Научная статья на тему 'Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to’g’ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari'

Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to’g’ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
316
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
bevosita soliqlar / bilvosita soliqlar / soliq yuki / soliq subyektlari / davlat byudjeti / YAIM

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nodir G’iyosaliyevich Xidirov, Ibrat Akram O’g’li To‘rayev, Nigina Baxtiyor Qizi Kenjayeva, Durdona Ulash Qizi Ruziqulova

Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to‘g‘ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari bo‘yicha birinchi navbatda bevosita soliqlarning nazariy ahamiyati va ularning bilvosita soliqlardan farqli jihatlarini o‘rgangan holda maqolada, bevosita soliq turlarining ahamiyatini oshirishda amaliyotda nimalar qo‘llanildi, qanday ishlar amalga oshirildi va ularning natijadorligi, samaradorligi qay tarzda amalga oshganligi aks etgan. Shuningdek, bevosita soliqlarning ahamiyatini oshirish bilan bir qatorda soliq yukini kamaytirish va soliq to‘lovchilar sonini oshirish, ya’ni, aholini bandlik bilan ta’minlash kabi masalalarga urg‘u berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to’g’ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari»

Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to'g'ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari

Nodir G'iyosaliyevich Xidirov Ibrat Akram o'g'li To'rayev Nigina Baxtiyor qizi Kenjayeva Durdona Ulash qizi Ruziqulova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Davlat byudjeti daromadlar tarkibida to'g'ri soliqlarni ulushini oshirish masalalari bo'yicha birinchi navbatda bevosita soliqlarning nazariy ahamiyati va ularning bilvosita soliqlardan farqli jihatlarini o'rgangan holda maqolada, bevosita soliq turlarining ahamiyatini oshirishda amaliyotda nimalar qo'llanildi, qanday ishlar amalga oshirildi va ularning natijadorligi, samaradorligi qay tarzda amalga oshganligi aks etgan. Shuningdek, bevosita soliqlarning ahamiyatini oshirish bilan bir qatorda soliq yukini kamaytirish va soliq to'lovchilar sonini oshirish, ya'ni, aholini bandlik bilan ta'minlash kabi masalalarga urg'u berildi.

Kalit so'zlar: bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, soliq yuki, soliq subyektlari, davlat byudjeti, YAIM

Issues of increasing the share of direct taxes in the state

budget income

Nodir Giyosalievich Khidirov Ibrat Akram ugli Turaev Nigina Baxtiyor kizi Kenjayeva Durdona Ulash kizi Ruzikulova Tashkent Institute of Finance

Abstract: Regarding the issues of increasing the share of direct taxes in the structure of state budget revenues, first of all, after studying the theoretical importance of direct taxes and their differences from indirect taxes, in the article, what was used in practice to increase the importance of direct taxes, what work was done and how their effectiveness and efficiency were realized. In addition to increasing the importance of direct taxes, emphasis was placed on issues such as reducing the tax burden and increasing the number of taxpayers, that is, providing the population with employment.

Keywords: direct taxes, indirect taxes, tax burden, tax subjects, state budget,

GDP

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi asosida soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish maqsadida soliq tizimiga bosqichma-bosqich o'zgartirishlar kiritilib, bugungi kun soliq amaliyotiga joriy etilmoqda. Natijada, soliqlarning soliq to'lovchilar faoliyatiga ta'siri sezilarli darajada o'zgarib kelmoqda.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonida shu vaqtga qadar bilvosita soliqlarga katta ahamiyat berilgan bo'lsa, soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi doirasida bevosita soliqlarga ustuvorlik berilmoqda. Demak davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bevosita soliqlarning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan tizimli o'rganish va tahlil qilish asosida taklif-tavsiyalar ishlab chiqish zarurati paydo bo'lmoqda. Bu o'zgarishlardan asosiy maqsadi, soliq yukining kamayishi evaziga soliq to'lovchilar sonini ko'paytirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish asosida fuqarolar uchun qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishdan iborat.

