Turdiyeva Muhayyo Soxibjon qizi,
Andijon davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA XAVOTIRLANISHNING GENDER XUSUSIYATLARI PSIXODIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI
UDK: 159.937-051.(067.4) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_11_6
TURDIyEVA M.S. MAKTABGACHA TARBIYA YОSHIDAGI BОLALARDA ХAVОTIRLANISHNING GЕNDЕR XUSUSIYATLARI PSIХОDIAGNОSTIKASI VA KОRRЕKSIYA SI
Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning gender xususiyatlari psixodiagnostikasi va korreksiyasining o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Bolalarni psixologik qo'llab-quvvatlash jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan usul va vositalari tadqiq qilingan va samarali tavsiyalar keltirilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: ijtimoiy vaziyat, o'quv faoliyati, intellektual salohiyat, muammoli vaziyat, muammoli masala, muloqot, emotsional yaqinlik, ilmiy tafakkur, intellektual rivojlanish va intellektual muvaffaqiyat.
турдиева м.s. психодиагностика и коррекция гендерных
ОСОБЕННОСТЕЙ ТРЕВОжНОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
В CTaTbe иccлeдyютcя пcиxoлoгичecкиe мeтoды и срeдства, иx спeцифика на ocHoBe выяв-лeния coциальнo-пcиxoлoгичecкиx фактoрoв, влияющиx на интeллeктyальный пoтeнциал y4a-щиxcя. Иccлeдoваны мeтoды и cрeдcтва, кoтoрыe MoryT быть иcпoльзoваны в прoцecce n^xo-лoгичecкoгo coпрoвoждeния интeллeктyальнo oдарeнныx yчащиxcя, даны эффeктивныe peKo-мeндации.
Ключeвыe cлoва и пoнятия: вoзpаcтныe пcиxoлoгичecкиe ocoбeннocти, игpoвая aKmBHoc^, пoзнаватeльный, эмoциoнальный и пoвeдeнчecкий KoMnoHeH^i, ocoбeннocти oбщeния, эмo-циoнальнoй близocти, развития.
TURDIEVA M.S. GENDER CHARACTERISTICS PSyCHODIOGNOSTICS AND CORRECTION OF ANXIETy IN PRESCHOOL CHILDREN
The article explores psychological methods and tools, specific features, based on the identification of socio-psychological factors affecting the intellectual potential of students. Methods and tools that can be used in the process of psychological support for students with intellectual potential have been researched and effective recommendations are presented.
Key words and concepts: age-related psychological characteristics, game activity, cognitive, emotional and behavioral components, communication, emotional closeness, developmental characteristics.
ЗАМЮНАВИЙ ТАЪЛИМ / COBPEMEHHOE OБРАЗOВАНИE 2023, 11 (132)
Kirish. Jahon ilmiy faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qo'llab-quvvatlashning psixologik imkoniyatlarini muntazam ortirib borishdir. Bolalarning xavotirini kamaytirishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etish orqali ularda ijtimoiy adaptatsiyasi uchun ham muhim zaruriyatdir.
Dunyo miqyosidagi yetakchi
universitetlaridan talabalarni o'quv faoliyatida stressga bardoshliligining o'rganish bo'yicha Avstraliya instituti (Australian Institute of Family Studies), Seul Milliy universiteti (Seoul National University, Janubiy Koreya), Moskva davlat universiteti (M.V. Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya), Boston Shimoliy-Sharqiy universiteti (Northeastern University Boston, AQSh), Angliyaning Chyester Universitetlari (Psychology and Child Development (with Placement year) BSc), Myunxen universiteti (LMU, Germaniya) va boshqalar tomonidan bolalarning xavotirini psixologik xususiyatlarini o'rganish tobora dolzarb bo'lib kelmoqda.
Tadqiqotchilar katta maktabgacha yoshdagi o'g'il va qiz bolalarda tashvishlanishning namoyon bo'lishidagi farqli omillarini tadqiq etish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Bir qator olimlarning ta'kidlashicha, o'g'il bolalar ayollarga xos qadriyatlarning etakchi rolini (itoatkorlik, passivlik, qarama-qarshilik va boshqalar) singdiradigan muhitda bo'lishlari sab-abli qizlarga qaraganda ko'proq xavotirlanishga moyil. Ular o'z xatti-harakatlarida kattalarning erkakka yo'naltirilgan talablariga moslashishga majbur bo'ladilar: o'zini va zaifni himoya qilish qobiliyati, o'z nuqtai nazariga erishish qobiliyati, o'z nuqtai nazarini himoya qilish, qiyinchiliklarga dosh berish qobiliyati, hissiy jihatdan nazorat qilish kabilar.
