Научная статья на тему 'MILLIY INNOVАTSIYA TIZIMINI SHАKLLАNTIRISHNING АYRIM MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI'

MILLIY INNOVАTSIYA TIZIMINI SHАKLLАNTIRISHNING АYRIM MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
967
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / innovatsiya iqtisodiyoti / innovatsion model / milliy innovatsiya tizimi / innovatsiya faoliyati / texnologik taraqqiyot / samarali boshqaruv. / innovation / innovative economy / innovative model / national innovative system / innovative activity / technological progress / effective management.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Uzganbayeva, Dilnoza, Nazarova, Latofat, Gaybullaeva, Gulbakhor

Maqolada Oʼzbekiston Respublikasi milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish yoʼnalishlariga bagʼishlangan. Maqolada, milliy innovatsiya tizimni shakllantirish va rivojlantirishga taʼsir qiluvchi sabab va omillar, muammo va yechimlar oʼrganilgan hamda bayon qilingan, shuningdek milliy innovatsiya tizimi modeli ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME PROBLEMS OF FORMING A MODERN INNOVATIVE SYSTEM

The article is devoted to the formation and development of the national innovation system of the Republic of Uzbekistan. The article considers and describes the reasons and factors influencing the formation and development of the national innovation system, problems and ways to solve them, as well as the model of the national innovation system.

Текст научной работы на тему «MILLIY INNOVАTSIYA TIZIMINI SHАKLLАNTIRISHNING АYRIM MUАMMOLАRI VА YECHIMLАRI»

SJIF 2023:5.971

International journal of örH^ijla theoretical and practical ^ggl? research '^¿iH^s^ Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 3 Volume: 3 Published: 31.03.2023

http://alferganus.uz

Citation:

Uzganbayeva, D., Nazarova, L., Gaybullaeva, G. (2023). Some problems of forming a modern innovative system. SJ

International journal of theoretical and practical research, 3 (03), 71-83.

Uzganbayeva, D., Nazarova, L., Gaybullaeva, G. (2023). Milliy innovatsiya tizimini shakllantirishning ayrim muammolari va yechimlari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (03), 71-83.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7835586

DOI 10.5281/zenodo.7B3 5 566

QR-Article

Uzganbayeva, Dilnoza

Assistant at the Department of Economics Fergana Polytechnic

Institute

Email: dilnoza. uzganbayeva@ferpi. uz

Nazarova, Latofat

Assistant, Department of Economics Fergana Polytechnic Institute

E-mail:

nazarovalatofat0108@gmail. com

Gaybullaeva, Gulbakhor

Assistant, Department of Economics Fergana Polytechnic Institute

UDC 658

SOME PROBLEMS OF FORMING A MODERN INNOVATIVE SYSTEM

Abstract. The article is devoted to the formation and development of the national innovation system of the Republic of Uzbekistan. The article considers and describes the reasons andfactors influencing the formation and development of the national innovation system, problems and ways to solve them, as well as the model of the national innovation system.

Keywords: innovation, innovative economy, innovative model, national innovative system, innovative activity, technological progress, effective management.

Uzganbayeva, Dilnoza To'xtasinovna

Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, Farg'ona politexnika instituti

Nazarova, Latofat Toirjon qizi

Assistent, "Iqtisodiyot " kafedrasi Farg'ona politexnika institute

© ©

71

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

T. 3 №3 2023

ISJIF 2023:5.971 Gaybullaeva, Gulbakhor

Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, Farg'ona politexnika instituti

MILLIY INNOVÄTSIYA TIZIMINI SHÄKLLÄNTIRISHNING ÄYRIM

MUÄMMOLÄRI VÄ YECHIMLÄRI

Ännotatsiya. Maqolada O'zbekiston Respublikasi milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo'nalishlariga bag'ishlangan. Maqolada, milliy innovatsiya tizimni shakllantirish va rivojlantirishga ta'sir qiluvchi sabab va omillar, muammo va yechimlar o'rganilgan hamda bayon qilingan, shuningdek milliy innovatsiya tizimi modeli ishlab chiqilgan.

Kalitso'zlar: innovatsiya, innovatsiya iqtisodiyoti, innovatsion model, milliy innovatsiya tizimi, innovatsiya faoliyati, texnologik taraqqiyot, samarali boshqaruv.

