Научная статья на тему 'MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN’AT TURLARIGA BO‘LGAN E’TIBOR'

MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN’AT TURLARIGA BO‘LGAN E’TIBOR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
151
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Plener / Abstraktsionizm / uslub / san’at / rasm. / пленер / aбстракционизм / стиль / переспектива / искусство / картина.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — B.Qurbonova, I.Yuldashev

Maqola tasviriy san’at sohasiga bog’liq kitobat san’ati tarixi uni bezatilishi bo’yicha ma’lumotlar berilgan. Miniatura va kitobat san’atining o’zaro uyg’unligi masalalariga bag’ishlanadi. O’quv jarayonini mukammal bo’lishida kitobning ahamiyati bezatilishi haqida tavsiya va ko’rsatmalar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВНИМАНИЕ К ФОРМАМ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В КУЛЬТУРНОЙ ЖИЗНИ МАВЕРАННАХРА

В статье представлены сведения по истории книжного искусства, относящиеся к области изобразительного искусства и его оформления. Она посвящена вопросам взаимной гармонии миниатюрного и книжного искусства. Включены рекомендации и указания о важности украшения книги для совершенства образовательного процесса.

Текст научной работы на тему «MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN’AT TURLARIGA BO‘LGAN E’TIBOR»

MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA

BO'LGAN E'TIBOR B.Qurbonova, katta o'qituvchi, I.Yuldashev, katta o'qituvchi, Tasviriy san'at kafedrasi, Farg'ona davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo. 732 7541

Annotatsiya: Maqola tasviriy san'at sohasiga bog'liq kitobat san'ati tarixi uni bezatilishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Miniatura va kitobat san'atining o'zaro uyg'unligi masalalariga bag'ishlanadi. O'quv jarayonini mukammal bo'lishida kitobning ahamiyati bezatilishi haqida tavsiya va ko'rsatmalar kiritilgan.

Kalit so'zlar: Plener, Abstraktsionizm, uslub, san'at, rasm.

ВНИМАНИЕ К ФОРМАМ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В КУЛЬТУРНОЙ

ЖИЗНИ МАВЕРАННАХРА

Аннотация: В статье представлены сведения по истории книжного искусства, относящиеся к области изобразительного искусства и его оформления. Она посвящена вопросам взаимной гармонии миниатюрного и книжного искусства. Включены рекомендации и указания о важности украшения книги для совершенства образовательного процесса.

Ключевые слова: пленер, aбстракционизм, стиль, переспектива, искусство, картина.

ATTENTION TO FINE ARTS IN CULTURAL LIFE IN MOVAROUNNAHR

Annotation: The article provides information on the history of book art related to the field of fine art and its decoration. It is devoted to issues of mutual harmony of miniature and book arts. Recommendations and instructions about the importance of decorating the book in making the educational process perfect are included.

Keywords: plener, abstractionizm, style, perspective, art, pichure.

KIRISH

Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlarida kitob yaratish yoki kitobat san'atiga oid ma'lumotlar salmoqli o'rin tutadi. Xususan uning "Xamsa" tarkibidagi dostonlari, "Xazoyin ul-maoniy" devoni, "Mahbub ul-qulub" va boshqa asarlarida kitobat san'atiga taaluqli fikrlar, kuzatishlar talaygina uchraydi.

Alisher Navoiy davri kitobat san'ati, xususan rasm san'ati va xattotlik ma'lum darajada ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan, shu jumladan A.A.Semyonov, Hamid Sulaymon, A.Murodov, G.A.Pugachenkova, A.A.Ivanov, N.Norqulov va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Lekin kuzatishlar natijasida shu soha mutaxassislari o'z tadqiqotlarida "Majolis un-nafois" tazkirasidagi mavjud ma'lumotlarni barchasidan yetarlicha foydalanmaganlar. Bu esa, o'z navbatida Alisher Navoiyning kitobat san'ati to'g'risidagi bilimini ob'ektiv baholashga, hamda uning kitobat san'ati ahliga munosabatini batafsil yoritishga xalaqit beradi, o'sha davr kitobat san'ati ahllari to'g'risidagi qimmatli ma'lumotlar mutaxassislar e'tiboridan chetda qolib ketishiga olib keladi. Vaholanki, shoir tazkirasidagi kitobat san'ati ahli to'g'risidagi

ma'lumotlar hatto maxsus xattotlik va rasm san'ati tarixiga oid risolalarni ham ma'lum darajada to'ldirishga xizmat qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

