Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKETING TADQIQOTLARINI RIVOJLANTIRISH'

QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKETING TADQIQOTLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro savdo / eksport / xalqaro marketing / qiymat zanjiri / SWOT tahlili / bozor konyukturasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Normurodov Jamshit Baxshibek Ogli

O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida qishloq xo’jaligi muhim ulushga ega soha hisobanadi. Jahon Bankining 2019 yilgi hisobotlariga ko’ra, qishloq xo’jaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23% ni tashkil qiladi. Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga asosan mamlakat aholisining 55% qishloq joylarda istiqomat qilishadi. Jami ishchi kuchining 23% qishloq xo’jaligi bilan band aholini tashkil qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGIDA MARKETING TADQIQOTLARINI RIVOJLANTIRISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ XO'JALIGIDA MARKETING TADQIQOTLARINI

RIVOJLANTIRISH

Normurodov Jamshit Baxshibek o'g'li

Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11422335

Annotatsiya. O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida qishloq xo'jaligi muhim ulushga ega soha hisobanadi. Jahon Bankining 2019 yilgi hisobotlariga ko'ra, qishloq xo'jaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23% ni tashkil qiladi. Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlariga asosan mamlakat aholisining 55% qishloq joylarda istiqomat qilishadi. Jami ishchi kuchining 23% qishloq xo'jaligi bilan band aholini tashkil qilmoqda.

Kalit so'zlar: xalqaro savdo, eksport, xalqaro marketing, qiymat zanjiri, SWOT tahlili, bozor konyukturasi.

Ko'plab tadqiqotchilar qishloq xo'jaligida mavjud imkoniyatlarni yuqori baholagan holda, ushbu sohaning zamonaviy bozor tendensiyalariga moslashishi, xalqaro bozor shartsharoitlari asosida ishlab chiqarish yo'nalishlarini tranformatsiya qilish, tashqi bozorlarni doimiy va tezkor tahlil qilish amaliyoti va malakasini shakllantirish kabi muhim vazifalar hisoblanadi . O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2019 yil 6 sentabrda qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillar mobaynida rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Ushbu yig'ilishda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqish, innovatsion va texnologik yangiliklarni joriy qilish, xalqaro bozorlarni tahlil qilish masalalariga e'tibor berildi. Jumladan, qishloq xo'jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish, tashqi bozor talablari asosida maxalliy ishlab chiqarishni rag'batlantirish iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Zamonaviy ilm-fan ilgari surayotgan nazariyalar, mamlakatlar tashqi savdosini rivojlantirishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati birlamchi omillar qatoriga qo'shishadi. Eksport potensialini baholash, mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish, xalqaro bozor o'zgarishlarini kuzatib borish va qarorlar qabul qilishda xalqaro marketing sohasining ilmiy va amaliy tajribalarini o'rganish dolzarb ahamiyatga ega. Marketing sohasi olimlardan F.Kotler fikricha, marketing bu yangi yoki sun'iy bir soha va ilmiy yo'nalish emas, balki bu qadimdan tabiiy ehtiyoj asosida mavjud bo'lgan iqtisodiy aloqalarning muhim bo'g'ini. Iqtisodiyotning bosh g'oyasi bu doimiy o'zgaruvchi ehtiyojlarni ta'minlashga qaratilgan bo'lsa, marketing usha ehtiyojlarni aniqlash va taklifni shakllantiruvchi vosita hisoblanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada tadqiqot metodologiyasi sifatida miqdoriy hamda sifat darajasida tahlil qilish metodlari tanlandi. Maqolada tashqi savdo aloqalarini tahlil qilish, eksport hajmi va tarkibini o'rganish hamda marketing tadqiqotlarini joriy qilish, marketing tahlilini ishlab chiqish masalalari yuzasidan ilmiy nazariy hamda empirik usulda yondashuv uslublari qo'llanildi. Maqolada birlamchi va ikkilamchi axborot turlaridan tahlil uchun foydalanildi. Ikkilamchi axborotlar xalqaro tashkilotlar hisobotlari, malumotlari, shuningdek mamlakat milliy statistika hisobotlari va ma'lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek mavzuni chuqurroq yoritish, vizualizatsiyani shakllantirish, o'zgaruvchilar, asosiy tadqiqot konsepsiyalari bog'liqligini tasvirlash uchun konsepsiyalar tuzilmasi ishlab chiqildi. Marketing tadqiqotlarining ishlab chiqarish va sotish yo'nalishlari bo'yicha olib borilishi tizimi. Shuningdek O'zbekiston uchun asosiy importchi mamlakatlar sifatida Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy davlatlari talablari yildan-yilga

