Научная статья на тему 'MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI'

MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
679
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsalting xizmatlari / konsalting xizmatlari taraflari / konsalting xizmatlari foydalanuvchisi / konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi / konsalting xizmatlari turlari / huquqiy konsalting / buxgalteriya va moliya sohasidagi konsalting xizmatlari / shartnoma taraflarining fuqarolik huquqiy javobgarligi. / consulting services / the parties providing consulting services / the user of consulting services / the provider of consulting services / types of consulting services / legal advice / consulting services in the field of accounting and finance / civil liability of the parties to the contract.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Atalikova, Guljazira Shuraxanovna, Asadov, Shahriddin Faxriddin O‘g‘li

Ushbu maqolada konsalting xizmatlari va ularning xususiyatlari, ularning mazmun mohiyati va ushbu munosabatlar ishtirokchilari haqida fikr yuritilgan. Maslahat va konsalting xizmatlarining vujudga kelish tarixi, ularning vujudga kelish zarurati va hozirgi kunda mavjud konsalting xizmatlari turlari haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarini turlari haqida fikr yuritilib, mazkur xizmatlarning xususiyatlari va alohida jihatlari haqida qisqacha tahlil amalaga oshirilgan. Shuningdek, ushbu munosabatlar ishtirokchilarning huquqiy maqomi va ularning o‘zaro munosabatlardagi huquq va majburiyatlari, jumladan, xizmatlar ko‘rsatuvchisining majburiyatlari va vazifalari, unig ushbu xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va ushbu jarayonda rioya etilishi kerak bo‘lgan qoidalar masalalari muhokama qilingan. Xizmatlar foydalanuvchisidan mazkur xizmatlardan ko‘zlangan natijalarga erishish uchun talab qilinadigan harakatlar haqida ham to‘xtalib o‘tilib, ushbu munosabatlarni samarali tartibga solish uchun taraflarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab olish zarurati haqidagi fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSULTING AND CONSULTING SERVICES: ISSUES OF LEGAL REGULATION

This article discusses consulting services and their features, the essence of their content and the participants in these relationships. A brief history of the existence of advisory and consulting services, the necessity of their existence and the types of consulting services that are currently available are considered. A brief analysis of the features and individual aspects of these services was carried out, with an idea of the types of consulting services currently provided. The issues of the legal status of the participants in these relations and their rights and obligations in the relationship, including the duties and obligations of the service provider, the procedure for providing these services to him and the rules that must be observed in this process, were also discussed. The user of the services also touched upon the actions necessary to achieve the results obtained from these services, and expressed his opinion on the need for a clear definition of the rights and obligations of the parties for the effective regulation of these relations.

Текст научной работы на тему «MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-2-299-309

Atalikova Guljazira Shuraxanovna

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universiteti Yuridik fakulteti Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasining katta o'qituvchisi, PhD

Ushbu maqolada konsalting xizmatlari va ularning xususiyatlari, ularning mazmun mohiyati va ushbu munosabatlar ishtirokchilari haqida fikr yuritilgan. Maslahat va konsalting xizmatlarining vujudga kelish tarixi, ularning vujudga kelish zarurati va hozirgi kunda mavjud konsalting xizmatlari turlari haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda ko 'rsatilayotgan konsalting xizmatlarini turlari haqida fikr yuritilib, mazkur xizmatlarning xususiyatlari va alohida jihatlari haqida qisqacha tahlil amalaga oshirilgan. Shuningdek, ushbu munosabatlar ishtirokchilarning huquqiy maqomi va ularning o'zaro munosabatlardagi huquq va majburiyatlari, jumladan, xizmatlar ko'rsatuvchisining majburiyatlari va vazifalari, unig ushbu xizmatlarni ko 'rsatish tartibi va ushbu jarayonda rioya etilishi kerak bo 'lgan qoidalar masalalari muhokama qilingan. Xizmatlar foydalanuvchisidan mazkur xizmatlardan ko 'zlangan natijalarga erishish uchun talab qilinadigan harakatlar haqida ham to 'xtalib o 'tilib, ushbu munosabatlarni samarali tartibga solish uchun taraflarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab olish zarurati haqidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: konsalting xizmatlari, konsalting xizmatlari taraflari, konsalting xizmatlari foydalanuvchisi, konsalting xizmatlarini ko'rsatuvchi, konsalting xizmatlari turlari, huquqiy konsalting, buxgalteriya va moliya sohasidagi konsalting xizmatlari, shartnoma taraflarining fuqarolik huquqiy javobgarligi.

