Научная статья на тему 'Особенности и функции агроландшафта'

Особенности и функции агроландшафта Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
352
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LANDSCAPE / ANTHROPOGENIC IMPACT / ANTHROPOGENIC LANDSCAPE / AGRICULTURAL LANDSCAPE / LANDSHAFT / ANTROPOGEN TA’SIR / ANTROPOGEN LANDSHAFT / AGROLANDSHAFT / ЛАНДШАФТ / АНТРОПОГЕННОЕ ВОЗДЕЙСТВИЕ / АНТРОПОГЕННЫЙ ЛАНДШАФТ / АГРОЛАНДЩАФТ

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Абдуллаев Суюн Исматович, Мукумова Хуснора Иргашевна

В статье приведены определения понятия «агроландшафт», изложены особенности формирования агроладшафта. В ней также освешены основные особенности и функции агроландшафтов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUTURES AND FUNCTIONS OF THE AGRICULTURAL LANDSCAPE

The article provides definitions of the concept of “agricultural landscape”, describes the features of the formation of agricultural landscapes. It also highlights the features and functions of the agricultural landscape.

Текст научной работы на тему «Особенности и функции агроландшафта»

ОСОБЕННОСТИ И ФУНКЦИИ АГРОЛАНДШАФТА

Абдуллаев Суюн Исматович Мукумова Хуснора Иргашевна Каршинский государственный университет

В статье приведены определения понятия «агроландшафт», изложены особенности формирования агроладшафта. В ней также освешены основные особенности и функции агроландшафтов.

Ключевые слова: ландшафт, антропогенное воздействие, антропогенный ландшафт, агроландщафт.

AGROLANDSHAFTLARNING XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI

Maqolada "agrolandshaft" tushunchasiga berilgan ta'riflar keltirilgan, agrolandshaftlarning vujudga kelishining xususiyatlari bayon qilingan. Shuningdek, unda agrolandshaftlarning asosiy xususiyatlari va funksiyalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: landshaft, antropogen ta'sir, antropogen landshaft, agrolandshaft.

FUTURES AND FUNCTIONS OF THE AGRICULTURAL LANDSCAPE

The article provides definitions of the concept of "agricultural landscape", describes the features of the formation of agricultural landscapes. It also highlights the features and functions of the agricultural landscape.

Key words: landscape, anthropogenic impact, anthropogenic landscape, agricultural landscape.

DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10081

Kirish. Landshaft - o'zaro ta'sirda bo'lgan tabiiy va antropogen komponentlarning nisbiy birligi ifodalanadigan, shuningdek kichik taksonomik birlikdagi komponentlarning hamda inson ta'sirida bo'lgan vujudga kelishiga ko'ra bir xil tabiiy geosistemasidir. Landshaft nafaqat ilmiy tadqiqot obyekti, balki inson faoliyatining obyekti hamdir. Zero, landshaftlar - tabiiy resurslarga ega bo'lgan va resurslar qayta tiklanadigan hamda genofond saqlanadigan tabiiy sistema, insonning hayoti va faoliyati kechadigan muhit, tabiiy laboratoriya va estetik idrok qilish manbaidir. Yerda paydo bo'lganidan

buyon inson tabiatga ta'sir ko'rsatadi, uni muayyan yo'nalishda o'zgartiradi. Inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'siri antropogen ta'sir deyiladi. Bunda landshaftlarning o'zgarish darajasi va sajiyasi antropogen ta'sirning katta-kichikligiga, ularning tabiiy xususiyatlariga bog'liq. Hozirgi paytda antropogen omil tabiiy landshaftlarning shakllanishi va o'zgarishida bosh omil bo'lib qoldi. Aholining ko'payishi va ishlab chiqarish texnikasining takomillashishi tufayli uning roli oshib boraveradi.

Asosiy qism. Hozirgi landshaft - o'zaro ta'sirda bo'lgan tabiiy va antropogen komponentlarning nisbiy birligi ifodalanadigan, chuningdek kichik taksonomik birlikdagi komponentlarning hamda inson ta'siri ostidagi hosil bo'lichiga ko'ra bir xil tabiiy-antropogen hosila. Sayyoramizning deyarli barcha katta - kichik hududlarida tarqalgan hozirgi landshaftlar inson faoliyati tufayli bevosita yoki bilvosita muayyan darajada o'zgartirilgan; quruqlikning qariyb 68% maydonida landshaftlar o'zgartirilgan. Ms-Kloskey J.Michael (1989) tomonidan topografik kartalar asosida olingan ma'lumotlarga ko'ra,

jahondagi inson faoliyati tufayli juda kam o'zgartirilgan landshaftlarning maydoni 48 mln. km2 ni yoki quruqlik maydonining 32% dan ziyodrog'ini tachkil etadi [1].

