XORAZM VILOYATIDA TURISTIK XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Farhod Ozodovich Abdullaev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Xorazm viloyati hududiy filiali direktori, i.f.n., dotsent farhodeconomy@mail.ru
Sabirjon Bazarbayevich Shamurotov Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti o'qituvchisi sabirj onshamurotov@gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Xorazm viloyati turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari o'rganilib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning holati tahlil qilingan hamda turizm sohasining milliy va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Turistik xizmatlar, tashkiliy mexanizm, innovatsiya, turistik xizmatlar xususiyatlari, turistik xizmat turlari.
OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF TOURISM SERVICES IN KHOREZM REGION
ABSTRACT
This article examines the opportunities for the development of tourism services in Khorezm region, analyzes the state of reforms in the sector and reveals the role of tourism in the development of national and regional economies.
Key words: tourist services, organizational mechanism, innovations, characters of tourist services, types of tourist services.
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va aholi farovonligini oshirish sharoitida xizmat ko'rsatish sohasida bandlikni oshirish bugungi kunda mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan muhim masalalardan biridir. Xususan, mulkchilikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, deb e'tirof etilayotgan xizmat ko'rsatish sohasidagi bandlikni oshirishning istiqbolini belgilash, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va shu masala yuzasidan ilmiy jihatdan asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim yo'nalish bo'lib hisoblanadi. Ana
shularni hisobga olib, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hozirgi kunga qadar zamon talablariga javob beradigan turistik xizmatlarni tashkil etish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyev " ...Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bo'lmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish o'rinlari ochamiz desak, turistga shart qo'yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur", deb ta'kidlaganlar.
Shuning uchun ham, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni hamda turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati mintaqasida turizm sohasini rivojlantirish sohadagi mavjud muammolarni hal qilishni taqozo qiladi hamda sohani keng taraqqiy qildirishning zamonaviy va yangi turlarini tadbiq qilishni talab qiladi. Bu esa Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish holatini tahlil qilish, turistik xizmatlarning yangi yo'nalishlari va istiqbollarini o'rganishni taqozo qiladi. Shuningdek, sohada me'yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O'zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turistik xizmatlarni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlarini tashkil etish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Iqtisodiy adabiyotlarda turistik xizmatlarni rivojlanishining turli xil jihatlari bo'yicha nazariy va uslubiy muammolari o'rganilgan. O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi "Turistik xizmatlar turistik faoliyat subyektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko'rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», deb ta'riflanadi.[1]
O'zbek adabiyotlarida turistik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta'minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo'naltirilgan harakatlar to'plami bo'lib, ular turizm maqsadlari, xarakteri va turistik xizmatning qanday yo'naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi bo'lmasligi kerak.[2] Bu orqali turistik xizmatlar tushunchasini aniqroq tasavvur qilish mumkin.
Xorij adabiyotlarida turistik xizmatlar - bu moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan mahsulot, uni ko'rish va saqlash mumkin emas. Bu turdagi xizmat turistdan talab bo'lganda amalga oshirilishi mumkin. Turistik xizmatlar birligi - bu ma'lum bir vaqt
ichida bitta iste'molchiga ko'rsatiladigan xizmatlar majmuidir.[3] Turistik xizmatlar birligi turistik xizmatlar tarkibiga tegishli bo'ladi.
Turistik xizmat tarkibiga xizmatlarni buyurtma qilish, tashish, joylashtirish va boshqa barcha rasmiylashtirish ishlari, tashib berishning barcha turlari, transfer, ovqatlantirish, ekskursiya va attraksionlar, tibbiy ko'rik va sug'urta, tarjimon xizmatlari, uchrashuvlar va boshqalar bilan ta 'minlash kiradi. Xizmatlar tarkibiga yana guruh boshlig'i xizmati bilan gid-tarjimonning xizmati ham kiritilishi mumkin [4]. Ushbu tarkibning o'zaro aloqasi turistik xizmatni shakllantiradi.
