UO'K: 622.013.364 - 10.70769/3030-3214.SRT.2.4.2024.46
MURAKKAB TUZILMALI KALIY QATLAMLARINI FIZIK VA MEXANIK XUSUSIYATLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA BUZILISH REJIMLARI
Xujakulov Amirjon Murodovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti, Qarshi, O 'zbekiston E-mail:
xuiaqulovamirion@gmail. com
Olimov Farusxon Muzaffar o'g'li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti, Qarshi,
O 'zbekiston E-mail: farusxon@mail. ru ORCID ID: 0009-0003-3787-3657
Nomdorov Rustam Uralovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti, Qarshi, O 'zbekiston E-mail: [email protected]. ru ORCID ID: 0009-0000-6987-8995
Haqberdiyev Dilshod Qodir o'g'li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti assistenti, Qarshi, O'zbekiston
Annotatsiya. Tepaqo'ton tog'-kon majmuasidan qazib olingan foydali qazilmaningfizik, maxanik, kon-texnik va kon-texnologik xossalari aniqlangan. Shu bilan bir qatorda lahimlarning xizmat muddatini va turg 'unligini oshirish bo 'yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Kon lahimlarida kuzatilayotgan buzilishlarni kelib chiqish sabablari aniqlangan. Qazib olingan silvinit qatlamlaridagi buzilishlar strukturasi qazilgan qatlamning gipsometriyasiga, asosiy jinslarning qazish o'lchamiga, qatlam qalinligiga, qatlamning yotish chuqurligiga bog'liq bo 'lib, bu parametrlarni aniqlash natijalari asosida buzilish rejimlarini aniqlash imkonini beradi.
Kon lahimlarining chegarasidagi buzilishlarga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardan iboratdir: tog' jinslarining gravitatsion xususiyatlari, lahim shifti va ostidagi tog' jinslarining gidravlik, fizik, mexanik, kon-texnik, kon-texnologik xossalari va kristall panjaraga kiruvchi zarrachalar orasidagi bog 'liqlik kuchi hamda kimyoviy tarkibi. Kalit so'zlar: tog' jinsi, lahimlar buzilishi, lahim konturining buzilish rejimlari, lahimlarning xizmat muddati, lahimlarning turg'unligi.
РЕЖИМЫ РАЗРУШЕНИЯ СЛОЖНОСТРУКТУРНЫХ КАЛИЙНЫХ ПЛАСТОВ С УЧЕТОМ ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ
Хужакулов Амиржон Муродович
Доцент Кaршинскoгo инженерно-экономи ческого UHcmumyma, Kaрши, Узбекистaн
Олимов Фарухон Муззафар угли
Доцент Kaршинского инженерно-экономического институто, Kaрши, Узбекистaн
Номдоров Рустам Уралович
Доцент Kaршинскoгo инженерно-экономического институтa, Ka^рши, Узбекистaн
Хакбердиев Дилшод Кадир угли
Ассистент Kaршинскoгo инженерно-экономического институтa, Kaрши, Узбекистaн
Аннотация. Определены физикo-меxaнические, горнотехнические и горнотехнологические свoйствa минерaлa, добытого но Тюбегaтaнскoм гoрнoдoбывaющем комплексе. При этом рaзрaбoтaны oбoснoвaнные предложения
по увеличению срока службы и устойчивости выработков.
Определены причины разрушений на горных выработок. Структура разломов в добываемых сильвинитовых слоях зависит от гипсометрии добываемого слоя, размеров выемки основных пород, мощности слоя и глубины залегания, что позволяет на основании результаты определения этих параметров. К факторам, влияющим на деформацию границы выработков шахты, относятся: гравитационные свойства горных пород, гидравлические свода выработка и подстилающих пород, физические, механические, горнотехнические, горнотехнологические свойства, прочность связи частиц, входящих в кристаллическую решетку и химический состав.
Ключевые слова: порода, разрушение выработков, виды разрушения контура выработка, срок службы выработков, устойчивость выработков.
MODES OF FAILURE OF COMPLEX-STRUCTURED POTASSIUM SEAMS
CONSIDERING PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES
Khujakulov Amirjon Murodovich
Associate Professor of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan
Olimov Farukhon Muzaffarovich
Associate Professor of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan
Nomdorov Rustam Uralovich
Associate Professor of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan
Hakberdiev Dilshod Qodirovich
Assistant of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan
Abstract. The physical-mechanical, mining-technical, and mining-technological properties of the mineral extracted at the Tyubegatan Mining Complex have been determined. At the same time, reasonable proposals have been developed to increase the service life and stability of the workings.
The causes of destruction in the mines have been identified. The structure of the fractures in the extracted sylvinite layers depends on the gypsum of the extracted layer, the size of the main rocks, the thickness of the layer and the depth of occurrence, which allows for the determination of these parameters based on the results obtained. Factors influencing the deformation of mine workings are: the gravitational properties of rocks, the hydraulic coefficients of the workings and the underlying rocks, physical, mechanical, mining, and mining-technological properties, the bond strength of the particles included in the crystal lattice, and their chemical composition. Keywords: rock, workpiece destruction, workpiece contour destruction types, workpiece service life, workpiece stability.
