Atamurodov Ulug'bek Nizomqulovich,
Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti
MINTAQADA TURIZM SOHASI SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
UDK: 338.48
ATAMURODOV U.N. MINTAQADA TURIZM SOHASI SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada mamlakatning turizm industriyasini rivojlanishidagi mintaqaviy jihatlar inobatga olinishi lozimligi asoslab berildi. Turizm bozorini rivojlantirishda mintaqaning alohida xususiyatlarini to'liq e'tiborga olib, mintaqaviy siyosatni olib borishni taqozo etishi asoslangan. Mintaqada faoliyat olib borayotgan turistik firmalarni joylashtirish va ularning hududiy faoliyati natijalari monitoringini olib borish masalalari mintaqa turizm sohasi salohiyatini oshirishini ta'minlashi misollar yordamida yoritildi.
Kalit scfzlar: salohiyat, davlat siyosati, istiqbol, hududlar, infratuzilma, kompleks, turizm sohasi, iqtisodiyot, yalpi ichki mahsulot, tushum, sayyohlik, xarajat, asosiy maqsad.
АТАМУРОДОВ У.Н. ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПОТЕНЦИАЛА ТУРИСТИЧЕСКОГО СЕКТОРА В РЕГИОНЕ
В этой статье обосновывается необходимость учета региональных аспектов развития сферы туризма. Обосновывается необходимость проведения региональной политики с полным учетом особенностей региона в развитии туристского рынка. На конкретных примерах освещены вопросы размещения туристских фирм, действующих в регионе, и проведения мониторинга результатов их территориальной деятельности, обеспечивающих повышение потенциала туристской отрасли региона.
Ключевые слова: потенциал, Государственная политика, перспективы, территории, инфраструктура, комплекс, сфера туризма, экономика, ВВП, выручка, туризм, себестоимость, основная цель.
ATAMURODOV U.N. ADVANTAGES OF REGION S TOURISM SECTOR POTENTIAL USING
In the article the necessity of taking into account the regional aspects of the development of the tourism industry is justified. The necessity of conducting a regional policy with full consideration of the peculiarities of the region in the development of the tourist market is substantiated. Using examples, the issues of placement of tourist firms operating in the region and monitoring the results of their territorial activities, ensuring an increase the tourism industry's potential of region is highlighted.
Key words: potential, Public policy, prospects, territories, infrastructure, complex, tourism, economy, GDP, revenue, tourism, cost, main goal.
Kirish.
O'zbekiston ulkan turistik salohiyatga ega. Respub-lika nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda turizm markazlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston tar-ixning turli davrlariga mos noyob tarixiy va arxitektura ansambllariga ega. Qadimiy shaharlardagi arxitektura bilan zamonaviy milliy arxitektura yodgorliklari mujas-samlashib o'ziga xos uyg'unlik kasb etadi.
Qadimda Xitoyni Yevropa mamlakatlari bilan bog'lagan Buyuk Ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston shaharlarida sayohat qilish turistlar uchun juda jozi-badordir. Bular jumlasiga Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo'qon va Termiz shaharlari kiradi.
Mintaqa turizm sohasi salohiyati va undan foy-dalanishni davlat siyosati darajasiga ko'tarish istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kom-pleks jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqa turizmi sohasining davlat iqtisodiyotida yet-akchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o'rinlarini ko'paytirish, hududlar diversi-fikatsiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daro-madlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy muammoning qo'yilishi.
Shu kubga qadar mintaqakada turizmni rivojlan-tirish borasida qator tadqiqotlar amalga oshirilib, bu yonalishda ilmiy yondashuvlar farqlanadi. Rossiyalik iqtisodchi Ye.A.Zaliznyak "Mintaqaviy turizm - bu ma'lum bir hududdagi turistik ehtiyojlarning qondirili-shi va uning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan funktsiyalarni bajarish uchun tashkil qilingan murakkab tizimdir", deb ta'rif bergan [7].