Turistik xizmatlar bozorining mohiyati va tarkibini aniqlashda xizmatlarning o'ziga xosligini ochib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.[5] Shunga asosan, turistik xizmatlar quyidagi yetti xil o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi:
- saqlanmaslik;
- xizmatlarning sezilmasligi;
- mavsumiy ta'sir qilish;
- turistik xizmatlar o'zgarmasligi;
- turistik xizmatni sotish va uni iste'mol qilish o'rtasidagi vaqt farqi;
- turizm bozorida iste'molchi va ishlab chiqaruvchi o'rtasidagi hududiy bo'linish;
- turist turistik xizmat ko'rsatiladigan va iste'mol joyidan ajratib turadigan masofani bosib o'tishi.[6]
Bir guruh olimlar turistik xizmatlarni iqtisodiy hodisa sifatida turistik tur tushunchasi, ya'ni turoperator va turagentliklar faoliyati bilan bog'laydilar. Bu nuqtayi nazarga rossiyalik ba'zi mutaxassislar ham qo'shilishadi va «tashkilotlarning ayrim qismigina faqat turistlar uchun mo'ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan», deb ta„kidlaydilar.[7] "Salohiyat" atamasi o'zining etimologik ma'nosida lotincha "potentsiya" so'zidan kelib chiqqan va "yashirin imkoniyatlar" degan ma'noni anglatadi, bu iqtisodiy amaliyotda mehnat tufayli haqiqatga aylanishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu atama keng ma'noda imkoniyatlar, mavjud kuchlar, zaxiralar, ishlatilishi mumkin bo'lgan vositalar yoki har qanday jihatdan kuch darajasi, biror narsa uchun zarur bo'lgan vositalar to'plami sifatida talqin etiladi. A.N. Azriliyan tahrir qilgan "Katta iqtisodiy lug'at " [8] bu atama har qanday sohadagi mavjud vositalar, imkoniyatlar yig'indisi sifatida tushuniladi.
Charles R. Goldener va J.R. Brent Ritchie :"Turizm - bu murakkab hodisa, uni qisqacha ta'riflash juda qiyin. Turizmning har qanday "modeli" turistik tizim tarkibini yoki tarkibiy qismlarini, shuningdek, uning ichida sodir bo'lgan asosiy jarayonlar va natijalarni "qamrab olishi" kerak" [9] deb ta'rif bergan. Ushbu jarayonlar va natijalar
turizmning mohiyatini, sayyohlik tajribasini va turizmni amalga oshirishga yordam beradigan vositalarni o'z ichiga oladi.
Turizmni tizim sifatida o'rgangan Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper konsepsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi:
1. Geografik komponent;
2. Turistlar;
3. Turistik industriya [10]
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli yondashuv, tahlilning mantiqiy va taqqoslash usullari, iqtisodiy-statistik tahlil, tanlanma kuzatish hamda tajriba kabi usullardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bilamizki, turistik xizmatlar turistga turistik sayohat davomida ko'rsatiluvchi, turistik ehtiyojlarini qondiruvchi, ko'zda tutilgan turizm turi maqsadiga javob beruvchi va umuminsoniy tamoyillarga javob beruvchi xizmatlar majmuidir. Mazkur xizmatlar quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- asosiy turistik xizmatlar;
- qo'shimcha turistik xizmatlar.
Asosiy turistik xizmatlar turpaket tarkibiga kiruvchi barcha turistik xizmatlar: ovqatlantirish xizmatlari, transport va transfer xizmatlari, joylashtirish xizmatlari, gid ekskursiya xizmatlari va boshqalar kiradi.
Qo'shimcha turistik xizmatlarga turpaket tarkibiga kirmagan, turistlarni talablaidan kelib chiqib ko'rsatiladigan va qo'shimcha narx talab qiluvchi xizmatlar, ya'ni kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmatlari, bank xizmatlari, sug'urta xizmatlari, mashinalarni ijaraga berish xizmatlari, kurerlik xizmatlari va boshqalar kiradi.
1-rasm. Turistik xizmatlar tarkibi
Fikrimizcha, turistik xizmatlar quyidagi yo'nalishlardan iborat guruhlarga ajratiladi:
- turistik xizmatlar saqlanmasligi;
- sezilmaslik;
- xizmat ko'rsatish va iste'mol jarayonini bir vaqtda sodir bo'lishi;
- sifatning doimiy emasligi.
2-rasm. Turistik xizmatlarning xususiyatlari
Ushbu xususiyatlar quyidagi mazmunga ega:
- turistik xizmatlar saqlanmasligi. Bu ushbu xizmatlarni saqlash mumkin emasligidir. Turistik xizmatlarning hayotiy davri moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan, saqlash bosqichining mavjud bo'lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon'yunkturasini yaxshilab o'rganishni, talab va taklifiiing mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab boimagunga qadar "omborlarda" turib qoladigan mahsufot emas.
- sezilmaslik. Turistik xizmatlar nomoddiy mahsulot bo'lib hisoblanadi. Ular ijtimoiy-madaniy yoki nomoddiy sohalarga tegishli bo'ladi, chunki iste'molchining ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini jismoniy, etnik-intellektual, ma'naviy va boshqa ehtiyojlarini qondirish bo'yicha xizmatlarni ijro etuvchilar
faoliyati aniqlaydi. Ularni xarid qilish vaqtida ko'rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar obyekti bo'lib shaxsan iste'molchi hisoblanadi,
- xizmat ko'rsatish va istemol jarayonini bir vaqtda sodir bo'lishi. Xizmatlar iste'molchi va ijro etuvchilaming o'zaro ta'siri natijasida tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni ko'rsatish jarayoni iste'mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi.