"Majolis un-nafois" tazkirasi tadqiqotchisi olima Suyima G'anievaning aniqlashicha, bu asarda to'rt yuz ellik to'qqiz shoir, adib, tarixchi, olim va davlat arboblari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bizning kuzatishlarimiz mazkur ijodkorlarning elliktasi kitobat san'atiga dahldor ekanligini ko'rsatdi. Shu narsani alohida qayd etish zarurki, tazkirada nomlari zikr etilgan barcha ijodkorlar savodli, o'qish va yozishdan, ya'ni kitobatdan ma'lum darajada boxabar kishilar bo'lgan. Ammo biz, Alisher Navoiy tomonidan ijodkorning kitobat san'atiga maxsus dahli bor deb ta'kidlagan o'rinlardagina, ularning shaxsiga e'tibor berdik. Bu o'rinda insho va insho fani bilan shug'ullangan ijodkorlarni ham, garchi ularning faoliyati xattot va kitobat ahli ijodi bilan aynan bir xil bo'lmasa-da, yaqinligini e'tiborga olgan holda, kitobat san'ati ahli doirasiga kiritdik, chunki xat san'atidan yaxshi xabardor bo'lmagan shaxs insho fani bilan shug'ullanishi gumon edi.

Tazkiradagi kitobat san'atiga dahldor shaxslarni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Kitobat san'ati ahli-xattotlar, naqqoshlar (Rassomlar ma'nosida) va boshqalar; 2. Kitobat san'atida ham o'z iqtidorini namoyish etgan ijodkorlar; 3. Kitobat san'ati homiylari.

Kitobat san'atiga dahldor yigirma to'rt ijodkor nomi Alisher Navoiy tomonidan tazkirada qayd etilib, ularning mashg'ulot turi va iqtidor darajasi ham yoritiladi. Hammasi bo'lib, Alisher Navoiy tazkirasida bir sahhoflik do'koni egasi - Mir Qarshiy, ikkita kitobdor - Mavlono Hoji Muhammad va Mavlono Solihiy, bir sahhof-Mavlono Fig'oniydan boshqa yigirmata xattot va naqqosh ijodi o'rganilgan. Ulardan Mavlono Sulton Ali Mashhadiy, Mavlono Sher Ali, Mavlono Sulton Ali Qoyiniy, Mavlono Mir Ali, Mavlono Yoriy kabi atoqli va yirik kitobat san'ati ahli to'g'risida maxsus ilmiy risolalarda, tadqiqotlarda ham ma'lumotlar mavjud. Bu ma'lumotlarni o'zaro qiyoslaganda o'tmishdagi xattot va naqqoshning kitobat san'atiga qo'shgan xizmati yanada aniq, to'liq va mukammal bo'lishi mumkin. Misol sifatida ijodlari nisbatan kam o'rganilgan Mavlono Hoji Muhammad va Mavlono Yoriy haqidagi ma'lumotlarni tahlil etib ko'raylik.

TADQIQOT NATIJALARI

Noyob iste'dod sohibi Mavlono Hoji Muhammad to'g'risida Alisher Navoiy samimiyat bilan yozadi: "Ko'proq avqot bu faqir (Alisher Navoiy - M.A.) bilan musohibdur va farzand o'rnig'adur, balki andin azizroq. Ahloqda malakiydur, bashar surati bilan kelgan va atvorda farishtadur, inson hay'atida zuhur qilg'on. Tab'i sofiy va tafakkuri barcha diqqatlarga vofiy. Zehni mushkulkusho va taammuli funun ishkomiga raso"[1].

Mashhur tarixchi G'iyosiddin Xondamir ham Mavlono Hoji Muhammadning turli san'atlar sohasidagi yorqin iste'dodini yuqori baholaydi: "... turli fanlar va ilmlar sohasida katta mahoratga egadur. Buning ustiga u g'aroyib xayolot naqshlarini ro'zg'or lavhiga chizar edi; tasvir va tazhib fanida tamom mahoratlikdur"[2].

