INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MAKTABGACHA TA'LIM MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA INTЕGRATSIYALANGAN TA'LIMNI AMALGA ОSHIRISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Karimov Zohid Abduvaliyevich
SamDU o'qituvchisi Samatova Dilnoza Salaidinovna
SamDU o'qituvchisi Omanqulova Shohida Nematillo Qizi
SamDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7184203
Annotatsiya. Integratsiyalangan ta'lim- korgazmali ta'lim sistemasi bolib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida korgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini organadi.
Kalit so^zlar: integratsiya, sanat, estetik ta'lim, interaktiv talim, qoshiq, faoliyat, multimedia,
МЕТОДОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РЕАЛИЗАЦИИ ИНТЕГРИРОВАННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ
МУЗЫКАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация. ^mespupoeaHoe образована - это cucmeMa визуального o6yueHun, которая pacKpbieaem cexpemu развития визуальных навыков на ocнoвe углублeнuя и pacшupeнuя uнmeгpamuвных знаний.
Ключевые слова: uнmeгpamцuя, искусство, эcmemuчecкoe воспитанж, uнmepaкmuвнoe oбучeнue, тсня, дeяmeльнocmь, Мульmuмeдua
METHODOLOGY OF USING MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN THE IMPLEMENTATION OF INTEGRATED EDUCATION IN PRESCHOOL MUSIC
CLASSES
Аnnotation. Integrated education is a system of visual learning that evolve visual skills based on deepening and enhancing integrative knowledge.
Keywords: integration, art, aesthetic education, interactive learning, the song, activity, multimedia
KIRISH
Ma'lumki uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi asosiy bo'g'ini maktabgacha ta'lim tizimi hisoblanadi. Ko'pgina mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra insoniyat o'zining bitun umri davomida oladigan barcha axborotlar va ma'lumotlarning 70% ni 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Shu ma'noda bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishishida maktabgacha ta'lim tarbiyasi qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini aytishimiz mumkin. Bugungi kunda amaliy jarayonlar shuni ko'rsatmoqdaki, maktabgacha ta'lim tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda ularning fikrlash darajasi o'rtasida muayyan darajada farq mavjudligini bilish qiyin emas. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mamlakatimizda millat genofondini mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Muhtaram
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib, biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz, deya ta'kidlagan edilar. Bunday kadrlarni millatning sog'lom genofondini shakllantirish, avvalo maktabgacha talim tizimidan boshlanadi. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shakllantirishda musiqaning imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda musiqaning imkoniyatlaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish masalalari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyulda qabul qilingan maktabgacha ta'lim muassasasining "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida o'z ifodasini topgan.
Maktabgacha ta'lim davri bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan davr hisoblanadi. Shuning uchun, musiqa rahbari mashg'ulotlar jarayonida bolalarda yoshiga mos va ularga tushunarli mazmunda musiqa asarlari go'zalligini his qilish, mazmunini tushunish, Vatanga muxabbat hissi, milliy g'ururini shakllantirish, yorqin ifoda vositalarini farqlash, musiqa asarining 2-3 qismli shaklini mustaqil farqlay olish kabi layoqatlarni tarkib topdirmog'i lozim [4, 125].
Manbalarda musiqaning bola tarbiyasidagi muhim vosita ekanligi haqida kop fikrlar bildirilgan. Musiqada voqelik anglangan va muayyan balandlikdagi badiiy tovush (ton)lar izchilligi, vositasida ifodalanadi. Musiqa koproq nutq aniqrogi, nutq intonatsiyasi bilan chambarchas bogliq. Shu bilan birga musiqada noaniq balandlikdagi (masalan shovqin urib chalinadigan muayyan tonsiz asboblari sadosi va boshqalar) tovushlardan ham foydalaniladi, lekin ular asosan yordamchi vasifani otaydi. Musiqa sanatida tovushlar badiiy umumlashma asosida tipiklashtiriladi. Musiqa aniq tushuncha, konkret predmetlar muayyan vaziyat yoki hodisalarni real (tasavvur qiladigan darajada) ifodalash imkoniyatlariga ega bolmasada, kishi kechinmalari, xilma-xil hislari va kayfiyatlarini, psixologik holatlarini tolaqonli badiiy aks ettira oladi. Musiqa yuzlab, minglab tinglovchilarga emotsional tasir qiladi, ularni tasavvurlarini jalb qilib, his-tuygularini bir yonalishga buradi. Musiqaning inson ruhiyatiga tasiri togrisida qadimdan musiqashunoslar, allomalar ozlarining qarashlarini bayon qilishgan. Ular musiqaning insoniy shaxs sifatida shakllanishiga tasir qiladigan xususiyatlarini anglashga harakat qilingan. Mumtoz asarlarida musiqa uchta yonalishga tasir etuvchi qudratli vosita hisoblanadi. Barkamol avlodni musiqa orqali tarbiyalashning ahamiyati haqida qadimgi yunon olimlari kopgina fikrlarni bayon qilishgan. Chunki, kelajak jamiyat azosining axloqiy va fuqarolik sifatlarining shakllanishi bolalikdan boshlanadi.