Tadqiqоtning maqsadi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning gender xususiyatlarini aniqlash va ota-onalar va bolalar munosabatlarini optimallashtirish orqali uni tuzatish imkoniyatlari.
Tadqiqotning vazifalari:
- katta maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishning shakllanishi muammosi, uning namoyon bo'lishining gender xususiyatlari, shuningdek, bolalarda tashvishlanishning yuqori darajasini belgilaydigan omillar bo'yicha ilmiy ma'lumotlarni nazariy tahlil qilish;
- tadqiqot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- katta maktabgacha yoshdagi bolalarning gender xususiyatlarini, ularga nisbatan ota-onalarning munosabatlarining xususiyatlarini o'rganish va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning xavotirlarining og'irligi va ota-onalarning munosabatlarining xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash;
- katta maktabgacha yoshdagi bolaning yuqori xavotirlanishini kamaytirishga qara-tilgan psixokorreksion dasturini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish (rivojlanishining gender xususiyatlarini hisobga olgan holda) ota-onalarning unga bo'lgan munosabatini optimallashtirish va uning samaradorligini baholash.
Mavzu bо'уicha ^shqa о^^г ilmiY asarlari qisqacha tahlili. Bu muammo bilan О'zbekistonlik psixologlaridan E.G'.G'oziyev1, G'.B.Shoumarov2, V.M.Karimova3, N.S.Safayev4, D.G'.Muhamedova, Z.T.Nishanova5, B.R.Qodirov6, R.S.Samarov7lar o'z ilmiy tadqiqotlarida tala-balarning psixologik muammolarining turli jihatlarini ochib berganlar.
Xorij olimlaridan tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, xavotirlanishning gender xususiyatlari muammosi alohida ijtimoiy psixologik muammo sifatida o'rganish amalga oshirilmagan.
Maqоlaning ilmiу mоhiуati quyidagilardan iborat:
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishning shakllanishi muammosi, uning namoyon bo'lishining gender xususiyatlari, shuningdek, bolalarda tashvishlanishning yuqori darajasini belgilaydigan omillar aniqlangan;
1 G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya. - T.: 2010. - 544 b.
2 Shoumarov G'.B. Oila psixologiyasi. - T.: Sharq.:2010. -283 b.
3 Karimova V.M. Psixologiya. - T.: 2000. - 200 b.
4 Safayev N.S. Duxovnost i natsionalnoye samosoznaniye lichnosti. Monografiya. - T.: Fan, 2004. - 211 s.
5 Nishanova Z.T. va boshq. Psixologik xizmat. - T.: 2014. -424 b.
6 Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to'plami // Amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo'llanma. — T.: O'zM, 2003. — 169 b.
7 Samarov R.S. Deviantnoye povedeniye: xarakteristika form I motivov. - Tashkent.: VShSAP. 2004. - 30 s.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
1-jadval. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxsiy hamda vaziyatga doir xavotirlanishni патоуоп bo'lishi
Sinaluvchilar Shaxsiy xavotirlanish
juda yuqori yuqori o'rta past
Eksperimental guruhi 30.6% 46.8% 14,4% 8.2%
Nazorat guruhi 34.6% 38.3% 18.7% 8.4%
Sinaluvchilar Vaziyatga doir xavotirlanish
juda yuqori yuqori o'rta past
Eksperimental guruhi 29.7% 45.9% 15,3%) 9.1%
Nazorat guruhi 28.1% 44.8% 18.7%) 8.4%
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning oldini olishga qaratilgan tadqiqot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning gender xususiyatlarini, ularga nisbatan ota-onalarning munosabatlarining xususiyatlarini o'rgangan holda katta maktabgacha yoshdagi bolalarning xavotirlarining og'irligi va ota-onalarning munosabatlarining xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi;
Katta maktabgacha yoshdagi bolaning yuqori xavotirlanishini kamaytirishga qaratilgan psixokorreksion dasturini ishlab chiq-ilib va sinovdan o'tkazilib (rivojlanishining gender xususiyatlarini hisobga olgan holda) ota-onalarning unga bo'lgan munosabatini optimallashtirildi va uning samaradorligi isbotlandi.
