Научная статья на тему 'SULFIDLI KOLLEKTIV BOYITMANI SUV BUG’I BILAN ISHLOV BERIB, GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASH'

SULFIDLI KOLLEKTIV BOYITMANI SUV BUG’I BILAN ISHLOV BERIB, GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
375
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xondiza koni / kollektiv boyitma / issiq bug’li qayta ishlash / termonazorat / desulfirizatsiya darjasi / Gibbs energiyasi / metall sulfidlari. / Khandiza deposit / collective enrichment / hot steam processing / thermonuclear control / desulfurization rate / Gibbs energy / metal sulfides

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Abdurahmonov S.A., Masidiqov E.M., Nurmatov M.A.

Dunyo amaliyotida sulfidli polimetall Zn-Pb-Cu li va Zn-Pb li rudalarni flotatsiya usulida boyitish ancha keng tarqalgan. Bunda rudani dastlab kollektiv so’ngra selektiv flotatsiyalab, Zn, Pb va Cu boyitmalari olinadi. Keyinchalik bu boyitmalar tarkibidan metallar turli usullar (gidrometallurgik, pirometallurgik) bilan ajratib olinadi. Quyidagi maqolada sulfidli kollektiv boyitmalarni qizdirilgan suv bug’i ishtirokida termik ishlov berish orqali gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad xomashyoni kompleks qayta ishlash bo’lib, shuningdek bir qancha qimmatbaho metallarni to’liq ajratib olish texnologiyasini yaratish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARATION OF SULFID COLLECTIVE FERTILIZER FOR HYDROMETALLURGICAL PROCESSING BY WATER VAPOR

In world practice, flotation enrichment of sulfide polymetallic ores Zn-Pb-Cu li and Zn-Pb li is more common. The ore is first collectively and then selectively flotated to obtain Zn, Pb and Cu concentrates. Subsequently, metals are separated from these concentrates by various methods (hydrometallurgical, pyrometallurgical). The following article provides information on the preparation of sulfide collective concentrates for hydrometallurgical processing by heat treatment in the presence of heated water vapor. The main purpose of this is the complex processing of raw materials, as well as the creation of technology for the complete extraction of several precious metals.

Текст научной работы на тему «SULFIDLI KOLLEKTIV BOYITMANI SUV BUG’I BILAN ISHLOV BERIB, GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASH»

Scientific Journal Impact Factor

SULFIDLI KOLLEKTIV BOYITMANI SUV BUG'I BILAN ISHLOV BERIB, GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASH

I.Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasiprofessori,

I.Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi katta

I.Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi magistranti

Annotatsiya. Dunyo amaliyotida sulfidli polimetall Zn-Pb-Cu li va Zn-Pb li rudalarni flotatsiya usulida boyitish ancha keng tarqalgan. Bunda rudani dastlab kollektiv so 'ngra selektiv flotatsiyalab, Zn, Pb va Cu boyitmalari olinadi. Keyinchalik bu boyitmalar tarkibidan metallar turli usullar (gidrometallurgik, pirometallurgik) bilan ajratib olinadi. Quyidagi maqolada sulfidli kollektiv boyitmalarni qizdirilgan suv bug'i ishtirokida termik ishlov berish orqali gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad xomashyoni kompleks qayta ishlash bo'lib, shuningdek bir qancha qimmatbaho metallarni to'liq ajratib olish texnologiyasiniyaratish hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Xondiza koni, kollektiv boyitma, issiq bug'li qayta ishlash, termonazorat, desulfirizatsiya darjasi, Gibbs energiyasi, metall sulfidlari.

Аннотация. В мировой практике более распространено флотационное обогащение сульфидных полиметаллических руд Zn-Pb-Cu li и Zn-Pb li. Руда сначала коллективно, а затем выборочно флотаруется для получения концентратов Zn, Pb и Cu. В дальнейшем металлы из этих концентратов отделяют различными методами (гидрометаллургическим,

пирометаллургическим). В данной статье представлена информация о подготовке сульфидных коллективных концентратов для гидрометаллургической переработки термической обработкой в присутствии нагретого водяного пара. Основная цель этого - комплексная переработка сырья, а также создание технологии полного извлечения нескольких драгоценных металлов.

