Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MTT DA BOLALARNI MAQOM ASARLARI TINGLATISHGA O'RGATISH VA UNI IDROK QILISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Surayyo Raxmonberdiyeva
Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi. raxmonberdiyevasurayyo @gmail .com
Maqolada ulug' ajdodlarimizning barkamol shaxs tarbiyasida musiqa ilmining o 'rni muhim ekanligi, o 'sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchiligi haqidagi qarashlar borasida so 'z yuritiladi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idrokini yaxshi rivojlantirish uchun maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida bolalarni musiqa tinglashga o 'rgatishda nazariy uslubiy vazifalar qo'yilishi va bu vazifalarni bajarilishida asosiy rol o'ynaydigan uchta omilga amal qilinishi orqali erishish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa mashg'uloti jarayonida bolalarga mumtoz maqom asarlarini tinglatishga o 'rgatishda bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonga musiqa rahbari ijodiy yondashib, turli usullar orqali bu mumtoz asarlarni idrok etishga o'rgatib borilishi va bu esa o'z navbatida ularda milliy o 'zlikni anglash tuyg'usini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirishga yordam berishi haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek maqolada musiqa rahbari musiqa mashg 'ulotining tinglash faoliyatida maqom asarlarini tinglatishga o 'rgatishga doir metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Mumtoz, maqom, mukammal, musiqa tinglash, orkestr, xor, shaxs, his-tuyg'ular, idrok, tafakkur, emotsional.
The article discusses the importance of the science of music in the upbringing of harmoniously developed personalities of our great ancestors, the unique contribution to the formation of the younger generation as a person. It has been shown that in order to better develop children's artistic comprehension in listening to music, it is possible to achieve this by setting theoretical and methodological tasks in teaching children to listen to music in preschools and implementing three factors that play a key role in fulfilling these tasks.
When teaching children to listen to classical maqom works in preschool education, the music teacher should take a creative approach to the process, taking into account the age characteristics of children, and teach them to understand these classics in different ways. they help to develop a sense of national identity, high
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
artistic and aesthetic taste and thinking. The article also provides methodological advice on how to teach a music teacher to listen to maqom works during a music lesson.
Keywords: Classic, status, perfect, listening to music, orchestra, choir, personality, emotions, perception, thinking, emotional.
Ulug' ajdodlarimiz o'z asarlarida barkamol shaxs tarbiyasi va inson aql-zakovatining shakllanishida, musiqa ilmining o'rni muhim ekanligini aytib o'tishgan. Bu sohaning o'ziga xos «sho'ba»lari ichida musiqa madaniyati tarbiyasi san'atining ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati yuqori baholangan. Shu bois ham ilm-fan, madaniyat va san'at sohasida jahonshumul e'tirof qozongan allomalar Abu Nasr Forobiy, Abdulqodir Marog'iy, Al Kindiy, Abdurahmon Jomiy, Ibn Sino, Darvesh Ali Changiy, Alisher Navoiy musiqaga ham ilm sohasi, ham san'at, ham tarbiya vositasi sifatida alohida ehtirom bilan qarashgan, uning turli muammolariga oid yirik asarlar, risolalar yaratganlar. Bu asarlar musiqiy-nazariy bilimlarning tarixiy negizi sifatida bugungi kunda ham o'z ilmiy, tarbiyaviy nufuzini yo'qotgan emas. Biroq har qanday sohada bo'lgani kabi, musiqiy ta'limda ham shaxsni shakllantirishning zamonaviy talablari mavjud bo'lib, u har bir ijtimoiy davrning ta'limga buyurtmasi, ehtiyoji sifatida kun tartibiga chiqadi.
Musiqa «til»i hamma va barchaga tushunarli va yaqin. Shuning uchun u insonlarning ruhiyatini ko'tarish, quvonch va rohat baxsh etish bilan birga, o'sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish katta san'at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg'ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg'ulotning musiqa tinglash qismi oldida o'ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko'ra tinglash imkoniyati ancha keng bo'ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg'u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e'tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko'nikmalari katta rol
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
o'ynaydi. Musiqa tinglashda bolalaming badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni musiqa tinglashga o'rgatishda nazariy uslubiy vazifalar qo'yiladi, bular:
- Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg'ularini rivojlantirish.
- Boshlang'ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
- Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o'tkaziladi.
Bu vazifalarni bajarish orqali, dasturda ko'zda tutilgan va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o'ynaydigan uchta omil amalga oshadi, ya'ni, birinchidan musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash, olingan taassurotlarni o'ylash ko'nikmalari, ikkinchidan musiqa tinglashga turg'un diqqat-e'tiborni va tinglash madaniyati boshlang'ich elementlarining shakllantiriladi, uchunchidan musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish imkoniyatlari kengayadi. Birgina musiqa tinglash orqali bolada uchta omil rivojlanar ekan, demak bolaga yoshlikdan berilgan musiqiy tarbiya uni har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishiga zamin yaratuvchi poydevor bo'ladi.
"Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan yozuv "-deyishadi donishmandlarimiz. Darhaqiqat bolalarda yoshlikdan tinglash ko'nikmalarini hosil qilish, ayniqsa milliy mumtoz musiqalarimizni tinglashga o'rgatish, ularda nafaqat milliy musiqamizga bo'lgan qiziqishni, balki ular qalbida milliy g'urur iftixorni, Vatanparvarlik hislarini ham rivojlantirishga turtki bo'ladi. Ayniqsa milliy musiqamizning asosini tashkil etadigan o'zbek xalq maqom asarlarini tinglatishga o'rgatish, ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirishga yordam beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarorida:- "Ayni vaqtda milliy o'zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san'atining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti"-deyilgan tanqidiy muloxaza bildirilgan.1 Maqom - xalqimiz vujudidan sizib chiqqan ohang. Shu bois, u asrlar osha yashab kelmoqda. Shuning uchun bu mumtoz merosimizni yosh avlod qalbiga yetkazish xozirgi kun maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlari oldiga katta ma'suliyat yuklaydi. Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy hamda shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari " to'grisidagi qarori. Toshkent 17.11.2017 yil
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
amaliy asoslari puxta ishlangani bilan farq qiladi, unda musiqa, she'riyat hamda raqs san'atlarini mujassamlashtiruvchi mushtaraklik bor.Bunday salobatli, mukammal asarlarni bolalar tinglab idrok etishlari uchun musiqa rahbari ijodiy yondashgan xolda, bolalarga tushunarli so'zlar orqali, tinglashning turli usullaridan foydalanibgina bolalar ongiga singdirishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida musiqa rahbarlari mashg'ulotning musiqa tinglash faoliyatidamaqom asarlarini tinglatishda quyidagi vazifalarni belgilab olishi maqsadga muvofiqdir, ya'ni:
> bolalarni o'z idrokiga mos maqom asarlari namunalari bilan tanishtirib borish;
Bu belgilangan vazifalarni to'liq bajarilishi bolalarni musiqa haqida boshlang'ich ma'lumotlar berishni o'rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma'lum miqdorda badiiy baho bera olishlariga erishiladi.
NATIJALAR
Kichik va o'rta guruh bolalarining diqqati uncha barqaror bo'lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo'ladilar. Ularda hosil bo'ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg'onib, tez so'nadi. Mashg'ulotning musiqa tinglash faoliyatida ularga maqom asarlarini tinglatish ancha qiyinchilik tug'diradi, shu sababli musiqa rahbari tushki uyqu vaqti oldidan maqom asarlarini CD diskda qo'ysa bolalar tinch, osuda orom olishiga yordam beradi, bu esa bolalarda ilk maqom asarlarini idrok etish qobiliyatini rivojlantirishga turtki bo'ladi
5-6 yoshli bolalarda diqqat e'tiborning bir muncha emotsional turg'unligi vujudga keladi. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan musiqa haqida o'z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo'ladi. Musiqa rahbarining tinglatadigan maqom asarlarining nomi, uni kelib chiqish tarixi haqidagi qiziqarli suhbatlari ularni bu asarlarni idrok etishini osonlashtiradi. Musiqa rahbari mashg'ulotning birinchi bosqichida musiqa tinglash faoliyatini olib borsa maqsadga muvofiqdir, chunki mashg'ulot boshida bolalar diqqati turg'un holatda bo'ladi.
> bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Tinglashga 2-3 daqiqa ajratish kifoya, ya'ni asarning ma'lum qismini tinglatib, tinglash faoliyati bosqichlari orqali olib borilsa yaxshi natijalarga erishiladi.
6-7 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e'tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig'ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo'ladi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o'rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga musiqa rahbarining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so'zi katta rol o'ynaydi. Maqom ashula va cholg'u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar va musiqa haqida o'z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo'ladi. Asarni 2 — 3 mashg'ulot davomida takroran tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi yangi qirralari namoyon bo'ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog'chada olingan bilim zahirasida malaka va ko'nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi.
Maktabgachga ta'lim tashkilotida bolalarni maqom asarlarini tinglatishda bolalarning yosh xususiyatini e'tiborga olgan holda tinglatib borish darkor. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda alohida muhim o'rin egallar ekan, bu salobatli mumtoz asarlarimisni bog'cha yoshidan tinglatish orqali, xozirgi kun avlodni milliy ruhda tarbiyalashga, kelajakda voris farzandlar bo'lishga xizmat qiladi degan umiddamiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari " to'grisidagi qarori. Toshkent 17.11.2017 yil (Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures to further develop the art of Uzbek national maqom." Tashkent 17.11.2017)
2. Yunus Rajabiy. "Maqom asoslari" G'.G'ulom nomli badiiy adabiyot va san'at nashryoti . Toshkent 1992-yil
3. Шерматова, Х. К. (2020). Формирование музыкальной культуры молодёжи. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.
4. XasanovA.Sh. Musiqa va tarbiya . - Toshkent, O'qituvchi, 1993y.( KhasanovA.Sh. Music and education. - Tashkent, Teacher, 1993.)
5. G.Sharipova. Musiqa o'qitish metodikasi. "Musiqa" nashriyoti,- 2014y, 77 b (G.Sharipova. Methods of teaching music. Music Publishing House, - 2014, 77 p)
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
6. R.Tursunova Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti Toshkent, 2002y (R.Tursunova Folk music creativity and literature Tashkent, 2002y)
7. O.Matyoqubov. Maqomat. Toshkent, 2004 y-62 b (O.Matyoqubov. Authority. Tashkent, 2004 y-62 p)
8. Yunusov R.Y. Ozbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (o'quv-uslubiy qollanma) -Toshkent: Ziyo chashma, 2000. - 56 b. (Yunusov R.Y. Uzbek folk music. Part 2. (textbook) - Tashkent: Ziyo Chashma, 2000. - 56 p.)