Научная статья на тему 'MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA O‘ZLIKNIANGLASH MUAMMOLARI'

MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA O‘ZLIKNIANGLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliylik / integrasionallashuv / oila / axloq / kitob / inson / insonparvarlik / vatanparvarlik / sabrlilik / manmanlik / yaxshilik / ta’lim tizimi / odob-axloq / milliy qadriyatlar.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tursunova Gulruh Xolmamatovna

Maqolada qadim zamonlardan to bugungi kungacha milliy-ma’naviy tarbiyaning sharq olimlarimizning asarlarida aks etishi vabu asarlarni g‘arb olimlarimizning asarlari bilan qiyosiy taxlil kilish jarayonini o‘rganish. Oilada farzandlarni milliy ma’naviy tarbiyalashning milliy va ma’naviy omillarini millat urf-odatlarini, udumlarini, an’analarining yosh avlodni tarbiyalashda mehr va muxabbatning o‘rni va ahamiyatini yoritish dolzarb masala ekanligi ta’kidlanadi. Xalq hayotida mavjud bo‘lgan tartib va qoidalarning oilada barkamol avlod tarbiyasiga ta’siri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA O‘ZLIKNIANGLASH MUAMMOLARI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA O'ZLIKNI

ANGLASH MUAMMOLARI

Tursunova Gulruh Xolmamatovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Ijtimoiy fanlar " kafedrasi katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.13309044 Annotatsiya: Maqolada qadim zamonlardan to bugungi kungacha milliy-ma'naviy tarbiyaning sharq olimlarimizning asarlarida aks etishi va bu asarlarni g'arb olimlarimizning asarlari bilan qiyosiy taxlil kilish jarayonini o'rganish. Oilada farzandlarni milliy ma'naviy tarbiyalashning milliy va ma'naviy omillarini millat urf-odatlarini, udumlarini, an'analarining yosh avlodni tarbiyalashda mehr va muxabbatning o'rni va ahamiyatini yoritish dolzarb masala ekanligi ta'kidlanadi. Xalq hayotida mavjud bo'lgan tartib va qoidalarning oilada barkamol avlod tarbiyasiga ta'siri.

Kalit so'zlar: milliylik, integrasionallashuv,oila, axloq, kitob, inson, insonparvarlik, vatanparvarlik, sabrlilik, manmanlik, yaxshilik, ta'lim tizimi, odob-axloq, milliy qadriyatlar.

KIRISH

Ma'lumki, hozirgi davr globallashuv jarayonlarining nihoyatda chuqurlashib ketganligi va hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli ta'sir etayotganligi bilan xarakterlanadi. Albatta globallashuv jarayonining hozirgi davr insoniyat hayotidagi ta'sir doirasi, tutgan o'rni va ahamiyati haqida bu borada tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchi olimlar, siyosatshunoslar hamda taniqli davlat arboblari tomonidan turfa fikrlar, qarashlar, mulohazalar bildirilgan. Kezi kelganda aytish joizki ayni masaladagi qarashlarda birbirini inkor etuvchi holatlarni ham kuzatish mumkin. Ammo bu boradagi fiklarning aksariyatida globallashuvning ham ijobiy ham salbiy tomonlarini e'tirof etuvchilar ko'pchilikni tashkil etadi desak xato qilmagan bo'lamiz. Xo'sh, globallashuv jarayonini haqiqatdan ham hozirgi o'ta shiddatli va murakkab davr tezligi talablariga javob beradigan, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijobiy bir fenomen sifatida qabul qilish kerakmi, yoki aksincha, milliy madaniyatning yemirilishiga, urf-odat, an'ana,qadriyatlarning zaiflashuviga olib keladigan salbiy jarayon sifatidami?.

Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko'plab yangi ish o'rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o'zaro yordam ko'rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Shu bilan bir qatorda, uning o'ta ta'sirchan ma'naviy, mafkuraviy tahdid sifatidagi jihatlariga ham e'tibor qaratish lozim.[1;28] Globallashuv jarayonining yana bir o'ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta'sir o'tkazishning nihoyatda o'tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va

markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog'lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar. [2;88]

Prezident Sh.Mirziyoev ham globalashuv haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Keyingi yillarda Yer yuzida keskin geosiyosiy o'zgarishlar ro'y berdi, xalqaro miqiyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi tafovutning o'sishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan, mohiyati va ko'lamiga ko'ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda". Bu qarashdan ham ko'rish mumkinki, globallashuv ulkan insoniy imkoniyatlar bilan bir qatorda dunyoda tinchlik va barqarorlikka soya solayotgan bir jarayon sifatida e'tirof etilgan. [1;29]

Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo'lgan turli xil noan'anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta'sir o'tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta'sir ko'rsatadigan ma'naviy tahdidlar hisoblanadi.[3;191]

Ma'naviy tahdid - shaxs, jamiyat va davlatning ma'naviyat sohasidagi hayotiy muhim manfaatlariga xavf tug'diruvchi shart va sharoitlar, omillar majmuidir. Ma'naviyatga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi va milliy ma'naviy manfaatlar uchun xavf bo'lgan hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi omillar ma'naviy tahdidlar hisoblanadi.[3;58]

So'nggi yillarda globallashuv jarayonlari inson hayoti va faoliyatining barcha jabha va sohalarini qamrab olayotgan dolzarb hamda keskin muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Globallashuv bayrog'i ostida dunyoni qayta taqsimlashga qaratilgan jiddiy harakatlar ko'zga tashlanmoqda. Globallashuv, bir tomondan, dunyo hamjamiyati hayotini, jahon siyosati va halqaro munosabatlarini belgilab beruvchi yetakchi omilga aylanmoqda, ikkinchi tomondan esa, alohida olingan davlat va hududlar ichki siyosatini tarkib topgan

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

umumdunyoviy sharoit bilan muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun ham turli soha olimlari globallashuv jarayonlariga o'z munosabatini bildirish, bu jarayonlarning oqibatlarini talqin etish hamda kelajakka ta'sirini o'rganishga harakat qilmoqda.

Globallashuv jarayonlarining boshlanishini olim va siyosatchilar turli davr hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi o'zgarishlar bilan bog'lashadi. Taniqli nemis sotsiologi Ulrix Bek bu haqda shunday yozadi: "Iqtisodiy globallashuv qachon boshlandi, degan savol to'siqlarga to'la chakalakzorga yetaklaydi.Ayrim olimlar (Immanuel Uollerstayn) "kapitalistik dunyo tizimi" ning boshlanishini XVI asr boshidagi mustamlakachilikning paydo bo'lish davri, boshqalar baynalminal konsernlarning paydo bo'lishi bilan bog'laydi. Yana ba'zi mutaxassislarning fikricha, globallashuv mustahkam valyuta kursining bekor qilinishi yoki sharqiy blokning inqirozi bilan boshlangan". [4;57]

Globallashuv jarayonining boshlanishi va sabablarini aniqlashda qarashlarning ko'pligi uning mohiyati borasidagi fikrlarning rang-barangligi bilan bog'liq. Jumladan, globallashuvni ancha keng-davlatlararo va hududlararo munosabatlarning kengayishi bilan bog'liq hodisa sifatida talqin etuvchi olimlar uni Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarning kengayishini ta'minlagan Buyuk Ipak yo'lining shakllanish davri bilan bog'laydi. Globallashuv masalalarini tadqiq etgan taniqli olimlardan biri I.Vallerstayn global iqtisodiyotning («jahon kapitalistik iqtisodiyoti») paydo bo'lishini XVI asrga taqagan bo'lsa, R.Robertsonning fikricha, bu jarayon XV asrda boshlangan, 1870 yildan XX asr o'rtalariga qadar keng miqyos kasb etgan va "sovuq urush" tugagandan so'ng yangi yo'nalish kasb eta boshlagan. Rus olimi V.M.Ryumin esa globallashuvning uch bosqichini ajratadi va har bosqichni jahonda sodir bo'lgan muayyan voqea-hodisalar bilan bog'laydi. Jumladan, uning fikriga ko'ra, XV asr oxiri -XVI asr boshlarini qamrab olgan birinchi bosqich-buyuk jo'g'rofiy kashfiyotlar (Amerikaning kashf etilishi, Hindiston tomon dengiz yo'lining ochilishi va h.k.) bilan bog'liq, ikkinchi bosqich-sanoat inqilobi hamda bozor almashinuvinig kengayishi natijasida vujudga kelgan yagona jahon bozori makonining shakllanishi natijasida boshlangan (XVIII asr), uchinchi bosqich esa XX asr oxirida paydo bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi qat'iy chegaralarni buzganligi bilan bog'langan. Albatta, globallashuv borasidagi bu va boshqa fikrlar mualliflari o'z nuqtai nazarini muayyan darajada asoslab bergan. Biznincha, globallashuv jahon miqyosidagi integratsiyalashuv jarayoni va hodisalari sifatida talqin etilsa, uning yangi hodisa emasligi haqidagi fikr asosli tuyuladi. Darhaqiqat, O'rta asrlardagi salib yurishlari oqibatida Sharq va G'arb madaniyatlarining muayyan darajada uyg'unlashuvi yoki Angliyada to'quv dastgohining paydo bo'lishi Hindistondagi millionlab to'quvchilarning xonavayron