Узганбаева, Дилноза Тохтасиновна

Ассистент кафедры "Экономика", Ферганский политехнический институт

Назарова, Латофат Тоиржон кизи

Ассистент кафедры «Экономика», Ферганский политехнический институт

Гайбуллаева Гулбахор

Ассистент кафедры «Экономика», Ферганский политехнический институт

НЕКОТОРЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ СОВРЕМЕННОЙ ИННОВАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ

Аннотация. Статья посвящена вопросам формирования и развития национальной инновационной системы Республики Узбекистан. В статье рассматриваются и описываются причины и факторы, влияющие на формирование и развитие национальной инновационной системы, проблемы и пути их решения, а также модель национальной инновационной системы.

Ключевые слова: инновации, инновационная экономика, инновационная модель, национальная инновационная система, инновационная деятельность, технический прогресс, эффективное управление.

Kirish

Iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotni sog'lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi uchun sharoit yaratish innovatsion faoliyatni jonlantirish orqali amalga oshiriladi. Aynan shuning uchun, sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini jonlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, iqtisodiyotda samarali tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. Bundan tashqari sanoat korxonalarining innovatsion faolligi darajasini baholash va ushbu innovatsion faoliyat asosida uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga erishish va istiqbolda ularning

72

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

barqaror daromad olishini ta'minlashga qaratilgan zamon bilan hamnafas milliy innovatsiya tizimini shakllantirish dolzarb masalalar qatorida turadi.

Adabiyotlar sharhi

Shu paytgacha olimlar tomonidan milliy innovatsiya tizimiga yagona bir ta'rif berilgan emas. Rivojlangan mamlakatlarning milliy innovatsiya tizimilari bir-biridan farq qiladi. Zotan, turli mamlakatlar tomonidan milliy innovatsiya tizimi oldiga turli maqsadlar qo'yiladi va amalga oshiriladi. Ko'p iqtiboslik keltiriluvchi o'quv qo'llanma muallifi Yu.P.Surmin quyidagicha yozadi: "Tizimlarni ajratish va qurish quyidagicha amalga oshiriladi: Tizim ta'minlab berishi kerak bo'lgan maqsad qo'yiladi. Funktsiyalar bajarilishini ta'minlovchi funktsiya yoki vazifalar aniqlanadi. Maqsad ob'ekt harakat yo'nalishiga yo'naltiriladi. Maqsad odatda mavjud vositalar bilan hal etib bo'lmaydigan muammoli vaziyatlardan yuzaga keladi. Tizim esa muammolarni hal etish vositasi sifatida yuzaga chiqadi. [1,58 b.]

Hozirgi vaqtga qadar ham xorijiy ham rossiyalik olimlar orasida "Milliy innovatsiya tizimi" ning umum tan olingan yagona tushunchasi mavjud emas. Umumiy qarashlarning mavjud emasligi milliy innovatsiya tizimi va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish uslubiyotiga turlicha yondashuvlarni keltirib chiqarmoqda. Olib borilgan adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, ushbu yo'nalishlarni ushlab turuvchi sakkizta yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

• institutlar majmui sifatida: R. Nelson [2];

• institutlar va turli elementlar va tarkibiy qismlarning majmui sifatida: D.A. Serpuxovitin [3];

• tashkilotlar (korxona, tarkib) va faoliyatining maqsadli turlari (yo'nalishlari) tarmog'i sifatida: K. Frimen [4];

• o'zaro bir-biri bilan bog'langan faoliyat, elementlar va tarkib sifatida: B.O.Lumdvall [5,6,7];

• milliy innovatsiya tizimi sohasi (ulushi) sifatida:

• 2000-yilda L. Leydesdorf tomonidan shakllantirgan uchtalik spiral bilimlar ishlab chiqarish kontseptsiyasi sifatida; universitet-hukumat-biznes (korxona, sanoat) [8];

• fanlararo yondashuvni o'z ichiga oluvchi keng yondashuv sifatida: R.Kaxn (2008 y) [9];

• ijtimoiy kapital orqali: milliy innovatsiya tizimini "Millatning texnik o'zgarishlarga nisbatan ijtimoiy moslashuvchanligi".

Muayyan vaqt davomida olimlarning milliy innovatsiya tizimi tushunchasiga qarashlari rivojlanib bormoqda. Masalan, K.Frimen 1987 yilda nashr qilingan ishida milliy innovatsiya tizimini tashkilotlar tarmog'i sifatida ko'rib chiqqan bo'lsa [10], 20022004 yillargi ishida texnik o'zgarishlarga millatning ijtimoiy ko'nikmalari sifatida qaramoqda [11]. B.O.Lundvallning 1992 yilgi ishida milliy innovatsiya tizimi sifatida elementlar va munosabatlar haqida gap borsa [12], 2010 yilgi ishida yangi mahsulotlarning rivojlanishi bilan bog'liq ravishda ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarning o'zaro harakati haqida chop etmoqda [13].