Abdurahmonov S.A.

t.f.d (DSc). Masidiqov E.M.

o'qituvchisi Nurmatov M.A.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: месторождение Хандиза, коллективное обогащение, обработка горячим паром, термоядерный контроль, скорость обессеривания, энергия Гиббса, сульфиды металлов.

Abstrarct. In world practice, flotation enrichment of sulfide polymetallic ores Zn-Pb-Cu li and Zn-Pb li is more common. The ore is first collectively and then selectively flotated to obtain Zn, Pb and Cu concentrates. Subsequently, metals are separated from these concentrates by various methods (hydrometallurgical, pyrometallurgical). The following article provides information on the preparation of sulfide collective concentrates for hydrometallurgical processing by heat treatment in the presence of heated water vapor. The main purpose of this is the complex processing of raw materials, as well as the creation of technology for the complete extraction of several precious metals.

Keywords: Khandiza deposit, collective enrichment, hot steam processing, thermonuclear control, desulfurization rate, Gibbs energy, metal sulfides.

"Xondiza" kon boshqarmasi tarkibiga, zamonaviy kon va boyitish dastgohlari bilan jihozlangan shaxta va boyitish fabrikasi kiradi. 2015 yilda korxona polimetallik rudalarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha o'zining loyihaviy quvvatiga erishdi, bu ko'rsatgich yiliga ruda bo'yicha 650 ming tonnani tashkil etdi. "Xondiza" kon boshqarmasi boyitish fabrikasining yillik ishlab chiqarish unumdorligi, rux boyitmasi bo'yicha 60 ming tonnani, qo'rg'oshin boyitmasi bo'yicha 30 ming tonnani va mis boyitmasi bo'yicha 3 ming tonnani tashkil etadi. "Xondiza" kon boshqarmasi tomonidan ishlab chiqariladigan rux boyitmasi, rux zavodi ishlab chiqarish quvvatining faqat 25% qondiradi.[1]

Maqsad. Metall sulfidlarini noan'anaviy (suv bug'i ishtirokida) usul bilan kuydirish texnologiyasini ishlab chiqish.

Vazifa. Sulfidli kollektiv boyitmani kimyoviy va moddiy tarkibini aniqlash, Turli xil parametrlar orqali kollektiv boyitmani oksidlanishiga bog'liqligini o 'rganish, tajriba natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash.

Tadqiqot obyekti. OlmaliqKMK AJ ga qarashli Xondiza KB boyitish fabrikasida kollektiv boyitish natijasida olingan boyitma.

Ushbu maqolada bilishning obyektivlik usuli hamda "Xondiza" kon boshqarmasi tarkibiga kirgan polimetallik rudalarni qiyosiy-tavsifiy metodidan foydalanilgan holda mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, polimetallik rudalarni

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

shakllanish davri, rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan adabiyotlar o'rganildi. S.R. Xudoyarov, S.B. Mirzajonovalarning "Metallurgiyaga kirish" nomli o'quv qo'llanmasi hamda siyosiy nutqqa oid ilmiy maqolalar mantiqiy izchillik jihatidan tahlilga tortilgan.

Tadqiqot metodikasi. Tajriba ishlarini bajarish uchun 20 kg sulfidli polimetall kollektiv boyitma suv bug'i yordamida aylanma quvurli elektr pechda qayta ishlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xomashyodan qimmatbaho metallarni ratsional va kompleks qayta ishlab ajratib olish rangli metallurgiyada muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda Xondiza KB dan olingan ruda namunasi kimyoviy tahlil natijalari keltirilgan.

