Scientific Journal Impact Factor
О
MUSIQA TINGLASH ORQALI O'QUVCHI SHAXSI INTELLEKTINI
RIVOJLANTIRISH
Sabirdjanova Dilnozaxon Zafar qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti "Musiqa ta'limi va san'at" yo'nalishi 1-kurs magistranti
Mazkur maqolada musiqa madaniyati, san 'atning insonga psixologik va fizik jihatdan naqadar ahamiyatli zarur ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek, musiqa madaniyati darslari orqali o'quvchilarning intellekt darajasini yuqorilashtirish, takomillashtirish bo 'yicha fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, san'at, intellekt, musiqa tinglash, psixologika va pedagogika, Harakatlar strategiyasi.
This article highlights the importance of music culture and the psychological and physical needs of human beings. There are also suggestions on how to improve the intellectual level of students through music culture classes.
Keywords: music culture, art, intellect, listening to music, psychology and pedagogy, Action strategy.
В этой статье подчеркивается важность музыкальной культуры и психологических и физических потребностей людей. Есть также предложения о том, как повысить интеллектуальный уровень учащихся через занятия по музыкальной культуре.
Ключевые слова: музыкальная культура, искусство, интеллект, прослушивание музыки, психология и педагогика, стратегия действия.
Hammaga ayonki, musiqa qadim - qadim davrlardan bor bo'lib, rivoj topib kelgan. Musiqadan insonlar turli xil vaziyatlarda foydalanishgan. Shu bilan birga musiqa inson tafakkurini o'stirishi, uni rivojlantirishi haqida ham ko'pgina olimlarimiz o'z asarlarida aytib o'tishgan. Albatta, bu bizning qanday musiqa tinglashimizga ham bog'liq. Hozigi kunlarda san'at va sport sohalariga e'tibor yanada kuchayganini guvohi bo'lmoqdamiz. Albatta, bundan maqsad yosh avlodni sog'lom, badiiy estetik didga ega, o'z xalqiga vafodor, komil inson etib ulg'aytirishdir. Demak, musiqa ham tarbiyaning yetakchi turlaridan biridir.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Musiqa ta'limi sohasida prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning "Harakatlar strategiyasi" 1 dagi beshta muhim tashabbusning birinchi yo'nalishi musiqa san'ati va sport bo'lib, bu yosh avlodni ijodkorlikka, ruhan barkamolikka, ona diyorimizga mehrli bo'lib, uni asrab avaylashga yo'naltirilgan.
Bilimning poydevori maktabdan va maktabgacha bo'lgan ta'lim muassasalaridan boshlanadi. Farzandlarimiz bu maskanlarda bilim olishadi, ma'naviy barkamol bo'lib kamol topishadi va tarbiya olishadi. Shunday ekan, biz ularning bilim olish jarayonlariga befarqlik bilan qaramasdan ulani doimiy ravishda nazorat qilib borishiz darkor. Zero, bu o'rganilayotkan bilimlar farzandimizning kelajagini ham belgilab beradi. Musiqa fani ham o'quvchilarni bilim olishlariga va tafakkur qilishlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa darslari haftasiga bir marotaba bo'lib o'tadi. Ana shu musiqa darslarining o'zida bolalar bir necha faoliyat turlari bilan shug'ullanishadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Musiqa, avvalo, bolalarda badiiy estetik didni, etikani tarbiyalaydi. Musiqa darslarida musiqa savodi, xor bo'lib kuylash, musiqa tinglash, ijodkorlik kabi faoliyatlar birin ketin uzviy bog'liqlikda olib boriladi. Shularni ichida "musiqa tinglash" faoliyati, ayniqsa, o'quvchini fikr qilishga chorlaydi. Bu faoliyatda musiqa o'qituvchisi o'tilayotgan mavzuga asoslanib o'quvchilar tinglashlari uchun kerakli musiqa asarini musiqa cholg'usida ijro etib beradi yoki darsda foydalanilayotgan texnik vosita orqali o'quvchiga qo'yib eshittiradi. Masalan, o'rta sinflarda o'zbek mumtoz musiqasi mavzusidan o'quvchilarga ashula, maqomlarni eshittirb uni birgalikda tahlil qilishadi. Aynan shu jarayon o'quvchi shaxsi intellektini rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Ya'ni o'quvchilar musiqani idrok qilishga o'rganishadi. Bizning ashula va maqomlarimiz she'rlari asosan g'azallardan olingan. G'azallarda esa juda katta tafakkur qilishga undaydigan va ma'no jihatdan chuqur yozilgan Buyuk zotga muhabbat tasvirlangan. Yoki chet el kompozitorlari ijodi mavzusida Iogann Sebastyan Baxni yozgan polifoniya va fugalari ham juda katta ijobiy psixik ta'sirga egaligini ko'ramiz. Uning ko'p ovozlik asari, diqqatni jamlashga va har bir ovoz o'z mazmuniga egaligi, u ovozlar birlashib butun bir murakkab asarni tasvirlashga xizmat qilganini kuzatamiz. Musiqa tinglash faoliyatida o'quvchilar berilgan musiqiy asar haqida, dastlab, musiqaning kayfiyatini, musiqiy tovushlarni past balandligini, ritmini, tembrini idrok qilishni o'rganishadi. Song
