Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
"NAVBAHOR" BENTONITINING MODIFIKATSIYALANGAN NAMUNASINI O'YUCH EMMda QIZDIRISH HARORATIGA QARAB TEKSTURA XUSUSIYATLARINING
O'ZGARISHI
I
Kirish. «Zol-gel» texnologiyasi asosida nanakatalizator olishda: zolning yetilishi va gel hosil bo'lishi, superkritik sharoitda quritish yoki gelni erituvchilar bilan yuvish, gelning aerogelga aylanishi sodir bo'ladi. Uning navbatdagi quritilishi bilan kserogel hosil qilinadi. Bunda, nano zarrachalarni cho'ktirish va zoldan kukun olish, shundan so'ng o'zak moddaga yuttirish bilan, kserogelning yupqa qavatini toblash (yuzaki kuydirish) bilan kserogelning yupqa qatlami sorbentning (tutuvchi modda) dagi yupqa qatlami hosil qilinadi[1,2].
Yuqorida keltirilganlardan, ko'riniyaptiki «Zol-gel» texnologiyasida asosiy jarayonlardan biri, bu materialga termik ishlov berish (quritish va kuydirish) hisoblanadi. Xozirgi vaqtda, ushbu jarayonlar odatiy issiqlik massaalmashinish bilan olib boriladiki, bunday
J.M. Kurbanov,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Tex.fan. doktori, professor, j am shedkurbanov@mail .ru
S.S.Sabirov,
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali, fiz.-mat.fan.nom, dotsent, [email protected]
J.J.Kurbonov,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, mustaqil tadqiqotchi, j kurbanov@mail .ru
usulda hosil bo'layotgan materialda g'ovaklik sifati yuqori bo'lmaydi [3] g'ovaklik esa, katalizator sorbentlarning asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun, tutuvchi modda bentonitdan nanokatalizator olish texnologiyasida quritish va kuydirish jarayonlarining tadqiqoti va uni O'YUCH EMM da olib borish o'ta ahamiyatlidir.
Shuningdek, [4,5] ba'zi loy materiallari (kaolin, bentonit) tabiiy holatida juda faol, ammo ularning aksariyatini g'ovaklik tuzilishini oshirish va tartibga solish, sirtining kimyoviy tabiatini o'zgartirish uchun kimyoviy yoki termal ravishda faollashtirish kerak. Tabiiy materiallarni o'zgartirish, ya'ni modifikatsiyalashning turli usullari noorganik va organik moddalarning keng doirasi uchun o'ziga xos
332
Annotatsiya: Ushbu maqolada, "Navbahor" bentonitining modifikatsiyalangan namunasining O'YUCH (o'ta yuqori chastotali) EMM (elektromagnit maydon)da qizdirish haroratiga qarab tekstura xususiyatlarining o'zgarishi tadqiqoti natijalari keltirilgan. Modifikatsiyalangan bentonit sintezida: dastlab Mn(CH3 COO)2*4H2O eritmasini 20 -30 oC da bentonitga shimdirish , so'ng quritish - kuydirish va keyin (NH4 ) 2Mn O4 va NaCH3COO*H2O shimdirib, quritib - kuydirish jarayoni olib borildi. So'ng, "Navbahor" bentonitning modifikatsiyalangan namunasining O'YUCH EMMda qizdirish haroratiga qarab tekstura xususiyatlarining o'zgarishi aniqlash uchun, kuydirish pechida uch bosqichda qizdirildi.
Kalit so'zlar: Bentonit, nanokatalizator, modifikatsiyalash, faollashtirish, tekistura, O'YUCH EMM, sorbent, rezonator kamerasi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
sorbsiya xususiyatlariga ega sorbentlarni ishlab chiqarishga olib keladi [6].
Bentonitni faollashtirish va
modifikatsiyalashning eng oddiy sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan, bu yerda materialni isitishning faol rolini yaqqol ko'rish mumkin.