bo'lishiga olib kelgani, Fransiya respublikachilik g'oyalarining paydo bo'lishi Sharqdagi yakka hukmdorlar hokimiyatini zaiflashtirgani, masalan, Rossiyada dekabristlar harakatiga turtki bo'lganini tasdiqlaydi.

Dunyoni manfaat boshqaradi, degan gap bor. Shu nuqtai nazardan, globallashuv jarayonlarining asos-mohiyatini foyda va daromad tashkil etgan kapitalistik munosabatlarning takomillashuvisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu, o'z navbatida, ijtimoiy-siyosiy tizim va iqtisodiyotni liberallashtirishni talab etadi. Tadqiqotchi B.Umarov bu haqda shunday deb yozadi: "Ilmiy adabiyotda liberalizm ta'limoti Uyg'onish (Renessans) Islohotchilik (Reformatsiya) davri hamda Nyuton ilmiy inqilobi mahsuli sifatida baholanadi. Darhaqiqat, o'sha zamonlarda ilgari surilgan ilg'or g'oya va ta'limotlar feodal jamiyatining inqirozi hamda burjuaziya ozodlik harakati jarayonida vujudga kelgan mafkuraning o'zagini tashkil etadi. Dastlab XVII asrda eng rivojlangan mamlakat-Angliyada vujudga kelgan ma'rifatparvarlik g'oyalari asta-sekin Fransiya, Germaniya, Gollandiya kabi mamlakatlarda ham keng tarqala boshlandi". B.Umarov fikrlarini davom ettirib, aytish mumkinki, Yevropada XVIII asrda keng miqyos kasb etgan ma'rifatchilik harakati ijtimoiy-siyosiy hayotni yangi tartibotlar asosida tashkil etishga qaratilgan, 1789-1794 yillardagi Buyuk fransuz inqilobi boshlab bergan va jahoniy miqyos kasb etgan tub islohotlarga zamin hozirlagan edi. Asosini liberalizm g'oyalari tashkil etgan mafkura ta'sirida arab millatlari, Turkiya, Eron va nihoyat, Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh etishga qaratilgan ma'rifatchilik harakati avj oldi, ilgari "taraqqiyot yo'lidan chetda qolgan" xalqlar global jarayonlarning sub'ekti va ob'ektiga aylana boshladi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib, davrimizdagi globallashuv jarayonlari jahon taraqqiyotining tadrijiy rivoji, dunyodagi turli davlatlar va hududlar o'zaro bog'liqligining benihoya kuchayishi hamda inson hayoti va faoliyatinig barcha jabhalarida jiddiy o'zgarishlarga olib kelgan yangi bosqich ekani haqida xulosa qilish mumkin. Shu asosda bugungi kunda globallashuvga millat va davlat chegaralarini inkor etuvchi "jahon jamiyati" ni shakllantirayotgan insoniyat hayotidagi ob'ektiv hamda tabiiy jarayon, deya ta'rif berish mumkin. [5;29]

