Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA MILLIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA MILLIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
59
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / milliy xususiyat / oyin / maktabgacha yosh davri / psixokorreksiya / milliy o‘z-o ’zini anglash.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rajabova Nafosat Iskandar Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirishda tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar foydalanishi mumkin bo ’lgan o‘yinlar keltirilgan. Har bir o‘yinning maqsadi aniq ifodalangan hamda bolaning yoshiga mos ravishda tanlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA MILLIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmiy-uslubiy JumaH

1VT AT^T ARC АГ^ТТ A VOSTT Г1A VRTFI AiTT ROT AT АТ?Г1 A TVTTT T TV

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA MILLIY

#

>

XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Rajabova Nafosat Iskandar qizi

GulDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7249296

тъ

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirishda tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar foydalanishi mumkin bo 'lgan o'yinlar keltirilgan. Har bir o'yinning maqsadi aniq ifodalangan hamda bolaning yoshiga mos ravishda tanlangan.

Kalit so'zlar: bola, milliy xususiyat, oyin, maktabgacha yosh davri, psixokorreksiya, milliy o'z-o 'zini anglash.

Аннотация: В статье приведены игры которыми может пользоваться

___„ д.__________________________

воспитатели, родители и психологи для формирования национальных

*

особенностей у детей дошкольного возраста. Цель каждой игры ярко выражена и подобрана адекватно для этого возраста.

Ключевые слова: ребенок, национальная особенность, игра, дошкольный

возраст, психокоррекция, национальное самосознание.

Annotation: The article presents the games that can be used by educators, parents and psychologists for forming national characteristics in preschool-aged children.The purpose of each game is clearly expressed and selected according to the age of a child.

Keywords: Child, national characteristics, game, preschool age, psychocorrection, national self-consciousness.

Insonning psixik rivojlanishida, uning ijtimoiylashuvida maktabgacha yosh davri muhim o'rin tutadi. Sababi bola nutqining rivojlanishi, ijtimoiy normalarning egallanishi, rolli o'yinlarda aks etgan kattalarga taqliq shu davlarga xos xususiyatlar hisoblanib, bu orqali bola jamiyatga ijtimoiylashib boradi. Qator olimlarning ta'kidlashicha, bolalarning milliy an'analar, marosimlar, rasm-rusumlar, bayramlarda

J-jt

bevosita ishtirok etishi ularda ma'naviy-axloqiy sifatlar, milliy xarakterning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shu nuqtai nazardan ularda milliy xususiyatlarni rivojlantirishda milliy an'analar aks etgan vaziyatlarni imitatsiya (ko'rsatib berish) qildirish samarali natija berishi mumkin [2 ], [ 4], [ 5].

Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan korreksion ishlarda quyidagi holatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq sanaladi [1]:

¡•>50-' ,> ¡>

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

»

NiiHj-iwuuiT juman

korreksion ishlar mobaynida boladan o'z-o'zini yuqori darajada ixtiyoriy boshqarish talab etilmasligi kerak;

maktabgacha yosh davrida ixtiyoriy diqqatning yetarli rivojlanmaganligini inobatga olib, shuningdek bolalardagi irodaviy va hissiy zo'riqishni oldini olish

m j

maqsadida korreksion tadbirlar ularda o'yin tariqasida o'tkazilishi maqsadga muv°fiq.

Quyida maktabgacha yosh davrida milliy xususiyatlarni rivojlanishga yordam

*

beruvchi o'yinlarni keltirib o'tamiz [3 ].

j

Mashg'ulot.

"Syyujetli rasm " o 'yini

O'yin maqsadi: Bolalarda ijtimoiy xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish, ularda axloqiy me'yorlar haqida tushuncha hosil qilish asosida milliy xususiyatlar bilan tanishtirish.

Bolalarga ijobiy va salbiy holatlar tasvirlangan bir necha kartochkalar ko'rsatiladi. Masalan, avtobusda mo'ysafidga joy berayotgan bola, kattalarga salom bermay, bepisand o'tib ketayotgan qiz, onasiga ko'maklashib, hovli supurayotgan farzand, ko'chada qo'lidagi qog'ozni yerga uloqtirib ketayotgan bola va hokazo. Bu kabi rasmlar bola bilan tahlil qilinib, qaysi xatti-harakat qanday baholanishi so'raladi. "O 'rdak, o 'rdak, g 'oz " o 'yini

O'yin maqsadi: Bolalarda shaxslararo munosabatlar jarayonidagi salomlashish fr odobi, so'rashish ko'nikmalarini shakllantirish.