Tadqiqotning obyekti sifatida Andijon viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti 300 nafar tarbiyalanuvchilari, 90 nafar pedagog-tarbiyachilari, 120 nafar ota-onalar va 14 nafar psixologlari jalb qilinib jami 224 nafar respodentlar jalb qilindi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda A.M. Prixojanning «Bolalar xavotirlanishi shka-lasi», R.Templ, V.Amin, M.Dorkilarning "Kerakli yuzni tanla" proektiv metodikasi, A.ya.Vargava V.V.Stolinlarning '^ta-onalik munosabati" test-anketasi, hamda matematik statistika metodlari (Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash metodlari)dan tadqiqotda olingan empirik materiallarni qayta ishlash va ularning statistik ahamiyatlilik darajasini aniqlash uchun foydalanildi.
Natijalar va amaliy misollar.
Tadqiqotimizning empirik natijalarning tahliliga o'tamiz. Quyidagi jadvalda maktabgacha yoshdagi bolalarning xavotirlanish darajasi, metodikani bolalar bilan individual tahlil qilish, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilaridan olingan anketa-so'rovnomasi asosida ulardagi xavotirlanishning shaxsiy va vaziyatga oid darajalari aniqlandi (1-jadvalda berilgan)
Tadqiqot natijalariga ko'ra shaxsiy xavotirlanish darajalari tajriba guruhidagi 111 nafar katta maktabgacha yoshdagi bolalar xavotirlanishining o'rta ko'rsatkichi 14,4 % ni tashkil qildi. Xavotirlanish juda yuqori va yuqori bo'lgan bolalar ko'rsatkichi 77,5 % ni, xavotirlanishi past bo'lgan bolalar esa 8,1 % ni tashkil qildi. yuqori va past darajadagi xavotirlanishning oldini olish bo'yicha ish olib borish kerakligi aniqlandi. Nazorat guruhida bo'lgan 107 nafar tarbiyalanuvchilarda shaxsga doir xavotirlanishning o'rta ko'rsatkichi 18,7 %, yuqori shakllanganlar ko'rsatkichi 72,9 % ni, 8,4 % past ekanligi aniqlandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning "xavotirlanish" darajasi gender xususiyatiga ko'ra qizlarga nisbatan o'g'il bolalarda yuqori ekanligini ko'rsatdi. ya'ni, xavotirlanishning mazkur mezoni o'g'il bolalarda 42,3 % qizlarda esa 35,2 % kabi ko'rsatkichlar qayd etildi. Demak, biz jinslar orasidagi tafovutlarning holatini quyidagicha asoslashimiz mumkin, bu yosh davrida o'g'il bolalarning yosh xusuiyatlari hamda individual xarakter xususiyatlari qiz bolalarga nisbatan "o'g'il bola qo'rqmas, jasur, kuchli bo'lishi kerak" degan motivatsion turtkiga nisbatan ishonchsizlikning pastligi bilan izohlashimiz mumkin.