Milliy innovatsiya tizimi tushunchasini aniqlash bo'yicha taklif etilayotgan ham xorijiy, ham rossiyalik olimlarning tushunchalarining birortasi davlat yoki milliy xususiyatlarni o'z ichiga qamrab olmayapti. Milliy innovatsiya tizimida yoki davlat

73

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

siyosatida o'zaro harakatlar mexanizmi, institutlar tarkibi va tavsifi, turlicha elementlar va tarkibiy qismlar har bir davlatning milliy innovatsiya tizimlari xususiyatlarini ochib berishga imkon berayotganligini olib borilgan adabiyotlar tahlili ko'rsatmoqda.

Ammo, bizning mamlakatimizda ham milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, milliy innovatsiya tizimi tarkibining o'zaro aloqalari tadqiq etilish darajasi yetarli emas hamda yetarli darajada o'rganilmagan.

Tadqiqotimizning maqsadi sifatida O'zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsiya tizimini shakllantirishning ayrim muammolarini ko'rib chiqamiz.

Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, ushbu tadqiqot ob'ekti bo'lib, O'zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsiya tizimini shakllantirish, uning holati, salohiyati, iqtisodiy rivojlanish va raqobatdoshlikka qo'shadigan hissasi bo'lib hisoblanadi.

Tadqiqot usullari.

Tadqiqotning instrumental va uslubiy apparati tizimli yondashuv doirasida mantiqiy va vaziyatli tahlil, guruhlash, taqqoslashga asoslangan holda umumiy ilmiy -tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.

Natijalar va muhokamalar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 70/1 qarori bilan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) doirasida mamlakatlar 2030 yilgacha ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlariga davlat va xususiy xarajatlarni sezilarli darajada oshirish majburiyatini olishdi.

Amerikalik iqtisodchi, Solou modeli muallifi va 1987 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Robert Merton Solouning so'zlariga ko'ra, 1908-1949 yillarda, o'xshashi bo'lmagan innovatsion mahsulotlar AQSh iqtisodiyotining rivojlanish sur'atlarini 1,5 foizga o'sishiga olib keldi [14]. Bu o'sha davrda mamlakat YalMning yarmini tashkil etar edi. Yana bir amerikalik olim Edvard Denison ma'lum bir mamlakatda iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradigan 23 omilni aniqladi va ulardan 14 tasi innovatsiya bilan, 9 ta omil kapital, yer va ishchi kuchi bilan bog'liq edi. Olimning fikriga ko'ra, yangi mahsulot ixtiro qilinishi va keyinchalik u bilan bozorga chiqish rivojlangan mamlakatlar YaIMining 60 foizga yaqin o'sishiga olib keladi [15].

Bugungi kunda O'zbekiston Markaziy Osiyoda rivojlangan ilmiy-tadqiqot bazasi va dunyoda tan olingan keng ilmiy tarixga ega bo'lgan yirik ilmiy markazdir. Biroq, O'zbekistonda ham, umuman Markaziy Osiyoda ham innovatsion rivojlanish sur'ati kutilgan darajada emas. O'zbekiston so'nggi Global Innovation Index-ga kiritilmagan, garchi bir necha yil oldin biz ushbu indeksga kiritilgan 144 mamlakat orasida 127-o'rinda edik [16,17].

Lekin, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020 yil 2 sentyabrida e'lon qilingan Global Innovation Indexning reytingida, uzoq yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston 43 ta kirish indikatori va 22 ta chiqish indikatoriga ko'ra baholanib, 131 davlatlar orasida 80 ta ko'rsatgich bilan 29 ta pog'ona sakrab, 93-o'rin bilan reytingga kiritildi. Ya'ni kirish sub-indeksi bo'yicha 81-o'rinni, reyting ustunlari bo'lmish institutsional rivojlanish (Institutions, 95-o'rin), inson kapitali va ilmiy-tadqiqot faoliyati (Human capital & research, 77-o'rin), infratuzilma (Infrastructure, 72 o'rin), bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs, 90-o'rin) kabi yo'nalishlardagi

74

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

indikatorlarda ijobiy natijalarga erishdi. Quyidagi subindikatorlarda yuqori o'ntalik davlatlari qatoriga kirdi: biznes boshlashning oddiyligi (Ease of starting a business) - 8-o'rin, ilm-fan va texnika sohasida bitiruvchilar (Graduates in science&engineering) - 7-o'rin va kapitalni yalpi ravishda jamlash (Gross capital formation) - 8-o'rin. Shu bilan birga, 8 ta muhim indikatorlar bo'yicha 12-45 o'rinlarni egalladi.