Jamiyatimizning barcha faoliyat sohalarida tub qayta o'zgarishlar bo'layotgan bir sharoitda o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatni rivojlantirishning o'tish bosqichidagi vaziyat insonni mavjudligini, mazmunini anglash jarayonlarini, talim tizimini insonparvarlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Bu bosqichda respublikamizdagi maktabgacha talim tarbiyalanuvchilarining estetik talim tarbiyasining qadr-qimmati o'sib bormoqda. Aynan san'at vositasida insoniyatning manaviy tajribasi avloddan-avlodga otkazish asosida amalga oshiriladi. Bu esa avlodlar aro aloqani qayta tiklashga yordam beradi. Shu narsa ham muhimki sanat «ximoya qiluvchi, kamar» rolida ham namoyon bo'ladiki, bu rol esa bolani zoravonlik va shavqatsizlik g'oyalar tasiridan asraydi. Sanat bolalarga chor atrofimizdagi dunyoni to'la-to'kis qiyofasini tasavvur etishga yordam beradi, turli xil hayotiy vaziyatlarda to'g' ri qaror qabul qilishni osonlashtiradi._
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Keyingi vaqtlarda maktabgacha talim tashkilotlarida musiqa mashgulotlarini amalga oshirishda integrallashgan talim metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi, bolada onavatanga muhabbat, insoniy fazilatlarni shakllantirish musiqa mashgulotlarining asosiy maqsadi sanaladi. Shu manoda musiqa sanatini o'rganish bo'yicha integrallashgan mashg'ulotlar keng rasm bo lishi qonuniy tus oldi. Integrallashgan estetik shakl musiqa mashgulotlarida, sanat predmetlarini integrattsiyalashi, bolalarni sanat predmetlarni oqitishning muqobil tizimi, ekanligini takidlash imkonini beradi.
Integratsiya - o'qituvchining turli fanlar bo'yicha kuzatishlari va xulosalarni tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllari almashib turishi orqali o'quvchilar charchashi va asabiylashishining oldini oladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Bugungi kunda maktabgacha talim tizimida talimiy va tarbiyaviy mashgulotlarni integratsiyalash to'g'risida kop soz yuritilmoqda. Olimlar va amaliyotchi tarbiyachilar bolalarda qanday qilib dunyo to'g'risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo'yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to'g'risida bosh qotirishyapti. Integratsiyalashgan mashgulotdan kutiladigan maqsad faqat malum bilimlarni egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni rivojlantirishga qaratiladi. Olamning umumiy ko'rinishi tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham ozini o'rganuvchi, tekshiruvchi o'ringa qo'yadi [1, 70-b.].
Asosiy bilimlarni ozlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlar aro aloqalarini o'rnatish talimga integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli mashgulotlarga tushunchalarga kop marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va otkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday mashgulot integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan mashgulotga boshqa mashgulot, boshqa o'kuv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «tabiat», «suvlar», «gozallik», kabi tushunchalar tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy sanat mashgulotlarida korib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o quv mashgulotlarida o zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Musiqa mashgulotlari ijodiy, erkin bo lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, oziga xos o'tish metodikasiga ega boladi.