Asadov Shahriddin Faxriddin o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchsi e-mail: shahriddinasadov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

КОНСУЛЬТАЦИОННЫЕ И КОНСАЛТИНГОВЫЕ УСЛУГИ: ВОПРОСЫ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ

PhD, Старший преподаватель кафедры гражданского права и гражданского процесса юридического факультета Южно-Казахстанского государственного

университета им. М.Авезова Асадов Шахриддин Фахриддин угли

Ташкентский государственный юридический университет, Преподаватель кафедры гражданского права e-mail: shahriddinasadov@gmail .com

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются консультационные услуги и их особенности, суть их содержания и участники этих отношений. Рассмотрена краткая история существования консультативно-консультационных услуг, необходимость их существования и виды консультационных услуг, которые доступны в настоящее время. Был проведен краткий анализ особенностей и отдельных аспектов этих услуг, с представлением о видах консультационных услуг, предоставляемых в настоящее время. Также обсуждались вопросы правового статуса участников этих отношений и их прав и обязанностей в отношениях, в том числе обязанности и обязанности поставщика услуг, порядок предоставления ему этих услуг и правила, которые необходимо соблюдать в этом процессе. Пользователь сервисов также затронул действия, необходимые для достижения результатов, полученных от этих сервисов, и высказал свое мнение о необходимости четкого определения прав и обязанностей сторон для эффективного регулирования этих отношений.

Ключевые слова: консультационные услуги, стороны, оказывающие консультационные услуги, пользователь консультационных услуг, поставщик консультационных услуг, виды консультационных услуг, юридические консультации, консультационные услуги в области бухгалтерского учета и финансов, гражданско-правовая ответственность сторон договора.

Аталыкова Гульжазира Шурахановна

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CONSULTING AND CONSULTING SERVICES: ISSUES OF LEGAL

REGULATION

Atalikova Guljazira Shurakhanovna

PhD, Senior Lecturer of the Department of Civil Law and Civil Procedure of the Faculty of Law of the M.Avezov South Kazakhstan State University Asadov Shahriddin Fahriddin ugli Tashkent State Law University, Lecturer of the Department of Civil Law e-mail: shahriddinasadov@gmail.com

This article discusses consulting services and their features, the essence of their content and the participants in these relationships. A brief history of the existence of advisory and consulting services, the necessity of their existence and the types of consulting services that are currently available are considered. A brief analysis of the features and individual aspects of these services was carried out, with an idea of the types of consulting services currently provided. The issues of the legal status of the participants in these relations and their rights and obligations in the relationship, including the duties and obligations of the service provider, the procedure for providing these services to him and the rules that must be observed in this process, were also discussed. The user of the services also touched upon the actions necessary to achieve the results obtained from these services, and expressed his opinion on the need for a clear definition of the rights and obligations of the parties for the effective regulation of these relations.

Keywords: consulting services, the parties providing consulting services, the user of consulting services, the provider of consulting services, types of consulting services, legal advice, consulting services in the field of accounting and finance, civil liability of the parties to the contract.