Shuningdek, quyidagi indikatorlarda hozircha quyi o'rinlarda qolmoqda: me'yoriy sifat (Regulatory quality) - 127-o'rin, qonun ustuvorligi (Rule of law) - 124-o'rin, AKT xizmatlari eksporti (ICT services exports) - 129-o'rin, xorijda moliyalashtiriladigan tadqiqot va ishlanmalarning yalpi xarajatlari (GERD financed by abroad) - 96-o'rin.

Davlatimiz o'rta daromad guruhli 29 ta davlatlar orasida 12-o'rinda, Markaziy va Janubiy Osiyodagi 10 ta davlatlar o'rtasida 4-o'rin egallab, bunda yuqori pog'onalarni 1-o'rinda Hindiston-48, 2-o'rinda Eron-67 hamda 3-o'rinda Qozog'iston-77 reyting ko'rsatgichlari bilan yuqori o'rinda kelmoqda.

Agar UNESCO statistika instituti ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda dunyoda ilmiy -tadqiqot ishlanmalariga ajratilgan mablag'lar o'rtacha YalMning 1,7 foizini tashkil etgan bo'lsa, unda Markaziy Osiyo uchun bu ko'rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi [18].

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston va Qozog'istonda ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga sarflanadigan xarajatlar taxminan bir xil darajada - YaIMning 0,13% miqdorida, bu juda past ko'rsatkichdir. Taqqoslash uchun: Misr taxminan 0,72%, Braziliya va Rossiya Federatsiyasi - 1,26% va 1,0%, AQSh va Germaniya - 2,84% va 3,09%, Shvetsiya va Yaponiya - YaIMning taxminan 3.34% va 3,26% sarflaydi. Janubiy Koreya bu borada yetakchi hisoblanib, ilmiy - tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlariga sarflanadigan xarajatlar mamlakat YaIMning 4,81 foizini tashkil etadi [19], Samsung, LG, SK Holdings, POSCO, Hyundai va boshqalar kabi jahon miqyosidagi korporatsiyalar mavjudligi buni yana bir bor tasdiqlaydi.

Ilmiy-tadqiqot ishlariga yuqori mablag' sarflaydigan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlariga kiritiladigan investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorga to'g'ri keladi. Yaponiyada sarmoyalarning qariyb 80% xususiy sektor tomonidan sarflanadi. Xitoy va Janubiy Koreyada xususiy sektor ilmiy-tadqiqot ishlariga barcha investitsiyalarning % dan ko'pini sarflaydi. O'zbekistonda, aksincha, davlat ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy xarajatlarining 60 foizidan ko'pini moliyalashtiradi. Bu O'zbekistondagi xususiy sektor hali bu yo'nalishda harakat qilish uchun yetarlicha rag'batlantirishga va mustaqil ravishda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun yetarli imkoniyatlarga ega emasligidan dalolatdir.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mamlakatlarida YalM o'sishining 8090 foizi innovatsiyalar hisobiga amalga oshiriladi [20,21].

Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, ushbu mamlakatlarning milliy innovatsion rivojlanish yo'liga o'tishi milliy innovatsiya tizimining yaratilishi natijasida amalga oshgan. Yangi rivojlanayotgan davlatlar innovatsion texnologiyalarni import qilishdan boshlab, ular o'zlarining innovatsion tizimini shakllantirmoqdalar. Ular foydalangan innovatsiya modeli shuni ko'rsatadiki, import qilingan ilmiy va texnologik yutuqlardan oqilona foydalanish nafaqat YalM ning sezilarli o'sishini ta'minlabgina qolmay, balki ular iqtisodiyotini dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining sifat jihatidan yuqori darajasiga ko'tarilishiga yordam berishi mumkinligini isbotladi.

75

SJIF 2023:5.971

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosamiz asosida bizningcha "milliy innovatsiya tizimi" atamasiga ma'lum bir mamlakat milliy innovatsiya tizimining funktsional faoliyatini ta'minlovchi, innovatsion rivojlanishni ta'minlaydigan tashkiliy, qonunchilik, tuzulmaviy va funktsional tarkibiy qismlarning yig'indisidir deb ta'rif berishimiz mumkin.