1-jadval

Ruda namunasining o'rtacha kimyoviy tahlil natijalari.

№ Komponent Ulushi, % da Komponent Ulushi, % da

1 Kremnezyem 71,80 Pb 2,54

2 Temir oksidi (3+) 3,00 Zn 5,12

3 Temir oksidi (2+) 1,80 Cu 0,60

4 Titan oksidi 0,10 Uglevodorod oksid —

5 Marganets oksidi 0,01 - H2Otitr 0,80

6 Glinozyem 5,20 Sumumiy 6,00

7 Kaltsiy oksid 0,20 Oltingugurt oksid (6+) -

8 Magniy oksid — Oltin 0,00

9 Kaliy oksid 0,15 Kumush 40,00

10 Natriy oksid 0,08

Jadvaldan ko'rinib turibdiki namunada qimmatbaho komponentlar miqdori : Pb - 2.54 %, Zn - 5.12 % va Cu - 0.6 % ni tashkil etmoqda. Sulfidli Pb-Zn li rudalarni dastlabki kollektiv flotatsion boyitish natijasida olingan kollektiv boyitma tarkibi esa quyida keltirildi [2].

2-jadval

Optimal rejimda boyitmani ikki bosqichli tozalash orqali olingan flotatsiya

mahsulotlarining miqdoriy natijalari.

№ Mahsulot Chiqishi, % Miqdori, % Ajratib olish darajasi, %

Pb Zn Cu Pb Zn Cu

1 Kollektiv konsentrat 15.5 18.15 30.12 2.85 85.9 91.2 74.6

2 Oraliq mahsulot 1 6.8 0.69 1.14 0.29 1.4 1.5 3.3

3 Oraliq mahsulot 2 2.7 3.52 5.98 0.38 2.9 3.2 1.7

4 Xvost (chiqindi) 75.0 0.44 0.28 0.16 10.1 4.1 20.4

5 Ruda 100.0 2.48 5.10 0.59 100.0 100.0 100.0

Ma'lumki xomashyoni boyitilgan kislorodli havo yordamida pirometallurgik qayta ishlash vaqtida haroratning ortib ketishi pech futerovkasining yemirilishini tezlashtiradi. Mana shu muommo metall sulfidlarini qizdirilgan suv bug'i bilan qayta ishlash ustida tadqiqot olib borishga turtki bo'ldi (bu yerda qizdirilgan suv bug'i termonazorat vazifasini bajaradi va jarayonda endotermik reaksiya ketadi).

Amaliyotda Fe,Cu,Pb,Zn sulfidlarini suv bug'i bilan ta'siri tog'risida bir qancha ma'lumotlar to'plangan shuningdek past haroratlarda metal sulfidlarini suv bug'ida qayta ishlab oksid formaga o'tqazish jarayonlar kimyosi ham keltirilgan [3, 4].

Past haroratlarda metal sulfidlarining suv bug'lari bilan o'zaro ta'sirini Tompson va Tillinglar tadqiq qilishga olimlarning aniqlashicha harorati 430 oC gacha oshirish kuyindida eruvchm sulfatlarning miqdori oshib boradi. Agarda harorat 680 oC dan ko'tarilsa u holda temir sulfatlari parchalanadi. Mana shu ma'lumotlar jiddiy tadqiqotlar o'tkazish uchun asos bo'la oladi.

Rux sulfidining suv bug'i va O2 ishtirokida qayta ishlangandagi reaksiyasi quyidagicha [5]:

ZnS+H2O+1,5O2=ZnSO4+H2 (1)

Rux sulfidining reaksiyalari quyidagicha kechadi:

ZnS+H2O=ZnO+H2S (2)

Scientific Journal Impact Factor

H2S+CaO=CaS+H2O (3)

ZnS+CaO=ZnO+CaS (4)

Jarayonda CaO ning haddan ortiq miqdorda ko'pligi butun kechadigan reaksiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

3-jadval

Metall sulfidlarining suv bug'i bilan o'zaro ta'sirlashish reaksiyalarining Gibbs

energiya qiymatlari.