Globallashuv mazmun-mohiyati borasida ham mutaxassislar o'rtasida yakdillik yo'q. Bu jarayon bilan bog'liq konsepsiyalarning rang-barangligi, birinchidan, mazkur jarayonning ijtimoiy hayotning turli sohalarini (ma'naviy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy) qamrab olgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, masalaga yondashuv, tadqiqotchilarning ko'zlagan maqsadlari, mafkuraviy qarashlar o'rtasidagi farq va o'ziga xoslik bilan belgilanadi. Shu bilan birga, globallashuv mohiyati va xususiyatlariga doir qarash va konsepsiyalarning ko'p bo'lishiga qaramay, bu boradagi asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.Bular-iqtisodiy, ekologik, tamadduniy, siyosiy yondashuvlardir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Maqolada milliy ma'naviy asarlarimizda o'zlikni anglash tuyg'usini shakllantirish oliy qadriyat ekanligini sharq va g'arb olimlarimizning asarlarini xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Maqolada forsiy va arabiy, rus va o'zbek tillarda yozilgan o'nga yaqin manbalarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Jumladan, Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al Buxoriyning Hadislari va Abu Homid G'azzoliyning Tafakkur kitobi kabi tarixiy asarlar shular jumlasidandir NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi Yuqorida keltirilganidek, manbalarda Global jarayonlar quyidagi jihatlar bilan xarakterlanmoqda:

internasionalizasiya, bir-biriga bog'liq

munosabatlarda namoyon bo'lmoqda.

liberalizasiya, ya'ni integrasion jarayonlarning rivoji va investitsion tezkorlik, savdo tusiqlarining olib tashlanishida

vesternizasiya — dunyoning barcha nuqtalarida g'arb qadriyatlari va texnologiyalarining kirib kelishi.

deterritorizasiya, davlat chegaralarining ahamiyatining yo'qolishi va transmilliy ko'lamlarning faolligining ortishi.

Globalizasiyani total integrasiya jarayoni deyish mumkin. Shu paytgacha insoniyat tarixida integrasiyaning ikkita turi ma'lum edi. Ya'ni qandaydir bir kuchli davlat boshqa ojiz davlatni qo'shib olishi yoki davlatlarning ihtiyoriy qandaydir bir ittifoqga kirishi bilan belgilangan. Ikkala holatda ham integrasiya vujudga kelgan. [6;43]

Shunday ekan, o'z-o'zidan savol tug'iladi nega globallashuv siyosatiga murosasiz qarshilik ko'rsatiladi? Nahotki, qarshilik ko'rsatayotganlar dunyoning yagona tartibini, umumfarovonlikni istashmaydi? Zero, globalizm jarayonida dunyoning eng rivojlangan davlatlari o'z salohiyatlari bilan homiylik ko'rsatishadi. Bu borada turli madaniyatlarning globalizmga qaratilgan har xil qarshilik sabablari mohiyatini ochishga harakat qilamiz, deydi g'arb olimi E. Kassirer - "Ulardan eng murosasiz madaniyat - bu islom madaniyati. Ular uchun globalizmga ustuvorlik berish xristian madaniyatining kirib kelishi bilan izohlanadi. Har qanday siyosiy, iqtisodiy, madaniy harakatlarning tashqaridan kirib kelishini xojlilarning salb yo'rishiga tenglashtiriladi. Islom madaniyati va musulmon dunyoqarishi o'z qadriyatlariga sodiq qolishga qaratilgan ma'naviy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlaydi. [7;9]

Rossiya xalqi va uning yetakchilari ham globalizmga nisbatan pravoslav madaniyati nuqtai-nazaridan o'ziga xos tarzda qarshilik ko'rsatishadi. Rossiyaning munosabati, uning buyuk davlatchilik ruhidan kelib chiqadi. Uchinchi Rim bo'lishdek asrlar davomidagi orzusi Amerika tomonidan egallab olinishi tabiiy ravishda uni abadiy muxolifatga aylantirib kelmoqda. Lekin hozircha kuchlar nisbati teng emas, Amerika qarshi turish qudratiga ega emas.

Glaballashuv jarayonlariga nisbatan ancha muqim holatda xitoy madaniyati turibdi. Ular guyoki, zamonaviy dunyoning kirib kelishini xitoy devorlari bilan himoya qilish falsafasini ilgari so'rmoqda. O'zga madaniyatlarning kirib kelishi xitoy madaniyatining o'ziga xosligiga po'tir yetqazadi deb hisoblaydilar. Konfutsiylik ta'limoti asoslarida shakllangan madaniyat chuqur va qadimiy ildizlarga ega bo'lganligi bilan xitoy xalqi yaxlitligini va sofligini saqlashdagi ulkan omil sifatida qaraydilar.