Kishilik jamiyatida vujudga keladigan turli ijtimoiy munosabatlar kishidan o'zi kirishayotgan ijtimoiy munosabatlarning xususisyatlarini bilishni, ushbu munosabatlar yuzasidan ma'lum bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni talab etadi. Shuningdek, shaxs o'zi duch keladigan turli vaziyatlarda ushbu vaziyat yuzasidan batafsilroq ma'lumotga, ushbu harakatlar xususiyatlarini tavsiflovchi ishonchli axborotga ehtiyoj sezishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini amalaga oshirish

jarayonida vujudga keladigan turli savollarga yoki kishining o'zini qiziqtirgan

301

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qandaydir masala yuzasidan vujudga kelgan savollarga javob topish istagi amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan malakali tushuntirishlar bera oladigan sub'ektlarning vujudga kelishini taqozo qildi. Ushbu ehtiyoj aks sadosi o'laroq zamonaviy dunyoda ijtimoy hayotning qator sohalari yuzasidan ko'rsatiladigan turli maslahat va konsalting xizmatlari vujudga keldi.

Ushbu xizmatlar mavjud ehtiyojdan kelib chiqib jamiyat hayoting turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Ko'rsatiladigan xizmatning tabiatidan kelib chiqib mazkur xizmatlar turli xususiyatlarga ega bo'lishi, shuningdek, alarning tabiati ham turlicha bo'lishi va ular turli harakatlardan iborat bo'lishi mumkin1. Ushbu harakatlar ma'lum vaziyat yoki holat yuzasidan tushuntirish berish, ma'lum bir ma'lumotlarni taqdim etish yoki biron bir jarayon yuzasidan turli informasion ko'mak ko'rsatishni nazarda tutishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda ma'lum bir sohada konsalting yoki maslahat xizmatlarini ko'rsatish butun boshli professional faoliyatga aylandi. Konsalting munosabatlarini rivojlanishi ushbu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish zaruratini ham vujudga keltiradi2. Ushbu munosabatlarni samarali tarzda huquqiy tartibga solish uchun esa albatta mazkur munosabatlar mazmunini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Konsalting xizmatlari xizmat ko'rsatuvchi va xizmatdan foydalanuvchi tomonidan tuzilgan kelishuv asosida amalaga oshiriladi. Ushbu kelishuv shartnoma (bitim) shaklida bo'lishi mumkin. Umuman olganda O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomalari haqidagi qoidalarida mazkur shartnoma mexanizmidan konsalting va maslahat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida ham foydalanish mumkinligi keltirib o'tiladi. Umuman olganda, konsalting xizmatlari xizmat taraflari o'rtasidagi kelishuv asosila amalaga oshirilishi yuqorida ta'kidlandi.

Taraflar o'rtasida huquq va majburiyatlarning ular o'rtasidagi kelishuvga asosan vujudga kelishi bu fuqaroli huquqiy munosabatlarning eng muhim xususiyati ekanligi bizga ma'lum. Fuqarolik qonunchiligida mazkur kelishuvning ixtiyoriy tarzda bo'lishi, hech bir taraf boshqa tarafani ma'lum bir harakatlarni amalaga oshirish yoki ma'lum bir harakatlardan tiyilish yuzasidan kelishuvga erishishga (shartnoma tuzishga) majbur qilishi mumkinmasligi, majburlash asosida tuzilgan shartnoma

1 PaxMOHKy^OB X,. ®yKapo^HK xyKyKHHHHr cy6"beKraapH, yKyB Ky^aHMa - T.: Y36eKHCTOH, 2008. 170 6eT

2 3okhpob H.E. ®yKapo^HK xyKyKn: Aapc^HK. - T.: T^TOH HampneTH, 2006. 384-6eT.

302

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qonunda belgilangan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi belgilangan3. Shuningdek, shartnoma tuzishga ma'lum bir hollardagina majburlash mumkinligi, mazkur majburlash xam qonunda ko'rsatilgan tartibda bo'lishi lozimligi keltiriladi.

