Научная статья на тему 'MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt mijozlarga xizmat ko‘rsatish / raqamli inqilob / shaxsiylashtirilgan xizmat / avtomatizatsiya / chatbotlar / mijoz qoniqishi / tezkor xizmat / xatoliklarni kamaytirish. / artificial intelligence / customer service / digital revolution / personalized services / automation / chatbots / customer satisfaction / rapid service / error reduction.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Oxunboboyev Abdurahmon Ulug‘bek O‘g‘li, Najimov Akmal Umidjon O‘g‘li

Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt texnologiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada, suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN CUSTOMER SERVICE

This article focuses on studying the efficiency of artificial intelligence (AI) technologies in customer service. Today, AI provides the capability to deliver fast, accurate, and personalized customer services. The article analyzes the advantages of AI systems in customer service processes, including time-saving, error reduction, and enhancing customer satisfaction. It also explores new trends in customer service using AI, the digital revolution, and the future changes associated with the development of AI technologies. Additionally, the article highlights the challenges that arise when using AI in customer service and offers solutions to address them.

Текст научной работы на тему «MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

MIJOZLARGA XIZMAT KO'RSATISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Oxunboboyev Abdurahmon Ulug'bek o'g'li

Millat Umidi Universiteti talabasi axunbabayevabdurahmon@gmail. com

Najimov Akmal Umidjon o'g'li

Millat Umidi Universiteti talabasi akmalnaj imov07@gmail. com

Annotatsiya: Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko'rsatishda sun'iy intellekt texnologiyalarining samaradorligini o'rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun'iy intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun'iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog'liq o'zgarishlar ko'rib chiqiladi. Maqolada, suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko'rsatishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt mijozlarga xizmat ko'rsatish, raqamli inqilob, shaxsiylashtirilgan xizmat, avtomatizatsiya, chatbotlar, mijoz qoniqishi, tezkor xizmat, xatoliklarni kamaytirish.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБСЛУЖИВАНИИ КЛИЕНТОВ

Охунбобоев Абдурахман Улугбек угли

Студент Университета Миллат Умиди axunbabayevabdurahmon@gmail. com

Нажимов Акмал Умиджон угли

Студент Университета Миллат Умиди akmalnaj imov07@gmail. com

Аннотация: Данная статья посвящена изучению эффективности технологий искусственного интеллекта (ИИ) в обслуживании клиентов. Сегодня искусственный интеллект предоставляет возможность быстрого, точного и персонализированного обслуживания клиентов. В статье анализируются преимущества систем ИИ в процессе обслуживания клиентов, включая экономию времени, снижение числа ошибок и повышение уровня удовлетворенности клиентов. Также рассматриваются новые тенденции в сфере обслуживания с использованием ИИ, цифровая революция и изменения, связанные с развитием технологий искусственного интеллекта в будущем. В статье также освещаются проблемы, возникающие при использовании ИИ в обслуживании клиентов, и пути их решения.

Ключевые слова: искусственный интеллект, обслуживание клиентов, цифровая революция, персонализированные услуги, автоматизация, чат-боты, удовлетворенность клиентов, быстрое обслуживание, снижение ошибок.

EFFECTIVENESS OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN

CUSTOMER SERVICE

Okhunboboev Abdurakhman Ulugbek ogli

Student of Millat Umidi University axunbabayevabdurahmon@gmail. com

Najimov Akmal Umidjon ogli

Student of Millat Umidi University akmalnaj imov07@gmail. com

Abstract: This article focuses on studying the efficiency of artificial intelligence (AI) technologies in customer service. Today, AI provides the capability to deliver fast, accurate, and personalized customer services. The article analyzes the advantages of AI systems in customer service processes, including time-saving, error reduction, and enhancing customer satisfaction. It also explores new trends in customer service using AI, the digital revolution, and the future changes associated with the development of AI technologies. Additionally, the article highlights the challenges that arise when using AI in customer service and offers solutions to address them.

Keywords: artificial intelligence, customer service, digital revolution, personalized services, automation, chatbots, customer satisfaction, rapid service, error reduction.

