Научная статья на тему 'MIKROELEMENTLAR BILAN BARGDAN OZIQLANTIRISHNI POMIDORNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

MIKROELEMENTLAR BILAN BARGDAN OZIQLANTIRISHNI POMIDORNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

67
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pomidor / sabzavot / nav / geterozis duragay / urug‘ unuvchanligi / o‘suv davri / o‘simlik bo‘yining balandligi / hosildorlik. / Tomato / vegetable / variety / heterosis mix / seed germination / onion / unification / row spacing softening / growth period / plant growth / yield.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — L. S. Maxramov, A. A. Tangirov

Ushbu maqolada pomidor nav va duragaylarini mikroelementlar bilan bargdan oziqlantirishning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on the growth, development and productivity of tomato hybrid microelements that feeding on leaf.

Текст научной работы на тему «MIKROELEMENTLAR BILAN BARGDAN OZIQLANTIRISHNI POMIDORNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MIKROELEMENTLAR BILAN BARGDAN OZIQLANTIRISHNI POMIDORNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA

TA'SIRI

L. S. Maxramov

magistr, TDAUSF

A. A. Tangirov

magistr, TDAUSF

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pomidor nav va duragaylarini mikroelementlar bilan bargdan oziqlantirishning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Pomidor, sabzavot, nav, geterozis duragay, urug' unuvchanligi, o'suv davri, o'simlik bo'yining balandligi, hosildorlik.

ABSTRACT

This article provides information on the growth, development and productivity of tomato hybrid microelements that feeding on leaf.

Keywords: Tomato, vegetable, variety, heterosis mix, seed germination, onion, unification, row spacing softening, growth period, plant growth, yield.

Kirish. Dunyoda sodir bo'layotgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etish, aholi sonini ortib borishi, mahsulot ishlab chiqarish xajmini ko'paytirishga, jadallashgan texnologiyalarni ishlab chiqish, ya'ni uning birdan-bir yo'li ekinlar hosildorligini oshirishga bog'liq bo'ladi. Bu imkoniyatni faqat innovatsion texnologiyalarni va yangi yuqori hosilli nav namunalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish hisobiga amalga oshirish mumkin.

SHuningdek, pomidor sabzavotlar ichida asosiy ekinlardan biri bo'lib, uni ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Dunyo bo'yicha hozirgi paytda pomidor ekilgan maydon 3.0 mln. gektardan oshdi, pomidordan ochiq maydonda 70-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga hosil olinmoqda.

May 12-13

629

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Bugungi kunda pomidorni yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini yaratish, introduksiya qilish, morfo-biologiyasini o'rganish, har bir tuproq iqlim sharoitlariga mos navlarnii tanlash hamda etishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Bargdan mikroelemenlar bilan oziqlantirishning pomidor o'simligining o'sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta'sirini o'rganish maqsadida Respublikamizda rayonlashtirilgan, katta maydonlarda ekilayotgan, yuqori sifatli Saxiy va Sitora navlari hamda Madera Fi va Lojayin Fi duragaylari tanlab olindi. Bargdan oziqlantirishda qo'llash uchun bir qancha mikroelemenlarni o'zida mujassam etgan Sila kremniya, Nanoplant kabi suyuq o'g'it olindi. Tanlangan pomidorning 2 ta nav va 2 ta duragayi o'suv davrida Sila kremniya, Nanoplant kabi suyuq o'g'it bilan 3 marta, ya'ni shonalash, gullash va pishish davrining boshida oziqlantish maqsadida bargidan purkaldi. Nazorat varianti sifatida suv bilan bargdan purkaldi. Har bir variant 4 qator, 4 qaytariqda joylashtiriladi. Egat uzunligi 10 m. Har bir delyanka maydoni 28 m2 tashkil etdi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Olib borilgan tajribalarimizda Saxiy va Sitora navlari hamda Madera F1 va Lojayin F1 duragaylarini Sila kremniya, Nanoplant kabi suyuq o'g'itlar bilan o'suv davrida 3 marta bargdan purkab sepish orqali oziqlantirildi. Olingan natijalari tahlil qilingada, nav va duragaylarda variantlararo o'simlik bo'yi 82,5 sm dan 102,5 sm gacha, barg soni 65,9 donadan 80,8 donagacha, yon shoxlar soni 4,4 donadan 6,0 donagacha oshib bordi. Bir tupdagi shakllangan mevalarning o'rtacha vazni nazoratga nisbatan taqqoslanganda 104,0 foizdan 110,0 foizgacha yiriklashdi. YA'ni nav va duragaylarda shaklangan mevalarning o'rtacha bir donasining vazni 104,5 gr dan 127,7 gr gacha qayd etildi. Tajribada nazorat variantda bargdan faqat suv purkaldi bunda pomidor mevalarining yiriklashishida sezilarli farq ko'zatilmadi, lekin Sila kremniya, Nanoplant kabi suyuq o'g'itlar bilan o'suv davrida 3 marta bargdan purkab oziqlantirilganda mevalar vazni 8,8 gr dan -