Bu tuzilmalar turli resurslarga yo'l ochishni ta'minlovchi va innovatsion faoliyatning qatnashchilariga ma'lum turda ko'mak beruvchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Ushbu tizim korxona (tashkilotlar) majmui, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha doiralaridagi bilimlar va texnologiyalarning o'zaro harakatini o'z ichiga oladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Fikrimizcha, innovatsiya tizimi fan, texnika, iqtisodiyot, tadbirkorlik va menejment tamoyillarini ma'lum bir nuqtada birlashtiruvchi tizim bo'lib, buning natijasida ilmiy g'oyalar hamda loyihalarning innovatsion mahsulotga aylanish davri tezlashadi. Shuning uchun jahon amaliyotida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun innovatsiya tizimini rivojlantirish eng muhim ustuvor strategiyalardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, biz tomondan taklif qilinayotgan O'zbekiston Respublikasi milliy innovatsiya tizimi modeli maqsadi, moliyalashtirish manbaalari, iqtisodiy-tashkiliy institutlar, innovatsion faoliyatni axborot ta'minoti, kadrlar ta'minoti, qonunchilik asoslari, davlat ilmiy-texnik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishni monitoring qilish va muvofiqlashtirish tizimi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, innovatsion infratuzilma sub'ektlari va bilimdan foydalanuvchilarning o'zaro aloqalari O'zbekiston Respubliki Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat tashkilotlari, innovatsion faoliyat sub'ektlari va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajalarida davlat tuzilmalari uchun qulay institutsional iqlim va innovatsion tizim yaratish hamda innovatsion faoliyat uchun strategik yo'nalishlar majmuasini, fundamental bilimlarni rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat.

Milliy innovatsiya tizimi modelining o'zaro aloqalari mexanizmini rivojlantirish keng ko'lamli murakkab vazifa bo'lib uni O'zbekiston Respubliki Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat tashkilotlari, innovatsion faoliyat sub'ektlari va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasida puxta o'ylangan, o'zaro kelishilgan samarali xatti-harakatlari orqaligina amalga oshirish mumkin bo'ladi. Milliy innovatsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlatning ustuvor siyosati, bugungi kunda O'zbekiston uchun muhim hisoblangan yo'nalishlar qatoriga kiradi. Taklif qilingan milliy innovatsiya tizimi modelidan O'zbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat to'g'risidagi qonun osti xujjatlarini va o'rta muddatli hamda uzoq muddatli davrlar uchun innovatsion rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, istiqbolli yo'nalishlarda muhim innovatsion muammolarni samarali hal etish, hududiy innovatsion-investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanishda tavsiya qilinadi.

Tavsiya etilayotgan milliy innovatsiya tizimi modeliga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida innovatsiya siyosati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va respublika va mahalliy davlat organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

76

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

Milliy innovatsiya tizimini shakllantirish va barqaror rivojlantirish mexanizmlarini yaratishning qonunchilik asoslari sifatida O'zbekistonda qabul qilingan qonun, qator farmon va qarorlarini sanab o'tish mumkin.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi "Ilm-fanni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to'g'risida"gi [22], 2002 yil 20 fevralda e'lon qilingan «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to'g'risida»gi Farmonlari [23], 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [24], 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi [25], 2011 yil 24 maydagi "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to'g'risida"gi qarori [26] hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 iyuldagi "Ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiya faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida"gi [27], 1998 yil 19 yanvardagi "Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg'armalar grantlari bo'yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi, 2004 yil 7 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi [28], 2008 yil 15 oktyabrdagi "Texnologiyalar Transferi Agentligi" Davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi, 2008 yil 10 noyabrdagi "Ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari [29] kabi milliy fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasidagi dastlabki direktiv hujjatlar mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini zamonaviylashtirish, texnik talablardan kelib chiqqan holda, kelajakda innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ko'lamini kengaytirishga oid tadbirlar majmuasi asoslab berilgan edi.

Bugungi kunda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, ilmiy texnik faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish tizimining asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi "2019 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5544-sonli [30], 2020 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-6097-sonli [31], 2021 yil 1 aprel kungi "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida" gi PF-6198 sonli Farmonlariga [32], shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3365-sonli [33], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-3416 - sonli [34], 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida» PQ-3682-sonli Qarorlari [35] hamda 2020 yil 24 iyuldagi O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida" gi O'RQ-630-sonli Qonuniga asoslanadi [36].

