AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK. 631. 31.06.
MODULLI PLUG UCHUN KORPUSNI TURINI ANIQLASh BO'YIChA TAJRIBA
NATIJALARI
Maxmudov Rafiqjon Yusupovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar intituti, PhD dotsent
Annotatsiya. Maqolada tuproqqa asosiy ishlov beradigan modulli plug uchun korpus turini aniqlash bo'yicha eksperemental tadkikot natijalari keltirilgan. Bunda tuproqni uvalanish (maydalanish) sifati bo'yicha talab darajasidagi ko'rsatkichlarga ega bo'ldi va modulli plugga o'rnatish uchun POT 01.000 korpusi tavsiya etildi.
Аннотация. В статье представлены результаты экспериментального исследования по определению типа корпуса модульного плуга для основной обработки почвы. При этом качество измельчения (измельчения) почвы достигло требуемых показателей уровня, и корпус ПОТ 01.000 был рекомендован к установке на модульный плуг.
Annotation. The article presents the results of an experimental study to determine the type of body of a modular plow for basic soil cultivation. At the same time, the quality of soil chopping (crushing) reached the required level, and the POT 01.000 body was recommended for installation on a modular plow.
Kalit so'zlar: modulli plug, korpus, boshmoq, lemex, ag'dargich, iskana, burchak keskich, dala taxtasi, resurstejamkor, yarimvintsimon
Ключевые слова: модульный плуг, корпус, плуг, лемех, токарь, долото, угловое долото, полевая доска, ресурсосберегающий, полувинтовой.
Key words: modular plow, body, plow, share, turner, chisel, corner chisel, field board, resource-saving, half-screw.
Jahonda yerlarga asosiy ishlov berishning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda yuqori quvvatli traktorlardan samarali foydalanishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunda kam energiya sarflagan holda yerlarni shudgorlashni sifatli amalga oshiradigan modulli plugning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish va ishchi qismlarini tuproq bilan ta'sirlashishda resurstejamkorlikni ta'minlaydigan parametrlarini asoslash bo'yicha maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb masalalardan hisoblanmoqda.
Respublikamiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, barcha ekinlarni ilg'or texnologiyalar asosida yetishtirish va yuqori unumli qishloq xo'jalik mashinalarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqolada korpus turini tanlash uchun uch xil variantadagi korpuslar hamda har xil uzunlikdagi lemexlar tayyorlandi.
Maqbul korpus turini tanlash uchun POT 01.000, POM 01.000 va KZ0R ("Lemken" firmasi) rusumdagi korpuslarning taqqoslov sinovlari o'tkazildi [1].
POT 01.000 korpusi yarimvintsimon turdagi ko'rinishga ega (1-rasm). Uning qamrash kengligi 40 sm. Quyma boshmoq, lemex, lemex tumshug'i bilan birga o'rnatilgan iskana, ag'dargich hamda dala taxtasidan tuzilgan. Ag'dargich ko'kragining yuqorigi qismida burchak keskich o'rnatilgan. Ushbu korpus PON-3-45 plugiga o'rnatilgan.
POM 01.000 yarimvint (tezkor) korpus (2-rasm). Uning qamrash kengligi 40 sm. Payvandlab tayyorlangan boshmoq, unga mahkamlanadigan trapesiyasimon lemex, iskana, ag'dargich va dala taxtasidan tuzilgan. Ag'dargichning yuqorigi kesimi ustida korpusga burchak
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI keskich o'rnatilgan hamda ag'dargich qanotiga uzaytirgich (pero) o'rnatilgan. Ushbu korpus
1-rasm. POT 01.000 korpusi
2-rasm. POM 01.000 korpusi
K30R ham yarimvintsimon turdagi korpusdir (3-rasm). Uning qamrash kengligi 40 sm. Payvandlanib yasalgan boshmoq, unga mahkamlangan lemex, iskana, ag'dargich va dala taxtasidan iborat. Ag'dargich ko'kragining yuqorigi qismiga burchak keskich o'rnatilgan, ag'dargich qanotiga esa uzaytirgich o'rnatilgan. Ushbu korpus Lemken firmasining "Vari-
Yevropal 9" plugiga o'rnatilgan. _
3-rasm. KZ0R korpusi
Sinab ko'rilayotgan barcha korpuslar 35 sm gacha chuqurlikka haydash uchun mo'ljallangan.
Ushbu tajribani o'tkazish paytida qurilmaning ishlov berish chuqurligi 35 sm,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
agregatning harakat tezligi esa 8 km/soat etib belgilab olindi [3].
Olinadigan natijalarga bir xil ta'sir ko'rsatishini ta'minlash uchun barcha korpuslarning qamrash kengligi bir xil, ya'ni 40 sm ga teng etib o'rnatildi.
