Iqtisodiy fanlar /Economic Sciences/Экономические науки
International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2022 Issue: 1 Volume: 2 Published: 31.01.2022
http://alferganus.uz
Citation:
Ahunova, M.K. (2022). Women's entrepreneurship in an innovative economy: problems and solutions. SJ
International journal of theoretical and practical research, 2 (1), 7-14.
Axunova, M.X. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 7-14.
Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6089658
DOI 10.5281/zenodo .60896 58
QR-Article
Axunova Ma'rifat Xakimovna
katta o'qituvchi Farg'onapolitexnika instituti
UDC 332.05
INNOVATSION IQTISODIYOTDA AYOLLAR TADBIRKORLIGI: MUAMMO
VA YECHIMLAR
Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi qo'llab-quvvatlash va ularga munosib daromad olishi uchun sharoit yaratib berish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish va ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha mamlakat Prezidenti SH.M. Mirziyoev tomonidan ko 'rsatilgan yangi mexanizmlarga keng o'rin berilgan. SHu bilan birga mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini soha iqtisodiyotidagi o'rni va xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalari muammolari o'rganilib ilmiy asoslangan takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: innovatsion iqtisodiyot, xotin-qizlar tadbirkorligi, ishlab chiqarish, innovatsiya, bandlik.
Ahunova Marifat Khakimovna
Senior teacher Fergana Polytechnic Institute
WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IN AN INNOVATIVE ECONOMY: PROBLEMS AND SOLUTIONS
Ахунова Маърифат Хакимовна
Старший преподаватель Ферганский политехнический институт
©
ЖЕНСКОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО В ИННОВАЦИОННОЙ ЭКОНОМИКЕ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ
Аннотация: В статье говорится, что одной из важнейших задач в Узбекистане является поддержка женского предпринимательства и создание условий для получения им достойного дохода. В частности, в данной статье рассматриваются новые механизмы, предложенные Президентом Ш.М.Мирзиёевым для дальнейшего расширения возможностей поддержки женского предпринимательства и обеспечения занятости. При этом изучена роль женского предпринимательства в экономике нашей страны, проблемы женской занятости и внесены научно обоснованные предложения.
Ключевые слова: инновационная экономика, женское предпринимательство, производство, инновации, занятость.
Annotation: One of the most important tasks in the article is to support women's entrepreneurship in Uzbekistan and create conditions for them to earn a decent income. In particular, this article focuses on the new mechanisms put forward by the President Mirziyoyev to further expand opportunities to support women's entrepreneurship and provide employment. At the same time, the role of women's entrepreneurship in the economy of the country and the problems of women's employment were studied and scientifically based proposals were made.
Keywords: innovative economy, women's entrepreneurship, manufacturing, innovation, employment.
Kirish
Xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish jahon miqyosida davom etayotgan muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ayollar yurtimizning mehnatga layoqatli va iqtisodiy jihatdan faol aholisining katta qismini tashkil etadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, aynan hotin-qizlar tadbirkorligining salohiyati jahon yalpi ichki mahsulotini ikki barobirga oshirishi mumkin. "Boston Consulting Group" kompaniyasi ekspertlari o'tkazgan tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, agar ayol tadbirkorlar soni erkak biznesmenlar soniga teng bo'lganida, jahon iqtisodiyoti hajmi 2,5 trillion dollardan 5 trillion dollarga oshgan bo'lardi.
Ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan biznes, ya'ni bolalar va yoshlarni har tomonlama rivojlantirish va ularga ta'lim berish sohasidagi loyihalarning 90 foizi aynan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgani muhim jihat hisoblanadi. Iqtisodiyotda xotin-qizlar tadbirkorligi ulushini oshirish uchun ayollarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berilmoqda. Mamlakatimiz mehnatga layoqatli aholisining yarmidan ko'pini ayollar tashkil qilishiga qaramay, ularning kichik biznes va xususiy tadbikorlikdagi ulushini aniqlash qiyin. Boisi - ayollar biznesining rivojlanishiga oid aniq ma'lumot mavjud emas. Xususan, bugungi kunda sodir bo'layotgan hududiy va global integratsion jarayonlar, milliy ehtiyojlar va ustuvor maqsadlarni hisobga olgan
cc
®
8
holda, ayol tadbirkorlarning turli taraqqiyot yo'nalishlariga qo'shgan hissasiga baho berish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish kerak bo'lgan sohalarni aniqlash mumkin emas. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish, ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga axborot, bozor, ta'lim va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini berish va biznes faoliyatini ayollar orasida faol ommalashtirish masalalri bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
SHunday ekan, Prezidentimiz SH.Mirziyoev rahbarligida ayollar uchun doimiy ish joylarini yaratish va shu bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo'jaligini keng rivojlantirish ishlari bo'yicha chora-tadbirlarni ko'rish vazifalari belgilandi va amalga oshirishga kirishildi. Xususan, 2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz SH.Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni asosida mukammal tarzdagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi" ishlab chiqilib, bugungi kunda kuchga kirgan.
Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi — Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-5325- sonli Farmoni, shuningdek, 2019 yil 7 martdagi «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori qabul qilinganligi buning yorqin ifodasidir. Ushbu Farmonlarni qabul qilishdan asosiy maqsad, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o'rni va mavqeini mustahkamlash, salohiyatini to'la namoyon etishi, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar mehnatining rolini oshirish va undan foydalanishni ilmiy tarzda o'rganishga oid muammolar turli davlatlarda turlicha yechimga ega bo'lgan. Masalan, g'arbda taniqli iqtisodchi olimlaridan hisoblangan E.Giddens, G.Sillaste, T.Parsonning ilmiy ishlarida ayollar mehnatining rolini oshirish bo'yicha ilmiy nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Amerikalik sotsiolog olimlar L.Vard V.Tomos, A.Kante va G.Spenser kabilar ham o'z ilmiy qarashlarida ayollar mehnatidan samarali foydalanish va buning natijasida iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beruvchi g'oyalarini yaratganlar. Rossiyalik olimlar qatorida ayollar mehnatidan foydalanish masalalari bo'yicha E.N. Fetshov, P.Sorokin, M.Rivkin, T.Zaslavskaya, T.Bezdenejnik, S.Suxanov va L.Babaeva kabilarning ilmiy ishlarini alohida qayd etish mumkin. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar mehnatining roli va uni oshirish, shuningdek, ayollar mehnatidan foydalanish
CC
®
9
masalalariga oid fundamental-nazariy va amaliy muammolar R.Ubaydullaeva, D.Raximova, M.Sobirova, S.Qosimova kabi olimlarning ilmiy maqolalari va asarlarida ayollar mehnatidan foydalanishning o'ziga xos jihatlari yoritilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Ilmiy maqolani yoritishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan O'zbekiston Respublikasining qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalardagi taniqli olimlarning ilmiy asarlari, ularning mazmun-mohiyati o'rganildi. Ayollar milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash borasidagi chora-tadbirlarda faol ishtirok etar ekanlar, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar mehnatining tobora ommalashayotganligi aniq haqiqatdir.
Tahlil va natijalar
Bugungi kundagi davr o'zgarishlari va globallashuv jarayonlarining kengayib borishiga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ayollarning o'rnini belgilash va bu borada hal etilishi zarur bo'lgan muammolar hamon o'z yechimini kutmoqda. Ma'lumki, O'zbekistonda xotin-qizlarning mavqei va rolini yuksaltirish, huquq hamda manfaatlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, umuman, hayotning barcha jabhasini modernizatsiya qilishdagi ishtirokini kengaytirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan. Ayollar va erkaklarning tengligi, ayollarni kamsitishga yo'l qo'ymaslik masalalari Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasiga, shuningdek, Mehnat kodeksining 6-moddasiga ko'ra mehnatga oid munosabatlarda xotin-qizlarning kamsitilishi ta'qiqlanadi. Hozirgi kunda jahon miqyosidagi aholining iqtisodiy fao lligini gender yondashuvlari asosida tahlil etadigan bo'lsak, ayollarning mehnatda bandligi tobora ortayotganligini alohida qayd etish kerak [4]. Ayniqsa, O'zbekiston aholisining iqtisodiy faolligida ayollarning salmog'i boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqoriroqdir. Jumladan, iqtisodiyotda band bo'lgan xotin-qizlarimizning ulushi 60 foizga yetgani xamda yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan e'tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilmfan, madaniyat, tibbiet, ta'lim va hatto harbiy sohada xizmatlari beqies. Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siesiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilaetgan islohotlarda ular faolligini ta'minlashning asosiy omili xisoblanadi. Minglab ayollarimiz tadbirkorlik sohasining turli yo'nalishlarida ishlab chiqarish korxonalarini ochib, xotin-qizlar uchun yangi ish o'rinlari yaratayotganligini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish, ayollar tomonidan boshqariladigan
10
korxonalarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga axborot, bozor, ta'lim va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini berish va biznes faoliyatini ayollar orasida faol ommalashtirish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyatining yo'lga qo'yilganligi fikrimiz isbotidir.
