«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
MEVACHILIKDA MARKETINGGA EHTIYOJ VA MARKETING STRATEGIYALARINING TAHLILI
1Karimova Maftuna Nurdinovna, 2Ashurmetova Nigora Azatbekovna
1Toshkent davlat agrar universiteti "Agroiqtisodiyot" kafedrasi assistenti, Toshkent xalqaro
ta'lim universiteti assistenti 2Toshkent davlat agrar universiteti "Agroiqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, i.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.11422389
Annotatsiya. Ushbu maqolada meva yetishtiruvchi xo'jaliklar samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini yaxshilash, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta'minlash va raqobatda ustunlikka erishishda marketingning ahamiyati va muhimligi, yuzaga kelayotgan muammolar haqida va ularni yechimi sifatida marketing strategiyalarini qo'llash to'g 'risida qisqacha ilmiy-nazariy va statistikma'lumotlar asosidayoritib berilgan.
Kalit so'zlar: meva, eksport, marketing, strategiya, tarqatish kanallari, agrologistika, marketing tadqiqot, marketing tahlil.
Аннотация. В данной статье рассматривается значение и важность маркетинга в повышении эффективности плодоводческих хозяйств, повышении экспортного потенциала, обеспечении внутреннего рынка качественной продукцией и достижении конкурентных преимуществ, о возникающих проблемах и применении маркетинговых стратегий как решения и объяснено на основе научно-теоретических и статистических данных.
Ключевые слова: фрукты, экспорт, маркетинг, стратегия, каналы сбыта, агрологистика, маркетинговые исследования, маркетинговый анализ.
Abstract. In this article, the importance and importance of marketing in increasing the efficiency of fruit-growing farms, improving export potential, providing the domestic market with quality products and achieving competitive advantage, about the emerging problems and the application of marketing strategies as a solution. explained on the basis of scientific-theoretical and statistical data.
Keywords: fruit, export, marketing, strategy, distribution channels, agrologistics, marketing research, marketing analysis.
Mamlakatimiz meva tarmog'i ham katta salohiyatga ega. So'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetishtiriladi. Ulardan, 1,5 million tonnasi eksport qilinadi, mahsulotlarning aksariyat qismi esa iste'mol qilinish davrigacha sifat darajasi tushib ketadi yoki isrof bo'ladi. Bunday muammolarning yuzaga kelish sabablarini quyidagi ketma-ketlikda ko'rib chiqamiz.
Birinchidan, tashqi bozor uchun raqobatbardosh bo'lgan mahsulot yetishtirilishi past darajada. Bog' va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog'dan 70-100 tonna, ayrim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an'anaviy bog'-tokzorlarda esa 4-5 tonna mahsulot olinadi.
Ikkinchidan, Marketing yo'qligi, jahon bozoridagi holat o'rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti.
Uchinchidan, dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o'rtasida tizimli hamkorlik yo'lga qo'yilmagan. Mirishkor ekinlarni o'z bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
olmayapdi, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yurish holati. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta'sir etadi.
To'rtinchidan, meva mahsulotlarini tarqatish kanallaridagi uzilish holatlari. Mahsulotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha agrologistika markazlarini to'liq quvvatda ishlamaslik holatlari. Agrologistika markazlarini aylanma mablag'lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo'qligi oqibatida ularning aksariyati mavsumiy ishlab, mavjud quvvatlardan bor-yo'g'i 10-15 foiz foydalanmoqda, xolos.
Shu bois, ushbu maqolada meva mahsulotlarini iste'molchilarga yetib borgunga qadar yuzaga kelayotgan muammolarga marketing tahlil va strategiyalari yondashuvi orqali ko'rib chiqishni eng alternativ yo'li deb topdik.
Meva mahsulotlarini ichki va tashqi savdoda muqobil joylashtirishda quyidagi 5 ta marketing strategiyasini qo'llash maqsadga muvofiq.