XX asrning 70-yillaridan boshlab xo'jalik faoliyatining ta'siri ostida o'zgargan, tuzilishi va xossalariga ko'ra tabiiy landsahaftlardan farq qiladigan geosistemalar antropogen landshaftlar sifatida faol o'rganila boshlandi. Antropogen landshaft deb kishilarning faoliyati tufayli o'zgartirilgan, tuzilishi va xossalariga ko'ra tabiiy landshaftdan farq qiladigan landshaftga aytiladi.Tabiiy sharoit va inson xo'jalik faoliyatining xilma-xilligi tufayli Yerda antropogen landshaftlarning ko'p turlari hosil bo'lgan va ilmiy-texnika taraqqiyotiga mutanosib holda ularning yangi-yangi turlari paydo bo'lmoqda (qishloq xo'jalik, sanoat, rekreatsion, aholi manzilgohlari landshaftlari va b.).

Dunyoda antropogen landshaftlar orasida eng katta maydonni tabiiy va qishloq xo'jalik bloklaridan iborat geosistemalar - qishloq xo'jalik landshaftlari egallaydi. Qishloq xo'jalik landshaftlari agrolandshaft (agricultural landscape) deb nom olgan [2,3,5,6]. Agrolandshaftlar sayyoramizda qariyb 16 ming yil ilgari inson dehqonchilik va chorvachilik faoliyatiga bog'liq holda hosil bo'la boshlagan. Hozirgi paytda agrolandshaftlar quruqlik yuzasining 35 % maydonida tarqalgan. Dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar 20 mln. km2 dan ziyodroq maydonni (quruqlikning 15% ga yaqini) ishg'ol etadi. Bu xildagi landshaftlar tarqalishiga ko'ra zonal sajiyaga ega bo'lib, Yer yuzasida deyarli barcha landshaft zonalarida har qanday tabiiy landshaftni o'zgartirish yo'li bilan yaratiladi. Agrolandshaftlar Ota Osiyo tabiiy geografik o'lkasi, xususan O'zbekiston hududi uchun ham juda xos. Bu o'lkaning qishloq xo'jaligi qadimdan an'anaviy tarzda sug'orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik yo'nalishlarida rivojlanib kelmoqda.

Ayni paytda fanda agrolandshaft nima degan masala yechimini topganicha yo'q. V.A.Nikolayev (1987) tomonidan taklif qilingan agrolandshaft konsepsiyasiga ko'ra, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga jalb qilingan landshaft batamom yangi hosila sifatida qaraladi [2]. D.B. Van Berkel va , P.H.Verburg (2014) nisbatan past ekologik ishonchlilik va o'z-ozini tartibga solishning buzillgan mexanizmlariga ega bo'lgan tabiiy antropogen geosistemani agroladshaft deb ta'riflashadi [3]. Agrolandshaftlar qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini oqilona va iqtisodiy jihatdan samarali olib borish va uning tabiiy asoslarini muhofaza qilish uchun maxsus konstruksiyalanadigan, loyihalashtiriladigan va yaratiladigan tabiiy-antropogen geosistemalardir. Agrolandshaft - bu biotik qismida inson tomonidan sun'iy shakllantirilgan va hududning katta qismida tabiiy fito- va zoosenozlarni o'rnini egallagan jonli organizmlar turkumi (agrobiosenozlar) ustivorlik qiladigan antropogen landshaft. Torroq ma'noda agrolandshaft deb katta qismida tabiiy o'simlik qishloq xo'jalik o'simliklarining ekinlari bilan almashtirilgan va tabiiy chegaralarini saqlab qolgan landshaft tushuniladi.Bu ta'rifga binoan agrolandshaft maqsadli yaratilgan o'simlikka nisbatan sifat jihatdan bir xil bo'lgan hudud bo'lib, unda inson tomonidan iqlim, relyef, tuproq va biotik sharoitlar o'zgartiriladi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi vositalarini o'z ichiga oladigan va mehnat predmeti bo'lgan agrolandshaft dastavval ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining mahsulidir.