Xozirgi murakkab pandemiya sharoitida ular tomonidan 28 mingga yaqin ayolga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta'minlash yuzasidan amaliy yordam ko'rsatilib, 21 ming 500 nafar yosh qiz qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o'qitildi.
SHuningdek, «Ayollar tadbirkorligi» tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash, YeTTB dasturining O'zbekistonda gender yondashuvlarini hisobga olgan holda, investitsion muhitni tahlil qilish bo'yicha bazaviy tadqiqotni o'tkazish hamda Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha Milliy Dasturni ishlab chiqishni rejalashtirgan.
Yana bir muhim jihat - Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining "Tadbirkor ayol" dasturi doirasida ajratayotgan 10 mln. AQSH dollarlik kredit mablag'i ham O'zbekistonda ayollar rahbarligidagi kichik va o'rta korxonalarni qo'llab-quvvatlash maqsadlariga yo'naltirilgani xam axamiyatga molik.
Tadbirkor ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko'payib, ular tomonidan minglab yangi ish o'rinlari barpo etildi. So'nggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan "Har bir oila - tadbirkor", "Yoshlar kelajagimiz" va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion so'mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. SHundan, bugungi kunda O'zbekiston aholisining 17 milliondan ziyodini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo'llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish uchun joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o'qitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va ularga amaliy yordam ko'rsatishning yangi tizimi joriy etildi. Buning uchun byudjetdan qo'shimcha ravishda 1 trillion so'mdan ziyod mablag' yo'naltirildi.
Xulosa va takliflar
SHuni ham ta'kidlash kerakki, muayyan davlatda ayollar tadbirkorligi muhitini aniqlovchi bir qator xalqaro standartlar mavjud bo'lib, uning rivojlanish darajasi "Ayollar tadbirkorligi Global indeksi" deb nomlanadigan davlatlar reytingini belgilab beruvchi xalqaro hujjat bilan aniqlanadi.
"Ayollar tadbirkorligi Global indeksi" butun dunyoda ayollar tadbirkorligi rivoji istiqbollarini o'lchab beradi. Ayollar tadbirkorligi rivoji sifatini esa 3 ta asosiy omil: tadbirkorlik muhiti, tadbirkorlik ekotizimi va ayollarning tadbirkorlik bilan shug'ullanish istaklari belgilab beradi. Ushbu hujjatni tayyorlashda esa esa bir qator omillar hisobga
CC
®
11
I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022
ISJIF 2021:5.5
olinadi. Ayollarning biznes sohasida yaratilgan ta'lim tizimi va resurslaridan, davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar infratizimidan foydalanish imkoniyatlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha statistik ma'lumotlarni yig'ish va taqdim etish masalalari kabi omillar shular jumlasidandir.
Tadbirkorlikni, hususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
ш ayollar bandligi, gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari masalalari, ayniqsa, hozirgi global pandemiya sharoitida ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy qo'llab quvvatlash;
ш gender tenglik va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish; ш ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishga ko'proq investitsiyalar kiritish;
ш tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtirish va rivojlantirish;
ш O'zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlari va tadbirkorligini rivojlantirish va qonun hujjatlarini takomillashtirish va mustahkam huquqiy kafolatlarni yaratish;
ш xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlari va tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, bu borada qonun hujjatlarini takomillashtirish va mustahkam huquqiy kafolatlarni yaratish;
ш xotin-qizlarni iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida xalkaro tashkilotlar bilan o'zaro tajriba almashib borish; ш ayollar tadbirkorligi xalqaro standartlari va bu borada milliy qonunchilikni takomillashtirish;
ш ayollar tadbirkorligi holatini rivojlangan mamlakatlar orasida global reyting indikatorlari orqali solishtiruv taxlilini amalga oshirish.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistoning global reytingda qatnashishi ayollar tadbirkorligi muhitini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, shunindeq, xalqaro xamjiyatning ijobiy yondashuvi erishilishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakili institutini ta'sis etish to'g'risida" gi 05.05.2017 yil PF-5037-sonli farmoni.
2. Turobov S., Muzaffarova K., Alimxanova N., Azamatova G. (2020). Increasing the financial and investment potential of the households. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 414-424.
3. Khamraeva, S. N. (2018). Methodological foundations of innovative development of agricultural infrastructure. Journal of Management Value & Ethics, 8(1), 10-17.
© ©
12
4. Shodmonovna, F. S., & Negmatovich, Y. N. (2021). Agricultural Agroclasters Will Serve Increasing the Efficiency of Innovative Economy. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 938-944.