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

o'zgarib bormoqda. Ishlab Marketing tadqiqotlari Ishlab chiqarish jarayoni Sotuv jarayoni Dehqon va fermerlar imkoniyatlarini baholash Ulgurji iste'molchilar ishtikoni baholash Bozor talabi asosida mahsulot yetishtirish Mahsulotni oxirgi iste'molchiga yetkazish chiqaruvchilar tomonidan yangi bozorlarni zabt etishdagi asosiy qiyinchiliklardan biri sifatida ko'rilmoqda. 2019-yil qishloq xo'jaligini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va unga xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha o'tkazilgan xalqaro yarmarka tashkil qilindi. Mazkur yarmarkada dunyoning ko'plab nuqtalaridan mutaxassislar, kompaniyalar ishtirok etishdi. Jumladan Yevropa kompaniyalari o'zlarining yangi texnologiyalarini va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning yangi intensiv metodlarini namoyish qilishdi. Ushbu ko'rgazmadan olingan zaruriry ma'lumotlar tahlil shuni ko'rsatdiki, qishloq xo'jaligini rivojlantirshga qiziquvchi investorlar soni ko'p. Mamlakatda qishloq xo'jaligi tovarlarini realizatsiya qilish bilan bog'liq muammolar mavjudligi, iqtisodiy foyda, samaradorlik masalalariga salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

1-rasm. Marketinda marketing tadqiqotlarining o'rni.

Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi bu - bozor tuzilishi va dinamikasi qonuniyatlarining umumiy ko'rinishdagi konsepsiyani ishlab chiqish, ma'lum bir korxonaning vazifalari va imkoniyatlarini ishlab chiqarishga samarali moslashishni, texnologiyalar va tuzilmalar, shuningdek, pirovard iste'molchi xoxish-istaklarini qondira oladigan tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etishdir.

2-rasm. Marketing tadqiqotlarining ishlab chiqarish va sotish yo'nalishlari bo'yicha olib borilishi tizimi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

2019-yil qishloq xo'jaligini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va unga xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha o'tkazilgan xalqaro yarmarka tashkil qilindi. Mazkur yarmarkada dunyoning ko'plab nuqtalaridan mutaxassislar, kompaniyalar ishtirok etishdi. Jumladan Yevropa kompaniyalari o'zlarining yangi texnologiyalarini va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning yangi intensiv metodlarini namoyish qilishdi. Ushbu ko'rgazmadan olingan zaruriry ma'lumotlar tahlil shuni ko'rsatdiki, qishloq xo'jaligini rivojlantirshga qiziquvchi investorlar soni ko'p. Mamlakatda qishloq xo'jaligi tovarlarini realizatsiya qilish bilan bog'liq muammolar mavjudligi, iqtisodiy foyda, samaradorlik masalalariga salbiy ta'sir o'tkazmoqda.

MUHOKAMALAR Tadqiqot jarayonida o'rganilgan marketing bilan bog'liq yo'nalishlar hamda muammolarni quyidagi tarzda guruhlash mumkin:

• Mahsulot yetishtirish jarayonidagi marketing tadqiqotlari. Ya'ni bozor qanday mahsulotni xohlaydi va talab qaysi yo'nalishda o'zgaradi degan savolga navob toppish orqai.