Reaksiya MexS Gibbs energiyasi

AG0, kDj/mol

900 K 1000 K 1100 K

CaO + H2S(g) = CaS + H2O(g) - -75,1 -70,4 -66,4

MexS + H2O = MexO + H2S MoS2 56,2 55,1 54,1

ZnS 65,0 64,8 64,2

NiS 75,6 77,6 79,5

Cu2S 150,4 155,2 159,1

FeS 50,2 51,0 51,6

PbS 107,2 108,0 109,0

MeS + CaO = MexO + CaS MoS2 -19,2 -15,3 -12,3

ZnS -10,4 -5,6 -2,2

NiS -0,2 7,2 13,1

Cu2S -75,0 84,8 92,7

FeS -25,2 -19,4 -14,8

PbS -31,8 37,6 42,6

Yuqoridagi holatlardan ko'rinib turibdiki rangli metal sulfidlarini eritmasdan turib ham oksid formaga o'tqazish imkoniyati mavjud buning uchun oksidloovchi sifatida suv bug'i ishlatilsa bo'ladi. Qo'shimcha qilib aytish mumkinki atrof muhitga zaharli SO2 gazlarni ajralishini oldini olish ham mumkin ya'ni tovar holida CaS ajratib olishning imkoniyati mavjud.

PbS ning erish harorati 1114 oC bo'lib oddiy sharoitda 400-500 oC da qizdirilsa quyidagi reaksiyalari kechadi:

2PbS+3O2=2PbO+2SO2 (asosiy reaksiya), (5)

PbS+2O2=PbSO4 (6)

Pb vodorod bilan 600 oC haroratda tiklanadi.

PbS+H2=Pb+H2S (7)

Ternir (II) sulfidini suv bug'i bilan oksidlanishi haqida bir qancha tadqiqotchilar izlanishlar o'tkazgan. Ma'lumotlarga ko'ra FeS va H2O(g) o'zaro ta'sirlashish reaksiyasi quyidagicha kechadi:

FeS+H2O=FeO+H2S (8)

3FeS+10H2O=FesO4+3SO2+10H2 (9)

Xalkopiritni suv bug'i bilan qayta ishlash jarayonida harorat 400 oC dan ortiq bo'lishi kerak. Shunda xalkopirit magnetit Fe3O4, bornit Cu5FeS4 va Cu4.96S larni hosil qildi.

l.l-rasm. Haroratga S miqdorining i 2-rasm. Jarayon davomiyligiga S miqdorining bog'liqlik grafigi. bog'liqlik grafigi

1.3-rasm. Havoni berish tezligiga S 1.4-rasm. Bug'- gazli aralashmadagi suv miqdorining bog'liqlik grafigi. bug'lari ulushining S miqdoriga bog'liqlik

grafigi.

Suv bug'ining metal sulfidlari bilan reaksiyasi juda past muvozanat koefitsiyentiga ega. Shu sababli chiqayotgan gazlarni o'ziga yutish uchun jarayonga CaO qo'shildi. (3-jadval)

Metall sulfidlarining suv bug'lari bilan o'zaro ta'sirlashish reaksiyalarini o'rganish uchun biz metal sulfidlarini tabletka holida oldik va uni CaO ishtirokida qayta ishlash esa o'z navbatida olingan namunani (tabletka holidagi) g'ovaklik darajasiga kata ta'sir ko'rsatdi. Ta'sirlashish jarayonlari quyida keltirilgan.