Tadqiqotimizning birinchi qismida R.Temml, M.Dorki, V.Amenlarning "Bolalar xavotirlanish darajasini aniqlash" metodini tajriba va
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
3-jadval. T.D.Martsinkovskayaning "Zina" proyektiv metodikasi orqali olingan dastlabki natijalar
2-jadval. R.Temml, M.Dorki, V.Amenlar "Bolalar xavotirlanish darajasini aniqlash" metodikasidan olingan natijalar farqi
(Styudent t-mezoni)
Shkalalar Guruh n О'ИжЬш qiymat Dispersiya t
Shaxsga doir xavotirlanish Tajriba guruh 111 3 0,78 0,07
Nazorat guruh 107 2,99 0,88
Vaziyatga doir xavotirlanish Tajriba guruh 111 2,96 0,81 0,31
Nazorat guruh 107 2,92 0,80
Mezon Eksperimental guruh n = 111
juda past past o'rta yuqori
О'z-o'zini qadrlash darajasi 23,4 52,3 16,2 8,1
О'z-o'zini hurmat qilish darajasi 25,2 44,1 21,6 9,0
О'ziga bo'lgan ishonch darajasi 26,1 51,4 13,5 9,0
Mezon Nazorat guruh n = 107
juda past past o'rta yuqori
О'z-o'zini qadrlash darajasi 22,4 50,5 18,7 8,4
О'z-o'zini hurmat qilish darajasi 24,3 40,2 27,1 8,4
О'ziga bo'lgan ishonch darajasi 28,0 44,9 18,7 8,4
nazorat guruhida o'tkazdik. Tadqiqotda olingan natijalarni 2-jadvalda ko'rishimiz mumkin. Ushbu jadvaldan ko'rishimiz mum-kinki, dastalab o'tkazgan tajribamizda tajriba guruhida sinaluvchilar soni 111 nafar bo'lib, "Shaxsiy xavotirlanish" shkalasi bo'yicha natijalarning o'rtacha qiymati 3 ballni tashkil qilgan bo'lsa, nazorat guruhida 107 nafar sinaluvchilar qatnashgan bo'lib, "Shaxsiy xavotirlanish" shkalasi bo'yicha ulardan olingan natijalarning o'rtacha qiymati 2,99 ballni tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin. Ular o'rtasidagi statistik farqni o'rganish maqsadida Styudent t mezoni orqali tahlil qilganimizda "Shaxsiy xavotirlanish" shkalasi bo'yicha ularning natijalari o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi(p>0,05; t=0,07,). "Vaziyatga doir xavotirlanish" shkalasi bo'yicha tadqiqotda olingan natijalarni tahlil qiladigan bo'lsak, tajriba guruhida to'plangan ballarning o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 2,96 ballni, nazorat guruhida esa 2,92 ballni tashkil qildi. Ushbu natijalar bo'yicha ular o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi(p>0,05; t=0,31J.
Tadqiqotning navbatdagi usuli,
T.D.Martsinkovskaya «Zina» proyektiv metodikasi bolani "Men"ini baholashning statistik ma'lumotlarining umumiy sharhiga o'tamiz (3-jadvalga qarang)
yuqoridagi jadvalda bolaning "Men"ini baholash uch mezon bo'yicha o'rganilib,
ekspermental guruhidagi bolalar orasida o'z-o'zini qadrlash darajasi 23,4 %da juda past, 52,3 % past, 16,2 % o'rta va 8,1 %da me'yordan yuqori ko'rsatkich qayd etildi. Ikkinchi shkala bo'yicha o'z-o'zini hurmat qilish darajasi juda past darajasi 25,2 %, 44,1 % past, 21,6 % o'rta va 9 %da yuqori ko'rsatkich aniqlandi. Uchinchi shkala o'ziga bo'lgan ishonch darajasi 26,1 % juda yuqori, 51,4 % past, 13,5 % o'rta va 9 %da yuqori ko'rsatkich ifodalandi.
Nazorat guruhidagi bolalar orasida o'z-o'zini qadrlash darajasi 22,4 %da juda past, 50,5 % past, 18,7 % o'rta va 8,4 %da me'yordan yuqori ko'rsatkich qayd etildi. Ikkinchi shkala bo'yicha o'z-o'zini hurmat qilish darajasi juda past darajasi 24,3 %, 40,2 % past, 27,1 % o'rta va 8.4 %da yuqori ko'rsatkich aniqlandi. Uchin-chi shkala o'ziga bo'lgan ishonch darajasi 28 % juda yuqori, 44,9 % past, 17,7 % o'rta va 8,4 %da yuqori ko'rsatkich aniqlandi.
"Zina" metodikasi bizga bolaning "Men"ini baholash imkonini berdi. Bolaga yetti pog'onali qog'ozga chizilgan zina ko'rsatiladi, bu yerda o'rta pog'ona maydonchaga o'xshaydi va vazifa tushuntiriladi.