77

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlar ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik va laboratoriya - eksperimental bazani mustahkamlash, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, Fanlar akademiyasi faoliyatini yana jonlantirish va rivojlantirish, 9 ta ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini qayta tiklash, bir qator ilmiy muassasalarni qayta tashkil etish, ilmiy sohalarda Fanlar akademiyasining 3 ta filiali, shu jumladan, Navoiy filiali tashkil etish, O'zbekistonning yangi tarixi bo'yicha jamoat kengashi, fan va texnologiyalar agentligi, ilmiy texnik faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish orqali mamlakat ilmiy salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish, yaqin kelajakda ilmiy infratuzilmalarning moddiy -texnik, laboratoriya va tajriba bazalarini kuchaytirish maqsadida respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan har tomonlama tizimli o'zgarishlar asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi PQ3416-sonli qarori [37] qabul qilingandan so'ng mamlakatimizda innovatsion faoliyatga e'tibor yanada kuchaydi. Endilikda fan va innovatsiyalar bo'yicha barcha jarayonlar ushbu vazirlik tomonidan amalga oshirilmoqda va muvofiqlashtirilmoqda. Vazirlik O'zbekiston Respublikasi-ni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi.

Biroq, Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini boshqarish mexanizmi hali ham innovatsion rivojlanish muammolariga javob bermaydi:

• O'zbekistonda innovatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun motivatsiya va mexanizmlar yaratishda izchillik yo'q [38,39,40,41,42,43,44];

• Respublikada innovatsion rivojlanishni muvofiqlashtirish sust olib borilmoqda [45,46];

• hozirgi vaqtda ilmiy-tadqiqot faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bilan muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining juda keng shakllangan ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligini baholash bilan cheklangan [47,48,49,50];

• ustuvor yo'nalishlar shu qadar shakllantirilganki, ular amaliy qo'llanilishidan qat'i nazar, ushbu sohasidagi har qanday tadqiqotni o'z ichiga olishi mumkin va aniq strategiya va dasturlarni ishlab chiqishga hissa qo'shmaydi [51,52,53,54].

Yaratilgan me'yoriy-huquqiy muhit ham quyidagi kamchiliklarga ega:

• byudjet mablag'lari hisobidan yoki davlat tashkilotlari tomonidan yaratilgan intellektual faoliyat natijalariga huquqlarni iqtisodiy oborotga jalb qilishda qonuniy bo'shliqlar mavjudligi;

• normalarning yetishmasligi muassalarga ular tomonidan yaratilgan intellektual faoliyat natijalariga, shu jumladan byudjet mablag'lari hisobiga yaratilgan narsalarga, shuningdek, ushbu natijalarni ishlatishdan olingan daromadlarga mutlaq huquqlarni ta'minlash va tasarruf etish imkoniyatining yo'qligi;

78

T. 3 №3

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

• innovatsion infratuzilmaning alohida elementlari (innovatsion jamg'armalar, texnologiyalarni joriy etish markazlari, muhandislik laboratoriyalari, texnoparklar va boshqalar) o'rtasida iqtisodiy hamkorlikning rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy asoslarning yaratilmaganligi;

• ta'lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlovchi me'yoriy-huquqiy asoslarning mavjud emasligi va mavjudlarining amalda ishlamasligi;

• intelluktual mulk huquqlaridan foydalanishning rasmiy tartibining mavjud emasligi.

Xulosa

Demak, innovatsion rivojlanish fan, innovatsiya va raqamli iqtisodiyot sohasidagi O'zbekistonning jadal rivolanishini ta'minlash uchun davlat, xususiy biznes va fuqarolik jamiyati institutlarini tizimli va maqsadga muvofiq yo'naltirilishi kerak.

Shu bilan birga, O'zbekiston uchun mos bo'lgan yetakchi innovator mamlakatlar tajribasi va samarali innovatsion iqtisodiyotni tashkil etishning muvaffaqqiyatli usullari, shu jumladan, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizning jadal innovatsion rivojlanishi, investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyotning o'sishi hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo'nalishlarini taklif etamiz:

• ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish;

• ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash;

• yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga yo'naltirish;

• ilm-fan taraqqiyotiga ko'maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish;

• ichki hamda jahon bozorlariga bilimlar va yangi texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini yaxshilash;

• ilmiy tashkilotlarning ilmiy faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda tashkil etish;

• iqtisodiyotni taraqqiyotning innovatsion yo'liga o'tishini ta'minlaydigan raqobatbardosh bozorni shakllantirish va resurslardan samarali foydalanish;

• barcha sohalarda raqobatni rivojlantirish va ma'muriy to'siqlarni kamaytirish lozim.

Shu bilan birga, o'rta va uzoq muddatli ustuvorliklar - asosiy yo'nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga byudjet resurslarini kontsentratsiyalash tamoyiliga asoslangan tizimli muammoni hal qilish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanish zarur.