Modifikatsiya
1-rasm. Bentonitni faollashtirish va modifikatsiyalash
Issiqlik bilan ishlov berish orqali turli xil materiallarni modifikatsiyalash oddiy va samarali usul bo'lib, qo'shimcha reaktivlar va maxsus-murakkab apparatni talab qilmaydi. Xozirgi vaqtda, tabiiy minerallar orasida syeolit - bentonitga alohida e'tibor berilayapti, chunki , bu uning keng tarqalishi va texnologik qo'llanilishining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan bog'liq [7]. Tabiiy syeolitlarni 700 oCga qadar mikroto'lqinli isitishning o'ziga xos sirt maydonini oshiradi va ularning sorbsiya xususiyatlarini yaxshilaydi [8]. Shulardan kelib chiqqan holda, "Navbahor" bentoniti namunasining O'YUCH EMM da modifikatsiyalash va uning qizdirish haroratiga qarab tekstura xususiyatlarining o'zgarishi tadqiqoti dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot qurilmalari va metodikasi. "Navbahor" bentonitining mikroto'lqinli O'YUCH EMMda quritish va kuydirish jarayonlarining tadqiqoti, 2-rasmda keltirilgan eksperimental tajriba apparaturasida bajarildi.
2-rasm. Tajriba apparaturasi
1-kalorifer; 2-suvli idish; 3-termopara;
4-o'zi yozuvchi qurilma KSP-4; 5-temperatura datchiki; 6-O'YUCH quritish kamerasi; 7-kamerani boshqarish paneli; 8-laboratoriya transformatori; 9-rezanator kamerasi; 10- vyentilyator; 11-kalorifer; 12-panjara; 13-taglik; 14- elektron tarozi VLK-500; 15-namuna.
Mikroto'lqinli O'YUCH EMM rezonatorida quritish uchun tajriba qurilmasi «Elektronika» (Rossiya) mikroto'lqinli pechi asosida yig'ilgan. Mikroto'lqinli pech bitta blok bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi: boshqaruv paneli, quritish to'g'rilangan matn kamerasi, havo yo'li va quritilishi kerak bo'lgan mahsulot massasini o'lchash tizimi va mikroto'lqinli energiya generatori. Mikroto'lqinli pechning ish chastotasi 2450 MHz va 2,8 kW quvvatga ega magnetron mikroto'lqinli energiya generatoridan iborat. Qurilma quritish kamerasining o'lchamlari 400x350x250 mm bo'lgan to'rtburchak larrezonator hisoblanadi.
Quritish kamerasi ichining ustki qismida aylanadigan moslama - disektor mavjud bo'lib, u kamerada mikroto'lqinli maydonning bir xil taqsimlanishini ta'minlaydi. Ishchi kamerasida kiradigan quvvatni boshqarib, o'zgartirib turish uchun mikroto'lqinli generatorning anod o'tkazgichi laboratoriya avtotransformatori (LATR) orqali ulanib, magnetron quvvatini 0,2-2,8kW o'zgartirish mumkin. Quritish kerak bo'lgan material massasini to'g'ridan-to'g'ri isitish jarayonida o'lchash uchun quritish kamerasining pastki qismiga o'rnatilgan VLK-500 tipidagi elektron tarozi yordamida 0,01 o'lchov
333
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific Электронный научный журнал "Потомки Аль-
journal of Fergana branch of TATU named after Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252
Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
aniqligi bilan amalga oshiriladi. Tarozi pallasi va kameradagi taglikni ebonitli - dielektrik o'qi orqali bajargan. Quritish materiali tekistolitdan yasalgan panjara ramkasida amalga oshiriladi.
Quritish kamerasidagi havo yon tomonidan to'g'ridan-to'g'ri materialga beriladi. Havoni isitish elektr bilan isitiladigan kaloriferda amalga oshiriladi. Havo tezligi kallorifer ypiqchi yordamida 0,2-0,6 m/s oralig'ida va 20-300 °C oralig'idagi harorat -avtotransformator tomonidan bajariladi. Havoning kirish va chiqishi quritish kamerasiga metall to'r orqali amalga oshiriladi. Havo harorati harorat pirometri bilan o'lchanadi - termojuft (diametri 0,2 mm bo'lgan chromel-kopel termoparasi) KSP-4M harorat yozuvchisi va to'ldirilgan Dyar suv idishidan o'tkaziladi.
Mikroto'lqinli UYUCHli pechda isitish paytida bentonit va kameraning harorati to'g'ridan-to'g'ri J.M. Qurbonov tomonidan ixtiro qilingan, aluminobromosilikat shishasidan ampula va kapillyar shaklida tayyorlangan va 90% aralashma bilan to'ldirilgan maxsus harorat o'lchagichi bilan o'lchanadi. Chunki dioksidning dielektrik o'tkazuvchanligi kichik qiymatga ega. O'lchangan nuqtada elektromagnit maydonning buzilishini kamaytirish uchun kapillyarda havo ustuni mavjud [9].