Shunday qilib, agrolandshaft antropogen landshaftning bir turi bo'lib, insonning qishloq xo'jalik faoliyati ta'siri ostida shakllanadi. Agrolandshaft muayyan ko'rinish va tuzilmaga ega bo'lgan, o'zaro ta'sirdagi tabiiy komponentlar majmuasidan, va shuningdek qishloq xo'jalik ishlab chiqarish (dehqonchilik) tizimi elementlaridan iborat bo'lgan murakkab uyushgan ko'p o'lchamli antropogen geosistema. Binobarin, agrolandshaft tuzilmasida hudud uyushuvidan va dehqonchilik tizimidan shakllangan uning elementlari ifodasini topishi lozim.

"Agrolandshaft" tushunchasiga bo'lgan yangi yondoshuvlarni hisobga olgan holda agrolandshaft tuzilmasini tabiiy va ishlab chiqarish-sotsial kichik tizimlarga ajratish lozim.

Agrolandshaft boshqa antropogen landshaftlar kabi quyidagi xususiyatlari bilan

tabiiy geosistemalardan farq qiladi:

•agrolandshaft qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ta'sirida bo'ladi;

• agrolandshaft band qilgan hududning katta qismida agrofitosenoz hukumronlik

qiladi;

• agrolandshaftda uni tashkil etuvchi deyarli barcha komponentlar insonning xo'jalik faoliyati tufayli o'z xususiyatlarini o'zgartiradi va o'zaro muvofiqlashadi;

• barcha ekosistemalar soddalashadi;

• tabiiy va sotsial-iqtisodiy geosistemalar birgalikda mavjud bo'ladi;

• tabiiy jarayonlar va hodisalar hamda sikllar tabiiy muhitdagiga nisbatan tezroq kechadi;

• jarayonlarning noritmliligi xos;

• agrolandshaftda kimyoviy muvozanat (kimyoviy o'g'itlardan foydalanish va zararli kimyoviy moddalarning top'lanishi) buziladi.

Agrolandshaftshunoslikda hozirgi bosqichda agrolandshaftlarni tasnif qilish muammosi batamom yechilganicha yo'q. Agrolandshaftlarning taksonomik birliklarining ancha mukammal tizimi F.N. Milkov (1984) tomonidan taqdim etilgan. Bu tasnifda makrorelyef asosida ikki sinf - tog' va tekislik sinflari va ularning har birida dalachilik, bog'dorchilik, bog'-park va o'tloq-yaylovchilik kichik sinflari ajratiladi [4]. Agrolandshaftlar kishilarning qishloq xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lib, Yer resurslari bilan foydalanish sharoitlariga bog'liq holda xilma-xil (lalmikor yerlarning agrolandshaftlari, bog'lar va tokzorlarning agrolandshaftlari, sug'oriladigan yerlarning agrolandshaftlari va b.) bo'ladi. Markaziy Osiyoning qurg'oqchil iqlim sharoitlarida sug'orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik, mol boqiladigan yaylovlar, hashak tayyorlanadigan o'tloqlar va, bog'larning agrolandshaftlari keng tarqalgan.

Qishloq xo'jaligini lanshaft asosida yuritish regional landshaft tadqiqotlarini kengaytirish zaruriyatini kun tartibiga qo'yishni taqoza etadi. Hozirgi paytda landshaftlarning nafaqat regional, balki sayyoraviy miqyoslaridagi tadjiriy rivojlanishi va dinamikasida ham bosh omildir. Ekologik krizis tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda antropogen omilning atrof muhitga ta'sirini tahlil qilish tobora dolzarblashib bormoqda. Tabiiy-xo'jalik geosistemalarini samarali boshqarish uchun landshaftlarning antropogen dinamikasini o'rganish, ularning ehtimoliy barqarorligining buzilishini oldindan ko'ra bilish, xo'jalik loyihalarining ekologik ekspertizalarini tuzish zarur. Landshaftshunoslik va geoekologiya bo'yicha ilmiy loyihalarning ancha qismi shu muammoga bag'ishlangan. Insonning xo'jalik faoliyati, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni joylashtirish tabiiy sharoitlar bilan bevosita bog'liqva ayni paytda tabiiy sharoit inson faoliyati ta'srida o'zgarmoqda. Agrolandshaftlarni o'rganishga doir tadqiqotlarning ko'payishi oqibatida landshaftshunoslik va agroekologiya oralig'ida yangi ilmiy integral yo'nalish -agrolandshatshunoslik shakllandi.