Mintaqaviy turizmni rivojlantirishda turizm bozori muhim o'rin tutadi. Rossiyalik iqtisodchi I.T.Balabanovning fikricha, "Turizm bozori turistik mahsulot iste'molchilari va sotuvchilari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yig'indisidan iborat" degan fikr bildiredi [5].
Mintaqaviy turizm bozorining asosiy ob'ektlaridan biri - turistik xizmatlar bo'lib, Rossiyalik iqtisodchi-lar I.V.Zorin va V.A.Kvartalnovlar turistik xizmatlarga quyidagicha ta'rif beradilar: "Turistik xizmatlar - bu turistik ehtiyojlarni qondiruvchi asosiy, qo'shimcha va kompleks xizmatlar majmuidir. Ular asosiy xizmatlarga sayyohlikni tashkil qilish va o'tkazish uchun zarur xizmatlar, qo'shimcha xizmatlarga sayohat o'z ichiga olmagan va ehtiyoj bo'lgan holda dam olish joyida taqdim qilinadigan xizmatlar, kompleks xizmatlarga chiptada kafolatlangan turistik xizmatlar majmuini"-kiritganlar [6].
O'zbekiston Respublikasida mintaqaviy turizm sohasini rivojlantirishni maqsad qilar ekanmiz, buni amalga oshirishga mintaqaviy jihatdan yondashish maqsadga muvofiq deb uylaymiz. Bugungi kunda mintaqalarda turizmni rivojlantirish butun bir mam-lakat turizm sohasining rivojlanishiga hissa qo'shishi nuqtai nazardan ko'rib chiqish - ilmiy yondashuvni talab etadi. Bunda turizm industriyasini rivojlanishi-dagi mintaqaviy jihatlar inobatga olinishi lozimligi, turizm bozorini rivojlantirishda mintaqaning alohida xususiyatlarini to'liq e'tiborga olish, soha taraqqiyo-tini shakllantirishda mintaqaviy siyosatni olib borishni masalalari, faoliyat olib borayotgan turistik firmalarni joylashtirish va ularning hududiy faoliyati natijalari monitoringini tashkil masalalari hozirgi kunda ilmiy va metodik ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda bilish nazariyasining induksiya va deduksiya, mantiqiy yondashuv, makon va zamon, shuningdek, deduktsiya va suhbat usullaridan foy-dalanilgan.
Tahlil va natijalar.
Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ'ib qilish, bularning barchasi 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida o'z aksini topgan bo'lib, «O'zbekiston bo'ylab sayoxat qiling» dasturi doirasida mahalliy sayyohlar сонини 12 миллион nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar сонини 9 миллион nafarga yetkazish esa strategiyaning асосий maqsad-laridan бири hisoblanadi1.
Turizm jahonda iqtisodiyotning asosiy, yetakchi sektoriga aylanmoqda. Turizmdan olingan daromadlar dunyo eksportida yonilg'i va avtomobilsozlik sohalari-dan keyingi uchinchi o'rinni egallamoqda. Butunja-hon turizm va sayyohlik kengashi (WTTC) tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra 2019-yilda jahon yalpi ichki mahsulotiga turizmning qo'shgan hissasi 8,9 trillion AQSh dollarini tashkil etdi, ya'ni umumiy hajmin-ing 10,3% i to'g'ri keldi2. Prognozlarga ko'ra, 2028-
1 Узбекистан Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январда^ги "2022 — 2026 йилларга мулжалланган янги Узбекистоннинг тараккиёт стра-тегияси т^рисида"ги ПФ-60-сон Фармони. - https:// lex.uz/docs/5841063
2 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 5(153)
МИНТАКАВИЙ ИКТИСОДИЁТ / РЕГИОНАЛЬНАЯ ЭКОНОМИКА
1-rasm. O'zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni1.
yilga kelib turizmning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 12,5 trillion AQSh dollarini tashkil etadi yoki jami hajmning 11,7% i to'g'ri keladi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, turizm sohasining jahondagi ish o'rinlari holati quyidagicha: 2019-yilda 330 mln. kishini tashkil etgan va 2028 yilga kelib bu ko'rsatkich asosan Xitoy, Hindiston, Indoneziya va Amerika Qo'shma Shtatlari hisobiga 414 mln. kishini tashkil etishi tahmin qilin-moqda2.