Turli mamlakatlarda soliq tizimlari turlicha bo'ladi, chunki mamlakatlar turli xil iqtisodiy xususiyatlarga va soliq tizimidan foydalanishda turli xil strategiyaga ega. Nazariya va amaliyotda soliq tizimining rivojlanishi to'g'ri soliqlar ulushining oshishini anglatadi va bu soliq tizimining progressivligini oshirishga yordam beradi. Umuman olganda, to'g'ri soliqlar hukumatlar daromadlarini oshirishning adolatli va haqqoniy usuli hisoblanadi. To'g'ri soliqlar bozor hajmi cheklanganda eng samarali daromad manbai bo'lib xizmat qiladi. To'g'ri soliqlar daromad taqsimotini muvozanatlash va tengsizlik farqini qisqartirish orqali tizimni yanada progressive bo'lishiga olib keladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Tadqiqot mavzusi bo'yicha olib borilgan o'rganishlar natijasida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to'g'ri soliq tizimining mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri va to'g'ri soliqlarning umumiy soliqlarga nisbati kabi asosiy jihatlari e'tiborga olindi.

Taufik Abd Hakim, Abdul Aziz Karia, Jasmine David, Rainah Ginsad, Norziana Lokman & Salwa Zolkafl kabi olimlar egri va to'g'ri soliqlar ta'sirini 47 ta rivojlangan va 90 ta rivojlanayotgan malakatlar iqtisodiyoti miqyosida o'rganib chiqishgan. Ushbu izlanishlar natijasida to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita soliqlar rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga asoslangan iqtisodiy rivojlanish o'rtasida salbiy bog'liqlikka ega ekanligini va aksincha rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o'sish va to'g'ridan-to'g'ri soliqlar o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjudligi ekanligi yoritib berilgan. Bundan tashqari rivojlangan

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 680 [MJ^^^H

mamlakatlarda to'g'ri soliqlarning ulushi jami soliqlar ulushiga nisbatan 50 foizdan yuqori ekanligi aniqlangan (Yaponiyada 50 %, Angliyada 60%, AQSH da 75 %) [1].

Smriti Chand va Supriya Guru tomonidan o'rganilgan maqolalarda to'g'ri soliqlarning quyidagi muhim jihatlarini asoslab berilgan [2]:

1) daromad va boylikni taqsimlashda tengsizliklarni kamaytirish: to'g'ridan-to'g'ri soliqlar o'zlarining progressivligi tufayli daromadlar va boyliklar tengsizligini kamaytirish vositasi bo'lib xizmat qiladi;

2) ko'zga ko'rinadigan iste'molni cheklash: to'g'ridan-to'g'ri soliqlar boy qatlamning ixtiyorida bo'ladigan daromadining kamayishiga olib keladi;

3) resurslarni safarbar qilish: to'g'ridan-to'g'ri soliqlar jamiyatdan iqtisodiy ortiqcha mablag'ni olib tashlaydi va uni hukumatga kapitalni shakllantirish jarayonini rejalashtirish asosida amalga oshirish uchun taqdim etadi;

4) inflatsiya bosimini kamaytirish;

5) soliq yukidagi tenglik;

6) o'rnatilgan moslashuvchanlik.

Shrenik Siroya, Linna Zhu, Sherly Pedro kabi tadqiqotchilar mol-muk solig'i mahalliy hokimiyat organlari uchun muhim daromad manbai bo'lib, ular asosiy davlat xizmatlarini yetarli darajada moliyalashtirishga yordam berishini va soliq to'lovchilar uchun ularning hisoblanishi hamda o'zlarining mol-mulklarini qimmatbaho aktiv sifatida saqlab qolishlari haqida tusuntirishlar berib o'tganlar [3].

Soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to'lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, soliq solish masalalarini tartibga soladigan me'yoriy-huquqiy asoslarni yaratish, hukumat tomonidan soliq yukini kamayatirish orqali soliq to'lovchilar sonini ko'paytirish borasida tadqiqot olib boorish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

To'g'ri soliqlarning mohiyatini yaxshi tushunish uchun ularni egri soliqlardan farqli jihatlariga e'tibor qaratish lozim. Egri soliqlar tovar (ish, xizmat)lar bahosiga ustama ravishda belgilanib, ularning bahosini oshishiga olib keladi va iste'molchi xarid qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar bahosi tarkibida bunday soliqlarni to'laydilar. Ma'lumki, bunda iste'molchi tovar bahosi tarkibida to'layotgan soliq miqdori haqida aniq ma'lumotga ega bo'lmaydi. Aslida iste'molchi uchun buning qizig'i ham yo'q. Chunki, iste'molchi qancha soliq to'layotganini bilsa ham tovarni arzonroq narxda sotib olish imkoniyati mavjud emas. Egri soliqlar soliq to'lovchilarning daromadlilik darajasini e'tiborga olmaydi. Ular qancha ko'p tarkibida egri soliqlar mavjud tovar (ish, xizmat)larni xarid qilsalar, shuncha miqdorda ko'proq soliq to'laydilar. Shuning uchun egri soliqlar ayrim nashrlarda iste'mol solig'i deyiladi.

Nazarimizda, soliqlarning adolatliligini ta'minlashda to'g'ri soliqlarga ustuvorlik berish maqsadga muvofiq. Lekin biz yuqorida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, to'g'ri yoki egri soliqlarga ustuvorlik berish kerak degan fikr bildirgan edik. Chunki, to'g'ri soliqlarning obyekti yoki bazasi unchalik katta bo'lmagan sharoitda soliq yukining ko'proq qismini to'g'ri soliqlarga qaratilishi soliq to'lovchilarning soliqdan qochishga bo'lgan moyilligini oshiradi. Ma'lumki, to'g'ri soliqlarni to'lovchilar to'layotgan solig'i haqida ma'lumotga ega bo'ladilar, ya'ni ular soliq yukini to'liq his etadilar. Shu bois, o'tish iqtisodiyotiga ega bo'lgan davlatlarda yoki rivojlanayotgan davlatlarda to'g'ri soliqlarga qaraganda egri soliqlarga ustuvorlik beriladi.

Quyidagi 1-jadvalda O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibidagi soliqli daromadlar hamda ularning tarkibini tahlil qilamiz. Jadvalda davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlarning har biri uch yillik davr mobaynidagi statistik ko'rsatkichlariga tayangan holda tahlil qilingan. Jadvaldan ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, soliqli daromadlarning eng yuqori ulushi bilvosita soliqlarga tegishli. Ayniqsa qo'shilgan qiymat solig'ining o'zi 2020-yilda soliqli daromadlaring 40%ini tashkil qilgan va bu ko'rsatkich 2022-yilga kelib salbiy farqqa o'zgarganiga qaramasdan o'zining yuqori ulushdaligini ta'minlagan.

Yurtimizda davlat byudjeti daromadlarining soliqli daromadlari qismida bevosita soliqlarning ahamiyatini hamda salmog'ini oshirish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Quyida soliq turlari bo'yicha amalga oshirilgan ayrim islohotlarni ko'rib chiqsa.

Foyda solig'i bo'yicha. 2023-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar dividend ko'rinishidagi daromadlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo'llashga haqli ekanligini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko'rinishidagi daromadlar bo'yicha soliq solish masalalariga doir O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo'lsa, ularning eng past bo'lgani qo'llaniladi.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlari, (mln.so'mda)1

Soliq turlari 2019 Foizda 2020 Foizda 2021 Foizda 2022 Foizda

Qo'shilgan qiymat solig'i 40786,30 0,40 31177,40 0,23 46955,40 0,32 53300,00 0,27

Aksiz solig'i 12681,30 0,12 11697,30 0,09 11820,10 0,08 1503,80 0,01

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 11367,40 0,11 15140,80 0,11 16905,80 0,11 22045,00 0,11

1 https://soliq.uz ma'lumotlariga asoslangan holda mualliflar tomonidan tayyorlandi.