1 O'zbekiston Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" farmoni.
Scientific Journal Impact Factor
asarning mazmuni umumiy xulosada o'qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi. Aynan shu jarayonlar o'quvchi shaxsi intellektini rivojlantirishda ko'mak beradi.
Musiqa terapevtlar ham hatto musiqa eshittirish orqali bemorlarni davolaganlari haqidagi ko'p tadqiqotlar ham buni isbotidir. Biz har qanday musiqa tinglar ekanmiz uning xarakteri yuz ifodamizda ko'rinib turadi. Masalan, quvnoq, tez ritmga ega bo'lgan musiqalar tinglaganimizda, bevosita, biz xursandchilik va ko'tarinki kayfiyatni his qilamiz. Aksincha, og'ir vazmin, mungli musiqalar tinglasak yanada o'yga tolib qolishimiz yuzimizda o'z aksini topadi. Psixolog terapevtlar ham yoqimli musiqa tinglaganda insonning ichki organlari sinxronlashishi haqida ham aytib o'tganlar. Demak, to'g'ri tanlangan musiqa inson tana a'zolariga ham foydalidir. Bundan tashqari, sportni sevuvchilar va sport bilan shug'ullanuvchilar deyarli har kuni musiqa tinglashni yoqtirishadi. Shu orqali ular o'zlari uchun motivatsiya olib sport bilan shug'ullanish jarayonlari samalari o'tganini his qilishadi.
Psixologlar ham sport bilan shug'ullanayotganda musiqa tinglash ish samaradorligini 20% oshirihi haqida aytib o'tishgan.
Eng rivojlandan davlatlar qatoridagi Yaponiyada, boshlang'ich va umumta'lim tizimida ona tili darslari aynan musiqa fani bilan hamohanglikda olib boriladi. Bunga sabab esa bilim oluvchi o'quvchilarning aynan musiqa orqali bu fanni o'rganishlari yanada oson kechishidir. Bu "Sudzuki" tizimi deb ataladi va u Yaponiyada juda mashhur. Chunki, musiqa boshqa fanlarni idrok qilishga ham katta hissa qo'shadi. Bu metodni yaponiyalik pedagog va skripkachi Siniti Sudzuki yaratgan. Tadqiqot amalda sinalib sinovdan muvaffaqiyatli o'tganligi sababli ana shu ta'lim tizimiga kiritilgan va ta'limga tadbiq etgan olim ismiga qo'yilgan.