Demak, umumiy qoidaga asosan shartnoma tuzish taraflarning xohish istagiga binoan amalga oshirilishi mumkinligini, shartnomani tuzayotganda har bir taraf o'zi uchun qulay bo'lgan shartlarda, o'z manfaatini ko'zlab shartnoma tuzishi mumkinligini tushunib oldik. Ma'lum bir soha yuzasidan konsalting yoki maslahat hizmatlarini ko'rsatish ham mazukr munosabatlar taraflarining mazkur xizmatlardan foydalanish va mazkur xizmatlarni ko'rsatish haqidagi xohish istagiga binoan amalaga oshirilar ekan. Ushbu o'rinda shuni takidlash lozimki, maslahat va konsalting xizmatlarini ko'rsatish boshqa turdagi xizmatlardan, yoinki, haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatilishi mumkin bo'lgan boshqa xizmatlardan ham qator o'ziga xos jihatlarga ega. Ushbu o'rinda xizmat foydalanuvchilari xizmatdan foydalanish va unga belgilangan tartibda haq to'lashga o'z roziliklarini bildirishlari bilan bir qatorda xizmat ko'rsatish mobaynida o'zlariga taallluqli bo'lgan ma'lumotlardan foydalanilishiga, mazkur ma'lumotlarning muomala ob'ektiga aylanisha rozilik bildirishlari talab etiladi.

Hozirgi kunda jamiyat hayotining turli yo'nalishlarida turli maslahat va konsalting xizmatlari ko'rsatilmoqda. Har bir shaxs va xar bir korxona turli vaziyatlarda o'ziga kerakli bo'lgan natijalarga erishish va o'z faoloiyatini rivojlantirish uchun u yoki bu sohadagi ishonchli ma'lumotlarga, tegishli tushuntirish va qo'llab-quvvatlashlarga ehtiyoj sezadi. O'z faolityatini rivojlantirish va mavjud muammmolarga yechim berish o'z navbatida tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish, yohud kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan shaxslar xizmatidan foydalanish zaruratini yuzga chiqaradi. Mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda hozirgi kunda maslahat va konsalting xizmatlari turli sohalar va tarmoqlarga kirib bormoqda. Shuningdek, konsalting yordamida hal qilinishi mumkin bo'lgan masalalar ham juda xilma-xildir. Ba'zan bu butun vazifalar to'plamidan ba'zida esa faqat tor sohada taqdim etiladigan xizmatlardan iborat bo'lishi ham mumkin4. Masalan, buxgalteriya bo'yicha konsalting buxgalteriya hisobi bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun ixtisoslashgan kompaniya yoki shaxsni tashqaridan jalb qilish konsalting xizmatlaridan foydalanishning bir ko'rinishi sifatida e'tirof

3 Nurillo Imamov; Dinara Babajanova. "Scientific and theoretical analysis of the nature of legal entities". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 2, 2020, 6160-6168