So'ngra tarixchi Mavlono Hoji Muhammadning kulollik sohasidagi tajribalari hamda Alisher Navoiy shaxsiy kutubxonasi uchun ixtiro qilgan bong uruvich naqorali sandiq soati to'g'risida hikoya qiladi. Xondamir bu ijodkor hayoti tafsilotlarini ham keltiradi. Alisher Navoiy Astrobodga hokim sifatida jo'natilgandan so'ng, Mavlono Hoji Muhammad turli Fors, Iroq o'lkalarida musofir bo'lib, so'ngra Badiuzzamon Mirzo kitobdori bo'lib xizmat qiladi va 1507 yili Hirotda vafot etadi.

Boshqa bir tarixchi Mirzo Muhammad Haydar bu san'atkorni Hoji Bobo sifatida eslatib, uning mo'yqalam vositasida tasvirlar yaratgani, lekin zarhallashda butun Xurosonda tengi yo'q edi, deb ta'riflaydi. Tarixchining hikoya qilishicha, bir anjumanda do'stlari Hoji Bobodan o'z mahoratini namoyish etishini so'raganlarida, u ellikta doira va yarim doira chizgan ekan. Do'stlar pargor bilan ularni o'lchab ko'rganlarida, doira va yarim doira orasida hatto qilsa ham farq topa olmagan ekanlar.

Mavlono Hoj Muhammad nomi xat tarixchisi Qozi Ahmad Qumiy tomonidan ham o'z davrining atoqli rassomlari qatorida eslatiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'z iste'dodini rivojlantirish uchun Mashhaddan Xirotga kelgan Hoji Muhammad Alisher Navoiy homiyligi va tarbiyasidan bahramand bo'lib, o'z zamonasining yetuk san'atkori bo'lib yetishgan.

Alisher Navoiy Muzahhib Mavlono Yoriyning Sherozdan Hirotga kelganligini alohida eslatadi: "Andinkim, Xurosonga keldi. Naqqoshlikka mansub erdi, ammo mubtadi erdi, faqir (Alisher Navoiy-M.A.) ani tazhib ahliga siporish qildim. Oz fursatga obodon naqqosh bo'ldi va lekin andoq ma'lum bo'ldikim, g'arazi naqqoshlik o'rganmakdin naqshbozlik ekandurkim, andin ajab naqshlar yuzaga keldi va aning sharhining tuli bor"[3].

Mavlono Yoriy ijodi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar tarixchi Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" nomli asarida berilgan. Uning fikricha, Mavlono Yoriyning xati tazhibidan yuksakroq ekan. Shunday bo'lsa-da, muzahhiblikda u o'ziga tazhib o'rgatgan ustozi ustod Valiga nisbatan ham mohir bo'lib ketgan ekan.

Qozi Ahmadning "Gulistoni hunar" asarida Mavlono Yoriy Mavlono Sulton Ali Mashhadiy bilan hamkorlikda ijod etgani, hamda o'z zamonasining tengsiz muzahhibi bo'lib yetishgani ta'kidlanadi[4].

MUHOKAMA

Alisher Navoiy tarbiyasidan bahramand bo'lgan atoqli naqqosh va muzahhib Mavlono Yoriyning iste'dodi to'g'risida tasavvur hosil qilishi uchun shoirning "Xamsa" asarining nodir qo'lyozmasining Leningraddagi M.E.Saltikov - Shchedrin nomli Davlat Xalq kutubxonasida Dorn-560 raqami ostida saqlanayotgan nusxasi ajoyib ziynatlarini ko'rish kifoya. O.F.Akimushkin va A.A.Ivanov xuddi shu majmuada yana Yoriy tomonidan ziynatlangan uchta mo''tabar qo'lyozma mavjudligini eslatishgan.

Sulton Ali Qoyiniy Hirotga kelguncha bir necha xokimlar xizmatida bo'lib, avval Abdurahmon Jomiy, so'ngra Alisher Navoiy shaxsiy kutubxonasida xizmat qilgan. Bu ko'p haq talab qilgan xattot shoir asarlaridan "G'aroyib us-sig'ar" devonini Xirotda ko'chirgan va qo'lyozma rasmlar bilan ziynatlagan. Hozir bu nodir kitob Turkiyaning Istambul shahridagi Universitet kutubxonasida saqlanmoqda.

Kitobat san'ati ahli haqidagi "Majolis un-nafois" tazkirasida keltirilgan ma'lumotlar XV asr ikkinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrdagi madaniy hayotda xattotlar va naqqoshlarga e'tibor katta ekanligidan dalolat beradi.