O'zbekistonda ham turizm sohasi iqtisodiyotim-izning bir sektori sifatida yalpi ichki mahsulotga tushum keltiradi. Xorijiy valyuta tushumi bo'yicha turizm sohasi mamlakatimizda yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari iqtisodiyotni diver-sifikatsiyalash va aholi bandligini ta'minlashning ham asosiy vositasi hisoblanadi. Turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o'rnini aniqlash uchun ba'zi statistik ma'lumotlarni tahlil qilish kerak bo'ladi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2019-yilda O'zbekistonga 6 748 500 turist tashrif buyurgan bo'lsa, 2018-yilda bu raqam 5 346 200 kishini, 2017-yilda 2 847 900 kishini, 2016-yilda 2 157 700 kishini tashkil etgan (2.1-rasmga qarang). Statistikadan ko'rinib turiptiki sohada yildan yilga o'sish kuzatilmoqda3.
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko'rgan sohalardan biri boldi. 2020 yil yanvar-
1 Узбекистан Республикаси Туризм ва мада-ний мерос вазирлиги маълумотлари. https:// uzbektourism.uz/research/statistics (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
2 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
3 Узбекистон Республикаси Давлат статистика кумитаси маълумотлари
dekabr oylarida O'zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko'rsatkich 77,7 foizga kamaydi4.
O'tgan yili O'zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past. O'zbekistonga MDH mamlakatlaridan 1,42 million chet elliklar (umumiy sonning 94,4%), boshqa mamlakatlardan - 83,8 ming kishi (5,6%) kelgan. 2020 yil yanvaridan dekabrigacha chet el fuqarolari kelganlar orasida erkaklar 50,9% (765,4 ming kishi), ayollar esa 49,1% (738,7 ming kishi) ni tashkil etdi5.
Chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlat-lardan qayd etildi: Qirg'iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8%), Qozog'iston -424,1 ming kishi (28,2%), Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4%), Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4%), Turkman-iston - 60,6 ming kishi (4%), Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1%) va Belorusiya - 1,6 ming kishi (0,1%)6. O'zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining aksariyati qarindoshlarini ziyorat qilish uchun kelganini qayd etgan: (87,8%). Chet el fuqarolarining sezilarli darajada kam qismi quyidagi maqsadlar uchun tashrif
4 Узбекистон Республикаси Туризм ва мада-ний мерос вазирлиги маълумотлари. https:// uzbektourism.uz/research/statistics (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
5 Узбекистон Республикаси Туризм ва мада-ний мерос вазирлиги маълумотлари. https:// uzbektourism.uz/research/statistics (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
6 Узбекистон Республикаси Туризм ва мада-ний мерос вазирлиги маълумотлари. https:// uzbektourism.uz/research/statistics (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
buyurgan: sayohat - 8,6%, davolanish - 1%, xizmat zarurati - 1,2%, tijorat safari - 1,1% va o'qish - 0,3%1.
O'zbekistonga mintaqalar kesimida sayyohlarni jalb qilish uchun turli xil ijtimoiy va madaniy ko'ngilochar tadbirlarning ahamiyatini inobatga olgan holda, 2019-yildan boshlab har bir mintaqaning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda turli tadbirlar tash-kil etilmoqda2. [7]
Xususan, birinchi Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati), Baxshilik san'at festivali, Arxeologik forum (Surxondaryo viloyati), Qahramonlar o'yini (Xorazm viloyati), "Mo'ynoq" avtoralli va "Stixiya" musiqa festivali (Qoraqalpog'iston Respublikasi), MDHning turistik yarmarkasi (Samarqand viloyati), Geoturizm forumi, Anor festivali (Qashqadaryo viloyati), Elektron musiqa festivali, Gastronomiya festivali, "Butunjahon Influenserlar Kongressi" (Toshkent) kabi yirik tadbirlar o'tkazildi.