Tadqiqot davomida deyarli xavotirlanishi yuqori bo'lgan bolalarga maktabagcha ta'lim tashkiloti tarbiyachi, oila a'zolari (ota-onasi yoki boshqa yaqinlari), sening fikringcha, seni zinaning qaysi qismiga joyashtirgan bo'lar edi, degan savolimizga bolalarning aksariyati zinani
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
4-jadval. T.D.Martsinkovskayaning "Zina" proyektiv metodikasidan olingan natijalar farqlari (Styudent t mezoni)
Shkalalar Guruh n О'ИжЬш qiymat Dispersiya t
О z-o zini qadrlash darajasi Tajriba guruhi 111 2,95 0,73 0,74
Nazorat guruhi 107 2,86 0,74
О z-o zini hurmat qilish darajasi Tajriba guruhi 111 2,85 0,815 0,42
Nazorat guruhi 107 2,80 0,82
О ziga bo lgan ijonch darajasi Tajriba guruhi 111 2,95 0,76 0,17
Nazorat guruhi 107 2,93 0,81
5-jadval: G.Xomentauskasning "Oila rasmi" proyektiv metodi bo'yicha aniqlangan dastlabki empirik natijalari
Mezon Eksperimental guruh n = 111
juda past past o'rta yuqori
Xavotir 22.5 46.8 21.6 9.1
Оiladagi nizolar 7.2 46.8 21.6 11,7
Оilada bolaning rad etilishi 21.6 30.6 38.7 9,01
Tortinchoqlik 12.6 46.8 27.1 13,5
past qismini ko'rsatdilar. Endi menga aytchi, sen o'zingni shu zinapoyaning qaysi zinasiga qoya olasan, degan savolimizga bolalar yaqinlari tomonidan berilgan bahoga mutanosib ravishda javob berdilar.
4-jadvalda bolalarda T.D.Martsinkovskayaning "Zina" proyektiv metodikasi asosida bolalarning o'zini qadrlash, o'zini hurmat qilish hamda o'ziga bo'lgan ishonch darajalari tahlil qilindi.
Tadqiqotimizning ikkinchi qismida bolalarning o'zini-o'zi qadrlash darajasini aniqlash maqsadida T.D.Martsinkovskayaning "Zina" proyektiv metodikasi tajriba va nazorat guruhida o'tkazdik. Tadqiqotda olingan natijalarni 2.3.5-jadvalda ko'rishimiz mum-kin. Dastalab o'tkazgan tajribamizda tajriba guruhida sinaluvchilar soni 111 nafar bo'lib, nazorat guruhida 107 nafar sinaluvchilar qatnashdi. "О'z-o'zini qadrlash darajasi" shkalasi bo'yicha tajriba guruhining o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 2,95 ballni, nazorat guruhida esa 2,86 ballni tashkil qildi. Ular o'rtasidagi statistik farqni o'rganish maqsadida Styudent t mezoni orqali tahlil qilganimizda ularning natijalari o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi(p>0,05; t=0,74). "О'z-o'zini hurmat qilish darajasi" shkalasi bo'yicha tadqiqotda olingan natijalarni tahlil qiladigan bo'lsak, tajriba guruhida to'plangan ballarning o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 2,85 ballni, nazorat guruhida esa 2,80 ballni tashkil qildi. Ushbu natijalar bo'yicha ular o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi(p>0,05; t=0,42). '^'ziga bo'lgan ijonch darajasi" shkalasi bo'yicha tajriba
guruhida to'plangan ballarning o'rtacha qiymat ko'rsatkichi 2,95 ballni, nazorat guruhida esa 2,93 ballni tashkil qilgan bo'lsa, ular o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi fp>0,05; t=0,17).
Navbatdagi tadqiqotimiz davomidagi G.Xomentauskasning "Оila rasmi" proyektiv metodikasi bo'lib, bunda biz asosan bolalarning oilaviy vaziyatlarda o'zini boshqarish, oilaviy munosabatlarda xavotir darajalarini aniqladik. Metodika orqali qo'lga kiritilgan dastlabki empirik natijalarga quyidagi ko'rsatkichlar qayd qilindi (5-jadval)
Birinchi shkalaga ko'ra, xavotirning juda yuqori darajasi 22.5 ga teng bunga ko'ra, tarbiyalanuvchi bolalarda xavotir me'yordan ortiq ekanligi, 46.8 foizida yuqori xavotir oilada ota-onaga bolaning munosabati rasm ustidagi chiziq, kuchli bosilmagan chiziq, o'shirish va ortiqcha narsalarning ko'pligi bilan ifodalangan, o'rta darajasi 21.6 ga teng bo'lib, ota-ona va bola munosabatlari narmal ekanligini oila a'zolarining bir-birlariga yaqin yoki qo'llarini ushlagan holda chizilgan, bolalarning 9.1 foizida oila muhitida xavotirlanishning past ko'rsatgichi ayrim rasmlarda o'zini otasi va onasidan katta qilib chizganligidan ham ko'rishimiz mumkin.