"Navbahor" konining bentonitini birlamchi qayta ishlashdan keyin isitish uchun 200 g massasi kameradagi taglikka joylashtiriladi. Keyin, harorat o'lchgichi o'rnatiladi va pech yoqiladi, bu yerda havo parametri doimiy ravishda saqlanadi: v = 0,1-0,3 m/s; T = 25-30 °C va mikroto'lqinli UYUCH EMM energiyasida qizdiriladi. Mikroto'lqinli energiyani ma'lum quvvat bilan ta'minlash material ichidagi belgilangan haroratga 2-4 soniya davomida erishilgunga qadar va shu bilan har 2-1 daqiqada ossilyasiya rejimida amalga oshiriladi. Shunday qilib, material namligi 3-4% ga yetguncha qizdiriladi. Tajriba mikroto'qinli UYUCH EMM energiyaning turli quvvatlarida o'tkazildi: 0,14; 0,25; 0,45 kW.
Quritish kamerasida quritilgan namunalarning govvaklik tuzilishi aniqlanib boriladi. Kuydirish jarayonini izlanishini ham, keltirilgan tadqiqot qurilmasida bajariladi, lekin jarayon yuqori haroratda
bo'lgani uchun, isitish kamerasining issiqqa chidamliligini oshirish maqsadida kamera ichki devorlari alyuminiyli folga va ogneuporli loydan shu o'lchamlarda tayyorlangan (0,5 sm qalinligida) plastinkalar bilan o'raladi. Uning tarozi tagligi ulovchi sterjeni shu materialdan bajariladi.
Tadqiqot olib borish metodikasi yuqorida quritish jarayoni tadqiqoti kabi olib boriladi. Bunda ko'rilgan bentonitli namunalar kuydiriladi.
«Navbahor" bentoniti loyi namunasining teksturasining asosi sifatida: g'ovaklik tuzilishini tadqiq qilish Micromeritics firmasining ASAP-2010 qurilmasida, azotning haroratli adsorbsiyasi usuli orqali o'tkazildi. Dastlab namuna 350 oC haroratda 0,4 Pa gacha vakuumlandi. N2 adsorbsiyasi 77K da o'tkaziladi yoki katalizatorlar g'ovakli tuzilishi va solishtirma sirt yuzasini aniqlash Bruner, Emmet, Teller (BET) va Vaxuska Voboril usulida avtomatik gazoadsorbsion analizatorda o'tkazilsa, solishtirma sirt yuza 77 K da azotning adsorbsiya izotermasi bo'yicha hisoblanadi. Katalizatorlarning g'ovaklari hajmi va o'lchami BJH (Barett-Joyner-Halend) modeli bo'yicha R/R0=0,99 nisbiy bosimda mos ravishda desorbsiya va adsorbsiya izotermalari bo'yicha ma'lumotlaridan aniqlandi[10].
Asosiy qism(Natija). «Navbahor" bentonit loyi namunalarning tekstur tavsiflari xozirgi vaqtda amaliyotda qullanilayotgan tradision va biz taklif qilayotgan -UYUCH quritishda, hosil bo'ladigan tekstur tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.
Navbahor bentonit loyi namunalarning
tekstur tavsiflari (Ro yuch=0,52 kVt, T= 80-82 0C, т = 55-60
min.)