Ayni paytda O'zbekistonda mintaqalar kesimida madaniy-tarixiy turizm juda yaxshi rivojlangan. Xorijiy sayyohlar bizning ziyoratchilik va gastronomik turizm turlari salohiyatimizga katta qiziqish bildirish-moqda. Misol uchun, "National Geographic" jurnali talqiniga ko'ra O'zbekiston 2018-yilda "Gastronomik turizm" nominatsiyasida birinchi o'rinni egalladi3. "National Geographic Traveler Awards-2018" tanlov-ida O'zbekiston 34% ovoz to'pladi va undan keyingi o'rinlarda mos ravishda 21% va 17% ovoz to'plagan Italiya va Ozarbayjon mamlakatlarini ortda qoldirdi4. "National Geographic Traveler Awards" - har yili sayo-hatchilarga yordam berish uchun yangi "eng yaxshi" joylarni ochadigan noyob tanlovdir. Shuni ta'kidlash joizki, "Lonely Planet" tomonidan tuzilgan mazkur reytingda mamlakatimiz Vyetnam, Yaponiya, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Xitoy va Indoneziya kabi an'anaviy
1 feóeKHCTOH Pecny6.nnKacn Typn3M Ba Maga-hhm Mepoc Ba3np.nnm Mat.nyMOT.napn. https:// uzbektourism.uz/research/statistics (MypoxaaT K,unnHraH caHa: 9.06.2022)
2 Muminov N. Systematization of Factors Affecting the Development of Tourism. "y^rnm peHeccaHCHu waK-AnaHTHpuiwHHHr hxthmohm-hkthcoahm MyaMMO^apu" MaB3ycugaru xa^Kapo n.nMnfi-aMa.nnfi кон^еpенцua MaTepua^^apu. - T.: «Ilm- Ziyo-Zakovat» HawpuéTi, 2022. - 6.393-395.
3 National Geographic Traveler jurnali tanlovida O'zbekiston birinchi o'rinni egalladi. https://daryo. uz/2018/10/15/national-geographic-traveler-jurnali-tanlovida-ozbekiston-oirinchi-orinni-egalladi(MypoxaaT KunnHraH caHa: 9.06.2022)
4 National Geographic Traveler jurnali tanlovida O'zbekiston birinchi o'rinni egalladi. https://daryo. uz/2018/10/15/national-geographic-traveler-jurnali-tanlovida-ozbekiston-oirinchi-orinni-egalladi(MypoxaaT KunnHraH caHa: 9.06.2022)
va mashhur yo'nalishlarni ortda qoldirib etakchi o'rinni egalladi. "Lonely Planet" - turizm dunyosidagi birinchi va eng nufuzli noshirlardan biri. Gallup Global reytingi O'zbekistonga ikkita nominatsiya bo'yicha yuqori o'rinlarni taqdim etdi. Bular "Sayohat uchun eng xavfsiz mamlakat" nominatsiyasida 142 ta mam-lakat ichidan 5-o'ringa loyiq ko'rildi va 2021-yilda O'zbekiston ushbu xaritada xavf darajasi past bo'lgan davlatlar orasidan o'rin egallagan5.
Turizm va sayyohlik sohasi global yalpi ichki mah-sulotning 10,3 foizini tashkil qiladi, dunyodagi har to'rtdan bir yangi ish o'rinlari aynan turizm sohasida yaratiladi va to'qqiz yil ketma-ket o'z rivojlanishida global iqtisodiy o'sishdan oldinda kelmoqda6.
Butunjahon sayohatlar va turizm kengashin-ing (WTTC) ma'lumotlariga ko'ra, koronavirus pan-demiyasi natijasida turizm industriyasi tasavvur qilib bo'lmaydigan 100 million ish joyini yo'qotish xavfiga duch keldi. Bundan tashqari, WTTC tahlillari global iqtisodiyotdagi iqtisodiy yo'qotishlarning hajmini -2,7 trln AQSH dollari miqdorida deb baholamoqda. Ushbu ma'lumotlar 2020 yil aprel oyidagi hisobotga asoslanadi7.