Innovatsiya tizimining ishlashi to'g'risida mualliflik kontseptsiyasining amalga oshirilishi natijasida O'zbekiston Respublikasida davlat, biznes, fan va ta'lim o'rtasidagi o'zaro ta'sir mexanizmlarini o'z ichiga olgan samarali milliy innovatsiya tizimi yaratiladi, bu esa YaIMda ilmga asoslangan mahsulotlar ulushini oshirish imkonini beradi.

Demak, mamlakatimizda milliy innovatsiya tizimini rivojlantirish evaziga innovatsion salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning

79

T. 3 №3 2023

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

raqobatbardoshligini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo'ladi. U ayni paytda milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xulosa qilib aytganda, milliy innovatsiya tizimini shakllantirish, rivojlantirish va samarali boshqarish natijasida mamlakatimizda innovatsion bilimlarga asoslangan yangi iqtisodiyot shakllantirilishiga olib keladi. Bu esa, albatta, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Сурмин, Ю. П. (2003). Теория систем и системный анализ. К.: МАУП, 364.

2. Nielsen, R. N. (2008). Feeding food producers with (Regional) knowledge for innovation. Toward a theoretical underpinning of the feat2015 project.

3. Серпуховитин, Д. А. (2020). Институциональные аспекты государственного управления инновационной деятельностью предприятий. Журнал экономической теории, 17(1), 198-212.

4. Freeman, C. (2002). Continental, national and sub-national innovation systems— complementarity and economic growth. Research policy, 31(2), 191-211.

5. Lundvall, B. A. (2016). National innovation systems and globalization. The Learning Economy and the Economics of Hope, 351.

6. Lundvall, B. A. (Ed.). (2010). National systems of innovation: Toward a theory of innovation and interactive learning (Vol. 2). Anthem press.

7. Lundvall, B. A., Johnson, B., Andersen, E. S., & Dalum, B. (2002). National systems of production, innovation and competence building. Research policy, 31(2), 213231.

8. Etzkowitz, H., & Leydesdorff, L. (2000). The dynamics of innovation: from National Systems and "Mode 2" to a Triple Helix of university-industry-government relations. Research policy, 29(2), 109-123.

9. Kahn, R. (2008). Towards ecopedagogy: Weaving a broad-based pedagogy of liberation for animals, nature, and the oppressed people of the earth. The critical pedagogy reader, 2, 522-540.

10. Freeman, C. (1987). National systems of innovation: the case of Japan. Technology policy and Economic Performance, London, Printer Publishers.

11. Freeman, C. (2004). Technological infrastructure and international competitiveness. Industrial and Corporate Change, 13(3), 541-569.

12. Lundvall, B. A. (1992). National Systems of Innovation/Lundvall, B.-A. National System.

13. Lundvall, B. A., & Lundvall, B. A. (2010). National Systems of Innovation: Toward a Theory of Innovation and Interactive Learning. Anthem Press.

14. Солоу, Р. М. (2002). Теория роста. Панорама экономической мысли конца ХХ столетия/Под ред. Д. Гринэуэя, М. Блини, И. Стюарта: В, 478-506.

15. Denison, E. F. (2010). Accounting for slower economic growth: the United States in the 1970's. Brookings Institution Press.

16. https://www.globalinnovationindex.org/Home

© ©

80

T. 3 №3 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

17. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10(90), 113.

18. https://www.unesco.org/en

19. UNESCO Institute for Statistics: Research and Development Expenditure 2019. - https://gtmarket.ru/ratings/research-and-development-expenditure

20. Drucker, P. F. (2002). The discipline of innovation. Harvard business review, 80(8), 95-102.

21. Margianti, E. S., Ikramov, M. A., Abdullaev, A. M., Kurpayanidi, K. I., & Misdiyono, M. (2020). Role of goal orientation as a predictor of social capital: Practical suggestions for the development of team cohesiveness in SME's. Monograph. Gunadarma Pulisher, Indonesia.