Namuna S vet m2/g Vmp sm3/g V дцр sm3/g EVpw sm3/g Csr um
Tra d UYU CH Trad O'YU CH Trad O'YU CH Trad O'YU CH Trad O'YU CH
MM 96 104 0.010 0,016 0.160 0.137 0,170 0,176 7,00 4.08
A1.3-RMM 10 8 116 0,029 0,034 0,137 0,124 0,166 0,171 8,42 6,13
Abo-RMM 12 5 131 0,035 0,039 0,138 0,131 0,173 0,178 8,04 6,21
Ushbu tadqiqotdan ko'rinib turibdiki, «Navbahor» modifikatsiyalangan bentonit loyini birlamchi an'anaviy quritishdan (harorat 120 - 150 °C) va konvektiv-UYUCH usulida past haroratda (80-82
334
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific Электронный научный журнал "Потомки Аль-
journal of Fergana branch of TATU named after Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252
Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
°C) quritishdan ko'rinib turibdiki, namunalarning an'anaviy usulida ularning o'ziga xos yuzasi va g'ovaklarining hajmi kamayadi. Bentonit loyini 100 °C dan yuqori haroratda issiqlik bilan ishlov berish, qatlamlararo suvni chiqarish bilan birga qatlamlarning qaytarilmas bir-biriga yaqinlashishiga va tekstura parametrlarining yomonlashuviga olib keladi. Konvektiv-UYUCH nisbatan past temperaturada ularning boshlang'ich "karkasi" asosan mikrog'ovaklarning issiqlik ta'siridan hosil bo'lishi hisobiga, g'ovaklar kichiklashadi, soni va ularning sirt yuzasi oshadi va o'rtacha o'lchami 4-6 nm bo'lib, tekstura tavsifi taxminan 20-25% ga yaxshilanadi. Buning sababi, UYUCH energiya dastlab sirtdan emas (an'anaviy usuldagidek), balki butun hajm bo'yicha qizdirilishida sodir bo'ladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, nanokatalizator olish texnologiyasida "Navbahor" bentonit to'qimalariga isitish usuli va haroratining ta'sirini o'rganish maqsadida, biz ushbu jarayonlarni qizdirishda mikroto'lqinli UYUCHli turli quvvatlarda 0.45 - 2.6 kWda o'tkazganimizda: shpinelni 85 °C, metakaolini 450-500 °C da va metakaolini 700 °C qizdirib shpinel olish mumkinligini ko'rsatdik. Shuningdek, jarayonlarning davomiylik vaqti an'anaviy qizdirishdan ancha (25 - 35%) qisqardi.
Tabiiy bentonitlarning tarkibi va modifikatsiya sharoitlaridan qat'i nazar, barcha namunalarning o'rtacha mezog'ovak diametri doimiy bo'lib qoladi va 4,0-4,1 nm oralig'ida o'zgarib turadi. Shuni ta'kidlash kerakki, tabletkalash natijasida mezog'ovaklar hajmi birmuncha kamayishi mumkin.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, biz modifikatsiyalangan bentonit sintezida: dastlab Mn(CH3 COO)2 4H2Ü eritmasini 20-30 °C da bentonitga shimdirish, so'ngra quritish - kuydirish va keyin (NH4) 2Mn O4 va NaCHsCOO* H2O shimdirib, quritib - kuydirish jarayonini o'tkazdik. So'ngra, "Navbahor" bentonitining modifikatsiyalangan namunasining UYUCH EMMda qizdirish haroratiga qarab tekstura xususiyatlarining o'zgarishini aniqlash uchun, kuydirish pechida uch bosqichda qizdirdik, olingan natijalar 1-jadvalda keltirildi.
2-jadval.
"Navbahor" bentonitning
modifikatsiyalangan namunasining O'YUCH EMMda qizdirish haroratiga qarab tekstura xususiyatlarining o'zgarishi
T 0C Ruyuch Sud Vs W0 , Ye0,
kVt ,m2/g ,sm2/g sm2/g kDj/mo 1
150 0,45 128 0,082 0,064 l 15,63
250 0,45 173 0,098 0,089 16,58
350 1,8 183 0,100 0,094 16,79
400 1,8 187 0,116 0,095 16,49
450 2,0 168 0,110 0,086 16,28
500 2,0 144 0,096 0,076 17,18
550 2,6 108 0,075 0,058 15,60
600 2,6 101 0,070 0,052 15,94
1-jadvaldan kurish mumkinki, kuydirish pechida bentonitning harorati 150 - 600 0C ga uzgartirilib borildi, bunda UYUCHli generator quvvati: 0.45, 1.8, 2,0 va 2,6 kVt ga uzgartirilib borildi, chunki dastlab namuna quritildi, sung 350 - 600 0C qizdirilib yuzaki kuydirildi.
Modifikatsiyalangan "Navbahor" bentonitini (1-jadval) misolidan foydalanib, namunalarning isitish harorati 400 dan 600 °C gacha, ularning o'ziga xos sirt maydoni va g'ovakliligi asosan mikrog'ovakning termal yopishishi tufayli tahminan 30% ga kamayishini ko'rish mumkin. Dastlabki bentonit loyini 100 °C dan yuqori haroratlarda issiqlik bilan ishlov berish bilan, qatlamlarning qaytarilmas yopishishiga va qatlamlararo suvni olib tashlash bilan tekstura parametrlarining yomonlashishiga olib keladi. Biroq, jadvaldan ko'rinib turibdiki (1 - jadval), isitish harorati 150-600 °C oralig'ida dastlabki bentonit loyi namunalarining g'ovakli tuzilishi parametrlarida sezilarli o'zgarishlar bo'lmagan.