Kirish. Hozirgi kunda kaliyli qatlam-larni qazib olish jarayonida kon lahim-larining shifti va yon tomonlaridan har xil o'lchamlardagi tog' jinslarining buzilib tushishlari kuzatilmoqda. Qazib olingan silvinit qatlamlaridagi buzilishlar strukturasi qazilgan qatlamning gipsometriyasiga, aso-
siy jinslarning qazish o'lchamiga, qatlam qalinligiga, qatlamning yotish chuqurligiga bog'liq bo'lib, bu parametrlarni aniqlash natijalari asosida buzilish rejimlarini aniq-lash imkonini beradi.
Kon lahimlarining shifti va yon tomoni chegaralaridagi buzilishlarga ta'sir qiluvchi
omillar quyidagilardan iborat:
- tog' jinslarining gravitatsion xususi-yatlari (solishtirma va hajmiy og'irligi);
- lahim shifti va ostidagi tog' jinslarining gidravlik (namligi, suv yutuvchanligi, filtratsiya mavjudligi);
- fizik;
- mexanik;
- kon-texnik;
- kon-texnologik xossalari;
- kristall panjaraga kiruvchi zarrachalar orasidagi bog'liqlik kuchi (ionli, kovalentli, metalli, vodorodli, molekulyar);
- kimyoviy tarkibi.
Qazishning asosiy kon-texnik sharoitlariga quyidagilar kiradi:
1) sanoat qatlamlarining tuzilishi, tarkibi va qalinligi;
2) sanoat qatlamlarini alohida yoki birgalikda qazib olish imkoniyatini hisobga olgan holda, oraliq qatlamning tuzilishi, tarkibi va qalinligi;
3) suvdan himoya qiluvchi qatlamning (BZT) tuzilishi va qalinligi;
4) qazish chuqurligi;
5) tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari.
Bundan tashqari quyidagilar kiradi: mineral tanasining morfologiyasi; rudalar va asosiy tog' jinslarining gaz tarkibi; tuz ichidagi sho'r suvlarning mavjudligi; shakl-lanishning bevosita shipining barqarorligi.
Silvinit rudasi va atrof tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari.
Tepaqo'ton konidagi bir nechta tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari labora-toriya sharoitida aniqlangan (1-jadval).
Qazib olish tizimi parametrlarini hisoblash uchun sanoat qatlami va atrof tog' jinslarining mexanik tavsifi quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Tepaqo'ton konidagi bir nechta tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari [5;
Tajriba guruhi Jins nomi, yoshi O'lchovlar soni Zichligi, p, gr/sm3 Siqilishga chidamlilik kuchi, asj, kg/sm2
1 Qumtosh, K1krb2 3 2,50 1266
2 Argillit, J3krb1 5 2,46 281
3 Tosh tuzi, J3gr2 3 2,06 255
4 Tosh tuzi, J3gr2 81 2,15 -
5 Silvinit, J3gr2 79 2,05 -
6 Angidrit, J3gr1 3 2,81 737
2-jadval
Tog' jinslarining siqilishga chidamlilik
Pachka, qatlam, qatlamlar Namuna №2 Tog' jinsi Tajribaviy siqilishga chidamlilik kuchi, asj, MPa Qo'llanilg an bosim kuchi, asj, MPa
12 1034 Tosh tuzi - yirik bo'lakli 24,83 24,83
Quyi III 1035 Silvinit rang-barang, yirik-gigant donali 22,60 22,60
1036 Tosh tuzi yirik donli, gilli 22,68
И 1037 Tosh tuzi o'rta donli, 26,88
& 1038 Tosh tuzi - yirik bo'lakli, kuchli gilli 15,88 22,73
1039 Tosh tuzi yirik donli, shpatli 23,62
1040 Silvinit qo'shilgan gil-ingidrit qatlami 28,38
Quyi II, qatlam а 1040 Tosh tuzining yupqa qatlamlari bilan qotgan silvinit 22,67 23,20
1041 Tosh tuzi oraliq qatlamlari bilan qotgan silvinit 22,82
Quyi II, qatlam а-б 1042 Tosh tuzi gigant donali, shaffof, shpat 22,02 22,02
Quyi II, qatlam б 1043 Silvinit o'rta - qo'pol donali, massivli 23,55 23,55
Adabiyotlar tahlili va metodlar.
Tepaqo'ton kaliy tuzlari koni H2A qatlamini qazib olishda nobudgarchilik va sifatsiz-lanishni kamaytirish uchun lahim shifti va ostining nisbiy ko'tarilishini geomexanik asoslash uchun dastlab qatlamlarning kon-texnologik xossalarini aniqlash talab etiladi. Qatlamlar strukturasi 1-rasmda kel-
www.srt-iournal.uz
tirilgan.