KIRISH

Sun'iy intellekt (SI) — bu insonning aql-idrokini simulyatsiya qiladigan va kompyuter tizimlariga insondek fikrlash, o'rganish, qaror qabul qilish kabi qobiliyatlarni beradigan texnologiya hisoblanadi. SI algoritmlari va modellar orqali mashinalar ma'lumotlarni tahlil qilish, yuzaga kelgan masalalarni hal qilish va vaqt o'tishi bilan o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu texnologiya ko'plab sohalarda, jumladan, tibbiyotda (diagnostika va davolash), moliya (xavf tahlili va avtomatik savdolar), transportda (avtomobillarning avtomatik boshqarish tizimlari), va kundalik hayotda (avtomatik yordamchilar va suhbatdosh robotlar) keng qo'llanilmoqda. Sun'iy intellektning imkoniyatlari juda katta: murakkab vazifalarni bajarish, katta hajmdagi ma'lumotlarni tez va aniq tahlil qilish, va hatto ijodiy ishlarni (rasm chizish, musiqa yaratish) amalga oshirishga qodir.

Sun'iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi kompaniyalarga mijozlarga xizmat ko'rsatishda samaradorlikni oshirish va xizmat sifatini yaxshilash imkoniyatlarini yaratmoqda. Sun'iy intellekt, asosan, takrorlanadigan vazifalarni avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan xizmatlar ko'rsatish, ma'lumotlarni tahlil qilish va prognozlash imkoniyatlari bilan bizneslar uchun katta foyda keltirmoqda. Mijozlarga xizmat ko'rsatishda sun'iy intellektdan foydalanish, ayniqsa, mijozlarning ehtiyojlariga tezkor va to'liq javob berish imkoniyatini yaratadi, bu esa brend sodiqligini oshiradi va biznes jarayonlarini optimallashtiradi. Ushbu maqolada, sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatishdagi samaradorligini oshirishdagi roli, afzalliklari va samarali qo'llanilish yo'llari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sun'iy intellekt texnologiyalari mijozlarga xizmat ko'rsatishda samaradorlikni oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ular kompaniyalar uchun avtomatizatsiya, ma'lumotlarni tahlil qilish va mijozlar bilan o'zaro aloqalarni yaxshilash imkonini yaratmoqda.

Quyidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlar sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirishdagi rolini, uning imkoniyatlarini va chegaralarini yoritadi. Bosening tadqiqoti sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatishda qanday rol o'ynashini ko'rib chiqadi. U sun'iy intellekt texnologiyalarining, xususan, chatbotlar va virtual yordamchilar yordamida mijozlarga tez va aniq javob berishda samaradorligini oshirishi mumkinligini ta'kidlaydi1. Bose sun'iy intellektni qo'llash orqali mijozlar bilan aloqani shaxsiylashtirish va avtomatlashtirishning qanday yangi imkoniyatlar yaratishini tahlil qiladi. Chung va hamkorlari mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlarini tahlil qilib, sun'iy intellektning mijozlar tajribasini

1 Bose, R. (2018) - Artificial Intelligence in Customer Service: Transforming the Industry

yaxshilashdagi samaradorligini o'rganadilar2. Ularning fikriga ko'ra, sun'iy intellekt yordamida kompaniyalar mijozlarning talablarini oldindan bilib, shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etishlari mumkin. Tadqiqotda chatbotlar va aqlli tavsiyalar orqali mijozlarga yanada moslashtirilgan xizmatlar taqdim etilishi ko'rsatiladi. Mijozlar bilan to'g'ri va shaxsiy aloqalar o'rnatish, o'z navbatida, kompaniyalar uchun brend sodiqligini oshirishga yordam beradi. Sharma va Sheth sun'iy intellektning marketingda, xususan, mijozlarga xizmat ko'rsatishda qanday tub o'zgarishlar keltirayotganini tahlil qiladilar3. Ular sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali kompaniyalar uchun resurslarni tejashga va xizmat sifatini oshirishga yordam berishini ta'kidlaydilar. Tadqiqotda sun'iy intellekt asosidagi tizimlar (masalan, chat-botlar, ovozli yordamchilar) kompaniyalar uchun vaqtni tejash va mijozlar ehtiyojlariga tezda javob berish imkoniyatlarini yaratishi ko'rsatilgan.