22. Узбекистан Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 й., 9 -сон, 369-модда

23. Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами, 2002 й., 5-6-сон, 40-модда; 11-12-сон, 93-модда; 2004 й., 3-сон, 31-модда; 2005 й., 3-4-сон, 24-модда

24. Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами, 2006 й., 31-32-сон

25. Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами, 2008 й., 29-30-сон, 280-модда

26. Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2011 й., 22-23-сон, 227-модда

27. https://old.xs.uz/mdex.php/homepage/fan-va-talim/item/4955-%D0%B8%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1 %8F-%D0%B2%D0%B0-%D0%B8%D1%88%D0%BB%D0%B0%D0%B1-

%D 1%87%D0%B8%D2%9B%D0%B0%D 1%80%D0%B 8%D 1%88

28. Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2004 й., 36-сон, 401-модда

29. Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2008 й., 46-сон, 454-модда

30. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 22.09.2018 й., 06/18/5544/1951 -сон

31. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.10.2020 й., 06/20/6097/1431-сон

32. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 02.04.2021 й., 06/21/6198/0269-сон

33. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2017 й., 07/17/3365/0195

34. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.11.2017 й., 07/17/3416/0338-сон

35. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 28.04.2018 й., 07/18/3682/1117-сон

81

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

T. 3 №3

маълумотлари миллий базаси,

SJIF 2023:5.971

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

24.07.2020 й.,

маълумотлари миллий базаси, 30.11.2017 й.,

36. К,онун хужжатлари 03/20/630/1101 -сон

37. К,онун хужжатлари 07/17/3416/0338-сон

38. Икрамов, М. А., & Алимов, Г. А. (2019). Формирование спроса как фактор инновационного развития Узбекистана. In Экономический рост России: проблемы и стратегические перспективы (pp. 38-44).

39. Курпаяниди, К. И., & Муминова, Э. А. (2019). К проблеме активизации инновационных процессов в Узбекистане. Известия Ошского технологического университета, (3), 261-265.

40. Жуковская, И. Е. (2019). Современные тенденции влияния инноваций на управленческие процессы в условиях формирования цифровой экономики. Современные проблемы права, экономики и управления, (1), 182-189.

41. Kurpayanidi, K., Muminova, E., & Paygamov, R. (2016). Management of innovative activity on industrial corporations/Lap Lambert Academic Publishing. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=35323355

42. Ашуров, М. С., & Шакирова, Ю. С. (2019). Пути повышения экономической эффективности инновационного развития промышленных предприятий. Известия Ошского технологического университета, (3), 265-270.

43. Ашуров, М. С., Курпаяниди, К. И., (2019). «DOING BUSINESS 2019: TRAINING FOR REFORM» тадбиркорлик мухити самарадорлигини бахолаш воситаси сифатида. Экономика и финансы (Узбекистан), (9).

44. Курпаяниди, К. И., & Ашуров, М. С. (2018). Муваффакиятли бизнес юритиш учун тадбиркорлик мухитининг замонавий холати ва уни самарали назорат килиш муаммоларини бахолаш (Узбекистан Республикаси материаллари асосида). Экономика и финансы (Узбекистан), (12).

45. Bozorov, A. (2020). The importance of real sector enterprises, theoretical and organizational-legal basis of financing. International Finance and Accounting, 2020(3), 6.

46. Эргашходжаева, Ш. Ж. (2013). Инновацион маркетинг. Т.: Iqtisodiyot.

47. Курпаяниди, К., & Ашуров, М. (2021). Узбекистон Республикасининг ракобатбардош миллий инновация тизимини шакллантириш муаммолари. Общество и инновации, 2(4/S), 213-223.

48. Ашуров, М. С. (2019). Узбекистонда тадбиркорлик мухитининг замонавий холати ва уни самарали ривожлантириш муаммоларини бахолаш. Монография. GlobeEdit Academic Publishing, European Union.

49. Shanazarova, G. (2019). Саноат корхоналарининг инновацион салохиятини бахолашнинг айрим назарий масалалари. Архив научных исследований.

50. Berkinov, B. (2020). Институционал иктисодиёт 2. Архив научных исследований, 35.

51. Кадиров, А. М., Севликян^ С. Г., Отто, О. Э., Ахмедиева, А. Т. (2011). Информационно-инновационное развитие экономики Узбекистана. Монография. -Т.: Иктисодиёт.

82

SJIF 2023:5.971

52. Kurpayanidi, K.I. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. E3S Web Conf. Volume 258, Ural Environmental Science Forum "Sustainable Development of Industrial Region" (UESF-2021). Article Number 05026. Number of page(s) 13. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026

53. Uzganbayeva, D. T. (2023). Направления развития плодоовощных кластеров в Узбекистане. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (1), 54-60. Doi: https://doi. org/10.5281/zenodo. 7595330

54. Safarova, D.E., Gaybullayeva, G.M. (2021). To'qimachilik korxonalari faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy resurslardan foydalanish yo'llari. Scientific progress, 2 (2), 1295-1300.

83

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.