Albatta bunday mashgulotlarni olib borish musiqa rahbaridan yuksak mahoratni, boshqaruvchanlikni talab etadi. Integratsion mashgulotlarda bola jimgina tomoshabin bo lib o'tirmaydi. U mashgulot jarayonida faol va izchil qatnashadi. Aynan shunday mashgulotlarda bolalarda badiiy tafakkur va tasavvur rivojlanadi, estetik xissiyotlari tarbiyalanadi.
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohatlari ko'zda tutiladi. Shuning uchun ham musiqa mashg'ulotlarini ilmiy-metodik jihatdan har tamonlama takomillashgan holda, integratsiyalangan talimni amalga oshirishda zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalardan foydalanib olib borish bugungi kun talabi hisoblanadi va bu o'z navbatida musiqa rahbari oldiga dolzarb vazifalarni qo'yadi.
O'qituvchi o'z mutaxasisligi bo'yicha bilimidan qat'iy nazar, o'quv jarayoniga qadam qo'yar ekan, musiqa rahbari (o'qituvchisi) pedagogik va psixologik bilimlar, pedagogik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
texnologiya hamda o'qitish metodikalari yig'indisi bo'lgan zarur pedagogik minimumlarni egallangan bo'lishi shart. Demak, shuning uchun ham biz oliy ta'lim dargohlaridanoq bo'lajak musiqa o'qituvchilarida kasbiy malakalarini shakllantirishimiz lozim. Buning uchun esa musiqa rahbari(o'qituvchilari)ni zamonaviy axborot texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishga, musiqiy ta'limning yangi usul va yo'llarini izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishga o'rgatib borishimiz juda muhimdir. Chunki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar birinchidan, tarbiyalanuvchilarda bilim ko'nikma va malakalarni oson hamda qiziqib o'rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, musiqa rahbarining o'zini ham professional o'sishiga hamda ma'naviy rivojlanishiga yordam beradi. Ilg'or pedagogik texnologiyalardan maktabgacha ta'lim muassasalarida foydalanish ta'lim-tarbiya jarayoni unumdorligini oshiradi, eng asosiysi tarbiyalanuvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, bilimga nisbatan ishtiyoq va qiziqish uyg'otadi.
Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta'lim muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning integratsiyangan mashg'ulotni tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o'rnini o'zgartiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta'lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Lekin shunga karamay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo'lib rivojlanishida integratsiyalangan mashgulotlarda kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish o'zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o'qish, rasmlarni ko'rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o'yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo'ljallangan kompyuterli o'yin dasturlarining ta'lim jarayonida o'z samarali jihatlariga jiddiy yondashuv va e'tibor kerak bo'ladi.
Integratsiyalangan musiqa mashgulotlari shunday tashkil etilishi kerakki, multimedia texnologiyalarini musiqa mashgulotlarida qollash, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to'g'ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. multimedia dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini o'ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.
Multimedia atamasining lug'aviy ma'nosi ikkita so'z yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, multi-ko'p, media-muhit ma'nosini anglatadi. Atama ilmiy va o'quv adabiyotlarida «ko'p vositalilik», «multimedia muhiti» «ko'p qatlamli muhit», «ma'lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda.
Hozirgi davrda multimedia atamasi ko'p qirrali bo'lib, turli hil tushunchalarni ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Multimedia bu maxsus texnologiya bo'lib, dasturiy va texnik moddiy ta'minot asosida kompyuterda bir vaqtning o'zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir.
Belgilangan maqsad asosida o'tkaziladigan didaktik jarayon rejalashtirilganda uni amalga oshirish osonlashadi. Binobarin, musiqa rahbarining musiqa mashg'ulotlari xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki mashg'ulotning texnologik xaritasida, har bir mavzu tarbiyalanuvchining imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Mashg'ulotning texnologik xaritasini qay ko'rinishda yoki shaklda tuzish, bu musiqa rahbarining tajribasi, qo'ygan maqsadi va imkoniyatlariga bog'liqdir.
Musiqa rahbari katta hamda maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan integratsiyalangan musiqa mashg'ulotlari jarayonida qo'llashi mumkin bo'lgan ba'zi bir treninglarni keltirib o'tamiz. Masalan: "Tinglaymiz va tahlil qilamiz" metodi; "notali oyinlar" metodi; "ovozidan top" metodi; "tarmoqlar" metodi; "interviyu" texnologiyasi; "multimedia" texnologiyasi va boshqalar.
