Tashkent State University of Economics
MARKAZIY OSIYO MUTAFFAKKIRLARINING MA'NAVIY TARAQQIYOT VA DAVLATCHILIK TO'GRISIDAGI GOYALARI VA
QARASHLARI
Аbduqaxxor Аbsattoroyich Raxmonov
TTA Termiz filiali direktor o'rinbosari, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
АNNOTATSIYA
Ushbu maqolada turkiy xalqlarni birlashtirish to'g'risidagi qarashlari hamda bu boradagi amaliy ishlari to'g'risida so'z yuritiladi. Bundan tashqari maqolada o'zbek xalqining shallanish tarixi va etnik uxshashliklari to'g'risida ham mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: Turk, turkiylar, Markaziy Osiyo, identiklik, islom dini va boshqalar.
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассказывается об Амире Темуре и его видении объединения тюркского улуса и тюркских народов в централизованном государстве, а также о его практической работе по этому вопросу. Кроме того, в статье даны размышления об истории и этнической принадлежности узбекского народа.
Ключевые слова: Турецкий, тюрки, среднеазиатский, идентичность, ислам и т. д.
ABSTRACT
This article will talk about the views of Amir Timur and his centralized state on the unification of the Turkic Ulus and Turkic peoples, as well as his practical work on this issue. In addition, the article also reflects on the history and ethnic similarities of the shalling of the Uzbek people.
Keywords: Turkish, Turkish, Central Asia, Identity, Islam, etc.
Markaziy Osiyo xususan o'zbek xalqi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, islom dini misolida bir dinning o'zi XIV-XV asrlar mobaynida unga bo'lgan turli xil yondoshuvlar natijasida ikki xil funktsiyani bajarganligini kuzatish mumkin. Bu ikki funktsiya mintaqada yuz bergan ikki buyuk uyg'onish davri bilan bog'liqdir. Ya'ni bu IX-X va XIV-XV asrlar bo'lib, aynan shu davrlarda bir tomondan o'zbek xalqi
531
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
xalq sifatida shakllangan bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu davrda milliy shakllanishdagi muhim ijtimoiy-siyosiy omillar yuz beradi. Bular - ijtimoiy omillar sifatida ma'naviyat, din, mafkura, iqtisodiyot bo'lsa, siyosiy omillar sifatida mavjud siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi davomida erishilgan ulkan yutuqlar edi. Aynan shu davrlarda milliy shakllanish uchun ham siyosiy, ham ijtimoiy muhit mavjud edi. Islom dini zo'ravonlik asosida targ'ib qilingani bilan xalq xarakterida doimiy kurashlar natijasida shakllangan tolerantlik xususiyati milliy xarakterda har qanday zo'ravonlik yoki bag'rikenglik bilan qabul qilingan jihatlardan ham kelajak uchun yaxshilik yo'lida foydalanish sifatini shakllantirdi. Bu o'zbek xalqining identiklik jarayonida murakkab tarixiy vaziyatlardan foydalana olish, sharoitdan oqilona xulosa chiqarish kabi eng noyob fazilatlari edi.
Xususan o'zbek xalqining davlatchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz uni qadimgi Xorazm davlatidan tortib, to Amir Temurning markazlashgan davlati va undan keyingi davrlarni keltirishimiz mumkin. Bu davrlarning har biri aholi ongiga o'ziga xos tarzda ta'sir o'tkazish bilan birga, ma'lum bir dunyoqarashni ham shakllantirgan. Bugungi kunda olimlar o'zbek davlatchiligi 2700 yillik tarixga ega ekanligi haqidagi nazariyalarni ilgari surmoqda. Bu haqida tarixiy manbalar va yirik tarixiy asarlardagi ma'lumotlar ham xabar beradi. Boshqacha aytganda, tarixnavislikning rivojlanib borishi va ularda jamiyat hayotining turli yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlarda o'z aksini topishi, o'zbek davlatchiligi boy taraqqiyot yo'liga ega bo'lib kelganini ko'rsatadi. Bundan tashqari dunyoga mashhur Strabon, Plutarx, Kvint Kurtsiy Ruf, Gerodot kabi tarixchilar bilan birga o'rta asrlar tarixshunosligida sulolaviy tarixlarga bag'ishlangan asarlar ham buni tasdiqlaydi. Ammo davlatchilikni bosh manbai bu - xalq hisoblanadi. O'zbekiston hududida tashkil topgan ilk davlatlar boshqa qabila va etnoslar birligi asosida vujudga keladi. Keyinchalik esa bu davlatlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaifligi tufayli ular o'rnida siyosiy jihatdan ustunlikka ega bo'lgan markazlashgan davlatlar tashkil topa boshlaydi. Bu markazlashgan davlatlar siyosiy-iqtisodiy jihatdan kuchli bo'lganligi tufayligina uzoq muddat davomida boshqaruv va strategiyani saqlab tura olgan.
