 20-moddasida: "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etiladi"[3]. Biroq, ta'lim tizimida bo'lajak pedagoglarni inklyuziya muhitlarda faoliyat olib borishlari uchun tizimli tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj mazkur qonun kuchga kirishidan ancha oldin shakllanishni boshlagan edi.
2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so'zladi va "Yoshlar huquqlari to'g'risida"gi Xalqaro Konvensiya loyihasi ishlab chiqishni taklif qildi. "Yoshlar huquqlari bu eng avvalo birinchi navbatda, ularning tinch va sog'lom yashash hamda ta'lim olishga bo'lgan huquqlari hisoblanadi. [4]
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida, so'zlagan nutqida
April 24, 2024
295
"2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni ko'zda tutadigan "hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik" tamoyili asosida amalga oshiriladi"- deya ta'kidlaydi [5]. Bu fikr asosida rivojlanishda nuqsoni bor, imkoniyati cheklangan jamiyat a'zolarining sog'lom insonlar singari inklyuziv ta'lim muhitida kamol toptirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birgalikda "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 5-moddasi qoidalariga asosan ta'lim olishda barcha teng huquqlidir deya belgilab qo'yilgandir[3]. Yangi tahrirdagi ushbu qonunga inklyuziv(uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritilganligi bilan ham avvalgi tahriridan farqlanib turadi va bu qonunga muvofiq inklyuziv ta'lim sohasidagi vakolatli organ etib Vazirlar Mahkamasi belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta'limning inklyuziv shaklini ham birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda nogironligi bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratish, maqsadida inklyuziv ta'lim joriy etildi. Ma'lumki, inklyuziv ta'limning paydo bo'lish zamirini qadriyatlar, ijtimoiy va me'yoriy shart-sharoitlar majmuasi tashkil qilib, uning tizim sifatida shakllanishini ta'minlaydi.
Xususan 2021-yil 5 -martda "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) o'zaro anglashuv memorandumini imzolangani yuqoridagi so'zlarimizga dalil bo'la oladi.
Memorandum bolalarning, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning salomatligini ta'minlash, ularning rivojlanishi va himoyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida imzolandi. Tomonlar barcha bolalarning, xususan, nogironligi bo'lgan va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha hamkorlik qiladilar. "Zamin" fondi va UNICEF birgalikda sog'liqni saqlash, ta'lim va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, suv ta'minoti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida inklyuziv dasturlarni amalga oshiradilar. Memorandumda milliy va mahalliy darajalarda muvofiqlashtirishni talab qiladigan sohalarga alohida e'tiborni qaratgan. Bolalarning manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan anjuman, seminar, trening va kommunikatsion kampaniyalarni birgalikda o'tkazish ham nazarda tutilgan.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan va mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlardan kelib chiqib bugungi kunda inklyuziv ta'lim tizimi uchun bo'lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlash masalasi asosiy masala sifatida e'tirof etiladi. Bevosita bo'lajak pedagoglarni inklyuziv ta'lim muhitida faoliyat ko'rsatishga kasbiy tayyorlash zaruratini keltirib chiqaradi. Zamonaviy inklyuziv ta'lim muhitida bo'lajak pedagoglarning kasbiy - metodik tayyorgarligini takomillashtirishga olib keladigan shart-sharoitlar majmuasini tavsiflab chiqamiz.
April 24, 2024
296
Ta'limni modernizatsiyalash sharoitlarida asosiy yo'nalishlardan biri nogironligi bo'lgan yoshlarga maktabgacha ta'lim tashkilotidan boshlab, oliy ta'lim muassasasigacha to'liq uzluksiz ta'lim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratish hisoblanadi.
Pedagoglarning kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish ta'lim va jamiyatda ro'y berayotgan tub islohotlarga murojaat qilishni taqozo etadi. Bunday vaziyatlarda ta'limning an'anaviy konsepsiyasi insonparvarlik, demokratik mohiyatini jamiyatda tezkor rivojlanayotgan inklyuziv ta'lim bilan bog'lanadi.
Murakkablashgan jarayonda pedagog, ta'lim beruvchi nafaqat ilmiy bilimlar tashuvchisi, balki hayotiy tajribaga, ta'limda o'z qarashlariga ega murabbiy sanaladi.
Mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini rivojlanitirish borasida olib borilgan ishlarning natijasi o'laroq aytishimiz mumkinki jamiyatimizda Yangi O'zbekistonda barcha fuqarolar tengligi va nogironligi bo'lgan yoshlarni ham har tomonlama qo'llab -quvvatlanayotgani demokratik tamoyillarga asoslangan, inson manfaatlari har narsadan ustun jamiyatda yashayotganimizga dalildir.
Mamlakatimizda nogironligi bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga ta'lim olishlariga imkoniyatlarni yaratib berilayotgani yoshlarni quvontiradi. Davlat rahbari nogironligi bo'lgan shaxslarni mehnat qilishiga intilishini qo'llab-quvvatlash yuzasidan bergan topshiriqlari va rahbarlik lavozimlariga nogironligi bo'lgan yoshlarni jalb qilinishi bu insonlarda qiziqish va intilishni yanada ortishiga buning zamirida esa ta'lim olishga ishtiyoqning kuchayishi va yangi olim, ixtirochilarni paydo bo'lishiga zamin yaratadi.
REFERENCES:
1. "Bola huquqlari to'g'risida" Konvensiya (29.07.1994y.) / / https://lex.uz/docs/2595913//
2. "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni (2008 y. 7 yanvar) // https://lex.uz/acts/1297315//
3. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonuni. - Toshkent, 2020.09.23. // www.lex.uz //
4. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi https://president.uz/
5. Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi. https://president.uz/
297
April 24, 2024