Tajribalarda olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Umumiy ishlarga mo'ljallangan plugning har xil korpuslarining taqqoslov sinovlari _ natijalari___
Ko'rsatkichlarning POT 01.000 POM 01.000 K 30 R
nomi
Harakat tezligi, km/soat 7,8 7,9 7,8
Haydov chuqurligi, sm
Msr 34,8 34,9 34,3
±a 1,9 2,8 2,4
Qamrash kengligi, sm 40 40 40
O'simlik qoldiqlarining ko'milish
chuqurligi, sm
Msr 17,6 12,7 13,5
±a 4,1 5,9 6,0
O'simlik qoldiqlarining ko'milish
to'liqligi, % 96,1 81,4 84,1
Tuproqning uvalanish sifati, %
Fraksiyalar o'lchami, mm
100 dan katta
100 - 50 8,9 10,2 9,4
50 dan kichik 12,0 11,3 13,4
79,1 78,5 76,3
Tortishga qarshilik, kN 10,18 11,53 10,68
Solishtirma qarshilik, kPa 73,13 82,62 77,87
Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, taqqoslanayotgan korpuslar orasida asosiy ish ko'rsatkichlari bo'yicha POT 01.000 korpusining natijalari eng yuqori bo'ldi [4,5].
Tajribalarda barcha korpuslarning ishlov berish chuqurligi deyarli bir xil qiymatga ega bo'lib (34,3 - 34,9 sm), belgilangan chuqurlikka mosligi ular chuqurlik bo'yicha turg'un yurishini ko'rsatib turibdi. Shuning bilan birga POT 01.000 korpusining POM 01.000 va K30R korpuslariga nisbatan o'simlik qoldiqlarini ko'milish chuqurligi va to'liqligi mos ravishda 4-5 sm va 12-15 foizga ko'proq bo'lib, mavjud agrotexnik talablarga ko'ra qoniqarli ko'rsatkichlarga ega, solishtirma qarshiligi esa 6-13 foizga kam [6].
Tajribalarda sinalayotgan korpuslarning barchasi tuproqni uvalanish (maydalanish) sifati bo'yicha talab darajasidagi ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, modulli plugga o'rnatish uchun POT 01.000 korpusi tavsiya etildi va keyingi olib borilgan tadqiqotlar ushbu korpusdan foydalanib o'tkazildi.
Xulosa.
1. O'tkazilgan sinov natijalarining ko'rsatishicha POT 01.000 korpusi POM 01.000 va K30R korpuslariga nisbatan o'simlik qoldiqlarini ko'milish chuqurligi va to'liqligi mos ravishda 4-5 sm va 12-15 foizga ko'proq bo'lib, mavjud agrotexnik talablarga ko'ra qoniqarli ko'rsatkichlarga ega, solishtirma qarshiligi esa 6-13 foizga kam bo'ldi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
2. Tajribalarda sinalayotgan korpuslarning barchasi tuproqni uvalanish (maydalanish) sifati bo'yicha talab darajasidagi ko'rsatkichlarga ega bo'ldi va modulli plugga o'rnatish uchun POT 01.000 korpusi tavsiya etildi.
ADABIYOTLAR
1. Maxmudov R.Yu., Abdumalikov U., Nazirjonov I. Ekspremental tadqiqotlarni o'tkazish sharoitini o'rganish // Qishloq xo'jaligida ekologik toza mahsulotlar yetishtirishning tashkiliy, xuquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. - Andijon, 2014. - B. 228-230.
2. To'xtaqo'ziev A., Mansurov M.T., Rasuljonov A.R. Ish organlari ramaga qo'zg'almas biriktirilgan tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlash chuqurligi barqarorligini ta'minlashning ilmiy-texnik yechimlari. - Toshkent: Muxr press, 2019. - 70 b.
3. Abdullaev D., Xamrakulov A., Maxmudov R.Yu. Turli variantdagi plug korpuslarini taqqoslov sinovlari natijalari // Fargona vodiysi tuproq iqlim sharoitida qishloq x o'jaligida yangi va xorijiy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish. Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi. - Andijon, 2009. - B. 171-173.
4. Abdullaev D., Maxmudov R.Yu. Korpus kamrov kengligini uning ish ko'rsatkichlariga ta'siri // Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash hajmini ko'paytirishning tabiiy ekologik tashkiliy xuquqiy texnik-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari.Respublika ilmiy-amaliy anjumani. - Andijon, 2008. - B. 243-245.
5. Maxmudov R.Yu. Umumiy ishlarga mo'ljallangan plugning o'lchamlarini asoslash bo'yicha ekspermental tadqiqotlar natijalari // Qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalar Andijon tajribasi mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferensiyasi (2-kitob) - Andijon, 2002. - B. 8488.
6. Maxmudov R.Yu. Plug parametrlari va ish rejimining maqbul qiymatlarini asoslash // O'zbekiston qishloq xo'jalik jurnali. - Toshkent, 2014. -№8. - B. 30.
7. Бокижонович, И. (2022). ^учкоров Собиржон Каримжонович. Абдуназаров Элбек Элмуродович, and Ортиков Нозимжон Бокижон Угли." Анор тупларини кумадиган машина уюмлагичининг конструкцияси" Механика и технология, 3(8), 98-102.
8. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).
9. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024