Научная статья на тему 'MATEMATIKA DARSINING TURLARI'

MATEMATIKA DARSINING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2172
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematika / yangi mavzu / ma’ruza / suhbat / mustaqil ish / pedagogik texnologiya / nazariya va amaliyot. / mathematics / new topic / lecture / conversation / independent work / pedagogical technology / theory and practice

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdusalom Ismanov

Matematikadan 45-minutlik dars o‘tilgan mavzuni o‘quvchilardan so‘rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, o‘tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ask the students of the 45-minute topic of the math lesson to describe the new topic, reinforce it, test the knowledge, skills and abilities of the students, and explain the didactic purpose and content of each lesson.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA DARSINING TURLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1015-1019

MATEMATIKA DARSINING TURLARI

Abdusalom Ismanov

Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Matematikadan 45-minutlik dars o'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: matematika, yangi mavzu, ma'ruza, suhbat, mustaqil ish, pedagogik texnologiya, nazariya va amaliyot.

ABSTRACT

Ask the students of the 45-minute topic of the math lesson to describe the new topic, reinforce it, test the knowledge, skills and abilities of the students, and explain the didactic purpose and content of each lesson.

Keywords: mathematics, new topic, lecture, conversation, independent work, pedagogical technology, theory and practice.

KIRISH

Matematika darslarida yangi mavzu mazmunini lushuntirish asosan uch xil usuida olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil ishdir.

Hozirgi yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati ham suhbat inctodi orqali yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini o'quvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini chuqurroq o'zlashtirib oladilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ba'zan biron teoremani isbot qilishdagi, yoki biron formulani keltirib chiqarishdagi ishni butun sinf yana ham mustaqilroq bajaradi, ammo bu holda ham o'qituvchi rahbarlik qiladi. Bunda o'quvchilarga o'z rejasini isbotlash metodini yoki mulohazalarini taklif etishga keng imkoniyat beriladi. Shu bilan birga, o'qituvchi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1015-1019

ba'zdn yordamchi savollar tashlaydi, ko'rsatmalar beradi, ayrim o'quvchilar o'z mulohazalarida xatoga yo'l qo'ygunday bo'lsa, tushuntirib beradi. Biroq bu yo'l juda ko'p vaqt oladi, chunki o'quvchilarning turli-tuman takliflari ularni asosiy masaladan chetga chiqaradi.

Boshqa har qanday o'quv predmeti kabi matematika boshlang'ich kursi matematika o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:

- matematikao'qitishning umumta'limiy maqsadi.

- matematikao' qitishning tarbiyaviy maqsadi.

- matematikao'qitishning amaliy maqsadi. [1]

Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu o'quvchilarning mustaqil ishlaridir. O'quvchilarning mustaqil ishlarida misol va masalalar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish (agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va unga doir misollar yoki masalalarni tatbiq qilish kabi o'quv metodik ishlar amalga oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglamasi va uning ildizlarini topish mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin. Bunda o'qituvchi o'quvchilarni kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilarni yo'naltirib turishi maqsadga muvofiqdir. o'qituvchi har bir o'quvchini .qo'yilgan topshiriq mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish mumkin bo'ladi.

Matematika darslarida ma'ruza mctodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda o'qituvchi o'quvchilarni mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidan nimani yozib olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalarni ko'chirib yozish kerakligi o'quvchilarga aytib beriladi.\

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'tilgan mavzuni mustahkamlash deganda biz asosan o'quv materialini nazariy ma'lumotlarini takrorlash hamda o'quvchilarni o'tilgan mavzu materiallari yuzasidan malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uchun misol, masalalar yechish orqali o'tilgan darslarini takrorlab mustahkamlashni tushunamiz.

O'tilgan materialni takrorlash ilgari olingan bilimlarni yangilashga, o'tilgan mavzu mazmuniga umumiyroq nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 \ ISSUE 9 \ 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-1G15-1G19

O'tilgan mavzu mazmunini mustahkamlashda asosan quyidagilarga e 'tibor berish kerak.

1. Yangi mavzu mazmunida qo'llanilgan asosiy tushunchalarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi.

2. Yangi mavzudagi teorema yoki uning isbotini o'quvchilar tomonidan aytib berilishi darajasi.

3. Yangi mavzuda o'rganilgan teorema va formulalardan misol, masalalar yechishda o'quvchilarning foydalana olish darajasi.

4. O'quvchilarning yangi mavzu mazmunini kundalik hayotda uchraydigan elementar muammolarga tatbiq qilish darajasi.

O'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish o'tilgan materiallar yuzasidan og'zaki so'rash yoki yozma ish olish usuli bilan aniqlanadi. Bunday tekshirish darslarini o'tkazish o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin e'lon qilinib, o'quvchilarga og'zaki so'raladigan mavzu materiallari va ular asosida o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollar ketma-ketligi beriladi.

Agar tekshiruv darsi yozma ish orqali o'tkaziladigan bo'lsa, bunda ham yozm a ish variantida tushadigan m isol va masalalar qaysi mavzularga taalluqligi o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin aytib qo'yiladi.

Maktab matematika darslarida biror bob o'tib bo'lingandan keyin ana shu bob mavzu materiallarini umumlashtirish xarakteridagi takrorlash, umumlashtirish darslari o'tkaziladi.

O'tilgan materiallarni takrorlash-umumlashtirish darslari ilgari olingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'lum bir tizimga solishga va o'tilgan materialga umumiyroq nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi. Maktab matematika darslarida takrorlash-umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.

2. Kundalik takrorlash.

3. Tematik takrorlash-umumlashtirish darsi.

4. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi.

Har bir takrorlash darsining o'z o'rni va maqsadi bor. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avvaki sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda qo'llanilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchinmg o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Matematika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning m azm unini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1015-1019

tushunehalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi.

Matematikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik takrorlash umumlashtirish darsi deyiladi. Masalan, boshlang'ich matematika dasturida geometrik material katta o'rinni oladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometric figuralar (nuqta, to'gri va egri chiziq, to'gri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementdari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba'zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to'la tizimini tarkib toptirishdan iborat. [2] Tematik takrorlash-umulashtirisli darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketmaketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bo g'lanishlarni tushunib yetadilar. Natijada o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketmaketlikka ega bo' ladi va umumlashadi.

XULOSA

Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlash-umumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki masala yechish bilan cheklanishdi.

REFERENCES

1. Abdullayeva N. Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi predmeti va maqsadi. Scientific Journal Impact Factor, 2(9). 2021, P. 113-117.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1015-1019

2. Iminova H. Geometrik mazmundagi masalalarni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Scientific Journal Impact Factor, 2(9). 2021, P. 109112.

3. Galitskiy M.A. va boshqalar. Algebra va matematik analiz kursini chuqur o'rganish. - Т.: O'qituvchi, 1995.

4. Колягин Ю.H. и др. Методика преподавания математики в средней школе. Общая методика. - М.: Просвещение, 1988

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.