Shuning uchun xitoyliklar ingliz tili bilan kirib kelayotgan global o'zgarishlarga milliy madaniyatlarini qarshi qo'yish va uni rag'batlantirish asnosida yondashmoqdalar. Qolaversa, ularning bugungi iqtisodiy imkoniyatlari madaniy meroslarini himoya qilish imkoniyatlarini yaratgan. Xuddi shunday qarshilik bilan Xindiston madaniyati ham globalizmni hazm qilmay kelmoqda. Yaponlarning tajribasi ancha noyobligi bilan ajralib turadi. Jumladan, ular sintoizm dini asosida an'anaviy va yevropa qadriyatlari sintezi yo'li bilan globalizmdan milliy madaniyatlarini boyitish yo'lida foydalanishga muvoffaq bo'lganlar. Shuning uchun globalizm ularning madaniyati uchun hech qanday xavf tug'dirmaydi.

Ko'rib chiqqanimizdek, globalizm jarayonlari turli shakllarda qarshiliklarga uchrab kelmoqda, lekin jarayon tuxtatilgan emas. Ularning ayrimlari siyosiy, ayrimlari iqtisodiy, ayrimlari umummadaniy mazmun kasb qiladi. Qarshilikning siyosiy aspektlari, birinchi navbatda xalqaro institutlarning rolining pasayishi va milliy davlachilikning yemirilib borishida namoyon bo'ladi. Tashqi siyosatning transformasiyasi inson huquqlari, ekologiya va ommaviy qurol-yaroqlar global muammolarga aylanmoqda. Mazkur muammolarning kengayib borishi bilan davlatlar mustaqil siyosat olib borish imkoniyatlaridan mahrum bo'lmoqdalar. Bundan tashqari, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik ko'plab davlatlarning kelishilgan xamkorlikdagi faoliyatini talab qiladi. Global bozor talablari davlatlarni og'ir sharoitda qoldirmoqda.

Transmilliy korporasiyalar milliy davlatlarga nisbatan ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega. Shuning uchun texnologik, ayniqsa, madaniy yaxlitlik davlatning milliy asoslariga putur yetkazadi1.Globalizasiya, uning ideal variantida qashshoqlikni bartaraf etish, dunyoviy tartibot, kafolatlangan tinchlik, moddiy faravonlik demakdir. Lekin, o'ziga xos madaniyat vakillari iqtisodiy, isyosiy huquqiy va texnologik gegimonlikning orqasida madaniyatlarining o'zgarishi xavfi mavjudligini e'tirof qiladi. Insonning tabiiy ehtiyojlaridan biri bu u qaysidir ijtimoiy guruhga mansub bo'lishini istaydi. Bu din bo'ladimi, millatmi, siyosiy-g'oyaviy qarashlarmi, farqi yo'q. U ana shu muhitda o'zining betakrorligini, mentalitetini his qiladi. Birinchi o'rinda bunday hissiyot millatning tilida namoyon bo'ladi. Til bu millatning biografiyasi, unda ajdodlar tarixi mujassam. Til millatning belgisi, tilsiz

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

millat yo'q. Til millatning ongi va shuurining ifodasi. Tilni yo'qotish tarixiy xotira va vorsiylikning yo'qolishiga olib keladi. Til bu muhabbat ob'ekti, u milliy madaniyatning nuqtasi. Shuning uchun milliy til milliy madaniyatning muhim finomeni bo'lib hisoblanadi. Tilsiz madaniyat ham yo'q. Boshqacha qilib, aytganda madaniyat tilda mavjud, til madaniyatda mavjud

Etnogenezda til, yozuv, muloqot bir-birini anglash vositasi muhimdir. Til, yozuv, muloqot faqat kommunikasiya, axborot almashish vositalari emas, ular kishilar va elatlarning bir-birlarini anglash, tushunish, bir birlariga ruhan yaqinligini anglash vositasi hamdir. Etnik shakllanayotganda ushbu yondoshuv, vosita o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tajribalar ko'rsatadiki, ba'zan tili, o'tmishi, urf-odatlari yaqin xalqlar, elatlar bir millat, xalq sifatida birlashmasligi mumkin. Bu fikrimizcha, muloqot, kommunikasiya tagida yotgan ruhiy omil bilan bog'liqdir. Ruhan yaqin kishilar hatto tili, madaniyati, turmush tarzida farqlar, tafovutlar bo'lsa-da, tez "birlik" tashkil etishi oddiy hayotiy hodisadir. Elatlar ham xuddi shunday, ruhan bir-birlariga yaqin ekanligini anglagan sayin ularning yaqinlashuvi, bir etnos, millat sifatida birlashishi shunchalik tez kechadi.