WTTC turizm va sayyohlik sektorining 185 mam-lakatda va 25 geografik yoki iqtisodiy mintaqalar-ida iqtisodiyot va bandlikka ta'siri haqida ma'lumot beradi8. Turizm sohasining samaradorligini va turizmn-ing iqtisodiyotga qo'shgan hissasini yangi turdagi COVID-19 koronavirusining oqibatlari bilan bog'liq inqiroz boshlanishidan oldingi holatini ko'rib chiqamiz:
WTTCning turizm va sayohat sohasidagi iqtisodiy ta'siri to'g'risidagi hisoboti (Raqamlar Jahon Sayyohlik va Turizm Kengashining 2020 yil mart oyidagi hiso-botiga ko'ra doimiy narxlarda va 2019 yil valyuta kurs-larida keltirilgan9):
5 2021-yilda sayohatlar uchun eng xavfli va eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Unda O'zbekiston ham bor... https://xs.uz/uz/post/2021-jilda-sayohatlar-uchun-eng-khavfli-va-eng-khavfsiz-mamlakatlar-rejtingi-elon-qilindi-unda-ozbekiston-ham-bor (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
6 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
7 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
8 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
9 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 5(153)
2-jadval. Turizm sohasida xarajatlar va maqsadlar taqsimoti2
1-jadval. Turizm sohasining butunjahon YalM o'sishidagi ulushi1
Soha YaIM o'sishi (2019-yilda)
Axborot va aloqa 4.8%
Moliyaviy xizmatlar 3,7%
Turizm 3,5%
Sog'liqni saqlash 3.0%
Chakana va ulgurji savdo 2,4%
Qishloq xo'jaligi 2.3%
Qurilish 2,1%
Ishlab chiqarish 1,7%
Bozor bo'yicha taqsimi:
Xalqaro 28,7%
Ichki 71,3%
Turlari (maqsadlari) bo'yicha taqsimi:
Biznes va ishga oid 21,4%
Turizm va sayohat 78,6%
Oxford Economics mutaxassislari ishtirokida o'tkazilgan WTTC yillik tadqiqotiga ko'ra, 2019 yilda turizm va sayohat sektori 3,5% o'sishni ko'rsatdi, bu dunyo iqtisodiyotidan ketma-ket to'qqizinchi yil old-inda ekanini ko'rsatadi yani 2,5 %ga. So'nggi besh yil ichida ushbu sohada dunyo mehnat bozoridagi har to'rtdan bir yangi ish o'rini yaratiladi3 va bu sohani bandlik muammolarini hal qilishda eng yaxshi sherikka aylantirdi.
2019 yilda sayyohlik va turizm sohasining bevosita, bilvosita va shartli ta'siri quyidagi raqamlarda hiso-blab chiqildi:
• Jahon yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga qo'shilgan hissasi - 8,9 trln AQSH dollari.
• Global YalMning 10,3%i;
• 330 million ish o'rinlari yoki dunyodagi ish o'rnining har o'ndan biri;
• Turistik xizmatlar eksporti 1,7 trln AQSH dollar - chet ellik sayyohlar oqimidan tushgan foyda;
• 948 mlrd AQSH dollar investitsiya (umumiy investitsiyalarning 4,3%i)4.
1 https://data.worldbank.org/indicator/ST.INT. RCPT.XP.ZS?view=chart (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