Yuqorida keltirilgan misollar shundan dalolat beradiki, xat va rasm san'ati tarixiga oid manbalarda faqat shu sohaning eng atoqli yoki iqtidorli namoyondalari haqida ma'lumotlar keltirilgan ekan. Birgina Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasi yana ko'plab iste'dod egalarining xattotlik va naqqoshlik bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi. Qolaversa, o'z davrining atoqli ijodkorlari bo'lmish Mavlono Kojibiy, Abdurahmon Jomiy, Mavlono Binoiy, Muhammad Solih va boshqalar ham xattotlik san'atini egallashga harakat qilganligi diqqatga sazovordir.

Alisher Navoiyning maktabdosh do'sti va shoir Sulton Husayn Mirzo ijodi tahliliga tazkiraning sakkizinchi maxsus majlisi bag'ishlangan. Albatta, XV asr ikkinchi yarmida Hirotdagi madaniy hayot taraqqiyotida ulug' shoirning homiylik faoliyati yetakchi va hal qiluvchi o'rin tutadi. Shuning bilan birga, Alisher Navoiyning bunyodkorlik va homiylik faoliyatini qo'llab-quvvatlagan Sulton Husayn Mirzoning ham ma'lum darajada xizmati bor. XULOSA

Alisher Navoiyning homiylik faoliyati o'z zamondoshlaridan Davlatshoh Samarqandiy, G'iyosiddin Xondamir va boshqalarning yuksak va haqli bahosiga sazovor bo'lgan. Ammo shoirning bu sohadagi xizmatlarini Zaxiriddin Muhammad Bobur ixcham, lo'nda va yorqin ta'riflaydi: "Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar. Bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar tasvirida Bekning sahy va ehtimoli bila mundoq mashhur va mahruf bo'ldilar. Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqi muvaffaq bo'lg'ay". Yuqoridagi bahoning to'g'riligini yana bir bor ta'kidlab, shoirning sa'y va ehtimolidan yana rassom, muzahhib, hattotlardan Mavlono Hoji Muhammad, Mavlono Yoriy, Mavlono Sharbatiy va boshqalar ham bahramand bo'lganligini qayd qilish zarur.

Foydalanilgan adabiyorlar:

1. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois, 149-bet.

2. N.Norqulov, I.Nizomutdinov. Miniatyura tarihidan lavhalar. Toshkent, G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1970, 121-122 betlar.

3. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois, 191-bet.

4. Qoi Ahmad. O'sha asar, 144-145-betlar.

5. "San'at". O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2000 y.

6. V.Oripov, V.Jabborov. O'zbekiston san'ati va me'morchiligi. Toshkent, 1994 y.

7. V.Oripov, T.Axmadaliev. Namangan me'morchilik san'ati. Namangan, 1999 y.

8. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent, 2002 y.

9. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent, 1992 y.

10. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

11. AxMegoBa, H. Э. (2022). MYWA3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O^AMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

12. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 8996.

13. Cy^aHMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

15. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

16. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204208.

17. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

18. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАХЛИЛ КИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 4145.

19. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

20. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

21. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 8996.

22. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.

23. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

24. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

25. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

26. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

27. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.

28. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

29. Yunusaliyev, M. T. (2022). RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 174-182.

30. MagaMHHOB, H. M. (2022). TAt^HM^A HHOOPMAUHOH TEXHOnOrHOAPHH PHBO^AHTHPHffl BA TAHABAnAPAA KACBHH KYHHKMA^APHH fflAKHHAHTHPHffl. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 200-203.

31. MagaMHHOB, H. M. (2022). MACOOABHH TAt^HM mATOOPMAnAPH HMKOHHST^APHHH OHHH TAt^HM^A TAKOMHnnAfflTHPHffl MYAMMO^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

32. MagaMHHOB, H. M. (2022). TAt^HM ^APAËHH^A TACBHPHH CAHtATHH PHBO^AHTHPHffl BA KOMHtroTEP rPAOHKACH^AH KEHr OOHAAHAHHffl EHHMHAPH Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

33. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

34. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 3337.

35. Ax,Meg6eKOBa, M. K., & flafla^OHOBa, M. Ë. (2022). MYTAXACCHCHH KACBHH TAHÊP^Affl ^APAËHHHH MOAEmAfflTHPHffl. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 183-194.

36. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 42504254.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.