4 Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

etilishi mumkin. Shuning uchun konsalting tushunchasi haqida gapirganda, ushbu tushunchaning umumqabul qilingan, mutloq yagona ta'rifi yoqligi keltiriladi. Konsalting xizmatlari - bu tashqi mutaxassislar yordamida mavjud tashkiliy yoki boshqaruv vazifalarini hal qilish iborat jarayon sifatida ta'riflanadi. Kompaniyada ishlash uchun ma'lum bir sohadagi professional maslahatchilar taklif etiladi. Mutaxassislar vaziyatni baholaydi, muammolarning sababini o'rganib chiqadi va mavjud muammoni bartaraf etish uchun o'z taklif va maslahatlarini keltirib o'tadi. Konsalting xizmatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi turli muammolarni bartaraf etish uchun qo'l keladi. Masalan, tadbirkorlik va biznes sohasidagi konsalting xizmatlarini olib qaraydigan bo'lsak, ushbu xizmatlar nafaqat tabdirkorlik sub'ekti o'z faoloiyati mobaynida qandaydir muammo va qiyinchiliklarga duch kelganda, balki korxona o'z faoliyatini kengaytirish va o'z imkoniyatlarini oshirish, buning uchun o'z xizmat va mahsulotlarinidan kelib chiqib bozorni o'rganish zarurati vujudga kelganda ham qo'l keladi. Ushbu xizmat ayniqsa yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub'eklari uchun qo'l kelishi mumkin, chunki yangi tashkil etilgan va tajribaga ega bo'lmagan sub'ektlar har doim ham bozor talablarini to'liq o'rganib chiqish imkoniyatiga ega bo'lmaydi, bunga uning moliyaivyy va tashkiliy imkoniyatlari yo'l bermasligi mumkin. Mazkur holatda tashqi mutaxassislar xizmatidan foydalanish, sohada amalga oshirilgan izlanishlar natijalariga tayanib harakat qilish ushbu korxona uchun eng samarali yo'l hisoblanadi5 . Korxona yangi bozorlaraga kengayishga harakat qilishi, yangi bozorlaraga chiqishgga intilishi mumkin, bu o'z navbatida qo'shimcha mehnat va ish kuchini talab qiladi. Mazkur vaziyatlarda konsalting xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu nafaqat qilinaligan xarajatlar hajmini qisqartiribgina qolmasdan ko'zlangan natijaga erishi uchun sarflanadigan vaqtini tejash va ko'zlangan natijaga nisbatan tezroq erishi imkonini beradi.

Konsalting xizmatlari hozirgi kunda qator sohalarda ko'rsatiladi, jumladan, konsalting xizmatlarini turlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

> Psixologik maslahatlar berish sohasidagi konsalting;

> Moliya va buxgalteriya va audit sohasidagi sohasidagi konsaltingxizmatlari;

> Tibbiy konsalting xizmatlari (ushbu xizmat tibbiy xizmat ko'rsatishdan farqli jihatlarga ega bo'lib, bunda olingan tibbiy tahlil natijalariga asosan turli maslahatlar va ko'rsatmalardan iborat bo'lishi mumkin);

5 Топилдиев Бахромжон ДОГОВОР ДОВЕРИТЕЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ НЕДВИЖИМОСТЬЮ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО РАЗВИТИЯ // Review of law sciences. 2020. №Спецвыпуск. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/dogovor-doveritelnogo-upravleniya-nedvizhimostyu-i-perspektivy-ego-razvitiya (дата обращения: 11.10.2021).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

> Axborot texnologiyalari internet sohasidagi konsalting xizmatlari;

> Marketing sohasidagi konsalting xizmatlari;

> HR konsalting xizmatlari;

> Huquqiy sohadagi konsalting va boshqalar.

Mazkur xizmatlar amalaga oshiriladigan ishlar xarakteridan kelib chiqib o'z alohida xususiyatlariga ega. Mazkur xizmatlarning ba'zilari vujudga kelganiga ancha muddat o'tgan va ushbu xizmat doirasidagi munosabatlar atroflicha tartibga solingan bo'lsa, ularning ba'zilari nisbatan yangi turdagi xizmatlar hisoblanadi va mazkur xizmatlar ko'rsatilshiga asos bo'lgan munosabatlarning o'zi ham nisbatan yangi munosabatlar hisoblanadi6. Misol uchun, psixologik maslahatlar berish sohasidagi konsalting xizmatlari nisbatan shaklllangan mexanizmga ega. Inson va uning psixologik holati bilan bog'liq muammolarni tahlil qilish va bu orqali inson hayotida mavjud bo'lgan turli ruhiy-psixologik muammolarga yechim berish uzoq yillarda beri inson hayotidagi mavjud muammolarni samarali bartaraf etishning samarali mexanizmi sifatida baholanib kelinmoqda. Mazkur munosabatlar doirasida xizmat ko'rsatuvchi xizmat foydalanuvchisining munosabatlarida mavjud bo'lgan u yoki bu muammmoni tahlil qilib, uning kelib chiqish sabablarini va bartaraf etish choralarini taklif qiladi. Mazkur xizmatlarni ko'rsatish uchun xizmat foydalanuvchisi va xizmat ko'rsatuvchisi orasidagi bevosita munosabatlarag asoslanadi va ushbu xizmatdan ko'zlangan natijaga erishi ushubu xizmatlarni ko'rsatish mobaynidagi taraflarning o'zaro ishonchiga bog'liq hisoblanadi.