Shundan kelib chiqqan holda XIV asrning 60-yillarida Mavorounnahrda hukm surgan nixoyatda og'ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o'z davrining bunday talabini yaxshi tushungan va u shuning uchun ham bor e'tiborini Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Amir Temur o'z siyosatining g'oyaviy asosini tashkil etishda o'zbek xalqining tarixiy ildizlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan turk ulusini birlashtirish maqsadiga tayandi. Bunda u xalqni birlashtirish
17-aprel, 2024
532
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
uchun yagona e'tiqodga birlashtirish lozimligin tushungan edi. Yagona e'tiqod manbaini shakllantirish Markaziy Osiyoda islom dinining rolini oshirish, tasavvuf tariqati vakillariga tolerant munosabatda bo'lish asosida qurilgan edi. Boshqa tomondan ushbu davrda tasavvufning naqshbandiya suluki yetakchi xarakter kasb etib, unda mehnatga, insonga bo'lgan ratsional munosabat, boshqa suluk, mazhab, din vakillariga tolerant kayfiyat ijtimoiy- siyosiy hayotda vaqt o'tib uyg'onish davri hodisasining shakllanishiga olib keldi: "So'fiylik g'oyalari ushbu davr ijtimoiy tafakkuriga ulkan ta'sir ko'rsatgan. Ulardan mavjud jamiyatning o'tkir ijtimoiy ziddiyatlarini hal etishda foydalanilgan. Bularning hammasini O'rta Osiyo jamiyatining keng qatlamlarini qamrab olgan keng harakatlariga qiyos etish mumkin. Bu jarayon XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr jamiyatida naqshbandiya suluki va uning mashhur arbobi Xoja Ahror yetakchi mavqega ega bo'lganda o'z cho'qqisiga ko'tarilgan".
Bunday yuksak va mashaqqatli maqsadni amalga oshirishda Amir Temur ruhoniylar, harbiylar, savdogar va shahar hunarmandlariga tabaqalariga tayanib ish tutgan. Bundan tashqari u turk, arab, va eronliklar tarixini chuqur bilgan va amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanday bilimlarni qadrlagan. U davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarini olishga harakat qilgan hamda davlat ahamiyatiga ega bo'lgan har bir masalani hal etishda shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan.
Xususan Amir Temurning hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag'ishlangan maxsus asar yaratilib, bu asar "Temur tuzuklari" deb nomlanadi. Amir Temur va Temuriylar tarixini tadqiq etgan olimlar fikricha, bu asardagi barcha manbalar uning o'z og'zidan yozib olingan. Asarda davlatni boshqarish uslublari bilan birga bu boradagi sir-sinoatlar shuningdek, Amir Temurning davlatni boshqarish davomida erishgan ulkan yutuqlari hamda ularning sabablari haqida so'z boradi. Shuning bilan birga asarda, davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining yo'nalishi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini saylash, askar-sipohilarning maoshi, davlat arboblari hamda qo'shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar hamda boshqa mansabdorlarning davlat ishlarida ko'rsatgan alohida xizmatlarini munosib taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Albatta Amir Temur ushbu asarda keltirib o'tilgan barcha uslub va maslahatlarga to'la amal qilgan va busiz u barpo qilgan markazlashgan davlatni tuzib bo'lmasdi ham. Chunki Movarounnahrda Amir Temur hokimiyat tepasiga kelmasidan oldingi ijtimoiy-siyosiy ahvol tang holatda bo'lib, Mavorounnahr hududida yashagan umumiy aholi turli etnik birliklar va urug'-
17-aprel, 2024
533
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
qabilalar sifatida yashab, ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham turlicha bo'lgan. Bu esa o'z navbatida, ushbu hududda yashagan xalqlarning milliy birlik va birdamlik asosida birlashishiga to'sqinlik qilar edi. Bundan tashqari davlatchiligimiz tarixida davlat boshqaruvi haqida asar yozib qoldirgan yagona hukmdor AmirTemur
zamonasi tartiblariga mos ravishda jamiyatni o'n ikki toifaga taqsimlasa-da, mohiyat e'tibori bilan bu o'n ikki toifaga barcha ijtimoiy guruhlar kirgan. Mavorounnahrni Amir Temur va Temuriylar boshqargan davrini tahlil qilishda "Temur tuzuklari" dan tashqari bir qancha boshqa tarixiy asarlarning o'rni katta albatta. Ammo bu asar boshqa asarlardan farq qilib, bu ham bo'lsa unda davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosda qurish g'oyasining keng targ'ib qilinganiligidir. Amir Temur bu asardan davlatni boshqarishda keng foydalangan va shu bilan birga u davlat va jamiyatni boshqarishda asardan o'zidan keyingi hukmdorlarning ham foydalanishini targ'ib qilgan.
REFERENCES
1. La route de Samarcand au temps de Tamerlane. Imprimerie Nationale. Paris, 1990.
2. Amir Temur in historia mundi. "Sharq", 2001.
3. Erkuziev A.A., Mamazhanova N.A. Izuchenie lichnosti Amira Timura in Europa (saeculo XVI-XVIII) // Molodoy uchenyy, 2015. N. 9. S. 959-961.
hisoblanadi.
U o'z
534
17-aprel, 2024