Tushuntirish belgilari
» * + 4 f Loyli toshtuz qatlami I* 4 * + Toshtuz qatlami [ j Silvinit qatlami
А Л Л Л
[ал
А Л
а^ Angidrit qatlami
Silvinitli toshtuz qatlami
1-rasm. Foydali qazilma qatlamidan o 'tuvchi lahimning dastlabki loyihaviy joylashuvi.
Ushbu sxemaga binoan qatlamlarning kon-texnologik xossalari quyidagicha.
Angidrid qatlamining bir o'qli siqi-lishga chidamlilik chegarasi Gsj=45 MPa, toshtuz qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Gsj=35 MPa, loyli toshtuz qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Gsj=10 MPa, silvinit qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Osj=25 MPa, silvinitli toshtuz qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Gsj=30 MPa ga teng.
Hozirgi kundagi lahim shiftidagi silvi-nit qatlamining qolgan qismi loyli toshtuz qatlamining yuqori qatlamdan ajralishi nati-jasida deformatsiyaga uchrab lahim ostiga qulab tushmoqda. Bu esa o'z navbatida kon ishlarining bir meyorda ketishiga to'sqinlik qilib balans zahiraning bir qismi qazil-masdan yer ostida qolib ketmoqda.
Natijalar. Gilli toshtuz qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Gsj=10 MPa ga teng ekanligi ushbu qatlamning qolgan qatlamlarga nisbatan noturg'un ekan-ligini ifodalaydi. Ushbu qatlamning lahim shiftida joylashganligi, asosiy qazib oli-nadigan silvinit qatlami bilan toshtuz qat-lami orasida joylashganligi, qolaversa lahim shift qismini loyli toshtuz qatlami chega-
rasigacha joylashganligi asosiy deformat-siyalarga sabab bo'layotgan omil ekanligini ifodalaydi. Ushbu gilli toshtuz qatlamini qazib olish, toshtuz qatlamining bir o'qli siqilishga chidamlilik chegarasi Gsj=35 MPa ga teng ekanligi lahim shiftini dastlabki holatga nisbatan nisbiy ko'tarilishi natijasida lahim shift qismi yanada mustahkam-lanishidan dalolat beradi (2-rasm).
Tushuntirish belgilari
I» * + * t- Loyli toshtuz qatlami
+ * + Toshtuz qatlami RSpJïi Silvinit qatlami
E
AAA
A A A A
^ Angidrit qatlami I Silvinitli toshtuz qatlami
2-rasm. 600-800 m chuqurlikda 15o qiyalik
burchakdagi H2A qatlamda lahimning dastlabki holatga nisbatan 0,45 m vertikal ko 'tarilgan holatda joylashuvi.
Muhokama. Ushbu sxemadan ko'rinib turibdiki lahim shiftidagi zaif gilli toshtuz qanlamining 70% i asosiy silvinit qatlami bilan birgalikda qazib olinmoqda. Buning natijasida lahim shiftidan qulab tushishi muqarrar bo'lgan lahim shiftida qolib ketayotgan silvinit qatlamini ham qamrab olmoqda. Loyli toshtuz qatlamini 70% ini qazib olish natijasida lahim shiftidagi deformatsiyalarni 60% ga kamaytirishga erishish mumkin.
Xulosa. Kon lahimlarini qatlam qiyalik burchagiga nisbatan optimal joylashtirish orqali lahim shiftidagi deformatsiyaga sabab bo'layotgan gilli qatlamni ham qazib olish natijasida lahim turg'unligi ortishiga eri-shiladi. Lahim shiftidan qulab tusha-yotgan bo'laklarni deformatsiyasiga aynan gilli qatlam sabab bo'lmoqda. Qolaversa yuqori qatlamni mustahkamligi yuqori bo'lganligi
sababli lahim shiftining turg'unligi yanada ortmoqda. Qazib olinayotgan rudaning sifat
ko'rsatkichi ham dastlabki holatga nisbatan yaxshilanmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Misliboev I.T., Umarov F.Y. Yer osti kon ishlari texnologiyasi // Darslik. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 3-19 b.
2. Агошков М.И. и др. Новая технология и системи подземной разработки рудних месторождений: К 60-летию со дня рождения чл.-кор. АН СССР М.И. Агошкова. - М.: Наука, 1965. - 235 с.
3. Raximov V.R., Ubaydullayev N.U., Shaxta va rudniklarni loyihalash asoslari. -O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2009. - 69-75,96-97-b.
4. Anvarbek Ismailov, Mansurjon Israilov, Zuhriddin Latipov, Farusxon Olimov. Determination of the optimal location of workings to reduce losses and difference of panels №7 and №7 of H2A formation at the mining complex of JSC "dekhkanobad potash plant" III international scientific and technical conference "actual issues of power supply systems" (ICAIPSS2023), 7-8 September 2023, Tashkent, Uzbekistan. Volume 3152, Issue 1. 17 June 2024.