Xuddi shuningdek, huquqiy yohud moliya-buxgalteriya sohasidagi konsalting xizmatlari ham shakllangan mehanizmga ega bo'lib, ular doirasida munosabatlar ham atroflicha tartibga solingan. Huquqiy konsalting qonunchilikdagi dolzarb muammolarni hal qilish bilan bog'liq bo'lgan eng to'g'ri va eng foydali qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Yuridik maslahat korxonani kengaytirish chog'ida, ayniqsa, yangi filiallar ochish yoki vositachilar, ta'minotchilar bilan shartnomalar tuzish zarurati tug'ilganda muhim ahamiyat kasb yetadi. Moliyaviy konsalting-mablag'larni samarali boshqarish, kompaniya ichida resurslarni taqsimlash, shuningdek tashqi moliyalashlarni samarali tartibga solish bilan bog'liq xizmatlardan iborat. HR konsalting korxonada xodimlari o'rtasidagi munosabatlarni samarali tashkil etish maqsadini ko'zlaydi va korxona maqsadlariga mos yangi mutaxassislar tanlash jarayonlarini samarali tashkillashtirishga ko'maklashadi. Shuningdek, hozirgi

6 Ibrohimov, A. A. O., Koryogdiyev, B. U. O., & Tojiboyev, S. Z. (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1068-1082.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kunda nisbatan yangi bo'lgan munosabatlarda doirasida ko'rsatiladigan konsalting xizmatlari ham vujudga kelmoqda va ushbu xizmatlarga bo'lgan talab ham ortib bormoqda. Misol uchun marketing sohasidagi konsalting xizmatlari yoki axboroot texnologiyalari va internet sohasidagi konsalting xizmatlari nisbatan yangi xususiyatlarga ega munosabat hisoblanadi.

Jumladan, ushbu munosabatlarning vujudga kelishi vujudga kelgan raqamli texnologiyalar va internet tarmoqlari taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lib, ushbu rivoljlanishlar o'z navbatida ushbu sohadagi vujudga kelishi mumkin bo'lgan savollar va muammoli holatlarga malakali javoblar topish zaruratini vujudga keltiradi. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib mazkur sohalarda ham tegishli maslahat va konsalting xizmatlari vujudga kelmoqda.

Konsalting xizmatlarini ko'rsatish jarayonini shartli ravishda quyidagicha bosqichlarga bo'lish mumkin va taraflar ushbu bosqichlarning har birida va barchasida bir biriga nisbatan qandaydir huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi:

- Konsalting xizmatlaridan foydalanish yuzasidan erk irodasini bildirish (konsalting xizmatlaridan foydalanish istagini bayon qilish, ushbu xizmatlardan foydalanish uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlarni taqdim etishga rozilik bildirish);

- Shartnoma shartlarini belgilash ( shartnomada ko'rsatiladigan xizmatni ko'rsatish shartlari, asoslari va shakllarini, shuningdek, xizmat ko'rsatish uchun taqdim etilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish shartlari kabilarni kelishish);

- Shartnomada ko'rsatilgan shartlarda va asoslarda shartnomada ko'rsatilgan xizmatdan foydalanish;

- Shartnomada ko'rsatilgan tartibda haq to'lash.

