Научная статья на тему 'MA'NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLANISHIDA OILANING TUTGAN O‘RNI'

MA'NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLANISHIDA OILANING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
3112
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila tarbiyasi / Ma’naviy barkamol inson / Oila / O’z-o’zini idora qilish. / Family upbringing / Spiritually mature person / Family / Self-government

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Feruza Shukurulla Qizi Shamurotova

Ma’naviy barkamol insonning oila muhiti asosida jamiyatda shakllanishi, Shахsni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ota-onalar o'rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish, ularni maktabning faol yordamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE FAMILY IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL PERSON

The formation of a spiritually mature person in society on the basis of the family environment, the successful implementation of all work in the field of education without strengthening the school and the family in the development of a person as a harmonious person, the expansion of educational advocacy among parents , it is necessary to turn them into active assistants of the school, all-round useful organizers in the classroom and extracurricular activities of students.

Текст научной работы на тему «MA'NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLANISHIDA OILANING TUTGAN O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MA'NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLANISHIDA OILANING TUTGAN

O'RNI

Ma'naviy barkamol insonning oila muhiti asosida jamiyatda shakllanishi, Shaxsni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bog'lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ota-onalar o'rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish, ularni maktabning faol yordamchilariga, o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.

Kalit so'zlar: Oila tarbiyasi, Ma'naviy barkamol inson, Oila, O'z-o'zini idora qilish.

THE ROLE OF THE FAMILY IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL

PERSON

The formation of a spiritually mature person in society on the basis of the family environment, the successful implementation of all work in the field of education without strengthening the school and the family in the development of a person as a harmonious person, the expansion of educational advocacy among parents , it is necessary to turn them into active assistants of the school, all-round useful organizers in the classroom and extracurricular activities of students.

Key words: Family upbringing, Spiritually mature person, Family, Self-government

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov yoshlarni manaviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o'rinda turishiga e'tibor berib shunday degan edi: "Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos ananalar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi, eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o'zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Ular: yaxshi nom qo'yish, yaxshi

Feruza Shukurulla qizi Shamurotova

Urganch davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

muallim qo'lida topshirib, savodini chiqarish, ilmli va kasb-hunarli qilish, boshini ikki va uyli-joyli qilish"[1].

Oila tarbiyasi - bu umuminsoniy jarayonning shunday bosqichidirki, keyinchalik butun umri davomida oladigan marifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin poydevor vazifasini o'taydi. Har bir ota-ona oz burchlarini anglagan holda oilani mustahkamligini taminlaydigan hamma xususiyatga to liq rioya qilishga harakat qilishi, uning vazifa va maqsadlarini tushunishi shart[2].

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida takidlaganidek, "Bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. "Oz bolangni oozing asra" degan davat faqat quruq shior bo'lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani, yani ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas'uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo'yish vaqti keldi, deb o'ylayman"[5].

Haqiqatan ham har bir ota-ona oz farzandining tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizni tarbiyalashning muhim shartlari oilalarning mustahkam, manaviy soglom asosda qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o'zi tarbiyalangan bolishidir. Ota-onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. Chunki farzandga til o'rganish, kitob o'qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o'qishga qiziqtira bilish lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona oz mas'uliyatini har bir daqiqada his qilib yashashi lozim.

MUHOKAMA

Oilada soglom muhit mavjud bolgandagina, ularda har tomonlama soglom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan, jismonan baquvvat, aqlan soglom, umuminsoniy madaniyat darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bolgan kelajak avlodni voyaga yetkazishda oila manaviyatining tutgan o'rni alohidadir.

Oila tarbiyasi boyicha buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida, muqaddas kitoblarimizda o'ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga sazovordir. Jumladan, Islom talimotida farzand tarbiyasi haqida quyidagicha takidlanadi: "Islomda tarbiya talimdan ko'ra ustunroq va keng qamrovlidir. Chunki tarbiya bolani uyida, ko'chada, maktabda o'zini tuta bilish odoblarini, aql bilan ish yuritib, jismini, nafsini o'ziga bo'ysundirishdek og'ir ishni yo'lga qo'yadi"[3].

Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko'rsa, shunga tahlid qilib o'sadi. Oilada ota olijanob keng fe'l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bolishi,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg'amaydigan va muloyim bo'lmog'i lozim[4].

