Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
MAYIZBOP UZUM NAVLARINING AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
M. I. Odinaev
q.x.f.f.d., dotsent Toshkent davlat agrar universiteti
L. M. Sanaeva
magistr, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali
Ushbu maqolada mayizbop uzum navlarining agrobiologik va texnologik xususiyatlarini baholash haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Uzum, mayiz, uzumbosh, xo'raki navlar, mayizbop navlar, g'ujum, shingil, hosil, hosildorlik, hosil sifati.
This article provides information on the assessment of aerobiological and technological characteristics of raisin grape varieties.
Keywords: Grapes, raisin, table varieties, raisin varieties, shingle, harvest, productivity, harvest quality.
Dunyo bo'yicha mayiz ishlab chiqarish hajmi 1,220 mln. tonnani tashkil etmoqda. Mayiz ishlab chiqarish qo'yidagi mamlakatlar etakchilik qilib kelmoqda ya'ni Turkiya 353,167 ming tonna, AQSH 332,760 ming tonna, Eron 122,595 ming tonna, Gretsiya 72,861 ming tonna, CHili 51,128 ming tonna, Janubiy Afrika 37,049 ming tonna mahsulot etishtirib bermoqda. O'zbekistonda esa 32,893 ming tonna yalpi mayiz ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo'yicha dunyoda ettinchi o'rinni egallab kelmoqda. Respublikamizda mayiz ishlab chiqarish hajmini ortishi tashqi bozorda raqobatbardosh bo'lgan mahsulot eksporti hajmini kengaytirishga imkon yaratadi.Dunyo bo'yicha mayiz ishlab chiqarishda etakchilik qilayotgan mamlakatlarda uzumni qator orasida quritish, tupida novdasini sindirgan holda dastlabki so'litish, so'ngra quritish, elektr energiyasi va yoqilg'i bilan ishlovchi yirik konveyer tipidagi quritigichlarda quritish, xom ashyoga kaustik soda, oltingugurt kabi moddalar bilan ishlov berish
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
konsentratsiyalari va usullari ishlab chiqilgan.
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Tadqiqotlarda uzumning yirik g'ujumli mayizbop navlarining agrobiologik xususiyatlari tahlil qilindi. Olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, uzumning
Kattaqo'rg'on, Sultoni, Qara janjal, Xusayni muskatntiy, Nimrang va Guzalqora kabi o'rganilgan mayizbop navlarining barchasi vegetatsiya davrining davomiyligi bo'yicha o'rtacha kechki navlar guruhiga mansub bo'lib, ushbu davr davomiyligi navlar bo'yicha o'rtacha 138-160 kunni tashkil etdi. Bunda Qora janjal, Xusayne muskatntiy va Guzal qora navlari nazorat - Kattaqo'rg'on naviga nisbatan biroz ertaroq (14-20 kunga) pishib etildi, qolgan navlarning pishish muddati nazorat naviga xos davomiylikda bo'ldi. Eng ko'p tarqalgan oidium kasalligiga chidamsizlik faqatgina Qorajanjal navida qayd etildi, qolgan navlarda ushbu kasallikka chidamlilik o'rtacha ko'rsatkichlarda bo'ldi. O'rganilgan navlarning sovuqqa chidamliligi past bo'lib, aksariyat navlarda 3 ball, faqatgina Qora janjal navida yanada kuchsizroq chidamlilik 4 ball kuzatildi. Samarqand viloyatining bo'z tuproqlari sharoitida mayizbop uzum navlarining biologik rivojlanish holatini o'rganish shuni ko'rsatdiki, barcha navlarning o'sishi va rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga tuproq iqlim sharoiti sezilarli ta'sir ko'rsatmadi, aksincha ijobiy bo'ldi. Uzumning Kattaqo'rgan, Sultoni, Qora janjal, Xusayni muskatniy, Nimrang va Guzal qora kabi o'rganilgan mayizbop navlarining barchasi sifatli mayizi olish imkonini beradi. Negaki ushbu navlarning barchasi yirik g'ujumlar hosil qildi, ular Nimrang navida 21x15 mm dan Kattaqo'rgan navida 30x30 sm gacha o'zgaradi.Ma'lumki, uzum boshlarining o'rtacha vazni nav xususiyati bo'lib, o'rganilgan barcha navlarda yirik g'ujumli xo'raki navlarga xos katta uzumboshlar shakllandi. Bunda nazorat - Kattaqo'rgan navi uzumboshlariga (407,5 g)
nisbatan eng yirik uzum boshlar Sultoni navida qayd etildi.
Ushbu nav uzum boshlarining o'rtacha vazni qariyb 725,2 g gacha etdi. Qolgan navlarda nazoratga yaqin, ammo sezilarsiz pastroq - 350,5-405,3 g atrofidagi uzum boshlar shakllandi.Kuzatuvlarimiz shuni ko'rsatadiki, uzum boshlarning o'rtacha og'irligiga bog'liq ravishda bir hosilli novdaga to'g'ri keluvchi o'rtacha hosil navlar bo'yicha o'zaro farqlandi. Bunda bir hosilli novdaning eng yuqori o'rtacha hosili, qoidaga muvofiq, Sultoni navida kuzatildi. Ushbu navda bir hosilli novdaga to'g'ri keluvchi o'rtacha hosil 971,8 g gacha etdi. Bu esa nazorat variantining ushbu ko'rsatkichidan 438 g ga yuqori demakdir. Qolgan mayizbop uzum navlarining barchasida ushbu ko'rsatkich nazorat variantidan pastroq ifodaga ega bo'ldi va navlar bo'yicha 424,1-495,2 g atrofida o'zgardi. Kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, uzumning o'rganilgan mayizbop navlari orasida eng yuqori hosildorlik Sultoni navida (23,1 t/ga)
October 5-6
458
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
qayd etildi. Ushbu navning hosildorligi nazorat variantidan 5,7 t/g ga yuqori bo'ldi. Nazorat variantiga nisbatan yuqori hosildorlik, shuningdek Qora janjal, Nimrang va
t/ga). Faqatgina Xusayne muskatniy navining hosildorligi nazorat varianti darajasida, ammo sezilarsiz pastroq ko'rsatkichda bo'ldi.
REFERENCES
1. Abdullaev R.M., Mirzaev M.M., Nabiev U.Ya., Abrorov Sh.M., Bekchanov U.A., Mahmudov G'.G'. - Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamonaviy texnologiyasi. - T.: 2013.
2. Джавакянц Ю.М., Горбач В.И. - Виноград Узбекистана. - Т.: 2001.
3. Mirzaev M.M., Djavakyans YU.M. - Tomorqada tok o'stirish. - T.: 1989.
4.Normurodov D.S., Normurodov I.T., Sanaev S.T., Hamdamova E.I. -Uzumchilik. -Samarqand: 2021.
5. Sanaev S.T. - Uzumchilik (fermerlar maktabi tinglovchilari uchun o'quv qo'llanma). - T.: 2022.
6. Temurov SH. - Uzumchilik (darslik). - T.: 2002.
7. Mahmudov G'.G'. - Zamonaviy uzumchilik asoslari. - T.: 2020.
8. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.
9.Alisher, B. (2021). Promoting Young Apple Tree Growth after Planting in Water Limited Areas (Doctoral dissertation, ё^-Ж^).
10. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazaev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Special Conference 1), 293-297.
Guzal qora navlarida ham qayd etildi (mos holda 22,4; 21,9 va 18,7
October 5-6