O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-5-10
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
MUHABBAT VA MA'RIFAT DEVONLARI
Ibrohim Haqqul
filologiya fanlari doktori, professor ANNOTATSIYA
Alisher Navoiyning "Badoyi' ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" nomli ma'rifat va muhabbat devonlarining dunyoga kelishi turkiy adabiyotda alohida hodisalardan sanaladi. Maqolada mazkur devonlardagi an'anaviylik va poetik yangilanishlar asoslandi. Navoiyning mohiyatbinligiyu mutasavvifligi, rindligiyu fanovashligi, muxlislari ahli dard ekanligidan bahs yuritildi. Devonda hol va ifoda, shakl va ma'no mushtarakligi ko'rsatildi.
Kalit so'zlar: devon, g'oya, mavzu, ishq, irfon, junun, fano, talvin, an'ana.
ABSTRACT
Books of enlightenment and love by Alisher Navoi "Badoyi ul-bidoya", "Navodir un-nikhoya" refer to special events in Turkish literature. The article substantiates traditionalism and poetic innovations in these sofas. It was argued that the essentialism and mysticism of Navoi, simplicity and mortality, as well as the fact that his fans are sick. In Devon, the commonality of case and expression, form and meaning was shown.
Keywords: devan, idea, theme, love, legend, junun, fano, talvin, tradition.
Sharq mumtoz adabiyoti an'anaga asoslangan, g'oyaviy-badiiy an'ana zaminida o'zgarib, yuksalib borgan adabiyotdir. An'anaviy g'oya, mavzu, obraz va tasvir vositalariga tayanib faoliyat ko'rsatgan bu adabiyot dunyo badiiy tafakkurida beqiyos mavqe egallagan. Ammo bunga osonlikcha, yengil-yelpi ijodiy mehnat
8-fevral
5
bilan erishilmagan, albatta. Chunki an'ana degani hammasi oson, barí ilhombaxsh va ibratli degani emas. Har qanday an'ana singari adabiy an'anada ham ijobiy, eskirmas tomonlar bilan birga vaqt o'tishi bilan qiymatini boy bergan, qaytariq yoki bir xilligi bilan o'quvchini bezdiradigan u yoki bu jihatlar bo'lgan va bo'ladi ham. Har bir ulkan san'atkor eskirgandan kechish yoki uni yangilash bilan birga, yo'qni bor etish, ya'ni ixtirochilik salohiyatini ham namoyon qiladi.
Shu ma'noda ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ijod tajribasi tarixda nihoyat darajada siyrak yuzaga chiqadigan hodisadir. Navoiy "Badoyi' ul-bidoya"ga yozgan debochasida devondagi yangiliklarni nazarda tutib, "Necha nav' ishkim, munda mar'iy bo'lubturur (amalga oshirilibtur) o'zga davovinda (devonlarda) ko'rulmaydurur", deydi va eng asosiylarini tavsiflab beradi. Mana ulardan biri, balki eng asosiysi haqida nima deyilgan: "Yana bir bukim, guyiyo ba'zi el ash'or tahsilidin va devon takmilidin g'araz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsud zohiriy xattu xol ta'rifidin o'zga nima anglamaydururlar. Devon topilg'aykim anda ma'rifatomiz bir g'azal topilmag'ay va g'azal bo'lg'aykim, anda mav'izatangiz bir bayt bo'lmag'ay. Mundoq devon bitilsa, xud asru behuda zahmat va zoyi' mashaqqat totilg'on bo'lg'ay".
Diqqat qilinsa, navqiron shoir zohirni botindan ajratmaslik, suvratni siyratga uyg'unlashtirish, majozni haqiqat talqiniga yetkazishga alohida urg'u bergan. Demak, Navoiy she'r mohiyati, sifati, shoirlik xizmatini tubdan o'zgartirishni ko'zlagan. Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: she'rda, shoirlikda nima eskirmaydi va nima ahamiyatini yo'qotmaydi? Ruh va ohang eskirmaydi, iztirob va dard quvvatsizlanmaydi. Ishq yig'latur, dard so'zlatur, deyilganidek, ko'ngil dardi, ruh iztirobidan yaralgan she'rning ta'sir va taassurot kuchi hamisha yangi, hamisha yangilanish xususiyatiga egadir. Faqat buni his eta olish va yurakdan o'tkaza bilish lozim. Ana shunda mana bu so'zlar sira eskirmasligiga zarra qadar ham shubha uyg'onmaydi:
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-5-10
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
8-fevral
Ey Navoiy, dardliq nazmingni dard ahli bilur, Dardsiz dog'i bo 'lur oni o'qug'ach ahdi dard.