Mazkur bosqichlar ko'proq xizmatlar foydalanuvchisi bo'lgan sub'ektlar uchun xos bo'lib, konsalting xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'ektlar xizmat ko'rsatish yuzasidan shartnoma tuzayotganda ushbu jihatlar bilan bir qatorda quyidagi jihatlarga ham e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi:

^ Konsalting xizmatlarini ko'rsatish yuzasidan erk irodasini bildirish (konsalting xizmatlaridan ko'rsatish istagini bayon qilish, ushbu xizmatni ko'rsatish uchun zarar bo'ladigan shartlar haqida xizmatdan foydalanish istagini bildirgan shaxslarga mu'lumot berish);

^ Shartnoma shartlarini belgilash ( shartnomada ko'rsatiladigan xizmatni ko'rsatish shartlari, asoslari va shakllarini, shuningdek, xizmat ko'rsatish uchun taqdim etilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish shartlari kabilarni kelishish);

^ Shartnomada ko'rsatilgan shartlarda va asoslarda shartnomada ko'rsatilgan xizmatdan foydalanish;

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

^ Shartnomada ko'rsatilgan tartibda haq to'lash.

Konsalting va maslahat xizmatlarini ko'rsatuvchi sub'ektlarnig majburiyatlari shartnoma predmetila ko'rsatilgan harakatlarni amalaga oshirish bilan tugamasdan, balki, shartnomada ko'rsatilgan harakatlar bajarib bo'lingandan keyin ham davom etishi mumkin. Bunda mazkur majburiyat xizmat ko'rsatuvchining xizmatni ko'rsatish mobaynida xizmatlar foydalnuvchisi haqida o'ziga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor qilmasligidan iborat bo'ladi 7 . Ushbu jihatni mazkur xizmatlarning haq evaziga ko'rsatiladigan boshqa xizmatlardan farqli jihati sifatida ko'rsatish mumikn. Ya'ni haq evaziga ko'rsatiladigan boshqa xizmatlarda taraflarnig huquq va majburiyatlari ushbu xizmatlarni ko'rsatish bilan o'z nihoyasiga yetadi. Maslahat va konsalting xizmalarida esa xizmat ko'rsatuvchi shartnomada ko'rsatilgan xizmatni bajarib bo'lganidan so'ng ham qator majburiyatga ega bo'ladi. Ayonki, xizmat ko'rsatuvchi mazkur xizmatlarni ko'rsatish mobaynida xizmat foydalanuvchisidan u haqidagi xizmat ko'rsatish uchun o'ziga zarur bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritadi. Va natijada unda xizmat ko'rstish mobaynida xizmat ko'rsatiuvchi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi. Ushbu ma'lumotlar xizmat foydalanuvchisining shaxsiy hayoti, uning tibbiy-jismoniy parametrlari yoki ruhiy-psixologik holati haqidagi axborotlarni o'zida jamlashi, shuningdek, xizmat foydalanuvchisining tijorat yoki tadbirkorlik siridan iborat bo'lishi mumkin.

Mazkur ma'lumotlarni oshkor qilganlik yoki ulardan boshqa g'ayriqonuniy tarzda foydalanish tegishli huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mazkur huquqiy oqibatlar xizmat foydalanuvchisi tomonidan talab etiladaigan xususiy talabalar shaklida ham, shuningdek, xizmat ko'rsatuvchiga xizmat ko'rsatish mobaynida oshkor bo'lgan ma'lumotlar bilan nomuvofiq muomalasi uchun qonunda nazarada tutilgan tartibdagi ommaviy-ma'muriy choralarni ham o'z ichiga olishi mumkin.

O'z ma'lumotlari xizmat ko'rsatuvchi tomonidan uning irodasiga zid ravishda, g'ayriqonuniy tarzda oshkor qilingan yoki mazkur ma'lumotlardan uning roziligisiz foydalanilgan hollarda xizmat foydalanuvchisi o'ziga yetkazilgan zararni qoplashni, shuningdek, vujudga kelgan ma'naviy zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

XULOSA

Umuman olganda O'zbekiston Respublikasida mazkur munosabatlani samarali tarzda tashkillashtirish va samarali huquqiy tartibga soloish maqsadida mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ huquqiy baza vujudga keltirilgan.

