Научная статья на тему 'MULOQOT JARAYONIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING O’RNI'

MULOQOT JARAYONIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3760
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paralingvistika / ekstralingvistika / lisoniy birlik / kommunikatsiya / fonatsion paralingivistik vosita. / paralinguistics / extralinguistics / linguistic unit / communication / phonation paralinguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Baxtiyarovna Muratova

Nutq sharoiti tinglovchi va so’zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi–bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir. Nutqda o’zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo’ladigan paralingvistik vositalar alohida o’rin egallaydi. Muloqot jarayonida paralingvistik vositalar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo’shimcha vositalar sanaladi va ular aloqa aralashuvda ma’lum axborotni uzatish, mazmunan to’ldirish, aniqlik kiritish kabi vazifalarni bajaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PARALINGUISTIC MEANS IN THE COMMUNICATION PROCESS

The conditions of speech, the level of the listener and the speaker, their behavior in the process of speech, as well as the purpose of speech all these are tools other than extralinguistic linguistic units. A special place in speech is given to paralinguistic devices that accompany linguistic units in the process of interaction. In the process of communication, paralinguistic means are additional means involved in communication, and they perform the functions of conveying certain information in the communication intervention, filling in the content, adding clarity.

Текст научной работы на тему «MULOQOT JARAYONIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING O’RNI»

MULOQOT JARAYONIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING O'RNI

Nafisa Baxtiyarovna Muratova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi Murotovanafisa2@gmail .com

Nutq sharoiti tinglovchi va so'zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi-bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir. Nutqda o'zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo'ladigan paralingvistik vositalar alohida o'rin egallaydi. Muloqot jarayonida paralingvistik vositalar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo'shimcha vositalar sanaladi va ular aloqa aralashuvda ma'lum axborotni uzatish, mazmunan to'ldirish, aniqlik kiritish kabi vazifalarni bajaradi.

Kalit so'zlar: paralingvistika, ekstralingvistika, lisoniy birlik, kommunikatsiya, fonatsion paralingivistik vosita.

THE ROLE OF PARALINGUISTIC MEANS IN THE COMMUNICATION

PROCESS

The conditions of speech, the level of the listener and the speaker, their behavior in the process of speech, as well as the purpose of speech - all these are tools other than extralinguistic linguistic units. A special place in speech is given to paralinguistic devices that accompany linguistic units in the process of interaction. In the process of communication, paralinguistic means are additional means involved in communication, and they perform the functions of conveying certain information in the communication intervention, filling in the content, adding clarity.

Keywords: paralinguistics, extralinguistics, linguistic unit, communication, phonation paralinguistics.

XXI asrning boshlariga kelib mamlakatlararo va millatlararo munosabatlarning kuchayishi natijasida insonlararo aloqa axborot almashinuvi tobora avj olmoqda. Axborot almashinuvida, ya'ni muloqot jarayonida so'zlovchi va tinglovchining ishtiroki shart. Bir ishtirokchining muloqot harakati albatta ma'lum munosabatni ifodalaydi, tinglovchi o'z munosabatini bildiradi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

-Yolg'on so'z bul! Yolg'on!-Mansur mesh go'dakning boshiday yum-yumaloq, yumshoq mushti bilan xontaxtani gurs etib urdi.

-Dir-dir titragan qo'llarini dasturxondagi guldor ro'molchaga cho'zganicha -buning hammasi uyushtirilg'on, tashkil qiling'on! Esa... Shu savxozga o'ttiz yil boshliq bo'lib kimga yomonlik qildi kamina? (Odil Yoqubov - adolat manzili. Toshkent, "Sharq", 2005. 38-bet)

ASOSIY QISM

Nutq sharoiti tinglovchi va so'zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi-bularning barchasi ekstralingvistik lisoniy birliklardan tashqari vositalardir. Nutqda o'zaro muloqot jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo'ladigan paralingvistik vositalar alohida o'rin egallaydi. -Ho, ho! -Sharanovskiy keng mehmonxonada u yoqdan- bu yoqqa yugurib, havoda charxpalak qilgan qog'oz pullarni chapdastlik qilib tutar ekan, o'ta mamnun ravishda xitob qildi. -Mana poraga kelgan pullar! Mana boylik!... Mana boylik deb xitob qilardi. Hatto poygakdagi kursida o'tirgan Mansur mesh ham, joyida besunaqay talpinib-talpinib, bir nechta o'n so'mliklarni tutib oldi.(O. Yoqubov.50)

Muloqot jarayonida so'zlovchi o'z fikrini bayon qilishda uning oldida ma'lum maqsad turadi. Bu maqsad so'zlovchining tinglovchini tushunishi, anglashidan iboratdir. So'zlovchi va tinglovchining bir-birini tushunishi va anglashi faqat ular uchun umumiy asos mavjud bo'lgandagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun lison qanchalik ijtimoiy, so'zlovchi va tinglovchi uchun umumiy, majburiy bo'lsa, nutq ham ular uchun shunday umumiy, majburiy va ijtimoiydir. Lisoniy tizimda ayni bir xil mazmun va munosabatni ifodalashning yuzlab omillari mavjud. So'zlovchi esa mana shu imkoniyatlar xazinasidan birini tanlash va qo'llash erkinligiga ega1.