Shuningdek, global jarayonlar xotira rishtalarini o'zadi. Madaniyat tarixiy xotiraning shakl mazmuni, u jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy hayoti tajribasi, turmush tarzi. Aynan jamoaviy xotira orqali o'z madaniyatini saqlaydi. Madaniyat xotira sifatida xalqning eng muhim qadriyatlarini yangi avlodga yetkazib keladi. O'z madaniyatini inkor qilish, xotirasidan, so'ngra o'zligidan mahrum bo'lish bilan barobardir.

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasida global atamasi quyidagicha izohlangan: "Global (frans. global - umumiy, lot. globus - shar) - 1) butun Yer sharini qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, to'liq, yalpi, universal". [8;39] Falsafa Qomusiy lug'atida "Global (umumbashariy) muammolar (frans. global - eng umumiy) - o'z ko'lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun yer shariga, insoniyatga daxldor bo'lgan muammolardir", - deyiladi. [9;92] Ushbu ta'rifdan globallashuvning mazmun-mohiyati oydinlashadi. Demak, globallashuv insoniyatga daxldor jarayon sifatida e'tirof etiladi.

Rossiyalik jamiyatshunos olimlarning fikriga ko'ra: «Bugun «globallashuv» tushunchasi falsafa, siyosatshunoslik va sosiologiya fanlariga mustahkam kirib keldi. Fanda ushbu holatning sababini o'rganuvchi yangi yo'nalish rivojlanmoqda. Globallashuvning ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalari asosida hozirgi insoniyatning qarash va nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, shuningdek ushbu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlarini ham tadqiq etadi». Shuningdek, V.I.Dobrenkov fikriga ko'ra: "Globallashuv bu -insoniyatning tabiiy va ob'ektiv ravishda bir butunlikka integrasiyalashuv jarayonidir. [10;4] L.E.Grinin esa: "Globallashuv - mintaqalar va umuman jahonning integrasiyasi va yaqinlashuvi natijasidir", - deb tushuntiradi.

Madaniyat (arab. shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o'chog'i) — tabiat va o'zaro munosabat larda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga xos shaklini ifodalaydigan turi. Madaniyat alohida individning haètiy faoliyati (shaxsiy M.), ijtimoiy guruh èki jamiyatning faoliyat usulini aks ettiradi. Dastlab madaniya insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta'siri (erga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foydalanish va h.k.) hamda insonning o'zini tarbiyalashi va bilim olish ma'nosida qo'llangan bo'lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyatining o'zaro yaqinlashuvi, munosabat larining ifodasi o'laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyatlari paydo bo'ldi. Madaniyat atamasi keng ma'noda qo'llanib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy -ma'naviy haètida qo'lga kiritilgan yutuqlarni, muayyan xalq èki ijtimoiy guruhning ma'lum davrda erishgan natijalari, o'qimishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, zièlilik va ma'rifatlilik hamda turmushning inson ehtièjlariga mos keladigan sharoitlari majmuini ifodalaydi. Inson faoliyatining ikki asosiy turi - moddiy va ma'naviy yaratuvchanlikka ko'ra, madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar - mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va sh.k.ni o'z ichiga oladi. Ma'naviy madaniyatga aqliy va ma'naviy yaratuvchanlik sohalari - bilim, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, huquq, fal., din, nafosat, fan, san'at, adabièt, folklor, asotirlar va sh.k. kiradi.

Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko'rsatkichi. Insoniyat o'zi ham pirovard natijada madaniyat. mahsulidir. Mad-y muhit qanday bo'lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar jamlangan. Ularni o'zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo'lish mumkin emas. Madaniyat rivojida noèb iste'dod sohiblari: fan, adabièt, san'at ahli ham katta o'rin tutadi.

Bu borada birinchi prizdentimiz I.A.Karimov ta'kidlanganidek, «Hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo'lmaydi. Har qanday sivilizasiya ko'pdan-ko'p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir. ...Madaniyat bizning umumiy tafakkurimizning, milliy qadriyatlarimizning asosidir. ... Biz hamma vaqt keng aholi qatlamlarining ham mumtoz, ham zamonaviy milliy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahra olishiga imkon berib kelgan madaniyat sarchashmalariga avaylab munosabatda bo'lishni o'rganib olishimiz lozim.