FeS ni oksidlanish darajasining haroratga bog'liqligi shuni ko'rsatdiki 750-850oC da FeS va suv bug'ining ta'sirlashishi quyidagi tartibda boradi:

Bu yerda:

x - moddaning ta'sirlashgan miqdori, mol/1000 gr k - reaksiyalarning tezlik konstantasi ( 4 jadval)

Harorat ko'tarilishi bilan reaksiya ham tezlashadi. Masalan (1 rasm a,b) tajriba boshlangandan keyin 2 daqiqa o'tib haroratni 750 oC dan 850 oC gacha oshirilganda FeS ning desulfirizatsiya darajasi 29 dan 75 % gacha yetdi. Oksidlanish tezligi ushbu tenglama bilan belgilanadi:

V=0.244+0.00362 (t - 1150)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu yerda:

V - oksidlanish tezligi, mg/s t - harorat oC

Kislorod bilan boyitilgan havo tarkibidagi suv bug'ining miqdori oksidlanish tezligiga bog'liq ( 1 rasm a,b diagramma ). Agarda harorat 850 oC da namlantirish 10 dan 50 % gacha oshirilganda formula quyidagicha bo'ladi:

V=0.206+0.0131 (Ch2O - 10)

Bu yerda : CH2O - kislorod bilan boyitilgan havo tarkibidagi suv bug'ining ulushi, %.

4-jadval

FeS ning suv bug'i ishtirokida oksidlanish reaksiya tezligining konstanta

ko'rsatkichlari. (Bug'ning sarfi 1 l/min)

Kislorod bilan t, oC - lg K

boyitilgan havo

tarkibidagi H2O hajmi,

%

750 1,221

10 850 1,045

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

900 0,833

750 0,986

35 850 0,581

900 0,658

750 0,670

50 800 0,574

850 0,444

900 0,134

Xomashyoning mineralogik tarkibida shu aniqlandiki FeS ning oksidlanishi 1 reaksiya bo'yicha kichadi. Jarayonga ortiqcha suv bug'ining berilishi va SiO2 ning ishtirokisiz FeS magnetit Fe3O4 gacha oksidlanadi.

Mis sulfidining suv bug'i va O2 ishtirokida qayta ishlangandagi reaksiyasi quyidagicha [6] :

2CuS+H2O+1.5O2=2CuO+H2S+SO2 (10)

Cu2S ning suv bug'i yordamida oksidlanishining natijalari 1-rasm d,e diagrammalarda tasvirlangan.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1-rasm. FeS (a,b) va Cu2S (d,e) laming desulfirizatsiya darajasining o'zgarishini tajriba ishining davomiyligiga bog'liqligi.

a,d: 1-10, 2-35, 3-50, 4-70 % H2O (t=850 oC)

b,e: 1-750, 2-800, 3-850 900oC ( Ch2o = 50 %)

FeS kabi CU2S ham desulfirizatsiya darajasining tezligi xomashyo tarkibidagi S konsentratsiyasining o'zgarishiga amalda umuman aloqasi yo'q. (4 va 5 jadval). Aktivlanish energiyasi FeS da 120-136 kDj/g-mol va CU2S da esa 180-200 kDj/g-molni tashkil etdi.

Sulfidlarni aktivlanish energiyasinining tabiatini 2 xil izohlash mumkin:

1. Me-S o'zaro bog'langan atomlarni bir biridan ajratishning amalda

murakkabligi.

2. Suv molekulalarining sulfidli birikmalarni adsorbsiyalanish xususiyatini bir

xilda emasligi.

Ko'pchilik olimlarning ta'kidlashicha jarayonni boshlanish vaqtida quyidagi reaksiyalar kichadi:

FeS+3H2O=FeO+SO2+3H2 (11)

FeS+3Fe304=10Fe0+S02 (12)

3Fe0+H20=Fe304+H2 (13)

FeS konsentratsiyasining keskin tushib ketishi esa 1 va 6 reaksiyalarni borishi kuzatiladi.

Laboratoriya sharoitida tajriba ishlari 2-rasmda ko'rsatilgan qurilmada olib borildi. Namuna og'irligi 750 gr. Qurilma asosan parogenerator, sovitish va vozgonlarni tutib qoluvchi tizim, vakuum nasos va ichki diametri 53 mm uzunligi 517 mm li aylanma quvurli elektr pechdir. Pechning ichki qismi futerovkasi kvarsli quvurli bo'lib, kojux esa metalldan tayyorlangan [7].