Marketing strategiyasi-1: Diversifikatsiya va differensiatsiya. Mahsulot bozori dinamikasi borgan sari tovarga o'xshab borayotgan va ishlab chiqaruvchilar narx muhimliligi rolini saqlab qolishsada, mahsulotni differentsiallashtirish va diversifikatsiya qilish, shu jumladan, yangi mahsulotlarni joriy etish hamon mevachilik bozorlarida sotishni kengaytirishning asosiy strategiyasi hisoblanadi. Masalan, yangi olma navi 10 dan ortiq takliflar bo'yicha tabaqalashtirilgan bo'lib, maxsus ho'l meva va yangi uzilgan mahsulotlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bunday imkoniyatlardan foydalanish uchun doimiy ravishda tadqiqot olib borish va mamlakatda yetishtirilgan mevalarning afzalliklari haqida ma'lumot tarqatish, yangi meva navlari va qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqish, ushbu yangi mahsulotlarning iqtisodini va bozor hajmini baholash, marketing tendentsiyalari va alternativalarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ushbu bozor maydoniga qo'shilish va muqobil marketing vositalari va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun innovatsion tadbirkorlar kerak.
Marketing strategiyasi-2: Bozorga kirishni kengaytirish va bozorga kirishni oshirish. Mamlakatimizdagi mevachilik tarmog'i vakillari ko'pincha bozorga yaqinlikni asosiy afzallik deb bilishadi. Biroq, bozorga yaqinlikning ham kamchiliklari bor. Marketologlar uchun bozorga chiqish imkoni bo'lganligi sababli, u sifatni nazorat qilish va marketing harakatlarini muvofiqlashtirish qiyin bo'lgan tarmoqni rivojlantirishga intiladi. Ishlab chiqaruvchilar bilan tarqatish kanallari ittifoqi yirik ulgurji, shuningdek, chakana xarid guruhlari, shu jumladan, tarmoqli do'kon (supermarket)lar, restoranlar va oziq-ovqat rastalariga yetkazish uchun ijobiy holat. Meva ishlab chiqaruvchilar hamda tarqatish kanallaridagi korxona va logistik kompaniyalar bilan birgalikda mahsulot turlari, hajmini aniqlash va ilgari surish orqali potentsial xaridorlar bilan fermer xo'jaliklari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashlari mumkin. Savdo uyushmalari, meva ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar tomonidan bozorlarga yo'naltirilgan reklama harakatlari bozorda meva mahsulotlariga bo'lgan talab haqida xabardorlikni oshirishi va rag'batlantirishi mumkin.
Marketing strategiyasi-3: Yangi va qayta ishlangan mevalar uchun mavjud va rivojlanayotgan xalqaro bozor imkoniyatlarini aniqlash. Yil davomida yuqori sifatli mevalarning kengroq assortimenti mavjudligiga global talab ortib borayotgani xalqaro savdoning o'sishini rag'batlantirmoqda, chunki hech bir mamlakat butun yil davomida barcha mevalarni ishlab chiqarmaydi. Ishlab chiqaruvchilar eksport haqida ma'lumot, jumladan, bozor ma'lumotlari, savdo masalalari, standartlar, sertifikatlashtirish va logistika haqida ma'lumot olishlari uchun aloqa manbasini yaratish kerak. Eksport uchun eng kuchli salohiyatga ega bo'lgan mamlakatlarda tashqi
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
qishloq xo'jaligi xizmati vakillari bilan aloqa o'rnatilishi kerak. Mamlakatimiz qishloq xo'jaliklari va bozorlar, tomorqa meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, savdo uyushmalari va kooperativlar o'rtasida mahalliy va xalqaro ko'rgazmalarda qatnashish, xalqaro xaridorlar bilan bog'lanish va bozor ma'lumotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni rag'batlantirish kerak.