Bugungi kunda uyushmagan yoshlarni oila muhitida ma'naviy barkamol shaxs qilib tarbiyalash va ular orasidagi mavjud illatlarni bartaraf etishda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish foydadan xoli bo'lmaydi:

1. Oila ma naviyatini yuksaltiruvchi tizimlar faoliyatini yanada yaxshilash

2. Qiz bola tarbiyasi uchun milliy qadriyatlar va ananalarimiz asosida yangi tartiblarni joriy etish

3. Jismoniy madaniyat masalasini oilaviy qadriyatlar darajasiga olib chiqish.

Ma'naviy barkamol inson - muayyan jamiyatning a'zosi bo'lib, u psixologik

jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi[6].

Oila - ijtimoiy, tabiiy omillar asosida shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo'lgan shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning birga hayot qurib nasi qoldirish, faqat farzandni dunyoga keltirish emas, balki ularni ma'naviy va jismoniy kamol topdirib, hayotga mustaqil qadam qo'yishiga sharoit yaratishdir. Oila asli arabcha so'z bo'lib, "ayolmand, niyozmand", "er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug'ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" degan ma'noni anglatadi.

Maktabni oila bilan bog'lovchi vosita - bu o'quvchilardir. O'quvchilar bilan ishlash, ulaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta'minlash orqali ota-onalarga ta'sir ko'rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta'minlovchi, ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo'lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo'lmaydi. Jumladan, "Bolanggizning qanday o'qishini bilasizmi?", "Bolalarimiz odobi haqida suhbatlashaylik", "Mustaqil hayot bo'sag'asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o'z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg'urishlariga sabab bo'ladi[8].

Majlisda faol ota-onalarning ishtiroki va o'z tajribalarini batafsil bayon etishlari ko'plab ota-onalar oldida turgan murakkab vazifalarning ijobiy hal etilishiga olib keladi. Albatta, buning uchun o'qituvchilar jamoalari, sinf rahbarlari majlis o'tkazish uchun asosli tayyorgarlik ko'rishlari, qachon va qanday holda majlis o'tkazish va undan ko'zlangan maqsad rejalarini mukammal ishlab chiqishlari, to'plangan tajribalarni tahlil qilish, ota-onalardan kimlar so'zga chiqishi haqida kelishib olishlari lozim. Ana shundagina majlisning tarbiyaviy samaradorligi ta'minlanadi[9].

NATIJA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Ota-onalarning tarbiyaga oid bilimini oshirish uchun jonli, hayotiy mavzularda qiziqarli ma'ruza, suhbatlar tashkil etish tavsiya etiladi. Bunda oilaning o'zaro munosabatlari, oilaviy tarbiyada o'qituvchining tutgan o'rni, ularga ta'sir etish va boshqa sifatlarni chuqur tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotiy bo'lmagan misollar, umumlashtirishlar, quruq ma'ruzalar hech qanday samara bermasligini hamma tushunadi. Maktab va oila hamkorligidagi ishlarda qo'shimcha uslublardan ham foydalanish yaxshi natija beradi. Jumladan, tashkilotchilarning ota-onalarning o'zlari o'z xatti-harakatlarini, xulq-odoblarini tanqidiy baholashlari, ma'qullash va muhokama yuritish metodlarni qo'llashdagi shaxsiy ta'sirni hisobga olish nihoyatda muhimdir. Bunday xatti-harakatlarga doir usullar, odatda, jamoatchilik tomonidan ijobiy baholangan bo'lishi kerak. Chunki kattalar faoliyatining ijobiy yoki salbiy baholanishi ular ko'rsatadigan tarbiyaviy ta'sirning kuchini yo oshiradi, yoki kamaytiradi. Maktablarda ota-onalar bilan ishlashda esga solish, maslahat, taklif, iltimos, talab kabi uslublar ham mavjud bo'lib, ulami o'rni kelganda, o'z vaqtida qo'llash yaxshi samara beradi. Ularni tatbiq etishda nihoyatda nazokatli bo'lish, kishi shaxsini hurmat qilish tavsiya etiladi.

O'quvchilarning o'z-o'zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta'sirchan vositasidir. Bu bolalar va o'smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi.