335
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
Qizdirish temperaturasi, 3-rasm. Bentonitning solishtirma sirt-yuzasiga qizdirish haroratining ta'siri
Bentonitning solishtirma sirt-yuzasiga qizdirish haroratining ta'siri rasm-5 da keltirilganidek egri chizikli bo'lib, boshlang'ich holatiga nisbatan modifikatsiyalanganining kritik nuqtaga ega: 340 °C da 186 m2/g bo'ladi va shundan so'ng bu ko'rsatkich kamayishi kuzatiladi. Bu davrda qizdirish natijasida quritish, so'ngra kuydirish jarayonlari bajariladi. Shuningdek, bu jarayonlar bentonitning struktura va mexanik xususiyatlarini o'zgartiradi va natijada mikrog'ovaklar hosil bo'ladi. Bentonitni isitish haroratining mikrog'ovaklar hajmiga ta'siri rasm-6 da aks ettirilgan, modifikatsiyalangan bentonitni 150 °C da, agar mikrog'ovaklar hajmi 0,06 sm3/g bo'lsa, quritish va kuydirish bilan 0,1 sm3/g ga oshib borib, so'ng kamayadi. Boshlang'ich bentonitda bu jarayonlar modifikatsiyalanganiga nisbatan o'zgartirilishi ancha kam hisoblanadi. Ushbu tadqiqot natijalarining tahlili, shuni ko'rsatdiki, bentonitni quritish va kuydirish hajmiy isitishda, an'anaviy usulga nisbatan intensiv va past haroratda yuz beradi.
4-rasm. Bentonitni isitish haroratining
mikrog'ovvaklar hajmiga ta'siri
Xulosa. «Zol -gel» texnologiyasi asosida tutuvchi modda "Navbahor" bentonitidan nanokatalizator olishda konvektiv-UYUCH EMM energiyasi yordamida kuritish va kuydirish jarayoni past temperaturada olib borilsada, jarayon jadallashadi va katalizatorlarning g'ovaklik sifatini oshirishga erishiladi. UYUCH nisbatan past temperaturada butun xajm buyicha kizdirilishi sababli, ularning boshlangich "karkasi" hosil bo'lishi hisobiga, g'ovaklar kichiklashadi, soni va ularning solishtirma sirt yuzasi oshadi va o'rtacha o'lchami 4-6 nm bo'lib, tekstur tavsifi tahminan 20-25% ga yaxshilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Дедов А.Г., Локев А.С.,Тальпуховская Н.О.,Пархоменко К.В.Моисеев Н.И.Новые катализаторы окислительной конденсации метана мезопорыстые аморфные силикаты редкоземельных элементов // Доклады академии наук. - 2008.-Т.422. -.498-500.
2. Гусев А. И. Наноматериалы, наноструктуры, нанотехнологии. — М.: Физматлит, 2007. — 416 с.
3. Bobomurodova, S.Y., Fayzullaev, N.I., Usmanova, K.A. Catalytic aromatization of oil satellite gases//International Journal of Advanced Science and Technology, 2020, 29(5), стр. 3031-3039.
4. Fayzullaev, N.I., Bobomurodova, S.Y., Avalboev, G.A. Catalytic change of C1-C4-alkanes//International Journal of Control and Automation, 2020, 13(2), стр. 827-835.
5. Mamadoliev, I.I., Fayzullaev, N.I., Khalikov, K.M. Synthesis of high silicon of zeolites and their sorption properties//International Journal of Control and Automation, 2020, 13(2), стр. 703-709.
6. Mamadoliev, I.I., Fayzullaev, N.I.Optimization of the activation conditions of high silicon zeolite//International Journal of Advanced Science and Technology, 2020, 29(3), стр . 6807-6813.
336
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год
7. Fayzullayev N.I., Mamadoliyev I.I. Yuqori kremniyli seolitning faollanish sharoitini maqbullashtirish// SamDU, Ilmiy axborotnomasi. 2019-yil, 3-son (115), 8-12-betlar.
8. Brinker C. J., Scherer G.W. Sol-Gel Science: The Physics and Chemistry of Sol-Gel Processing. — Academic Press, 1990. — 908 P.
9. Курбанов Ж.М. Научные основы интенсификации процессов гигротермической обработки продуктов питания - автореф. докт. диссерт. М. МТИПП. 1992 г. -47 с.
10. Fayziyev J.S., Qurbonov J.M. Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik-kimyoviy uslublari. O'quv qo'llanma. - Toshkent, «Ilm-Ziyo», - 2009 y. - 240 b.
337