Shuning uchun ham shoir muxlissiz, she'r e'tiborsiz qolmaydi degan. Zotan, she'r ahli botin, ahli ma'ni, ahli dard, ahli muhabbat, ahli irfon va ahli haqiqat ma'naviy ehtiyojini ifodalash uchun yoziladi. She'r o'z egasi, ya'ni chin tolibga yetib borganda, taassurot tug'yoni hatto ma'naviy g'alayonga do'nadi. Navoiyning mana bu so'zlari shu fikrning yorqin dalili edi:
Ko 'nglumda ne ma 'ni o 'lsa erdi paydo, Til aylar edi nazm libosida ado. Ul nazmg'a jonin qilibon xalq fido, Solurlar edi gunbazi gardung'a sado.
Navoiy nazmiga jon fido qilish darajasiga yetgan ana shu muxlislar suyukli shoirlarining yoshlik ilhomidan yaralgan she'rlarini jamlab, bir devon tuzishgan: "xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortug'roq -o'ksukrakkim o'zlari jam' qilib erdilar, bag'oyat mashhur bo'lub erdi".
Xullas, debochadagi fikr-mulohazalar Navoiy yigitligidayoq tafakkur va mohiyat qiroli edi deyishga to'la asos beradi.
Ranj ko 'rmay kishi toparmu farog'?! Ko 'ngli o 'rtanmayinyonarmu charog'?! Tuxm yerga kirib chechak bo 'ldi, Qurt jondin kechib ipak bo'ldi. Lola tuxmicha g'ayratingyo 'qmu?! Pilla qurticha himmatingyo'qmu?!
Bundan taxminan besh yuz ellik yil muqaddam bitilgan ushbu misralar ma'no, qiyos, tanbeh va hukm e'tibori bilan o'sha-o'sha ahamiyatini saqlab turibdi. Navoiyga yaqinlashish, asarlarining ma'no-mohiyatini to'g'ri anglash uchun uning sharh, izoh, e'tirof mazmunidagi fikrlariga ham ko'proq diqqat qilish kerak. "Ishqim oshubi tug'yonida, -deyiladi boshqa debochada, - har suubatkim (qiyinchilik, azob) yuzlanur erdi, chun bir hamdard rafiqim yo'q erdikim, dardimdin shammae (biroz, ozroq) izhor
8-fevral
7
qilg'aymen, biror bayt birla ul hol mazmunin nazm qilib ko'nglumni xoli qilur erdim va jununum shiddati g'alayonida har oshubkim, ollimg'a kelur erdi, chun hamzabon mushfiqim yo'q erdiki, maxfiy o'tumni oshkoro etgaymen, biror matla' bila ul ma'noni ado qilib, qattig' holimni sharh etar erdim".
Buyuk yozuvchi va shoirlarning ahvol ruhiyasi, ichki iztirob va qiynoqlari ana shunday bo'ladi, dard va anduh olovida yonmaganida u hamdard topolmaydi, borlig'ini g'am-g'ussadan forig' aylash uchun she'rga suyanib, turli shakllarda she'rlar yozadi. Navoiyning "jununum shiddati g'alayonida" degan so'zlarining haqiqatini bugun hech bir ijodkor aniq tasavvur etolmasa kerak. Chunki bunday bo'lishi uchun esa junun holini yashash, junun zavqini dildan kechirish joiz. Agar bu ish oson bo'lganida shoir:
Telbalardek so 'zlashurmen o 'zum birla mudom, Chun o 'zumdin o 'zga yo ' q olamda hamdardim mening, -deb yozmasdi.
"Badoyi' ul-bidoya"dagi she'rlar ayniqsa, g'azal, ruboiy, tuyuq, qit'a, fardlarida Navoiyning san'atkorlikda naqadar ilgarilaganini ko'rsatib turibdi. Bir ruboiyda o'qiymiz:
Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas, Dard istavu daf'ig 'a davo qilma havas, Hijronu visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdin g 'ayri rizo qilma havas.