O'yin ishtirokchilari doira bo'lib turadilar. Boshlovchi doira ichida turadi va doira bo'ylab aylanib, qoli bilan ko'rsatib "O'rdak, o'rdak, o'rdak,... g'oz" deb

to'xtaydi. "G'oz" deganda kimni ko'rsatgan bo'lsa, o'sha ishtirokchi aylanadan

i :

chiqib, boshlovchiga qarama-qarshi tomonga yugurishi kerak. Ularning vazifalari -bo'sh joyni birinchi bo'lib egallashdan iborat. Ammo ahamiyatli tomoni shundaki, boshlovchi va "g'oz" ishtirokchi bir-biri bilan to'qnash kelganlarida, bir-birlariga tabassum qilgan holda qo'l berishlari va "Hayrli tong, hayrli kun, hayrli kech" deb

'M

ko'rishishlari, shundan so'nggina yana bo'sh o'rin uchun harakat qilishlari lozim bo'ladi. Boshlovchi barcha qatnashchilarning "g'oz" vazifasini bajarishlarini va ko'rishish jarayonida so'zlarni aniq hamda baland ovozda aytishlarini nazorat qilishi J-jt lozim.

"So 'zlarni tasvirla " mashqi

O'yin maqsadi: Ushbu o'yin bolalarda tafakkur, hayol jarayonlarini rivojlanishiga yordam berish bilan birga ularni milliy narsa-buyumlar bilan tanishtirishga yordam beradi.

Bolalarga do'ppi, chopon, childirma, karnay, beshik kabi milliy narsa-buyumlar tasviri ko'rsatiladi hamda ovoz chiqarmasdan imo-ishoralar orqali uni boshqa ishtirokchilarga tasvirlab berish aytiladi. Qolgan ishtirokchilar esa uni qanday

m — » ij>

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juman

1 liML 'm 's

predmet ekanligini topishlari talab etiladi. O'yin yakunida har bir predmet qand ay

vazifani bajarishi bolalar bilan tahlil qilinadi. Mashg'ulot

Milliylik tilda aks etar ekan, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash uchun eng

№1

avvalo uni o'z ona tilida erkin, tiniq va ravon so'zlashga o'rgatish lozim. Bolani dastavval o'z ona tilining go'zal va boy imkoniyatlari bilan tanishtirish, uni o'z ona tilida fikrini erkin, go'zal va ravon bayon eta oladigan darajaga yetkazish, shundan

!

so'nggina xorijiy tillarni o'rgatishga kirishish kerak.

Quyida biz maktabgacha yosh davrida bolalarning nutq xususiyatlarini, so'z boyligini oshirishga yordam beruvchi mashqlarni keltirib o'tamiz.

"Ertak aytamiz " mashqi

Mashq maqsadi: o'zbek xalq ertagini birgalikda tahlil qilish orqali bolalarda nutq ko'nikmalarini shakllantirish.

Mashqning borishi: Bolaga tanish bo'lgan ertak, masalan, "Zumrad va qimmat"

û-rfom тгАлаптп + опт тлтЛ on ггог» nimiû+li rn о m 1 nr Vrv'rpofi I nni D r\\ о 1 nrrl on roo m ппа шло

ertagi voqealari tasvirlangan syujetli rasmlar ko'rsatiladi. Bolalardan rasm aso sida

ertakni so'zlab berish so'raladi. Ertakdagi ijobiy va salbiy qahramonlar bolalar bilan tahlil qilinadi.

"Rasmlardan kasblarni top " mashqi

»

m?

Mashq maqsadi: Bolalarning nutq xususiyatlarini o'stirish, so'z boyliklarini

oshirish, milliy tilda so'zlashish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mashg'ulot avvalida turli kasblar tasvirlangan kartochkalar ilib qo'yiladi.