2 Jadval muallif ishlanmasi.
3 Economic Impact Reports. https://wttc.org/ Research/Economic-Impact. (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
4 https://data.worldbank.org/indicator/ST.INT. RCPT.XP.ZS?view=chart (Мурожаат килинган сана: 9.06.2022)
Boshqa sohalarga nisbatan 2019-yilda turizm va sayohat sohasining butunjahon YaIM o'sishidagi ulushi quyida keltirilgan (1-jadvalga qarang):
Turizm va sayyohlik sektori tomonidan xarajatlar va asosiy maqsadlari bo'yicha taqsimlash 2019-yilda quyidagi ko'rinishga keldi (2-jadvalga qarang):
2019 yil jahon turizmi va sayyohlik sektorida iqti-sodiy o'sishning va ish o'rinlarining yaratilish mex-anizmi sifatidagi rolini kuchaytiradigan navbatdagi kuchli o'sish davri bo'ldi. 2020 yilda Kovid-19 epidemi-yasi tufayli vujudga kelgan inqirozning vahshiyona zarbasi bir necha oy ichida tasavvur qilib bo'lmaydigan o'zgarishlarga olib keldi va bu sohada chuqur tash-vishga sabab bo'ldi.
Xulosa va takliflar.
Mamlakatning turizm industriyasi haqida gapir-ganda, turizm rivojlanishidagi mintaqaviy jihatlar albatta inobatga olinishi shart. Mintaqada turizm bozorini rivojlantirishda mintaqaning alohida xususi-yatlarini to'liq e'tiborga olib mintaqaviy siyosatni olib borishni taqozo etadi.
Mazkur mintaqaviy siyosatning qanchalik faolligi mintaqa hududlarida turistik firmalarni joylashtirish va ularning hududiy faoliyati natijalari monitoringini olib borish kabi masalalarning ijobiy hal bo'lishini ta'minlaydi. Turizm rivojlanishidagi mintaqaga xos xususiyatlarni hisobga olish barobarida turizm salo-hiyatidan yetarlicha foydalanish imkoniyatlari yuzaga chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to"g'risida"gi PF-4861 Farmoni/
2. Tuxliyev I.S. va boshqalar. "O'zbekistonda turizm xizmat bozorini rivojlantirishning ijtimoiy - iqtisodiy muammolari" nomli monografiya. T.: "Iqtisodiyot" 2012.
3. Safarov B.Sh. Mintaqaviy turizm xizmat bozorining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish // Monografiya. - Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2013. -150 bet.
4. Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari // Monografiya. - Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016. - 184 bet.
5. Balabanov I.T., Balabanov A.I. Ekonomika turizma: Ucheb. pos. — M.: Finans i statistika, 2003. - 176 s.
6. Zorin I.V., Kvartalnov V.A. Entsiklopediya turizma. — M.: Finans i statistika, 2003. - 368 s.
7. Zaliznyak Ye.A., Regionalny turizm: Osnovne priznaki i usloviya razvitiya, Vestn. Volgogr. gos. un-ta. Ser. 3, Ekon. Ekol. 2011. № 2 (19).
8. Ibadullayev N.E. Turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari (Samarqand viloyati misolida)/dis... i.f.n. Samarqanqd-2010.
9. Raximov Z.O. Turizm destinatsiyalarida strategik rejalashtirishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish (Samarqand shahri misolida) /dis... i.f.n. Samarqanqd-2012.
10. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti: www.stat/uz
11. Economic Impact Reports. https://wttc.org/Research/Economic-Impact. (MypoxaaT KunuHraH caHa: 9.06.2022)
12. https://data.worldbank.org/indicator/ST.INT.RCPT.XP.ZS?view=chart (MypoxaaT KunuiHraH caHa: 9.06.2022)
13. 2021 -yilda sayohatlar uchun eng xavfli va eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Unda O'zbekiston ham bor... https://xs.uz/uz/post/2021-jilda-sayohatlar-uchun-eng-khavfli-va-eng-khavfsiz-mamlakatlar-rejtingi-elon-qilindi-unda-ozbekiston-ham-bor (MypoxaaT Ku-uHraH caHa: 9.06.2022)
14. Muminov N. Systematization of Factors Affecting the Development of Tourism. "ym/mmu peHeceaHeHM waK-n-naHTupuwHUHr uxtumoum-uktucoaum MyaMMo-napu" MaB3ycugaru xa-Kapo u-niMUM-aMa-UM кoн$epeнц^m MaTepuannapu. - T.: «Ilm- Ziyo-Zakovat» Hawpue™, 2022. - E.393-395.