Ommaviy madaniyat - mad-tning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o'ziga xos shakli. Ommaviyy madaniyatni G'arb madaniyati bilan bog'liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni g'oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan. Ayni paytda, folklor, xalq madaniyati ham Ommaviy madaniyat ko'rinishlari sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

bo'lishining ijtimoiy -iqt-y ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Yirik sanoat rivoji èllanma ishchilarga zaruratni tug'dirgan bo'lsa, feodal jamiyatning an'anaviy ijtimoiy tuzilmasining yemirilishi odatiy mehnatdan ayrilgan kishilar ommasini vujudga keltirib, ana shu ehtièjni qondirishga xizmat qildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qiladigan bo'lsak, birinchidan, Madaniyatlar globallashuvi jarayonining o'ziga xosxususiyatlari. Bugungi globallashuv sharoitida "ommaviy madaniyat" mafkuraviy ta'ziqlarning eng kuchli, odamlar tafakkurini o'z izmiga solishning o'ta nozik unchalik sezilmaydigan kuchli quroliga aylanib bormoqda. Madaniyat, san'at, fan va ta'lim hozirgi kunda ayrim davlat va tashkilotlar tomonidan mafkuraviy ta'sir o'tkazish va ma'naviy-madaniy ekspansiyani amalga oshirish vositasiga aylanmoqda.

2. Globallashuv va mintaqaviy integrasiyalashuv iqtisodiy nasionalizmga qarshi hodisa sifatida qaraladi. Bu yerda albatta biroz bir yoqlama yondashuv ya'ni aynan iqtisodiyot va boshqa munosabatlarning transmilliy chegaradan chiqishiga urg'u qaratish kuzatiladi. Shuni ngdek, xafvsizlik va jahon siyosatining murakkab tomonlari haqida gap ketganda, globallashuv ma'lum ma'noda ko'p qutbli dunyoning salbiy tomonini ko'rsatadi. Shuning uchun, davlatlar tomonidan iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik masalarida hamkorlik qilish, murosa yo'lini tutish, madaniyatlararo muloqot dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.

3. Globallashuv jarayonlari ham ob'ektiv jihatlari bilan ham sub'ektiv tomonlari bilan bugun ko'z-o'ngimizda tobora namoyon bo'lib borayotgan voqelik sifatida rivojlanib bormoqda. Bu bizningcha, xalqaro munosabatlar barcha sohalarning demokratlashuvi uchun yangi palla bo'lishi, qolaversa, millatlar va xalqlar hayotida o'z-o'zini anglashi uchun imkoniyat yaratishi mumkin. O'zbekiston milliy manfaatlari va tashqi siyosiy aloqalarini mustahkamlash uchun, dunyoning ko'p davlatlari bilan o'zaro madaniy-ijtimoiy munosabatlarni o'rnatish, milliy o'zlikni anglash uchun zarur davr bo'lib xizmat qiladi.

4. Madaniyatlararo muloqot va milliy o'zlikni anglashda etnomadaniy jarayonga e'tibor qaratish zarur, buning uchun eng avvalo asosiy mintaqalarni aniqlash, etnik guruhlarning ixcham yashash joylarini jihozlash, etnomadaniy ob'ektlar joylashgan hududlarda turli festivallar tashkil qilinmoqda. O'zbekistonda etnomadaniy turizmni rivojlantirish hududi sifatida juda qulay, unda millatlararo hurmatni shakllantirish, vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, o'tmishga hurmat bilan qarashlarni tarbiyalash, aholining intellektual saviyasini oshirish, milliy madaniyatlar, milliy ko'nikmalar, ism, urf-odatlar, marosimlarni tiklashga yordam berish, har qanday etnik guruh uchun xos bo'lgan an'anaviy me'morchilik yodgorliklarini buzilmagan shaklda saqlash, an'anaviy turizm faoliyatini kengaytirish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, mintaqadagi mavsumiy hodisalarni yumshatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

5. Globallashuv aslida murakkab tarixiy jarayon bo'lib, undagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, texnik va informasion omillarni hisobga olsak, bunda endi mamlakatlar hayoti mustaqil, bir qarashda tartibsiz, nazoratsiz ko'rinsa ham, mohiyatan o'zaro chambarchas bo'lib borishini ta'kidlash zarur. Albatta, har bir davr ruhini aks ettiradigan me'yorlar, shuningdek, navbatdagi o'zgarishlarni belgilaydigan o'ziga xos qonuniyatlar mavjud bo'ladi. Globallashuv, madaniyatlararo muloqot va milliy o'zlikni anglash jarayonlari ko'pchilik davlatlar qatorida O'zbekiston uchun ham qator vazifalar, imkoniyat va muammolar yaratadi.

