Научная статья на тему 'MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O’RNI'

MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
532
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
maqom / san’at / ustoz-shogird / musiqiy me’ros / lad / tuzulma / xalq ijodi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, Oybek Karimov

Ushbu maqolada o‘zbek san’atining nomoddiy me’rosi xisoblanmish maqom janrining vijudga kelishi va rivojlanish bosqichlari borasida so‘z boradi. Hozirgi kunda milliy maqom san’atimizni tiklash va yanada rivojlantirish borasida davlat siyosati darajasida olib borilayotgan tub islohatlarning?ohiyati borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O’RNI»

MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI

Madina Nasretdinova Ismoil Rustamov Oybek Karimov

Farg'ona davlat Farg'ona davlat Farg'ona davlat

universiteti universiteti universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek san'atining nomoddiy me'rosi xisoblanmish maqom janrining vijudga kelishi va rivojlanish bosqichlari borasida so'z boradi. Hozirgi kunda milliy maqom san'atimizni tiklash va yanada rivojlantirish borasida davlat siyosati darajasida olib borilayotgan tub islohatlarning?ohiyati borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, san'at, ustoz-shogird, musiqiy me'ros, lad, tuzulma, xalq

ijodi.

KIRISH

Musiqa san'ati asrlar davomida rivojlanib, turli xil janrlar asosida takomillashib, sayqallanib kelmoqda. Qadimdan avloddan-avlodga og'zaki hamda yozma ko'rinishda xozirgi kungacha yetib kelgan nomidiy madaniy me'roslar bugungi musiqa san'atini shakllanishiga asos bo'lmoqda. Har bir xalq o'zinig qadimiy musiqiy me'rosiga egadir. Shuningdek o'zbek musiqa san'atida ham ajdodlarimizdan ustoz-shogird an'analari asosida rivojllanib bizgacha yetib kelgan o'zbek xalqining ulkan madaniy me'rosi bo'lmish "Shashmaqom", "Xorazm maqomlari", "Farg'ona va Toshkent maqom yo'llari" so'zimiz tasdiqidir.

Maqom iborasi arab tilidan olingan bo'lib — o'rin, joy, makon kabi ma'nolarni anglatadi. Maqom so'zi musulmon Sharq musiqasida asosiy tushunchalardan biridir. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg'uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma'nosida ishlatilgan. Keyinchalik, Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bog'liq boshqa ma'nolarni ham anglata boshladi:

• lad tuzilmasi, lad tizimi;

• shakl, janr;

• muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar;

• bir qismli yoki turkumli cholg'u va ashula yo'llari;

• musiqiy uslub va boshqalar [1].

NATIJALAR

Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqiy-estetik qarashlari barkamol bo'lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan. Shuni aytish kerakki, IX-X-asrlarda yashab o'tgan vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning musiqashunoslikqagi buyuk xizmatlari o'laroq Sharq musiqa ilmiga asos

solindi va kasbiy-musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi. Ana shu omillar ta'sirida O'rta asrda, Sharqning yirik shaharlarida o'n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. O'n ikki maqom tizimi tasnifi dastlab Safiuddin Urmaviyning musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan. O'n ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy maqom turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular o'zbek va tojiklarda maqom deyilsa, turkman va uyg'urlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi [2].

XVII asrga kelib o'n ikki maqom tizimi inqirozga uchradi, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. 18-asrning o'rtalarida O'rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy faoliyatida Shashmaqom shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Shashmaqom "Buzruk", "Rost", "Navo", "Dugoh", "Segoh" va "Iroq" maqomlaridan tashkil topgan bo'lib, jami 250 dan ortiq har hil shakldagi kuy va ashulalardan iboratdir. Shashmaqom asosan og'zaki tarzida avloddan-avlodga ustoz-shogird an'anasida o'tib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlarida mahsus musiqa maqtablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va mumtoz musiqalarini o'zlashtirishga e'tibor qaratildi. Otag'iyos Abdug'aniyev, Ota Jalol, Abdusoat Vahobov, Shorahm Shoumarov kabi sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar. 20-asrning 1950-yillaridan O'zbekistonda maqomshunoslikka katta e'tibor qaratila boshladi. Yunus Rajabiy tomonidan sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olingan - 5 jildan iborat "O'zbek xalq musiqasi" 1959-yilda va 6 jilddan iborat "Shashmaqom" (1966-75) nomli to'plamlari nashr etildi. Shuningdek ko'plab xonanda, sozanda va musiqashunoslar maqom asoslarini yoritib bergan to'plamlar, risolalar yaratishib o'zbek maqom sa'nati rivojiga o'z hissalarini qo'shishgan.