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq 10679,70 0,10 16417,10 0,12 13588,20 0,09 14403,50 0,07

Foyda solig'i 7526,90 0,07 28712,20 0,22 27779,40 0,19 38557,20 0,19

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 268,50 0,01 478,80 0,15 387,30 0,00 910,00 0,06

Yer solig'i 1834,30 0,02 1974,30 0,01 2941,00 0,02 5173,80 0,03

Mulk solig'i 1851,10 0,02 1353,90 0,01 2510,30 0,02 4826,60 0,02

Yagona ijtimoiy to'lov 1192,10 0,01 - - - - - -

Bojxona boji 2018,80 0,02 3553,70 0,03 3751,20 0,03 4826,60 0,02

Boshqa soliqsiz tushumlar 11835,40 0,12 2386,70 0,02 18403,60 0,13 40764,10 0,20

Aylanmadan olinadigan soliq - - - - 2160,00 0,01 2728,30 0,01

Jami: 102627,60 1,00 132938,10 1,00 147202,30 1,00 200000,00 1,00

2022-yilda faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to'langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdordagi soliq stavkasi bo'yicha soliq solinishi lozim bo'lgan. 2023-yil 1-yanvardan boshlab norezidentning montaj qilish yoki ishga tushirish-sozlash xizmatlar va boshqa shunga o'xshash xizmatlarni ko'rsatishni nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo shartnomasi doirasida, ko'rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko'rsatilmasada, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari asbob-uskunalar qiymatining 20%i bo'lgan).

Soliq bo'yicha avans to'lovlari summasi to'g'risidagi ma'lumotnomani soliq organlariga taqdim etish muddatiga o'zgartirish kiritildi. Xususan, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab soliq to'lovchi ushbu ma'lumotnomasni joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromadsolig'i va ijtimoiy bo'yicha. Jismoniy shaxslar o'z daromadlarini ipoteka kreditlarini so'ndirishga yo'naltirganda, bir vaqtning o'zida turar joy qiymati (ilgari 300 mln. so'm bo'lgan) bo'yicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslar daromad solig'i bo'yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln. so'mdan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 78,4 mln. so'm) oshirildi.

Qat'iy belgilangan miqdorlarda soliqni to'lovchi jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslar daromad solig'i stavkasi hamda jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to'lovining eng kam stavkalari ham 10% ga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq. Ushbu soliq turi bo'yicha soliq stavkalari 10% gacha indeksatsiya qilindi. 2023-yilda kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq iqdorda oshishi mumkin emas.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 683 [MJ^^^H

Yer qa'ridan foydalanganlikuchun soliq. Temir bo'yicha soliq stavkasi 5% dan 2% ga pasaytirildi.

Yuqorida keltirib o'tilgan o'zgarishlarning barchasi bugungi kunda amaliyotga allaqachon tatbiq etilgan, hamda ular bevosita soliqlarning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Yana shuni ta'kidlash joizki, amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2023-yilning I yarim yilligida davlat byudjeti daromadlari 102,3 trln. so'mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 10,3 trln. so'mga (+11,1 foiz) ko'paygan. Shuningdek, ushbu davrda davlat byudjetining xarajatlari 129,1 trln so'mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 26 trln. so'mga (+25,3 foiz) ortganligini ko'rishimiz mumkin.

Daromadlarning 74,6 foizi yoki 76,3 trln. so'mi Soliq qo'mitasi, 23,8 foizi yoki 24,3 trln.so'mi Bojxona qo'mitasi tomonidan, 1,7 trln. so'mi boshqa daromadlar va soliq bo'lmagan tushumlar hisobidan shakllantirildi. Bunda, soliq to'lovchilarga 9,7 trln. so'm miqdorida qo'shilgan qiymat solig'i va keshbek summalari qaytarib berildi.