Ikkinchi shkala bo'yicha bolalarning nizolar yuqori darajasi 7.2 ga teng bo'lib, bunda ayrim bolalar tajovuz yoki yolg'izlikni aks ettirgan, yuqori darajasi esa 46.8 ga teng bo'lib, buni bolalar oila a'zolarini to'liq chizmaganligi, ko'p hollarda aka, uka yoki opa-singlisini chizishni unutganligi bilan ifodalash mumkin. Ushbu
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
6-jadval. G.Xomentauskasning "Oila rasmi" proyektiv metodi bo'yicha aniqlangan dastlabki empirik natijalari
Mezon Nazorat guruhi n = 107
juda past past o'rta yuqori
Xavotir 23.4 43 25.2 8.4
Оiladagi nizolar 7.5 41.1 42.1 9.3
Оilada bolani rad etish 17.7 31.7 40.1 10.2
Tortinchoqlik 17.7 40.1 30.8 11.2
shkala bo'yicha normal ko'rsatkich 21.6 foizga tengligini oila a'zolarining to'liq ekanligi, bir-birlariga yaqin va to'g'ri joylashtirganligida va bolalar bilan suxbat jarayonida aniqlandi, 11.7 foiz bolalarda bu mezon bo'yicha past ko'rsatkich namoyon bo'ldi.
Uchinchi shkala bo'yicha oilada bolaning rad etilishi juda yuqori darajasi 21.6 %ga teng bunda rasm muallifi nomutanosib ravishda juda kichikligi yoki umuman yo'qligi, 30.6 % bolalarda yuqori ko'rsatkich varaqning quyi qismidan foydalanilganligi, o'zini ajratib alohida chizganligi yoki ko'p o'shirilgan uzuq yuluq va zaif chizilgan chiziqlarda namoyon bo'lib, bunday bolalar bilan suhbat jarayonida esa ularning tortinchoq va shaxslararo munosabatlarda erkin emasligi aniqlandi, 38.7 % ga teng nisbat bilan o'rta darajani, ya'ni uchinchi shkala bo'yicha bolalarning yoshiga mutanosib ravishda me'yorda ifodalangan desak bo'ladi. Sinaluvchilar orasida 9.1 % bolalar oilada o'zlarini me'yordan ortiq ravishda yuqori baholashlari ularning rasmlarda o'zlarini boshqalarga nisbatan katta, turli bezaklar bilan ifodalashi yoki o'zlarini markazda chizishlari bilan ifodalangan.
To'rtinchi shkala tortinchoqlik bo'yicha olingan ma'lumotlar asosan bolalarning chizgan rasmlari borasida birgalikda suhbat jarayonida aniqlandi. Bunga ko'ra, 12.6 % bolalarda juda yuqori ko'rsatkich odamovilik va o'zining reaksiyalaridan haddan tashqari tashvishlanishi, yuqori darajasi 46.8 %ga tengligi esa fikrlarini bayon qilishda, muloqatda, dovushining past ekanligi, hatto pichirlash holatlari kuzatildi, 27.1 % bolalarda ushbu shkala bo'yicha normal holat ularning erkinligi, ijobiy kechinmalari shodligiga sabab bo'lishi, fikrlarini shoshmasdan ravon ba'zi so'zlarni badiiy bayon qilishdi. Ushbu tortinchoqlikning past mezoni 13.5 %ga teng bo'lib, nutqining haddan ziyod balandligi, o'zini tutishi va agressivlik hissi kuchayib borganligi bilan izohlanadi.
yuqorida bayon qilingan metodika bo'yicha endi respondentlarimizning nazorat guruhidan olingan natijalari tahliliga o'tamiz. (6-jadvalga qarang)
Birinchi shkalaga ko'ra, xavotirning juda yuqori darajasi 23.5 %ga, yuqori darajasi esa 43 % ekanligi rasmlarni tartibsiz, xotirjam chizmaganligi, ayrim chiziqlar yoki shakllar yorqin ifoda etilmagan, o'rta darajasi 25.2 %ga teng bo'lib, buni oilada psixologik sog'lom muhit barqaror ekanligi bilan ifodalash mum-kin. Xavotirlanishning past darajasi 8.4 %ga teng ekanligini rasmlarda tajovuz ko'rinishi yoki o'zini boshqa oila a'zolaridan o'zgacha chizganligidan ko'rishimiz mumkin.
