Научная статья на тему 'OILA TARBIYASI ASOSLARI'

OILA TARBIYASI ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2485
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Oila tarbiyasi / oila a’zolari / ota-ona / obyektiv va subyektiv omillar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sitora Farhod Qizi Rajabova

Ushbu maqolada oila tarbiyasining mohiyati, uni tashkil etish shakli, metodi va vositalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA TARBIYASI ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

OILA TARBIYASI ASOSLARI

Sitora Farhod qizi Rajabova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU 205-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oila tarbiyasining mohiyati, uni tashkil etish shakli, metodi va vositalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Oila tarbiyasi, oila a'zolari, ota-ona, obyektiv va subyektiv omillar.

Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasi muhim o'rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta'sirchan kuch — oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro'sining yuqori bo'lishi, bolalarga talab qo'yishda oila kattalari o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e'tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo'yish, oilada qat'iy rejim va kun tartibini o'rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o'zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo'llabquvvatlash va hokazolar.

Oila tarbiyasi, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi.

Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta'minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila budjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog'lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar obyektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o'zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.

Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e'tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko'rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g'oya!ar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas'ullik, e'tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.

Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to'g'risidagi ma'lumotlarni berib borish, o'z navbatida huquqlaridan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.

Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini hosil qiluvchi o'ziga xos maskan sanaladi. Bolalar «Vatan», «xalq» tushunchalarining mohiyatini dastlab ana shu maskanda o'zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o'zi Vatanning bir bo'lagidir. Oila sha'nini himoya qilish, uni saqlash to'g'risida qayg'urishning Vatanning sha'ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg'ulari bilan uzviy bog'liq bo'lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo'lishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo'ladi. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo'lib voyaga yetishlarida ota - ona , oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy dunyosi o'ziga xos o'rin tutadi.

Xulosa qilib aytganda, oilaviy tarbiyani oqilona tashkillashtirish, oilada bola tarbiyasiga ijodiy yondashish, bolalarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga erishish ularning shaxs sifatida to'laqonli shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. J.Hasanboyev, X.A.To'raqulov, I.Sh.Alqarov, N.O'.Usmanov. PEDAGOGIKA (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. Toshkent — «Noshir» — 2011.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.