Muloqot jarayonida paralingvistik vositalar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo'shimcha vositalar sanaladi va ular aloqa aralashuvda ma'lum axborotni uzatish, mazmunan to'ldirish, aniqlik kiritish kabi vazifalarni bajaradi. Kishi jonli so'zlashuv nutqida fikrning emotsionalligini hamda ta'sirchanligini oshirishda muhit va sharoitdan kellib chiqib tilga yondosh bo'lgan noverbal vositalardan foydalanadi. Ma'lum axborotni tinglovchiga yetkaszish jaryonida qo'l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-past, cho'ziq, to'xtalib talaffuz qilinishi orqali ham ma'lum ma'no ifoda etiladi. Masalan, Bibisora momo qizaloqni bag'riga bosib, tebranib o'tirar, u allanimalarni aytib, go'yo o'lgan odamni yo'qlagandek yo'qlab yig'lar, uning gaplariga tushunib bo'lmas, biroq ovozining o'ziyoq yurakni zir titratardi. Veteran uning yoniga o'tirib tasalli berishga chog'langan edi, momo yoshiga mos tushmaydigan bir chaqqonlik bilan qizaloqni bag'ridan qo'yib yubordi-yu, ko'zlari sovuq chaqnab:

-Bor! Bor! Jo'na! -dedi sensirab. -Etagimga yopishavermay... bor anov kiyovimdi qamag'anlarga! Sovet o'kimatining ustuni

1Sh. Safarov, G. Toirova "Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari". Samarqand, 2007. 13-bet

bo'lganman, bosmachilar bilan olishib, shu o'kimatning xizmatini qilg'onman deb maqtanuvchi eding. Beteransan! Nedan qo'rqasan, Beteran!

-Shoshma, momo, boraman. Hamma idoralarga kiraman xudo xohlasa... Momo choliga yalt etib qaradi:-Ha, xudo bor!-Bor!-dedi u...

-Yo'q, -dedi u ulkan oppoq boshini chayqab. -Sen bilan biz ishlagan vaqtimizda pora nimaligini bilmas edik, og'ayni.(O. Yoqubov. 69-70 betlar) Yuqoridagi matn parchasidan ko'rinib turibdiki, fikr ifodalashda paralingvistik vositalar inobatga olinmay muloqot tadqiq etiladigan bo'lsa, lisoniy tahlil to'laqonli bo'lmaydi. Aksariyat hollarda noverbal vositalarsiz fikr yalong'och, mantiqiy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham qo'yilgan talabga javob bermaydi. -Tuya ko'rdingizmi, yo'q! Biya ko'rdingizmi-yo'q! Ammo ... meni avf etasiz oqsoqol! Sizday yoshi ulug' odam emas, yosh bolaning gapi-ku bu! Vijdonli odamning so'zi emas-ku bu, oqsoqol!

-Nima, nima deding?- Veteran yoshiga mos bo'lmagan bir chaqqonlik bilan sapchib turdi. -Men vijdonsiz?...Men... bizlar... Xalq uchun kurashganda ... sen ... sen ... mishiqi hali onangning qursog'ida ham yo'q eding! Sharanovskiy Veteranga qarab bir qadam tashladi-yu, oyoqlarini kerib to'xtadi. Uning yupqa qonsiz lablari pirpirab ucha boshladi.

-Siz! ... O'z vazifamni o'tayotgan bir vaziyatda haqorat qilyapsiz meni ... buning uchun javob berasiz! -deb dag'dag'a qila boshladi. (O'sha asar, 112-bet)

Fonatsion paralingivistik vositalarda so'zlovchining o'z fikriga yoki suhbatdoshiga ijobiy, salbiy munosabatda ekanligi fikr ifodalashda so'zlarni qanday talaffuz etishidan, ovozning ohangidan ma'lum bo'ladi. Ovozning pasayishi yoki kuchayishi, pauza bilan yoki surunkali yo'g'on, ingichka ovozda gapirish so'zlash jarayonidagi ohang hususiyatlari aloqa aralashuvda qo'shimcha omillar sanaladi. -Qonundi ayt, qonundi! Qonun biz puqaroga tuzilib, ukumatga tuzilmag'anma, qonun? Umurzoqov qo'lini ko'tarib, g'ala-g'ovurni arang bosdi: -O'rtoqlar. Gapimga quloq solinglar, o'rtoqlar! -Tish-sh .