Ikkinchi shkala bo'yicha oiladagi nizolarning eng yuqori darajasi 7.5 %ga teng bo'lib, rasmlarda oilaviy birlik aks etmagan, yuqori darajasi esa 41.1 %ga teng bo'lib, buni aka, uka yoki opa-singlisini chizishni unutganligi yoki o'zini varaqning boshqa tarafiga chizganligi bilan ifodalash mumkin. Ushbu shkala bo'yicha normal ko'rsatkich 42.1 %ga tengligini bola oila to'g'risida tushunchaga egaligi rasmni mutanosib ravishda to'g'ri chizganligi aniqlandi, 9.3 % bolalarda bu mezon bo'yicha past ko'rsatkich namoyon bo'ldi.
Uchinchi shkala bo'yicha oilada bolani rad etishning juda yuqori hamda yuqori darajasi 49.4 %ga teng bo'lib bunda chizishni varaqning past qismidan foydalanganligi, rasm muallifi nomutanosib ravishda juda kichikligi yoki umuman yo'qligi, bolalar bilan suhbatga kirishganimizda qaysar, tortinchoqligi namoyon bo'ldi, 40.1 % bolalar o'rta darajani qamrab olib, ular o'zlarining oilaviy vaziyatlarida erkin, xotirjam. Sinaluvchilar orasida oilada o'zlarini me'yordan ortiq yuqori baholaydigan bolalar 10.2 %ga teng bo'lib, ularning rasmlarida o'zlarini boshqalarga nisbatan katta yoki o'zlarini rasmning markazida ifodalagan.
To'rtinchi shkalada bolalarning tortinchoqligi asosan og'zaki suhbat va eksperiment davomida
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
kuzаtish о^аП аniqlаndi. Ushbu mezon bo'yichа eng yuqori dаrаjа 17.7 %gа teng, yuqori dаrаjаsi esа 40.1 %gа tengligini qulаy vаziyаtlаrdа hаm uyаlish, tortinish holаtlаri ^айМ, nutqi sekin vа kuchsiz ko'proq noverbаl хаtti-hаrаkаtlаrdаn, imo-ishorаlаrdаn foydаlinishi qutay ekаnligi nаmoyon bo'ldi. Ushbu shkаlа bo'yichа o'rtаchа holаt 30.8 %gа teng bo'lib, bolаlаr fikrlаrini erkin bilаn izohlаsh mumkin.
Tortinchoqlikning pаst mezoni 11.2 %gа teng bo'lib, intonаtsiyа boy nutqi, o'zini tutishi bilаn izohlаnаdi.
Xаvotirlаnish dаrаjаsining judа yuqori vа yuqori ko'rsаtkichlаrini аniqlаshdа quyidаgi holаtlаr inobаtgа olindi. Chiziqlаrning аniq emаsligi, ko'p o'chirilgаnligi, bаrchа оПа а'zolаrigа nisbаtаn o'zini judа kichkinа tаsvirlаgаni yoki umum8n o'zini chizmаgаni, rаsmni vаraqning qаysi qismidаn boshlаb сhizgаnligi. Bundаy tаsvirlаngаn rаsmlаr bolаning ruhiy tushkunligi, uning o'zigа bo'lаn ishonchining pаstligini ifodаlаydi.
Аyrim rаsmlаrdа odаmlаr emаs bаlki, uylаrning o'zi ustunlik qilgаn. Shuningdek, u bolаning oilаviy аhvoligа sаlbiy munosаbаtni аks ettirаdi. U оПа а'zolаrining rаsmini o'rnigа hissiy аhаmiyаtgа egа bo'lmаgаn nаrsаlаrni сhizgаn.