11.6 gr gacha ortib bordi. SHuningdek meva vaznining ortishi, mevalar sonini ortishi hisobiga hosildorlik ham ko'tarilib bordi. Saxiy navida 35,6 - 40,4 t/ga, Sitora navida 36,2 - 40,5 t/ga, Lojayin F1 duragayda 38,6 - 44,8 t/ga va Madera F1 duragayda 45,9 -54,5 t/ga hosildorlikka erishildi. Variantlararo nav duragaylarda tovar hosil chiqimi

88.7 - 94,1 foizni tashkil etdi. SHuningdek Saxiy navida 88,7 - 91,4 %, Sitora navida 89,2 - 92,1 %, Lojayin F1 duragayda 94,1 - 93,0 %, Madera F1 duragayda 91,2 - 90,5 % tovar hosil chiqimi qayd etildi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xulosalar. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalari asosida qilingan xulosalarimiz asosida ta'kidlashmiz mumkinki pomidorning Saxiy va Sitora navlari hamda Madera F1 va Lojayin F1 duragaylarini Sila kremniya, Nanoplant kabi suyuq o'g'itlar bilan o'suv davrida bargdan oziqlantirish o'simlik bo'yi, barglar soni, yon shoxlar soni, meva vazni, tovar hosil chiqimini oshirar ekan. SHuningdek gektaridan 35,6 - 54,5 t/ga tonna sifatli hosil olishni ta'minladi.

REFERENCES

1. Astanakulov, T. E., Jumaev, M. M., & Sanaev, S. T. (2015). Ispolzovanie rostkov dlya razmnojeniya semennogo kartofelya. Kartofel i ovo^i-M, (3), 28.

2. Ostonaqulov, T. E., Xalilov, N. X., Lukov, M. Q., & Sanaev, S. T. Takroriy ekinlar farovonlik manbai. Kullanma. Samarkand-2017, 4.

3. Ostonakulov, T. E., Sanaev, S. T., & Xamdamova, E. I. (2016). Dtini Samarkanda.

4. Sanaev, S. T., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2021). Yield and marketability of potato varieties with different numbers of irrigation schemes and fertilizer standards in case of Uzbekistan. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(8), 5-8.

5. Sanaev, S. T., & Saparniyazov, I. A. (2019). The influence of mulching methods on the cultivation, development of productivity of varieties and hybrids of vegetable (sweet) corn in the conditions of Karakalpakistan. Qoraqalpog'istonda fan va ta'lim,

6. Sanaev, S. T., & Rakhmatov, I. I. Results of evaluation after growing sorts of vegetable (sweet) corn as re-sowing. In IX International Scientific and Practical Conference (pp. 231-234).

7. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

100-108.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.