Ko'rsatma: bolajonlar, sizlarga hozir kasblar nomini aytib o'taman. Sizlar esa menga

o'sha kasb tasvirlangan rasmni ko'rsatasiz. Muallim, farrosh, qandolatchi, tarbiyachi

„ „ IééJШ

va hokazo.

Har bir kasb egalari nima ish bilan shug'ullanishi birgalikda tahlil qilinadi.

Odatda sozlashuv jarayonida kam qo'llaniladigan muallim, qandolatchi kabi so'zlarning mashg'ulot mobaynida ishlatilishi bolalarga nutqda so'zlarning sinonimlaridan ham erkin foydalana olishlariga, so'z boyligining oshishiga imkon beradi. "Muallim" so'zini tilga olganda, bu so'z "o'qituvchi" so'ziga ma'nodosh ekanligini bolalarga tushuntirib o'tish lozim.

"Rasmga qarab hikoya tuzing" mashqi

Mashq maqsadi. Bu metodikaning maqsadi bolalarning so'z boyligini

o'rganishdan iborat. Ammo ushbu metodikani nafaqat psixodiagnostik, balki, psixokerreksion maqsadlarda ham qo'llash mumkin.

4 yoshli bolalarga shu yoshga xos rasmlar ko'rsatiladi. 4-5 yoshli bolalarga esa undan biroz murakkabroq rasm ko'rsatiladi. Agar bola tushunmasa yoki diqqati

chalg'ib ketsa, psixolog yoki tarbiyachi unga alohida tushuntirish berib, diqqatini jalb

etadi etadi.

; >vb ы >

>q ] i )> >

a I

• J^SW !

•.¿TALQIN VA TADQIQOTLAR

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

If

ilmiy-uslubiy jumali

—-

№4 2022

>>

#<b>

J >j> p

«•s1

i :

! J>i>

>j*

q ж**

>3* *1>

u>#

3 >>

Ы >

<:> -I i>

>

Ш

Ы)>

+И >

! Й> Щ

» m

>

Ы >

i >j>

Ы i>

Bolalar rasmni tomosha qilishni tugatganlaridan so'ng ko'rgan rasmlari haqida gapirib beradilar. Har bir rasm haqida o'rtacha 2 minut davomida hikoya tuzadilar. Bunda bolaning nutqida qayd etilgan ot, fe'l, sifatniing oddiy shakli, sifatning qiyosiy darajasi, sifatning orttirma darajasi, ravish, olmosh, bog'lovchilar, old qo'shimchalar, qo'shma gap va uning tuzilishiga e'tibor qaratiladi. Bolaning har bir hikoyasidan so'ng psixolog yoki tarbiyachi adabiy so'zlardan foydalangan holda hikoyaga qo'shimchalar kiritib o'tishi lozim.

Bolalar o'yinlari ularning bilish faoliyati (diqqat konsentratsiyasi, xayol jarayonlari, xotira tasavvurlari), individual psixologik sifatlari(irodaviy sifatlar, dunyoqarash, qiziqish va boshqalar), ijtimoiy psixologik (hamkorlikdagi faoliyatga qodirlik, tashkilotchilik va muloqotchanlik, ijtimoiy rol talabiga bo'ysunish kabi) xususiyatlari rivojlanishiga yordam berish bilan birga ularda milliy qadriyatlarning o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Inomova M. Oilada bolalarning ma'naviy ahloqiy tarbiyasi.-T.: TDPU.1999.

2.Mamatov M.M. Etnopsixologiya. -T. 2019.

3.Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh., Atabayeva N.B., Baykunusova G.Yu. Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni rivojlantirishning uslubiy jihatlari. T. 2019. - 64 b.

4.Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh., Atabayeva N.B., Baykunusova G.Yu. O'quvchilarda milliy xususiyatlarni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslari. - T.: Adabiyot uchqunlari. 2018. -125 b.

5.Xasanboyva O.U. Barkamol ablod madaniyati. T.: TDPU. 2010.-52 b.

*

ть

m

щъ

J>

'-^-Ü y>

J

I >

m

Al

Ы >

1*H>

]>Ж

*4>

1 >itb 4 Ж*'

Ъ4>

Qj^f^S). .—

149

Ы ]>

g >: >

Ы >

q щъ

Щ >

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.