Oshiq bo'lsangu, mehru vafoni havas qilmasang. Dard tilasangu, davosi yo shifosini xayolga keltirmasang. Visol nimayu, hijron nima mutlaqo farqlamasang. Bunday ahvoldagi kishiga dildor qanday nazarda qaraydi? Bu ham mubham. Gap shundaki, "Badoyi' ul-bidoya"da talqin etilgan g'oya, mavzu, tushuncha va haqiqatlarning tamalini ruhoniy ishq, irfon, junun, faqri fano va talvin tashkil etadi. Undagi "Har gadokim, bo'ryoyi faqr erur kisvat anga", "Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro", "Er tutar ko'nglumda gardundin judo
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-5-10
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
bo'lg'on balo", "Junun toshi urub har yon yangi dog'imni
8-fevral
afgor et", "Buzuq ko'ngulga fano bo'lsa kom cheksun ranj", "Parim bo'lsa, uchub qochsam ulusdin to qanotim bor", "Chorayi kor istabon bechoraliq ko'nglum tilar", "Jamoateki, junun man'ini manga qilasiz", "Ey ko'ngul, yer-ko'k asosin asru bebunyod bil" kabi misralar bilan boshlanadigan o'nlab g'azallar mazkur fikrga misol bo'la oladi. Shoir, xususan, junun, fano, irfon sohiblarini ko'ngliga yaqin ko'radi: Navoiy nazmidurur yaxshi gar quloq solsang, Tarannumeki qilur o 'zi birla ahli junun.
Ma'naviy salomat va hurlik himoyasida Navoiy har nimadan ortiq fanoning quvvatiga ishonadi:
Riyovu ujbu hasad daf'in et fano bilakim, Ketar bu doru ila muncha muxtalif amroz.
"Badoyi' ul-bidoya" kitobi Alisher Navoiyning shoirlik, oshiqlik, oriflik, rindlik, mutasavviflik qiyofasini gavdalantiradigan bir badiiy ko'zgudir. Unda shoirning davr, zamon, jamiyat, she'riyat, millat, din va irfonga qarashlari birinchi marta mukammal poetik ifodasini topgan. Navoiy zarurat sezilsa, quvonchni qayg'udan, muvaffaqiyatni mag'lublikdan, baqoni fanodan, navoni esa benavolikdan axtargan va topa bilgan san'atkor. Shu nuqtayi nazarida sobitligi tufayli ham u: Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinkim, Navo har kimki istabtur, topibtur benavolig'din, -degan. Bu gapning mag'zi chaqilmasa, quyidagi singari baytlarga tish o'tmasligi aniq:
Ey ko 'ngul, kelkim, balo bazmida jomi g'am tutay, O'z qatiq holimg'a o Imasdin burun motam tutay.
Bizda mumtoz shoirlarning "balo"parastligi, "g'am"sevarligi, "dard" va "kadar"ga ishtiyoqi to'g'risida o'ylab, hanuzgacha xolis xulosaga kelinmagan. Demak, Navoiy shaxsiyati va ijodiyotini bilish ham shunga yarasha bo'lgan. Boshqacha aytganda, zohir botinni bilishga, suvrat siyrat mohiyatini anglashga yo'l qo'ymagan.
Navoiyning nigohi qaratilgan, uning muborak qo'li tekkan narsa yoki yodgorlik millat, madaniyat va
8-fevral
9
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-5-10
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
adabiyotimiz uchun muqaddas va unutilmasdir. "Badoyi' ul-bidoya" daho shoirning shaxsan o'zi tuzgan she'riy majmuasidir. Bizgacha uning bir necha qo'lyozmalari yetib kelgan. O'tgan asrda u birinchi marta u ko'p tomlik Navoiy "Mukammal asarlar to'plami"da bosildi. Shu o'rinda devonni bir necha qadimiy qo'lyozmalarning foto nusxalari bilan o'zaro solishtirib, uni chop ettirgan marhum olim, filologiya fanlari nomzodi Sh.Sharipovning xizmatlarini alohida e'tirof etish joiz. "Badoyi' ul-bidoya" nashriga o'zbilarmonlik va baxillik bilan berilgan baholar esa tirnoq orasidan kir qidirishday bir ishdir.
28.12.2021 Do 'rmon.