Agrolandshaftlar quyidagi funksiyaga ega:

1.Ishlab chiqarish: a) barqaror dehqonchilik sharoitlarining shakllanishi; b) qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish.

2. Hududiy: a) o'simliklar va hayvonlarning yashash sharoitlarini yaratish; b) ekinzorlarning nisbatini oldindan aniqlash; c) hududni ishlab chiqarish - ekologik zonalashtirishni amalga oshirish.

3. Meteorologik: a) tuproqning suv va harorat rejimini tartibga solish; b) havoning suv va harorat rejimini tartibga solish; c) Quyosh energiyasi va radiatsiyasini to'plash; d) tabiiy anomaliyardan (sovuqlardan) ogohlantirish.

Agrolandshaftlar uchun biologik aylanma harakat, suv-issiqlik balansi, tuproq jarayonlari, jonli organizmlarning soni va turlar tarkibining qayta tuzilichi xosdir. Agrolandshaftlarning rivojlanishi tub tabiiy landshaftlarning o'z-o'zidan rivojlanishiga nisbatan ancha tezroq sodir bo'ladi. Antropogen landshaftlarning bu xususiyati ulardan

foydalanish jarayonida bir tomondan noxush o'zgarishlarga jiddiy e'tibor berishni, boshqa tomondan esa qisqa vaqt davomida (bir avlod hayoti davomida) landshaftlarni tartibga solib turish va qayta tuzish imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatadi.

Landshaft asosida yerdan qishloq xo'jalik foydalanilishini tashkil etish tabiiy resurslarni eng yuqori darajada hisobga olish va ularni asrash hamda atrof muhit holatiga nomaqbul ta'sir etadigan antropogen ta'sirni cheklasni nazarda tutadi. Hozirgi paytda yerdan foydalanishni optimallashtirish va geosistemalarning tabiiy asosini asrash muhim.

Agrolandshaftlar uchun komponentlarning kuchli darajada o'zgartirilganligi va bu landshaftlarning tub tabiiy landshaftlardan farq qilishi xosdir. Landshaft-ekologik sharoitlarning xususiyatlarini e'tiborga olmaslik natijasida katta maydonlarni o'zlashtirilishi, sug'oriladigan yerlar maydonining kengaytirilishi, agrolandshaftlar tuzilmasining soddalashuvi, bir xilligi yuzaga keladi. Agrolandshaftlar tuzilmasining soddalashuvi natijasida esa tuproq hosildorligining pasayishi, eroziya jarayonlarining kuchayishi, qayta sho'rlanish va botqoqlashuv (zax bosishi), yer usti va yer osti suvlari sifatini yomonlashuvi,tuproqlarning chirindisizlashuvi va zichlashuvi, yerlarning ifloslanishi kabi salbiy jarayonlarni kuchayishi ancha katta maydonlarda sodir bo'ladi. Inson faoliyatining tabiatga va uning jarayonlariga ta'siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda bu ta'sirni optimallashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega. Oqilona tabiatdan foydalanishning vazifasi landshaftlarning nomaqbul buzilishini bartaraf qilish, ya'ni landshaftning rivojlanishini boshqarishdan iborat. Jamiyatning tabiiy muhitdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va yaxshilashga doir ijtimoiy tadbirlarning barcha tizimi landshaftlar to'g'risidagi ta'limot asosida ishlab shiqilishi lozim.

Adabiyotlar:

1. Mc-Closkey J.Michael. A Recconaissanse-level inventori of the amount of wilderness remaining in the world. Spalding Heather. AMBIO. - 1989,18. N 4.

2.Николaев В.А. Концепция aгролaндшaфтa // Вестник МГУ. Сер. 5. Геогрaфия. 1987. №2. С.22-27.

3. Van Berkel D.B., Verburg P.H. Spatial quantification and valuation of cultural ecosistem services in an agricultural lanndscape // Ecological indicators, 2014.

4.Мильков Ф.Н. Сельскохозяйственные лaндшaфты, их специaлизaция и клaссификaция // Вопросы геогрaфии. 1984. №124. С.24-34.

5. Солнцев В.Н. Полиструктуртая концепция aгролaндшaфтa // Изменение природной среды: глобaльный и регионaльный aсректы. М., 1987. С.17-19.

6. Benoit M. Landscape agronomy: a new field for addressing agricultural landscape dynamics // Landscape ecology. 2012. Vol. 27. No 10. P. 1385-1394.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.