5. Rakhmonazarov, P., & Akhunova, M. (2019). Theoretical aspects of sustainable development of regional economic ecosystems and assessment methods. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 136-143
6. Khamraeva, S. N. (2021). Forecasting innovative development of infrastructure providing services to agriculture. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4037-4045.
7. Olgarenko, V. I., Olgarenko, G. V., & Olgarenko, I. V. (2018). A method of integral efficiency evaluation of water use on irrigation systems. International Multidisciplinary Scientific GeoConference: SGEM, 78(3.1), 3-9.
8. Brush, C., Ali, A., Kelley, D., & Greene, P. (2017). The influence of human capital factors and context on women's entrepreneurship: Which matters more?. Journal of Business Venturing Insights, 8, 105-113.
9. Kawamorita, H., Salamzadeh, A., Demiryurek, K., & Ghajarzadeh, M. (2020). Entrepreneurial universities in times of crisis: Case of COVID-19 pandemic. Journal of Entrepreneurship, Business and Economics, 8(1), 77-88.
10. Abdullaev, A. M., Nabieva, N. M., Muminova, E. A., & Honkeldieva, G. S. (2020). Economic and Social Policies During Covid-19 Period: Relief Plan of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(06), 5910.
11. Nabiyeva, N., Akhunova, S., & ets. (2021). Analysis of the State's Macroeconomic Policy. Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologias, 11(4), 4669-4680.
12. Kurpayanidi, K. (2021). Analysis of scientific and theoretical ideas about entrepreneurship. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1 (1), 50-59. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5731500
13. Nishonov, F.M., & Urmonov, A.A. (2021). Issues of technological and innovative development of industry. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1 (1), 69-75. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5731634
14. Урмонов, А. А., Акрамов, И. (2021). Проблемы и перспективы цифровизации банковского сектора экономики Узбекистана. Cognitio rerum. 12. 20-31.
15. Kurpayanidi, K. I., & Mukhsinova, S. O. (2021). The problem of optimal distribution of economic resources. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 14-22. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.3
16. Мухсинова, Ш. О. (2021). Анализ уровень жизни населения Республики Узбекистан. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-1), 154-159.
17. Курпаяниди, К. И. (2021). Современные концепции и модели развития предпринимательства. Бюллетень науки и практики, 7(9), 425-444. Doi: https://doi.org/10.33619/2414-2948/70/40
сс
®
13
I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH
ISSN 2181-2357 T. 2. №1. 2022
ISJIF 2021:5.5
18. Abdullaev, A. and all. (2021). Covid-19 pandemic in central Asia: policy and environmental implications and responses for SMES support in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 258). EDP Sciences.
19. Margianti, E. S., Ikramov, M. A., Abdullaev, A. M., Kurpayanidi, K. I., & Misdiyono, M. (2020). Role of goal orientation as a predictor of social capital: Practical suggestions for the development of team cohesiveness in SME's. Monograph. Gunadarma Pulisher, Indonesia.
20. Abdullaev, A., Kurpayanidi, K., Teshabaev, A., & Solieva, D. (2020). Research of Enterprise Management Systems: Essence, Methods and Problems. Bulletin of Science and Practice, 6(2), 182-192. (in Russian). DOI: 10.33619/2414-2948/51/18
21. Ilyosov, A. A., et al. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 113-117. DOI: 10.15863/TAS.2020.10.90.23
22. Ivanovich, K. K. (2020). About some questions of classification of institutional conditions determining the structure of doing business in Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(5), 17-28. Doi: https://doi.org/10.5958/2249-877X.2020.00029.6
23. Kurpayanidi, K. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. Published online: 20 May 2021. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026
24. Kurpayanidi, K. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp201 -212
25. Kurpayanidi, K. I. (2020). Actual problems of implementation of investment industrial entrepreneurial potential. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 301-307. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.01.81.54
26. Kurpayanidi, K. I. (2020). Corporate industry analysis of the effectiveness of entrepreneurship subjects in the conditions of innovative activity. Экономика и бизнес: теория и практика, (2-1).
27. Kurpayanidi, K. I. (2020). On the problem of macroeconomic analysis and forecasting of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (83), 1-6. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.03.83.1
28. Kurpayanidi, K. I. (2020). To issues of development of entrepreneurship in the regions: theory and practice of Uzbekistan (on the materials of Andizhan region). ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (86), 1-10. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.06.86.1
29. Kurpayanidi, K. I. (2020). To the problem of doing business in the conditions of the digital economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 09 (89), 1-7. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.09.89.1
@ ®
14