O'z-o'zini idora qilish - tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O'quvchilar o'z-o'zini boshqaruvi o'quvchilar tomonidan fan va mashg'ulotlarning to'liq o'zlashtirilishiga, biror kasb o'rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo'lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko'z qorachig'iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko'maklashadi.

O'z-o'zini boshqarish o'quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta'lim muassasasida ma'naviy muhitni saqlash ma'muriyatga qo'shimcha ta'lim olish uchun o'quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko'maklashadi.

O'quvchilar o'z-o'zini boshqaruvi a'zolari maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o'tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar.

O'quvchi shaxsini shakllantirishda oila, maktab hamkorligini amalga oshirish uchun bir qancha uslublardan foydalanish mumkin.

Buning uchun avvalo oila va maktabda ta'lim va tarbiya sohasiga e'tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, didektiv ko'rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, maktab hamkorligi faoliyati o'ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo'lishi zarur.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

O'tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko'rgazmali, ta'sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo'nda, estetik jihatdan keng ko'lamli bo'la olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo'lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog'lom avlod uchun", "Ota-onangga hurmat", "Odobingga balli", "Sog' tanda sog'lom aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O'g'lim posbonim", "Hayot-ustoz, xalq - muallim", "O'zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas'uliyat", "Oila sabokdari", "Oila etikasi", "Oila tinch - mahalla tinch", "Mustaqil hayot bo'sag'asida", "Askarlik - yigitlik maktabi", "Oila baxti- Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo'lishi mumkin[7].

O'quvchi shaxsini maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o'qish jarayoni bilan bevosita bog'liq, malaka va ko'nikmalarga yo'naltiriladi Ular birinchidan bolani diqqatini bir joyga jalb qilishni o'rganish kerakligi, ikkinchidan-uning bilimlarini to'ldinb, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish kerakligi, uchinchidan — maktabga bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini ta'kidlab aytishadi Ba'zilar bolalarning irodaviy sifatlarini rag'batlantirish va mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular bolaning qobiliyatli va tirishqoq bo'lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni, harakatchanlikni shaklantirish, ya'ni uning butun xulqini shaklanirish, qo'l amaliyotini rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan.

Ota-onalarning ko'pchiligi 1-sinfga borishdan oldin bolaga o'qish va yozishni o'rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola maktabga borganda o'qishga qiziqishni yo'qotib qo'yish mumkin, darslarda bee'tibor bo'lishi mumkin deb o'lashadi. Ularning bolaga o'qish va yozishni o'rgatmasliklarining yana bir sababi -maktab talablarini bilmay turib, noto'g'ri o'rgatib qo'yishdan qo'rqishadi. O'qish va yozish bu faqat maktab faoliyat turlari va ularni o'rgatish maxsus tayyorlangan o'qituvchilar ostida amalga oshirish kerak deb hisoblashadi.

Ota-onalarning boshqa bir guruhi bolaning maktabga borishdan oldin o'qish va yozishga o'rgatishga intiladilar. Ular bolaga maktab tomonidan qo'yilgan talablari va 1-sinfda o'qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun oldindan olingan (o'zlashtirilgan) malakalar bolaga har qanday topshiriqlarni bajarishga yordam beradi va natijada, ortiqcha zo'riqishni oladi, deb asoslab berishadi va to'g'ri yo'l tutishadi. Shunday ekan ma'naviy barkamol insonni shakllanishida oilaning tutgan o'rni juda katta va bu faoliyatni uzluksiz tarzda oilaning kattalari ya'ni ota-onalar bilan birgalikda olib borish o'rinlidir.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Karimov I.A. "Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir". Т., Sharq, 1997-y.

2. I.A. Karimov I.A. "Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot - pirovard maqsadimiz". Т., O'zbekiston. 2000. 8-tom.

3. Karimov I.A "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch"—Т.: Ma'naviyat, 2008

4. Karimov I.A "Barkamol avlod orzusi". Т., "O'zbekiston", 1998-у.

5. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi

6. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Т., O'qituvchi. 1994.

7. Almetov N. Pedagogika. Savollar va javoblar. 2001.

8. Hasanboeva O. "Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya". Т., 1998-y.

9. Otavaliyeva U. "Bola tarbiyasida bog'cha va oila hamkorligi". Т.,1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.