Albatta, tarbiyalanuvchilarda musiqaga nisbatan motiv hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. Bolalarda o'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin ularda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. Ushbu didaktik oyinlarni biz multimedia texnologiyasi orqali integratsiyalangan musiqa mashgulotlarida qollashning nazariy va amaliy mazmunini yoritishga harakat qilamiz.
MUHOKAMA
"Multimedia" texnologiyasi uchun o'yin g'oyasi va vazifalari muhim ahamiyatga ega. Biz misol tariqasida "ovozidan top" didaktik o'yini keltirib o'tishimiz mumkin.
"Ovozidan top" didaktik o'yini.
O'yin mavzusi. Xalq cholg'ulari nomlari va turlarini multimedia texnologiyasi orqali ovozini eshitish va tasvirini korib aytish.
O'yin maqsadi: Bu o'yinda integratsiyalangan musiqa mashgulotining asosini tashkil etuvchi musiqa sanatining turli sohalarini qamrab olgan jihatlari orqali tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati; tinglash madaniyati, nutq hamda xotirasi; musiqiy savodi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi hamda rivojlanadi.
O'yinning borishi: Musiqa rahbari musiqa cholg'ularining turlari asosida multimedia texnologiyasi orqali texnik vositalarda tarbiyalanuvchilarga qoyib beradi. Mashgulot dasturiga joylashtirilgan har bir cholgular musiqa rahbari tomonidan birma-bir tariflab otiladi. Shundan song tarbiyalanuvchilar musiqa cholg'ularidan yandrayotgan ohang orqali ularni qaysi cholgu ekanini nomlarini aytadilar. Eng ko'p to'g'ri javob topgan bola g'olib sanaladi. Bu o'yinni o'tkazish tarbiyalanuvchilarga musiqa cholg'ulari haqidagi dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini yengillashtiradi. Bundan tashqari ularning so'z boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.
Albatta, bu o'yinda tarbiyalanuvchilarning savollarga aniq javob berishi, musiqa rahbarining musiqa cholg'ulari hamda ularning turlari haqida mashg'ulotlar davomida berib borgan saboqlariga bog'liq.
"Multimedia" texnologiyasida quyidagilar berilishi mumkin:
1- Ekranda qaysi cholg'ularning tasvirini kordingiz va ovozini tingladingiz, ularning nomlarini bilasizmi?
Javob: tanbur, rubob,gitara,fortepiano, doira, chang, g'ijjak...
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2 - Ekranda puflab chalinadigan cholg'ularning qaysilarini kordingiz ularni ovozidan farqlay olasizmi, nomlarini sanab oting?
Javob: surnay, karnay, nay, qo'shnay.....
3 - Ekranda zarbli ( urib chalinadigan) cholg'ularni qaysilarini kordingiz nomlarini
ayting?
Javob. Doira, nog'ora, chang...
Agarda bolalar orasidan tasvirda korgan cholgu asboblarini nomini ayta olmasa, yoki ovozidan farqlay olmasa, savollarga to'g'ri javob topa olmasa, musiqa rahbari o'sha bolalar bilan alohida shug'ullanib, ularning cholg'ular borasidagi bilimlarini rivojlantiradi. XULOSA
Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktabgacha ta'lim dargohlarida musiqa mashg'ulotlari samaradorligini oshirish uchun integratsiyalangan multimedia mashgulotlaridan unumli foydalanish tarbiyalanuvchilarning musiqiy savodxonlik darajalarini o'stiribgina qolmay, balki musiqa o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini ham shakllantiradi.
REFERENCES
1. Mavlonova R. A. Boshlangich talimning integratsiyalashgan pedagogikasi (metodik qo llanma). - T.: 2005.
2. Aripov M. Informatika va axborot texnologiyasi asoslari. - T.:Universitet, 2001.
3. Adilova S. Multimedia va ularni ta'lim jarayonida qo'llash. T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20-21
4. Bolajon tayanch dasturi (Takomillashtirilgan "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" asosida ishlab chiqilgan) Nashr uchun mas'ul: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri A. M. Marahimov -Toshkent: 2010. 132 b.
5. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun modullar T-2012 y, ikkinchi nashr 126 b
6. Soipova D Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi.O'quv-metodik qo'llanma. Toshkent: -2009. 225 b.