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5-jadval

Turli xil harorat hamda suv bug'larida FeS ning desulfirizatsiyalanish tezligi

(36.5 % S)

CH2O, % t, oC Desulfirizatsiya V106, g-

darajasi, % atom/(sm2-c)

Tajriba Tajriba Tajriba Tajriba

1 2 1 2

10 750 33.62 27.10 0.70 0.95

850 33.12 26.21 1.00 1.46

900 32.71 25.48 1.72 2.15

35 750 33.62 23.11 1.09 1.85

800 33.30 22.12 2.02 2.51

850 33.12 22.61 2.84 4.74

50 750 32.94 23.11 2.25 3.60

800 33.39 23.78 2.75 4.57

850 33.67 23.49 3.55 6.46

900 34.21 23.84 7.56 12.20

Kvarsli quvurning ustki qismi slyuda bilan qoplangan va pechni qizdirish uchun slyuda ustidan nixromli sim bilan o'ralgan. Kojux hamda futerovka oralig'i issiqlikni o'zida saqlab qoluvchi material - asbest bilan to'ldirilgan[8].

Pech tayanchga mahkamlangan, 2 tomoni tuynukli qopqoq bilan berkitilgan. Bu tuynuklar orqali asosan xomashyoni yuklash, mahsulot chiqarish, bug' berish va ajralib chiqayotgan vozgonlarni chiqishi uchun xizmat qiladi. Pechni qiyalik darajasi esa 0 dan 12 o gacha bo'ladi va uni elektrodvigatel orqali tishli uzatgich yordamid a tezligi daqiqasiga 8 marta aylantiriladi [9].

Tajriba ishi quyidagi ketma ketlikda bajariladi. Boyitma 110-115 oC haroratda dastlab quritiladi so'ngra aylanma quvurli elektr pechga yuklanadi. Pechda harorat 275 oC ga yetganda parogeneratordan suv bug'i beriladi. Jarayondan chiqayotgan chiqindi gazlar CuSO4 va H2O2 solingan adsorberlardan o'tadi [10]. Tajriba ishi boshlanishida va oxirida adsorberlardagi H2S va SO2 larni miqdorlarini aniqlash uchun namuna olib tekshirib turiladi. Adsorbsion eritmadagi S miqdoriga qarab kollektiv boyitmani parchalanish darajasi aniqlanadi. Tajriba ishlari yakunlangandan keyin qurilma sovitilib ichidan kuyindi chiqariladi kuydirishdan oldingi namuna massasi va jarayon tugagandan keying kuyindi massasini aniqlash uchun kuyindini

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tarozida tortib ko'rildi, shundan so'ng oksidlanish darjasi topildi. Olingan kuyindi esa keying bosqichga qayta ishlash uchun yo'naltirildi [11].

2-rasm. Sulfidli kollektiv boyitmani kuydirish uchun dastgoh sxemasi.

I- Aylanma quvurli pech, 2- xalqali kontakt, 3- grafitli kontakt, 4- dvigatel, 5-paroregenerator,

6- quvursimon spiral, 7- ACOН transformatori, 8- muzlatkich, 9- manometr, 10-Havoli nasos,

II- Havoni so'rib olishni muvozanatlovchi shishali shar, 12- pech qiyaligini ko'rsatkich,

13- kvartsli quvur, 14- nixromli spiral.

XULOSA.

Tajriba ishini bajarish natijasida quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

1. Suv bug'i bilan qayta ishlashning optimal sharoitlari aniqlandi: harorat - 850 oC; suv bug'ining sarfi 18-20 ml/min; kuydirish davomiyligi - 60 - 80 min.