• Mahsulotni saqlash jarayonidagi tadqiqotlar. Bugungi kunda mahsulotni to'g'ri saqlash texnologiyasi orqali yuqori naflilikni ta'minlash imkoni mavjud. Hosil yig'ib olingan davrdan boshlab keying davrga qadar stabil narxga erishish imkoni beradi. Yevropalik tadqiqotchilar ta'kidlashicha, hosil yig'ishda bir necha haftaga saqlash amaliyotlarini kechiktirish, bir necha barobarga mahsulot sifati tushishiga olib boradi.

• Mahsulotni yetkazib berish bilan bog'liq jarayonlar. Uzoq masofaga yetkazishda yangi usul va texnologiyalardan foydalanishlik zaraurati mavjud.

• Tashqi bozorni chuqur tahlil qilish bo'yicha tadqiqotlar. Bozordagi ishtirokchilar, bozor sig'imi, konyukturasi, sifat va miqdoriy o'zgarishlar. Mavsumiy xususiyatlar, narxga ta'sir etuvchi omillarni o'rganib chiqish jarayonlari.

• Tashqi bozorda ulushga ega bo'lish strategiyasini ishlab chiqish va reputatO'zbekiston qishloq xo'jaligi eksporti bo'yicha yuqori imkoniyatlarga ega ekan, bugungi kunda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish ko'p jihatdan marketing tadqiqotlari bilan bog'liqdir. Sababi tashqi bozorlarni o'rganish, eksport jarayonini sifatli tashkil qilishga yordam beradi. Ishlab chiqaruvchi bir vaqtni o'zida Roosiya yoki Xitoy bozoridagi tendensiyalarni bilishi, o'zgarishlar, talab va taklif tahlili bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lmasligi mumkin. Xalqaro tajribada qiymat zanjirini tashkil qilish va uning ishtirokchilarining samarali faoliyatini ta'minlash yuqoridagi kabi ko'plab muammolarni oldini olishga yordam beradi. Qiymat zanjiri bu bir qancha bosqichdan iborat bo'lgan jarayon bo'lib, u orqali ishlab chiqaruvchi hamda oxirgi iste'molchi bog'lanadi 2-jadval. O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohalarining SWOT tahlili. Kuchli tomonlar

• Tabiiy resurlar,

• Unumdor yer resurlari

• Mo'tadil iqlim

• Arzon ishchi kuchi Zaif tomonlari

• Buyrokratik to'siqlar

• Iqtisodiy erkinliklar cheklanishi

• Mulkchilik huquqi bilan bog'liq muammolar

• Agrotexnik usullarning eskirganligi Imkoniyatlar

• Arzon mehnat resurslari

• Qulay geografik joylashuv

• Texnologik imkoniyatlar

• Ta'lim jarayonlari Xavflar

• Qo'shni raqobatchilar

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

• Suv resusrlari kamayishi

• Turli kasalliklar

• Tuproq unumdorligi pasayishi SWOT tahlili biror soha yoki kompaniyaning faoliyatini atroflicha tahlil qilish imkonini beruvchi metod hisoblanadi. Ushbu jadval orqali O'zbekiston qishloq xo'jaligi va sohalarining mavjud kuchli va zaif taraflari hamda mavjud imkoniyaltar bilan bir qatorda xavflarni aniqlash mumkin.

Xulosa qilib aytganda O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasini diversifikatsiya qilish, xalqaro bozorlarga chiqish va eksport salohiyatini oshirishda marketing tadqiqiotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi yo'nalishlarda marketing tadqiqotlari tajribalarini qo'llash tavsiya etiladi:

Ishlab chiqarish bosqichining avvalida dehqon va fermerlarni zaruriy ma'lumotlar bilan qurollantirish;

Ishlab chiqarish jarayonidagi murakkabliklarni xalqaro bozor talablari hamda xalqaro agrotexnika metodlari orqali amalga oshirish;

Tashqi bozorlarni chuqur tahlil qilish orqali talab va taklif hajmi va o'zgarishlarini tahlil

qilish;

Bozorda ijobiy reputatsiyaga erishish uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish;

Narxga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish; Mahsulotni saqlash va yetkazib berish tizmini optimallashtirish.