6. Globallashuv bilan bog'liq turfa jarayonlar shundan guvohlik beradiki, o'ziga xos g'oyaga ega bo'lmagan ijtimoiy-siyosiy birlik bu dunyoda uchramaydi. Shuningdek, birorta boshqa ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-falsafiy g'oya odamlarning ongi va e'tiqodiga milliy g'oya singari samarali ta'sir etmaydi. Buning asosiy sababi unda jamiyat manfaatlarining milliy ruh, milliy o'zlikni anglash kabi omillar bilan mustahkam bog'lanib ketganligidir.

7. Umumiy ta'limda globallashuvning sivilizasiyalar o'rtasidagi munosabatlarni kuchayishini nazarda tutgan holda, tarix, geografiya va ijtimoiy fanlarni o'qitishga e'tiborni kuchaytirish zarur. Bu mamlakatlar tarixi, iqtisodiy yo'nalishlari, ijtimoiy hayoti haqida chuqurroq ma'lumotlar berish orqali o'quvchilarni boshqa mamlakatlar munosabatini to'g'ri shakllantirish mumkin.

1. Global muammolarni hal qilish bilan birgalikda o'z milliy taraqqiyotiga oid muammolarni o'z vaqtida hal qilib borish;

2. O'zbekiston ko'p millatli bag'rikeng diyor ekanini inobatga olgan holda, "Milliy g'oya - bizning g'oya" degan tushunchani barcha millat va elatlar madaniyatini keng targ'ib etish; vatanparvarlik tuyg'usini quchaytirish, aholining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligi va fuqarolik mas'uliyatini oshirish;

3. Tarqqqiy topgan va ilm fan sohasida global yutuqlarga ega davlatlar oliy o'quv yurtlari bilan dialogda bo'lish va bu aloqa natijalariga asoslangan yangiliklar yaratish;

4. Yoshlarga ta'lim jarayonida global bozorning salbiy natijalari bo'lgan global migrasiya, kriminal iqtisod, global jinoyatlar haqida tushunchalar berib borish, talabalar o'rtasida bu haqida ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etish;

TASHAKKUR

Ushbu maqolani yozishda maslahatlari bilan yordam bergan ustozim, Toshkent amaliy fanlar F.f.d.(PhD), dotsent. Sultonova Nodira Ergashovnaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

ADABIYOTLAR:

[1] Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2017. - B. 482.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

[2] Mavlonov O'. M. Globallashuv jarayonining milliy ma'naviyatga ta'siri. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6.

[3] Yo'ldosheva S.M. Sog'lom turmush tarzi -tahdidlarga qarshi kurash omili sifatida. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda axloqiy qadriyatlarning o'rni. // T.:2009. 191 b.

[4] Islamov I.N. Ma'naviyatga tahdid - kelajakka tahdid. Globallashuv, modernizatsiya va tolerantlik: muammolar, yechimlar va istiqbollar. Konferensiya materiallari.-T. :2009, 57 b.

[5] Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari. -T.:Ma'naviyat, 2006. -B.29.

[6] Giddens E. Sotsiologiya. M., 1999. S. 43.

[7] Kassirer E. Opbit o cheloveke: Vvedenie v filosofiyu chelovecheskoy kulturn // V kn.: Problema cheloveka v zapadnoy filosofii. M., «Progress», 1988. S. 9.

[8] Chavchavadze N.Z. Kultura i sennosti. Tb., 1984. S. 36.

[9] Gumilev L.N. Etnogenez i biosfera zemli. -M.: 1994. -S.183-184.

[10] Dobrenkov V.I. Vbizovbi globalizatsii i perspektivbi chelovechestva // Vestnik Mosk. Un-ta. Seriya 18. Sotsiologiya i politologiya 2004. № 4. - S. 4.

[11] Grinin L.E. Globalizatsiya i natsionalnbiy suverenitet //Istoriya i sovremennost. -M.: 2005. - №1. - S. 8-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.