Marketing strategiyasi-4: Mamlakatimizdagi ulgurji va chakana savdo kanallari orqali sotiladigan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va xilma-xilligini oshirish. Mamlakatimizdagi mevalarni raqamlashgan marketing usullarida, online savdo shoxobchalari orqali sotish agroturizm, qishloq xo'jaligini xabardor qilish dasturlari va iqtisodiy rivojlanish tashabbuslarini kengaytirish orqali rag'batlantirilishi mumkin. Iste'molchilarning qishloq xo'jaligi haqida xabardorligini oshirish va ularga mamlakatimiz meva mahsulotlari nav va xilma-xilligini, sotish joyini aniqlashga yordam berish, mamlakatimiz mevalariga talabini oshirishi mumkin. Tadqiqotlarga ko'ra, iste'molchilar yuqoridagilar to'g'risida xabardor bo'lishsa va ular maqbul sifat va raqobatbardosh narxlarda harid qilishga tayyor bo'lsa, mahalliy mevani sotib olishni afzal ko'rishadi. Savdo tarmoqlarini shakllantirish mamlakatimiz mevani xaridorlariga yetkazib berish va tarqatishni osonlashtiradi va yirik bozor multiplikatorlari bilan marketing muzokaralarini qo'llab-quvvatlaydi. Chakana savdo sheriklari bilan aloqalar iste'molchilarning mevalar haqida xabardorligini oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu shuningdek, chakana sherikning reklama resurslaridan foydalanishni anglatadi. Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri marketing meva ishlab chiqaruvchilari uchun iste'molchilardan keladigaan daromadlarining yuqori ulushini qo'lga kiritish va iste'molchilarning mevalardan foydalanish imkoniyatini yanada oshirish usullaridan biridir.
Marketing strategiyasi-5: Savdo uyushmalari va kooperativlarini mustahkamlash hamda strategik ittifoq va hamkorlikni rag'batlantirish. So'nggi taklif sifatida mamlakatimiz va chet el mamlakatlaridagi meva yetishtiruvchilarga bozorda shunchalik katta kuch beradigan narsa ularning hamkorlikda tashkil etilishi tarafdoriman. Mamlakatimiz mevachilik xo'jaliklari o'tmishda mustaqil ravishda muvaffaqiyatli ishlagan bo'lsa-da, jahon bozoridagi o'zgarishlar qishloq xo'jaligi marketingini, shuningdek, ishlab chiqarish va tarqatishda hamkorlikka jiddiy qarashni talab etmoqda. Hamkorlik barcha tomonlarning umumiy maqsadga erishish, ta'sirni maksimal darajada oshirish va individual a'zolar uchun marketing imkoniyatlarini oshirish uchun birgalikda ishlashga tayyorligini ushbu strategiyaning asosiy maqsadidir. Mavjud xo'jalikni, jumladan, savdo uyushmalari va kooperativlarni mustahkamlash, o'zaro manfaatlarni hisobga olgan holda qarama-qarshiliklarga qarshi turish samarali qishloq xo'jaligi hamkorligining birinchi qadamidir.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, globallashuv sharoitida mahsulotni ishlab chiqarishdan ko'ra uning sotuvi, iste'molchilar tanlovi muhim jihati bo'lib shakllanmoqda va shu munosabat bilan, mamlakatimiz mevachiligida ham marketing tadqiqotlarini olib borish, strategiyalarni qo'llash va to'g'ri marketing tahlillarini amalga oshirish hozirgi zamonning muhim vazifasiga aylanmoqda. Qishloq xo'jaligi mevachiligida ham marketingni ilmiy-nazariy va amaliy rivojlanishi sohada faoliyat yuritayotgan xo'jaliklarning daromadlarini oshishi, iste'molchilarga yetkazib beruvchi korxonalarning samaradorligini ijobiy tomonga o'zgarishi va iste'molchilar ehtiyojini sifatli, toza va hamyonbop meva mahsulotlari bilan ta'minlanishiga asos bo'ladi.
REFERENCES
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 9-dekabr kuni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish, meva-sabzavotlar yetishtirish sifati va eksporti hajmini oshirish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
2. www.stat.uz
3. Campbell D. and G. Feenstra. 2012. Marketing Local Agricultural Products as a Sustainable Community Development Strategy: The Case of Placer GROWN. University of California at Davis