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotda mijozlarga xizmat ko'rsatishda sun'iy intellektdan foydalanish samaradorligini baholash maqsadida bir nechta metodologik yondashuvlar qo'llanildi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi sun'iy intellekt texnologiyalarining marketing va mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlaridagi samaradorligini o'rganishdan iboratdir. Tadqiqotda qo'llangan metodologiyalar sun'iy intellekt texnologiyalarining marketingda va mijozlarga xizmat ko'rsatishda qanday samaradorlikni oshirishi mumkinligini chuqur tahlil qilish imkonini berdi. Ilmiy maqolalar va hisobotlar tahlili, statistik usullar yordamida olingan ma'lumotlar birlashtirilib, sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatish samaradorligiga ta'siri haqida keng qamrovli xulosalar chiqarildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sun'iy intellekt mijozlarga xizmat ko'rsatishda tobora keng tarqalib bormoqda. Bugungi kunda kompaniyalar SI texnologiyalaridan mijozlar bilan o'zaro aloqani yaxshilash, xizmat sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun foydalanmoqda. Sun'iy intellektning mijozlarga xizmat ko'rsatishda qo'llanilishi chatbotlar va ovozli yordamchilar sun'iy intellektning eng mashhur va samarali qo'llaniladigan vositalaridan biridir. Chatbotlar oddiy va takrorlanadigan so'rovlarni avtomatik tarzda qayta ishlaydi va mijozlarga tezkor, aniq javoblar beradi. Ovozli yordamchilar esa mijozlarning ovozli buyruqlariga javob berish orqali ularni qo'llab-quvvatlaydi.

Chatbotlarning asosiy afzalliklari:

2 Chung, M. et al. (2019) - The Role of Artificial Intelligence in Improving Customer Experience

3 Sharma, A. & Sheth, J. N. (2020) - AI in Service Marketing: Revolutionizing Customer Interactions

- Tezkor javoblar: mijozlar kutish vaqtini qisqartiradi, bu esa umumiy xizmat sifatini oshiradi4.

- Resurslarni tejash: sun'iy intellekt asosidagi chatbotlar odam xodimlariga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa kompaniyalar uchun xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

- Doimiy mavjudlik: chatbotlar 24 soat davomida ishlaydi, shu bilan birga mijozlarga har doim yordam bera oladi. Sun'iy intellekt yordamida kompaniyalar mijozlarning xatti-harakatlari, xarid qilish tarixi va qiziqishlarini tahlil qilib, ularga maxsus shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etadi. Masalan, Netflix va Amazon kabi kompaniyalar o'z foydalanuvchilariga o'zlarining qiziqishlariga mos tavsiyalarni taqdim etadi. Bu shaxsiylashtirilgan yondashuv mijozlarning sodiqligini oshiradi va ularni brendga yanada yaqinlashtiradi. Sun'iy intellekt mijozlarning xarid qilish xatti-harakatlarini prognoz qilishda ham samarali ishlatiladi. Big Data (katta ma'lumotlar) va machine learning (mashinalarni o'rganish) texnologiyalari yordamida kompaniyalar mijozlarning kelajakdagi ehtiyojlarini oldindan bilib, ularga mos xizmatlar taklif qilishi mumkin. Misol uchun, Salesforce va HubSpot kabi platformalar sun'iy intellekt yordamida mijozlarning kelajakdagi xatti-harakatlarini prognoz qilishadi va shunga mos ravishda marketing strategiyalarini ishlab chiqishadi.

Sun'iy intellektning yana bir afzalligi, mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanilishi mumkin. RPA (Robotic Process Automation) texnologiyasi yordamida kompaniyalar takrorlanadigan va oddiy vazifalarni avtomatlashtirishi mumkin. Masalan, mijozlarning so'rovlarini qabul qilish, to'lovlarni qayta ishlash, mahsulotlarni yetkazib berish va boshqa ko'plab jarayonlar avtomatlashtiriladi. Bu esa vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish va xizmat tezligini oshirishga yordam beradi.