REFERENCES

1. Abdulloyev, A. (2021). Innovative factors for agriculture development. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 8(8).

2. Abdulloyev, A. (2023). Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

3. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(2), 20-24.

4. Fayzilloyevich, O. N. (2020). Characteristics And Main Directions Of The Formation Of Competitive Economy On The Basis Of Innovations. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 101-106.

5. Muhammedrizaevna, T. M., Khakimovna, U. M., Abdullayevna, K. Z., & Bayazovna, G. N. The role of using innovations in improving the competitiveness of goods. Gwalior management academy, 11.

6. Abdullayeva, H. (2023). BIZNESDA INNOVATSION MARKETINGNING USLUBLARIDAN FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

7. Qulliyev O. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI CHIZIG'I //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №.

8. Qulliyev O., Abduqahhorov B. ECONOMIC GLOBALIZATION //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Qulliyev O. PUL MABLAG'LARI HISOBI: IQTISODIYOTDAGI O'RNI VA ULARNING ASOSIY VAZIFALARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

10. Qulliyev O. ЛИНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРОИЗВОДСТВА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

11. Qulliyev O. Covid-19 и экономика Узбекистана //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

12. Qulliyev O. ПРИНЦИПЫ ФУНКЦИОНИРОВАНИЯ И ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МНОГОСТОРОННИХ БАНКОВ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

13. Qulliyev O., Jiyanov L. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ И СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЙ ПОДОХОД К СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

14. Anvarovich Q. A. et al. THE ECONOMIC MODERNIZATION OF UZBEKISTAN //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 332-339.

15. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li. Covid-19 va O'zbekiston iqtisodiyoti JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)

16. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR Volume: 01 Issue: 05| 2021

17. Rasulovich K. A., Ulugbekovich K. A. SECTION: ECONOMICS //POLISH SCIENCE JOURNAL. - 2020. - С. 25.

18. Rasulovich K. A. THE ROLE OF AGRO-TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF SOCIO-ECONOMIC INFRASTRUCTURE IN RURAL AREAS //Наука и образование сегодня. - 2021. - №. 3 (62). - С. 13-14.

19. Khodjayev A. R. et al. EFFICIENCY OF USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN SMALL BUSINESS //World science: problems and innovations. - 2021. - С. 130-132.

20. Xodjayev A. et al. THE ROLE OF SMM MARKETING IN SMALL BUSINESS DEVELOPMENT DURING A PANDEMIC //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

21. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li CHOVACHILIK TARMOG'INI RIVOJLANTIRISH VA AQLLI FERMADA ZAMONAVIY SENSORLI TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI Toshkent davlat iqtisodiyot unuversiteti konferensiyasi 2021-y. 186-192-betlar.

22. Anvar o'g'li, Qulliyev Oxunjon. "Functioning Principles and Main Activities of Multilateral Development Banks." International Journal of Culture and Modernity 15 (2022): 83-86.

23. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Bobomurodov Qayimjon Homidovich, O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIK DARAJASINI QASQARTIRISH, O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963 23-SON 20.10.2023

https://journal.buxdu.uz/index.php/journals buxdu/article/view/11154_271-273-betlar

24. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO INCREASE IT IN UZBEKISTAN O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963 23-SON 20.10.2023 https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/11153 370-374- betlar

25. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

INCREASE IT IN UZBEKISTAN European Journal of Business Startups and Open Society| ISSN: 2795-9228 Vol. 3 No. 12 (Dec - 2023): https://inovatus.es/index.php/ejbsos/article/view/2150/2090 58-61- betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.