- sifatning doimiy emasligi. Xizmatlar sifati ko'p hollarda manbaning holati, uning malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog'liq bo'ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xorazm viloyati bo'yicha turistik xizmatlar bozori holatini tahlil qilib chiqamiz. Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2020-yil davomida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 114.9 mlrd. so'm (o'z mablag'lari 31 mlrd. so'm, bank krediti 40,2 mlrd.so'm, xorijiy investitsiya 43,7 mlrd so'm) miqdoridagi jami 50 ta loyihalar amalga oshirilib, natijada 358 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.
Xorazm viloyatida 2020-yilda jami 168 ta joylashtirish vositasi (4757 nomer fondiga ega) mavjud bo'lib, 2021-yilda 197 ta joylashtirish vositasiga (6426 nomer fondiga ega) yetkazish reja qilingan. 2020-yilda jami 62 ta turoperator, 138 ta gid ekskursovodlar faoliyat ko'rsatdi. Viloyatimizda 2020-yilda 293 ta turistik transport vositalari mavjud bo'lsa, 2021-yilda esa ularning sonini 314 taga yetkazish maqsad qilingan.
3-rasm. Joylashtirish vositalari sonining 2017-2020-yillar davomidagi o'sish grafigi
Ushbu rasmga asosan, viloyatda joylashtirish vositalari sonining 2017-2020-yillar davomidagi o'sish ko'rsatilgan va bu turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatini belgilaydi.
1-jadval. Xorazm viloyatida turistik xizmatlardan keladigan daromadlar o'zgarish
dinamikasi (mln. somda)
Xizmatlar turlari nomi Yillar
2018 2019 2020
Transport xizmatlari 1241862,3 1431791,9 1596372,1
Yashash va ovqatlanish xizmatlari 105408,5 147656,6 145224,6
Viloyatida transport xizmatlarini ko'rsatishdan kelgan daromad yillik qariyb 10 % ga o'sish suratini ko'rsatmoqda. 2020-yilda ovqatlantirish va joylashtirish xizmatlaridan olinadigan daromad koronavirus pandemiyasi tufayli sezilarli darajada kamaygan.
Budjetga valyuta tushishi hisobiga turizm iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari rivojiga ham ta'sir ko'rsatadi, mintaqalar infratuzilmasi, yangi ish joylari yaratish, o'zbek xalqining tarixiy va madaniy merosini tiklash imkonini beradi O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga turizmning hissasi katta bo'lishi kerak.
XULOSA
Xorazm viloyatida yangi turistik xizmatlar turini miqdor jihatidan ko'paytirish va xizmatlar sifatini oshirishl bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish quyidagi yo'nalishlardagi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi:
- turizm tizimida sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etish;
- turistik ekskursiya xizmati ko'rsatishning turi va sifatini yanada rivojlantirish;
- tarixiy obida va yodgorliklarni ommaviy reklama qilish;
- yangi turistik makonlarni izlab topish va zamonaviy uslublar orqali tashkil etish;
- qo'shimcha xizmatlar turlarini yanada ko'paytirish va ularning sifatli ko'rsatilishini yaxshilash;
- turizm bilan bog'liq barcha tarmoqlar, ya'ni maishiy xizmat, aloqa, transport va boshqa sohalar ishini izchil takomillashtirish;
- tizimli ravishda turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda xodimlarning malakasini oshirishni amalga oshirish.
REFERENCES
1. Turizm to'grisidagi qonun "Xalq so'zi" gazetasi № 147 19.07.2019. 1-bet.
2. M.R.Boltabayev, I.S.Tuxliyev, B.Sh.Safarov, S.A.Abduxamidov Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik 114-bet
3. Розанова Т.П. Туристские услуги в системе потребительского рынка национальной экономики / Рос. экон. акад. им. Г. В. Плеханова. - М.:Кнорус, 2005. 105 c
4. Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent -2011. 154-bet
5. Tuxliyev I. S., Raximov Z. O. Turizm xizmatlar bozori. O'quv qo'llanma. Samarqand,2018, 25-bet
6. Основы туризма: учебник / А.С.Кусков. Ю.А, Джаладян. - М.: КНОРУС, 2008, - 308 с.
7. Жукова М.А. Менеджмент в туристическом бизнесе. Учебное пособие. 2-е изд., стер. -М.: КНОРУС, 2006, 193 с.
8. Азрилиян А.Н. Большой экономический словарь. М.: Институт новой экономики, 1998. - 864 с.
9. Charles A. Goeldner, J.R. Brent Ritchie. Tourism Principles, Practices, Philosophies, New Jersey, John Wiley & Sons, 2012.
10. Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B. «Xalqaro turizm». Darslik. Toshkent - SamlSI. 2008. 6-bet