2. Suv bug'i bilan qayta ishlashda olingan kuyindi tarkibida oltingugurtning umumiy ulushi 1.3 % dan kam bo'ldi. Amalda qo'llaniladigan a'nanaviy kuydirishda bunday ko'rsatkichga erishish qiyin kechadi.

3. Jarayon natijasida ajralib chiqayotgan zararli gazlarning utilizatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi.

4. Suv bug'ining qo'llanilishi pech futerovkasini uzoqroq muddat xizmat qilishini ta'minlab beradi.

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

[1] - Xudoyarov S.R., Mirzajonova S.B. Metallurgiyaga kirish. Ma'ruza matni. -Toshkent: ToshDTU, 2017

[2] - Умарова И. К., Аминжанова С. И., Салижанова Г. К., Каландаров К. С. Технологические исследования на обогатимость полиметаллической руды месторождения Хандиза // Известия вузов. Горный журнал. 2020. № 4. С. 70-79. DOI: 10.21440/0536-1028-2020-4-70-79

[3]- Аскарова Н.М., А.У.Самадов. ВОЗМОЖНОСТИ ПЕРЕРАБОТКИ ШЛАКОВ МЕДНОГО ПРОИЗВОДСТВА ГИДРОМЕТАЛЛУРГИЧЕСКИМ СПОСОБОМ. // Вестник науки и образования. №10 (88). 2020. С. 36-39.

[4] - Toshqodirova R.E. RUX ISHLAB CHIQARISH TEXNOGEN CHIQINDISI -KLINKERNI QAYTA ISHLASH // International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences. 2020. №2. С.46-51. DOI: 10.24412/2181-144Х-2020-2-46-51

[5] - Абдурахмонов С.А. О механизме взаимодействия сульфидов с парами воды. Материалы научно теоретической и технической конференции Истиклол-5. Навоий, май 1997, часть1.- С.51-52.

[6]-Абдурахмонов С.А., Курбанов Ш.К., Холикулов Д.Б., Ахтамов Ф.Э.,Рахмонов И.Ю. ПОДГОТОВКА СУЛЬФИДНЫХ РУД И КОНЦЕНТРАТОВ К ГИДРОМЕТАЛЛУРГИЧЕСКОЙ ПЕРЕРАБОТКЕ МЕТОДОМ ТЕРМОПАРООБРАБОТКИ Горный вестник Узбекистана №4 9195 с

[7]- SA Abdurahmonov, QH Komilovich, NM Abdakim o'g'li - ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2021. POLIMETALL SULFIDLI KONSENTRATLARNI QAYTA ISHLASHNING SAMARALI TEXNOLOGIYALARI.

[8] - Xoliqulov D.B., Xaydaraliev X.R., Qarshiyev H.K. "OLMALIQ KMK" AJ RUX ISHLAB CHIQARISH ZAVODI SHAROITIDA RUX KEKLARINI GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI TAHLIL QILISH. // © Journal of Advances in Engineering Technology Vol.2(2), Dec, 2020 DOI: 10.24412/2181-1431-2020-2-54-58 14. [9] - E. M. Masidiqov., S. Karshiboev. POSSIBILITIES OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE TECHNOLOGY OF HYDROMETALLURGICAL PROCESSING OF LEAD CONCENTRATES // ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385

[10] - Qarshiyev H. K., Shaymanov I. I. RUX ISHLAB CHIQARISH ZAVODIDA HOSIL BO'LAYOTGAN ORALIQ MAHSULOTLARDAN KOBALTNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARINI O'RGANISH //Science and Education. - 2021. - T. 2. - №. 3.

[11] - Baxtiyorovich, Xoliqulov Doniyor, and Qarshiyev Humoyun Komilovich. ""OLMALIQ KMK" AJ RUX ISHLAB CHIQARISH ZAVODI SHAROITIDA RUX KEKLARINI GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI TAHLIL QILISH." Journal of Advances in Engineering Technology 2 (2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.