Musiqa darslarining eng asosiy jihatlaridan biri ham tinglangan musiqani idrok qilishga, uni mazmuniga e'tibor qaratib tahlil qilishni o'rgatishga yo'naltirilgan. Bu jarayonlar amalga oshishi uchun musiqaning barcha faoliyatlari ya'ni musiqa savodi, kuylash va unga harakatlar bilan jo'r bo'lish kabi faoliyatlar asosida yaraladi. Musiqa tinglash musiqa o'qituvchisidan o'z kasbiga mahorat va puxta bilim egasi bo'lishni talab etadi. Chunki, ta'lim beruvchi, o'quvchilarning sinf darajalariga qarab "musiqa tinglash" uchun asarni to'g'ri tanlashi muhimdir. Masalan, biz boshlang'ich sinf o'quvchilariga musiqa tinglashni o'rgatayotganizmizda murakkab bo'lgan kop ovozli asarlar yoki o'zbek mumtoz musiqasi bo'lmish maqomlari qo'yib uni tahilini so'ray olmaymiz. Bu asarlarni tahlil qilishga kichik yoshdagi o'quvchilarimizning musiqiy idroki sustlik qiladi. Yoki, aksincha, 7-sinf o'quvchilari uchun murakkab bo'lmagan bolalar qo'shiqlarini tinglatib uni tahlil qilish juda oson. Shuning uchun
Scientific Journal Impact Factor
О
o'quvchilarning yosh xususiyati va egallagan bilim darajalariga qarab musiqa tinglatsak, ulani aqliy salohiyatlarini o'stirishga yana bir turtki bergan bo'lamiz.
Musiqa asarni takror va yana takror tinglash uni o'quvchi xotirasida saqlab qolinishiga va u asar haqidagi bilimlari mustahkamlanishiga imkon yaratadi. O'quvchilar uni tahlil qilish jarayonida o'z taassurotlarini so'zlab berishga o'rganishadi. Faoliyat boshida tinglanadigan asar haqida o'qituvchi tomondan bir qancha ma'lumotlar berib o'tilishi kerak. Masalan, asarning nomi, u qachon kim tomonidan bastalangan yoki ijro etilgani va u qanday mazmunda ekanligi tushuntiriladi. Ana shu faoliyatda o'quvchilar o'qituvchi mahoratiga ham baho bera oladilar. Agar asar o'qituvchi tomonidan qaysidir cholg'u asbobida asosan fortepianoda ijro etib berilsa asar yanada osonroq idrok qilinib uning o'quvchilar ongiga ta'sirchangligi yanada oshadi. Bunda jonli ijroning ta'siri yuqori darajada bo'ladi.
Murakkab janrdagi asarlar ya'ni orkestrlar ijrosidagi asar yoki boshqa ansambllarda ijro etilagan asarlar yoki katta ashula va operalarni tinglatishga musiqa o'qituvchisi tomonidan texnik vostilar ham oldindan tayyorlab qoyilishi kerak. Bu vositalar orqali o'quvchilar asarni idrok etishlari oson kechib, asar haqida tasavvurlari ijobiy fikrlashga olib keladi. Shunday ekan barcha fanlar singari musiqa faning ham boshlang'ich maqsadi o'quvchi shaxsini aqliy va ahloqiy, badiiy va estetik, ma'naviy va ma'rifiy kamolotini shakllantirish bo'lsa keyingi vazifasi shu asosida ularda musiqa san'atiga qiziqish uyg'otib, turli janrdagi asarlarni idrok etish, tahlil qilib unga baho berish, boshqa asarlardan farqlay olish va ijrochilik malakalrini egallashda nazariy va amaliy bilimlar berish hisoblanadi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. "Isonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir" T.: 2021.
2. Solomonova T. O'zbek musiqasi tarixi - T.: 1985.
3. Sharipova G. "Musiqa o'qitish metodikasi" T.: TDPU 2000.
4. Qodirov R. "Musiqa psixologiyasi" T.: 2005.
5. Karimova D.A. "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.: 2015.
6. Петрушин В.И. "Музыкальная психология" M.: 2008.
7. Ismailov Tohir. "MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA RUS KOMPOZITORLARI IJODI ORQALI O'QUVCHILARNING ESTETIK DIDINI
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
RIVOJLANTIRISH" SCIENCE AND EDUCATION IN VOLUME #2 ISSUE #4, APRIL 2021;
Internet saytlari:
1. https://export.scholastic.com/en
2. https://www.northshore.org/healthy-you/9-health-benefits-of-music/
3. https://www.healthline.com/health/benefits-of-music#physical-benefits