MUSIQIY ASARLARDAGI KATARSISNING MOHIYATI
Fozilxon Mo'ydinov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy
filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqiy katarsis, uning sohadagi talqini, katarsisning turlari, tub mohiyati, asosiy vazifasi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: katarsis, depressiya, neokatarsis, klassik katarsis, lad, sato.
THE ESSENCE OF CATHARSIS IN MUSICAL WORKS
Fazilkhan Muydinov fozilkhonmuydinov93 @gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about musical catharsis, its interpretation in the field, types of catharsis, its essence and main function.
Keywords: catharsis, depression, neo-catharsis, classical catharsis, musical modes, sato.
Ko'pgina tushunchalar singari, katarsis tushunchasi hali ham juda noaniq konturlarga ega. Qadimgi (Aristotel) katarsisning ma'nosini ochishga, shuningdek, uning keyingi taqdirini (bizning hozirgi kungacha) tushunishga urinishlar davomiyligicha qolmoqda. Shu bilan birga, katarsisning mohiyatidagi hodisalar zamonaviy musiqa san'ati uchun dolzarbligicha qolmoqda. Mazkur tushuncha turli sohalarda allaqachon o'z ma'no mazmunini kasb etib ulgurgan.
Katarsis tushunchasini Aristotel "ruhiy poklanish, manaviy tozalanish" sifatida fanga namoyon qildi. Bugungi kunga kelib katarsis turlicha shakllarga aylanib, ba'zi adabiyotshunoslar tomonidan tushunchaning yangicha talqini neokatarsis hamda klassik katarsis turlari ishlatilmoqda.
An 'anaviy katarsisning o'zgarishi sifatida neo-katarsis yakuniy xotirjamlik va hayot bilan yarashishni emas, balki uyg'unlik va ravshanlikka erishish uchun o'tib bo'lmaydigan turtki keltiradi. Bu hayajonli, bezovta qiluvchi, paradoksal xarakterga ega katarsis o'quvchilarning ajralmas faol ishtirokini va hatto "birgalikda yaratishni" talab qiladi. Klassik katarsis deganda biz umidsizlikni engib o'tishni tushunamiz, bu esa alohida shaxslar obrazlariga, shuningdek, ayrim o'ziga xosliklarga, "hayotning chigallikdan chiqish yo'llari"ga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Rasmiy
I fcclT^^^^HI 399 http://oac.dsmi-qf.uz
darajada an'anaviy katarsis kompozitsiyaning ma'lum qismlarida, odatda finalda lokalizatsiya qilinadi.1
Musiqaning inson psixologiyasiga ta'siri ko'plab sinov va tajribalar orqali isbotlangan teorema. Yetti pog'onali tabiiy ladlar major va minorga quvnoq hamda g'amgin nisbatini berishimizning asosi huddi shunday tajibalarning natijasi emasmi? Aslida bunday (quvnoq,g'amgin) tushunchalar kayfiyatni ifodalovchi terminlardir. Musiqa sadolarining inson organizmiga ta'siri haqida Gippokrat ham gapirib o'tgan. Maxsus kuylar yordamida qadim zamonlarda tabiblar tutqanoq va bosh og'rig'ini davolashgan. Aytishlaricha, kor qilgan ekan. Umuman, hozir ham odamlarga musiqa yetarlicha ta'sir o'tkazadi. Muhimi — to'g'ri tanlov qilishda.
Germaniyalik olimlar izlanishlaridan ma'lum bo'ldiki, turli musiqa asboblaridan taraladigan kuylar inson organizmiga turlicha ta'sir etarkan. Masalan:
• arfa yurak faoliyatini yaxshilaydi;
• baraban qon aylanishini yaxshilaydi;
• saksofon ishtiyoqni kuchaytiradi;
• skripka kayfiyatni ko'taradi;
• organ osteoxondrozdagi og'riq hissini kamaytiradi;
• fortepiano moddalar almashinuvini yaxshilaydi.2
Keltirilgan dalillar inson tanasiga musiqaning ta'siri xususida bo'lib, psixologiyasiga ta'siri haqida ham to'xtalish joiz.