-Jim! Jim deyapman! -Eshitaylik, birodarlar!... O'rtoqlar!

Yuqoridagi "Qonundi ayt, qonundi!." gapida norozilik, baland ovozda gapirish

oddiy axborotdan butunlay farq qiladi. "... g'ala-g'ovurni" bosish maqsadida "O'rtoqlar" deb murojaat qilinib, barchaga tinglash imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida "Tish-sh", deb qo'lini labiga tegizib ishora qilgani kuzatiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek so'zlovchi ham, tinglovchi ham o'z nutqini va tinglash jarayonini paralingvistik vositalar-turli hil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi. Hatto kitob o'qiyotganda, televizor ko'rayotganda yoki sport musobaqalarini kuzatayotganda odamlar qoshlarini chimiradi, goh jilmayib qo'yadi, gohida yuzida ajablanganlik belgilari sezilib turadi, gohida yig'laydi, o'zlari bilmagan holda turlicha harakatlar qiladi.Bularning barchasi paralingvistik vositalardir. Tabiiyki, har bir millat kommunikantlari uchun o'ziga xos paralingvistik vositalar mavjuddir. Chunonchi, musulmonlar, shu jumladan o'zbeklar uchun salomlashish jarayonida odob nuqtai-nazaridan qo'lni ko'krakka qo'yib, boshni xiyol darajada egib, ta'zimga yaqin harakat qilib salom berish o'zbekona urf-odatdir. Mana shu salom berish jarayonida "assalomu alaykum" uning o'ziga xos talaffuz ohangi lisoniy, lingvistik vositadir. Mana shu ibora ham, belgi -harakatlar, gavda harakatlari paralingvistik vositalardir.

Muloqot dinamikasi uning muhiti ishtirokchilari tarkibi, shakl va mazmun o'zgarishlarida namoyon bo'ladi. Hayot taraqqiyoti muloqot doirasining kengayishi, uning yangi turlari hosil bo'lishini taqozo qiladi. Muloqot ijtimoiy harakterda bo'lib, avloddan-avlodga o'tib, mazmunan boyib ma'lum "qolip"larda o'zlashtirilib boriladi. Muloqot shakli-madaniy hodisa va shu sababli turli madaniy guruhlarda (xalq, etnos, qabila va kichik ijtimoiy guruhlarda) turlicha udumlar, an'anaviy ritual qoidalari mavjud. Guruhlarda qo'llanishda bo'lgan muloqot shakli ularning ishtirokchilari yagona jamoa sifatida birikishini ta'minlash natijasida, guruhlarni o'zaro farqlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yana shuni qayd qilish lozimki, muloqot shakllarining sifat va son farqari turli madaniyat va sotsiumlar o'rtasida paydo bo'ladigan muloqot ehtiyojini ta'minlashni qiyinlashtiradi. Bunday ehtiyojni qondirish uchun odatda, tarjimonlar ko'magiga murojaat qilish, umumiy ramziy belgilar sun'iy kod kabi vositalarga murojat qilish kerak bo'ladi1.

1 L. Ravshanova. Muloqot tizimining tarkibi va umumiy belgilari. Muloqot shakllari va xorijiy tillarga o'rgatish.Samarqand, 2002, 81-82.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatdan tashqari til va tilsiz jamiyat bo'lmaganidek, tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi doimo insoniyatning diqqat markazida bo'lishi tabiiydir. Zero, jahonda hukm surayotgan bozor iqtisodiyotida muloqotning o'rni bundan buyon ham ortib borishini davrning o'zi taqozo etmoqda.

XULOSA

Yuqorida qayd etilganidek, muloqot jarayonida axloq-odob, so'zlashish, turli rasm-rusumlar, urf-odatlar, nutqning muayyan ehtiyojlari, so'zlovchi va tinglovchining yoshi, saviyasi, kasbi, madaniylik darajasi, millati va hokazo hammasi nutq ta'sirchanligi uchun ahamiyatlidir. Umuman, ijtimoiy muhit nutqda, murojaat shakllarida o'zining aniq ta'sirini namoyon etadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Muratova, N. B. (2021). NUTQNING IXTISOSLASHUVI. Scientific progress, 2(7), 1263-1266.

2. Muratova, N. B. (2021). DISKURS JARAYONIDA ADRESANT VA ADRESATNING NOLISONIY VOSITALARDAN FOYDALANISHI. Academic research in educational sciences, 2(11), 1197-1203.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.