Mijozlarga xizmat ko'rsatishda sun'iy intellektning umumiy natijasi samarali vaqt boshqaruvi: Sun'iy intellekt yordamida kompaniyalar mijozlarning so'rovlariga tezroq javob bera oladi va bu orqali mijozlar bilan o'zaro aloqalar tezlashadi. xarajatlarni kamaytirish: Mijozlarga xizmat ko'rsatishda sun'iy intellektning qo'llanilishi inson xodimlariga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi. Yuqori xizmat sifati: Sun'iy intellekt yordamida kompaniyalar mijozlarga yuqori sifatli, shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etishi mumkin, bu esa mijozlarning sodiqligini oshiradi.

Mijozlarga xizmat ko 'rsatishda sun'iy intellektdan foydalanish samaradorligi statistikalar.

2023-yilga kelib, dunyo bo'ylab chatbotlar orqali amalga oshirilgan mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha transaktsiyalar soni 5,6 milliardni tashkil etdi. 2022-yilda

4 Shaip tomonidan taqdim etilgan -"Suhbatdosh AI bo'yicha qo'llanma"

chatbotlar 30% mijozlarga xizmat ko'rsatish va so'rovlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi5. 2024-yilga kelib, chatbotlar va ovozli yordamchilar global bozorining qiymati 9,4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda6. 2023-yil davomida, shaxsiylashtirilgan xizmatlar orqali mijozlar sodiqligini oshirishga qaratilgan kompaniyalar 10% ko'proq daromad olishdi [7]. 70% mijozlar shaxsiylashtirilgan takliflarga asoslangan xizmatni qadrlashadi va ularni tanlashadi [8]. RPA texnologiyalari orqali 2023-yilda global avtomatlashtirilgan xizmatlar bozorining qiymati 5,8 milliard dollarga yetgan [9]. Avtomatlashtirilgan xizmatlar mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlaridagi xatoliklarni 30% ga kamaytirgan va xizmat tezligini ikki baravar oshirgan [10].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Sun'iy intellekt mijozlarga xizmat ko'rsatishning samaradorligini oshirishda muhim vositadir [11]. U kompaniyalarga mijozlar ehtiyojlarini tez va samarali tarzda aniqlash, shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish, xizmat ko'rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish va ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Bularning barchasi kompaniyalar uchun raqobatbardoshlikni oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va mijozlar bilan doimiy aloqa o'rnatishga yordam beradi.

Sun'iy intellektni mijozlarga xizmat ko'rsatishda muvaffaqiyatli qo'llash uchun kompaniyalar ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash, mijozlar maxfiyligini xurmat qilish va axloqiy tamoyillarga rioya qilishlari zarur. Bu o'z navbatida kompaniyaning brend imidjini va mijozlarning ishonchini mustahkamlashga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Bose, R. (2018) - Artificial Intelligence in Customer Service: Transforming the Industry.

2. Chung, M. et al. (2019) - The Role of Artificial Intelligence in Improving Customer Experience.

3. Sharma, A. & Sheth, J. N. (2020) - AI in Service Marketing: Revolutionizing Customer Interactions.

4. Shaip tomonidan taqdim etilgan -"Suhbatdosh AI bo'yicha qo'llanma".

5. McKinsey & Company - Shaxsiylashtirilgan xizmatlar va mijoz sodiqligini oshirish bo'yicha tadqiqotlar

6. Statista - Chatbotlar, ovozli yordamchilar va mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha statistikalar.

7. Business Insider - Chatbotlar va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasidagi yangiliklar va statistikalar. Business Insider

5 McKinsey & Company - Shaxsiylashtirilgan xizmatlar va mijoz sodiqligini oshirish bo'yicha tadqiqotlar

6 Statista - Chatbotlar, ovozli yordamchilar va mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha statistikalar

8. Forbes - Sun'iy intellekt va avtomatlashtirishning mijozlarga xizmat ko'rsatish samaradorligiga ta'siri.

9. https: //www. unite. ai/uz/ai-mij ozlarning-sodiqligini-qanday-yaxshilaydi/?utm_source=chatgpt.com

10. https://uzinfocom.uz/uz/services/technologies/sun-iy-intellekt-uz-latin-3

11. https://www.ringflow.com/uz/blog/ethical-ai-in-customer-service/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.