7 Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, mavjud shart-sharoit va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish shiddatini inobatga olgan holda oxirgi yillarda maslahat va konsalting xizmatlarini ko'rsatish sohasida ham qator ishlar amlga oshirilmoqda. Jamiyat hayotiga raqamli texnologiyalar va internet ramoqlarini shiddat bilan kirib kelishi natijasida esa boshqa sohalar ka'bi maslahat va konsalting xizmatlarini ko'rsatish sohasida ham qator o'zgarishlar vujudga keldi. Mazkur jarayonlar ushbu xizmatlarni ko'rsatishda raqamli texnologiyalardan va internet va boshqa ma'lumot tarmoqlari imkoniyatlaridan samarali tarzda foydalanish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan birga mazkur o'zgarishlar ushbu munosabatlar sub'ektlarining munosabatlarini samarali tarzda tartibga solish, mazkur munosabatlar ishtirokchilari huquq va majburiyatlari doirasini yanada aniqroq belgilash ehtiyojini yuzaga keltirdi. Ushbu munosabatlarni tartibga solishda mazkur munosabtalar tub mazmun mohiyatini tashkil etuvchi tamoilllar: mazkur munosabatlar ishtirokchilari erkinligi va mazkur munosabatlarlardan foydalanish mobaynida ayyon bo'lshag ma'lumotlarni oshkor qilish yoki noquniniy tarzda foydalanish taqiqlanishi mazkur munosabatlardan ko'zlangan maqsadga erishi imkonini beradi. Mazkur munosabatladagi shu kabi va boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlarni samarali tartibga solish mazkur munosabatlar samaradorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

REFERENCES:

1. Рахмонкулов X,. Фукаролик хукукининг субъектлари, укув кулланма - Т.: Узбекистан, 2008. 170 бет

2. Зокиров И.Б. Фукаролик хукуки: Дарслик. - Т.: ТДЮИ нашриёти, 2006. 384-бет.

3. Greiner L.E., Metzger R.O. Consulting to management. Englewood Cliffs, NJ, Prentice Hall, 1983. P.

4. Nurillo Imamov; Dinara Babajanova. "Scientific and theoretical analysis of the nature of legal entities". European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 2, 2020, 6160-6168

5. Beckhard R., Harris R.T. Organisational transitions: Managing complex change. MA, Addison-Wesley, 1977.

6. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 211-225.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

7. Топилдиев Бахромжон ДОГОВОР ДОВЕРИТЕЛЬНОГО УПРАВЛЕНИЯ НЕДВИЖИМОСТЬЮ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО РАЗВИТИЯ // Review of law sciences. 2020. №Спецвыпуск. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/dogovor-doveritelnogo-upravleniya-nedvizhimostyu-i-perspektivy-ego-razvitiya (дата обращения: 11.10.2021).

8. Ibrohimov, A. A. O., Koryogdiyev, B. U. O., & Tojiboyev, S. Z. (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1068-1082.

9. Colb D.A., Frohman A.L. An organisation development approach to consulting in Sloan Management Review, Vol.12, No.l, Fall 1970.

10. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 789-799.

11. Management Consultants 1996 World Conference "The Roles and Activities of the Consulting Business toward the 21st Century". Yokohama: Zen-Noh-Ren, 1996. P. 165-167.

12. Imomniyozov, D. B. O. (2021). KORPORATSIYA IJRO ORGANLARINING FIDUTSIAR MAJBURIYATLARI QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 588-600.

13. Steele F. Consulting for organisational change. Amherst, MA, University of Massachusetts Press, 1975. P.3.

14. Tojiboev, A., Sharakhmetova, U., & Tojjiboyev, S. (2020). Between public and private-state entity as a party to international commercial arbitration: Lessons for the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 581-591.

15. Survey of the European Management Consultants Market in 1997. FEACO PMP Research. Brussels, 1998.

16. Yigitaliyev, O. H. O. G. L. (2022). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1048-1058.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.