Hayotda bazan shunday voqea hodisalar bo'ladiki, inson bevosita uning ta'sir kuchi o'laroq depressiya, stress, tushkunlik holatlariga tushib qoladi. Odamlar depressiya bosqichida bo'lganlarida ko'pincha g'amginroq musiqa tinglashadi va bu musiqa katarsis vazifasini bajaradi. Bu bizga boshqa hech kimga yoki o'zimizga zarar etkazmasdan, o'zimizni bosgan salbiy his-tuyg'ularimizdan ruhimizni ozod qilishimizga imkon beradi. Usulni qo'llash natijasida quyidagilar erishiladi.
1. psixikadagi qulay o'zgarishlar:
2. xavotirlanish hissi zaiflashadi yoki ketadi;
3. salbiy his-tuyg'ular o'z ayblovlarini yo'qotadi;
4. odam ichki dunyosi orqali eng yaxshi narsani tushuna boshlaydi:
Shu o'rinda bir misol keltirmoqchimiz. You tube ijtimoiy tarmog'i orqali Turg'un Alimatov ijrosidagi Cho'li iroq kuyiga yozilgan fikrlar e'tiborimizni tortdi.
M.Mamazulinov foydalanuvchi: "Men 68 yoshdaman,kasbim vrach terapevt. Novosibirsk (Rossiya)da ishlayman.Turgun Alimatovni satoda ijro etgan bu musiqasi abadiydir. Rahmatli otam va onamni eslayman.Turg'un otani alloh rahmatiga olsin, qalb to 'lib ketganda bir eshitib qo 'yamiz"
1 Катарсическое начало в русской прозе конца XIX - XX веков: на материале произведений А.П. Чехова и Г. Газданова тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 10.01.08, кандидат филологических наук Переяслова, Мария Олеговна
2 www.xabar.uz
I 400 http://oac.dsmi-qf.uz
G.Hasanov foydalanuvchi: "Душераздирающие крики матери вот-вот улетят как венок из цветов "
Bunday fikrlardan juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Musiqiy katarsisning asl mohiyati ushbu fikrlarda namoyon bo'ladi.Chunki sog'inch,ayriliq kabi holatlarda bu kabi milliy ohanglarimizning yordami fikrlardagi isbotdir. Muhriddin Xoliqov ijrosidagi: "Bu dunyo arzimas fido bo 'lishga, Bandasan urinma hudo bo 'lishga."
misralari bilan boshlanuvchi qo'shiqqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turlicha baho berishgan. Ba'zilari dunyoning arzimas narsa ekanligini,uning boyliklari hech kimga nasib qilmasligini yozishsa, ba'zilari moddiy yetishmovchiliklar tufayli tushkunlikka tushmaslikni, boylik ne-ne shohlar, zodagon boylardan qolishini yozishgan. Fikrlardan tushunish mumkinki, kompozitsiya moddiyat nuqtai nazaridan tushkunlik kayfiyatidagilar uchun musiqiy katarsis vazifasini bajara oladi.
Janr va tur jihatidan turlicha bo'lgan ikkita asar orqali biz musiqiy katarsis nima ekanligini tushunishga harakat qildik. Insonning eshitayotgan,eshitishni xohlagan musiqasi orqali ruhiy holatiga qisman bo'lsa ham baho berish mumkin.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, musiqiy katarsisning tub mohiyati ruhiy tushkunlik, salbiy holatlarda musiqadan unumli foydalanishga qaratilgan.
Musiqiy katarsis - bu salbiy hissiyotlarni, xotiralarni, ayniqsa achinish va qo'rquvni - musiqaning ijobiy psixologik holatni tiklashga olib keladigan har qanday turlari(qo'shiq,kuy) janrlari (estrada,klassika) orqali tozalashdir. To'g'ri tanlov bunda asosiy va muhim o'rin tutadi. Yuqoridagi kabi milliy musiqamizdan foydalanilsa maqsadga muvofiq nazarimizda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Катарсис как социально-эстетический феномен: социально-философский аспект (тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 09.00.11, кандидат философских наук Бугарчева, Евгения Алексеевна)
2. uz.wikipedia.org
3. Катарсическое начало в русской прозе конца XIX - XX веков: на материале произведений А.П. Чехова и Г. Газданова (кандидат филологических наук Переяслова, Мария Олеговна)
4. www.xabar.uz
401
http://oac.dsmi-qf.uz