Bevosita soliqlarga doir qarashlarning tahlili shuni ko'satmoqdaki, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda to'g'ri soliqlarning ustuvorligini ta'minlash mamlakat iqtisodiyotini rivojlanganligini namoyon qiluvchi ko'rsatkich sifatida qaralsa, boshqa jihatdan to'g'ri soliqlarni kamaytirilishi soliq to'lovchilar daromadlarini oshishiga xizmat qiladi. Yana bir jihatiga qaraydigan bo'lsak, to'g'ri soliqlarni oshirilishi mamlakatda YAIMni kamayishiga olib kelishini hisobga olish zarur.

XULOSA

Yuqorida ko'rib chiqilgan o'rganishlar va tahlillardan to'g'ri soliqlarning darajasi rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga turlicha va to'g'ri soliqlar uchun yuqori miqdorning belgilanishi o'rta va quyi qatlam aholisining daromadlariga salbiy ta'sir qilishini ko'rishimiz mumkin.

Bundan tashqari har bir soliq turlarnining nima maqsadga yo'naltirilganligining jamoatga ochiq ma'lumotlar berib borilishi aholida soliqlarni o'z vaqtida to'lash va soliq ma'muriyatchiligiga ishonchini orttiradi. Ushbu jarayon nafaqat mustahkam soliq bazani shakllantirishga, balki iqtisodiy jarayonning yanada barqaror bo'lishiga olib keladi.

Xalqaro hamkorlikning ham to'g'ri soliqlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asosiy sababi ikkiyoqlama soliq solishdagi muammolar, rezident va norezident shartnomalari, fuqarolarning qaysi mamlakat soliq to'lovchisi ekanligi kabi bir qancha savollarga javob topishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Taufik A.H. Abdul A.K., Jasmine D., Rainah G., Norziana L., Salwa Z. Impact of direct and indirect taxes on economic development: A comparison between developed and developing countries. Cogent Economics & Finance, Taylor & Francis Journals, 2022, vol. 10(1), pages 2141423-214, December. DOI: 10.1080/23322039.2022.2141423

2. Smriti Chand, Supriya Guru 6 Significance of Direct Taxes https://www.yourarticlelibrary.com/tax/direct-taxes-6-significance-of-direct-taxes-explained/26393

3. Shrenik Siroya, Linna Zhu, Sherly Pedro Understanding property taxes: What homeowners need to know? https://medium.com/@jennyfermark07/understanding-property-taxes-what-every-homeowner-should-know-61e86383c591

4. Balasoiu N., Chifu I., Oancea M. Impact of Direct Taxation on Economic Growth: Empirical Evidence Based on Panel Data Regression Analysis at the Level of Eu Countries. Sustainability 2023, 15, 7146.

5. Aamresh Bagchi Strengthening Direct Taxes: Some Suggestions. Economic and Political Weekly Vol. 30, No. 7/8 (Feb. 18-25, 1995), pp. 380-384.

6. www.imv.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti ma'lumotlari.

7. www.soliq.uz - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi rasmiy sayti ma'lumotlari.

8. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Social-economic significance, essence and theoreticalmethodical basis of medium-term budget practice. Science and Education, 3(12), 991-996.

9. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.

10. Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning dolzarb masalalari. Science and Education, 3(3), 1150-1155.

11. Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.

12. Шермухамедова, Ш. А. (2017). Финансирование социальной сферы и социальной защиты населения как главное направление расходов Государственного бюджета Республики Узбекистан. Современные гуманитарные исследования, (3), 37-38.

13. Qarshiyeva, M. A. Q., & Xidirov, N. G. I. (2022). O'zbekiston "Yashil" iqtisodiyot sari. Science and Education, 3(12), 984-990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.