MUHOKAMA

Hozirgi kunda o'zbek xalqining madaniy boyligi xisoblangan maqomlarimizni o'z holicha kelgusi avlodga yetkazib berishimiz asosiy madadimizdan biri xisoblanadi. Ammo o'sib kelayotgan yosh avlod, milliy an'anaviy ashulalar va maqomlarni deyarli eshitmaydi. Bugungi kunda yengil-yelpi qo'shiqlar va musiqalarni eshitish, kuylash yoshlar o'rasida avj olgani sir emas. Bu esa judayam achinarli xolat. Ajdodlarimizdan me'ros qolgan maqom va Shashmaqomlarni nafaqat ijro etish balkim tinglash ham bir muncha mushkulroqdir. Ilmiy jihatdan biliamizki, musiqa inson ruhiyatiga, estetik tarbiyasiga, kayfiyatiga o'z ta'sirini o'tkazadi. a ahamiyatlidir. Milliy mumtoz musiqalari, maqomlar insonga xotirjamlik beribgina qolmay, og'ir bosiq, sabr-toqatli bo'lishga o'rgatadi. Maqom musiqasi yoshlarni milliy ruhda shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Yoshlar kelajak poydevori hisoblanadi. Ularni milliy o'zligini anglashga, yuksak insoniy tuyg'ular ruhuda tarbiyalash, estetik didi va tafakkurini

shakllantitshda maqom musiqasining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti.

XULOSA

Yuqoridagi muammo va kamchilikarni bartaraf etishda yurtimizda an'anaviy ijrochilik hamda maqom san'atini rivojlantirish va yangi bosqichda ravnaq toptirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi P-3391-son qaroriga binoan maqom sanatini rivojlantirishda ko'plab chora tadbirlar o'tkazilmoqda. Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, O'zbekiston davlat konservatoriyasida shu yo'nalishda maxsus kafedra faoliyat ko'rsatayotgani, milliy maqom maktablari, Yunus Rajabiy nomidagi maqom institut tashkil etilgani va sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini qayd etish lozim [3]. O'zbek milliy maqom san'atini keng targ'ib qilishda tuzilgan rejalar, yaratilayotgan imkoniyatlar o'z natijasini beridi deb o'yalaymiz.

Taklif sifatida shuni aytmoqchimizki, bugungi yosh avlod bilan ham nafas bo'lgan holda, hozigi kunda ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil an'anaviy xonandalik va maqom san'atini yoritadigan tanlovlar, chelenjlar, master klasslar tashkillash, yoshlar o'rtasida milliy nomoddiy me'rosimizni targ'ib qilishga yordam beradi deb o'ylaymiz.

REFERENCES

1. Durdona, M. (2021, May). ABOUT DUTOR AND HIS PERFORMANCE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 29-31).

2. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1(1), 196-199.

3. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

4. Nurmamatovich, D. S. (2022). The Role of Modern Technologies in the Learning Process. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(8), 6-9.

5. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

6. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 50-52.

7. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

8. ZAYNIDDINOVNA, N. I. Uzbek National Dance Art and Its Historical Stages. JournalNX, 6(12), 191-194.

9. Najmetdinova, M., & Odinahon, S. (2021, October). HISTORY OF TRADITIONAL PERFORMING ARTS. In Archive of Conferences (pp. 89-91).

10. Axadjonovich, Q. A., & Mamasodiqovna, N. M. (2021, May). MARGILAN LARGE ASHULA SCHOOL. In E-Conference Globe (pp. 292-298).

11. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

12. Rahmonov Ulugbek. (2021). AN ANALYSIS OF WORDS WHOSE EMOTIONAL MEANING CHANGES IN MODERN ENGLISH LINGUISTICS. Euro-Asia Conferences, 7(1), 131-136. Retrieved from http://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/40

13. Рахмонов У., Эргашев А., Атабаева С. и Дилфузахон С. Ю. (2021, декабрь). РОЛЬ ДУХОВНОЙ СРЕДЫ В ПРОНИКНОВЕНИИ ПОП-МУЗЫКИ В УЗБЕКИСТАН. В Архиве конференций (стр. 51-53).

14. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

15. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role and Importance of Music Clubs in The Leisure of Young People. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 47-49.

16. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

17. Nomozova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING VOCABULARY IN STAGES. Архив Научных Публикаций JSPI.

18. Rahmonov, U., Ergashev, A., Atabaeva, S., & Dilfuzakhon, S. Y. (2021, December). THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. In Archive of Conferences (pp. 51-53).

19. AKHROROVA, R. U. (2021). THE LINGUISTIC IMAGE OF THE WORLD AND THE GENDER ASPECT OF THE CONCEPT OF" AGE" IN FRENCH AND UZBEK. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 585-589.

20. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

21. Маннопов, С., & Сулейманова, Д. К. (2019). Музыкальное наследие узбекского народа. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 82-84.

22. Mannopov, S. (2004). O'zbek xalq musiqa madaniyati. Toshkent., "Yangi asr avlodi " nashriyoti.

23. Karimova, M., Achildiyeva, M., Ikromova, F., & Xaydarova, O. (2021). USE FROM PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS.

24. Egamberdiyeva, T. U. A., & Qurbonov, J. A. (2020). DIAGNOSTICS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL CULTURE AMONG STUDENTS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 512-519.

25. Abdumalikovna, Y. D. (2021). The Role and Importance of Culture and Art in The Development of Society. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 1-3.

26. Yuldashev, F. (2021). The Study Of Socio-Psychological Problem Of Loneliness. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 72(12), 2580-2590.

27. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2846-2850.

28. Laylo, T. (2022). FUNCTIONS OF MUSICAL CULTURE IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL WORLD VIEW. World Bulletin of Social Sciences, 6, 72-77.

29. Турсунова, Л. Э. (2019). Признание о международном фольклорном фестивале «Великий шелковый путь», проведённом в городе Маргилан Ферганской области. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 109-112.

30. Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So 'ngi o 'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.