Ва^а оПа а'zolаri to'liq bo'lgаn rasmtar hаm tаjribаmizdа kuzаtildi. Hаttoki оПа а'zolаrini ketmа-ketlikdа joylаshtirishdа hаm ijobiy nаtijа ko'rsаtdi.
Shuni tа'kidlаsh joizki, sinаluvchilаr orаsidа хаvotirlаnish hаmdа oitaviy vаziyаtdа o'zining rаd etilishi bаholаsh mezonlаrining yuqori ko'rsаtkichi bo'yichа deyаrli bir xil nаtijаlаr qаyd etildi.
Demаk, mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаr хаvotirlаnish dаrаjаsining yuqoriligi quyidаgi omillаr bitan fаrqlаnаdi; оПа muhitidа sog'lom psixologik muhitning yo'qligi, onаlаrning bolаgа me'yo^n ortiq rаvishdа g'аmxo'rligi, noto'liq оПа^ vа oilаdаgi turli ijtimoiy tаhdidlаr vа boshqаlаrdir.
Маktаbgаchа yoshdаgi bo^ta^ yuqoridаgi mezonlаrning nаmoyon bo'lishidа оПа muhi-tining bevositа tа'siri mаvjud, oilаning to'liq bo'lishi, yа'ni undа otа-onаning tinchlik xotirjаmlikdа yаshаshlаri vа undа sog'lom mа'nаviy muhitning mаvjudligi bolаning hаr tomonlаmа yаxshi rivoj^nishi, psixologik
sog'lom, аqlli, kuchli irodа sohibi bo'lib yetishishigа imkon beradi.
Xuiosaiar.
«Маktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrdа xаvotirlаnishni diаgnostikа qilish vа korreksiyаlаsh» mavzusida o'tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar asosida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. Mаktаbgаchа tаrbiyа yoshidаgi bolаlаrdаgi xаvotirlаnishning dаrаjаviy ifodаlаnishidа emotsionаl holаtlаrni indifferent idrok etilishining hissiy o'zini-o'zi qаbul qilishgа identifikаtsiyаsi tufаyli shаxsiy vа vаziyаtgа oid omillаrning integrаtiv nаmoyon bo'lishi аniqlаnib, shuningdek bolаlаrdаgi tortinchoqlik, komunikаtiv аxborot аlmаshuvini sustligi, ijtimoiy munosаbаtlаrgа kirishа olmаslik, ishonchsizlik, muаmmoni yechish, ixtiyoriy diqqаtning mustаhkаmlаnishi vа irodаviy sifаtlаrni reflektorlаnishi kаbi psixologik xususiyаtlаrni rivojlаntirish orqаli xаvotirlаnishning oldini olish korreksion dаstur sаmаrаdorligigа erishish о^аП tа'minlаndi.
2. Mаktаbаgachа yoshdаgi bolаlаrdа xаvotirlаnish dаrаjаsini bаholаshdа о!Ыа rаd etilishning tortinchoqlik hissigа bog'liq ravish^ o'z-o'zini qаdrlаsh o'zgа xususiyаtlаr bilаn intensiv nаmoyon bo'lishi sаbаbli o'z-o'zigа berаdigаn bаhoning hissiy komponenti yetаkchi mezon ekаnligini olib bori^n eksperimentаl tаdqiqotlаr аsosidа аniqlаndi.
3. Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrdа irodаviy sifаtlаrini shаkllаnishining psixologik xususiyаtlаri ijtimoiy, individuаl-psixologik tuzulmаgа egа bo'lgаn shаxs tipten, xususiyаtlаri hаmdа bolаning muloqotchаnlik dаrаjаsi, irodаviy-sifаtlаrining bаrqаrorligi, o'zigа xosligi vа subyektiv lokаl nаzorаtning yo'nаlgаnligigа bog'liq hod nаmoyon bo'lishi vа rivoj^nishi dаlillаndi.
4. Mаktаbgаchа yoshdаgi bota^d xаvotirlаnishning oldini olishning individuаl-psixologik ^'^t^sh^ri "komunikаtiv аxborot аlmаshuvining sustligi", "ijtimoiy munosаbаtlаrgа kirishа olmаslik", "muаmmoni yechich", "o'z-o'zigа ishonch", "mu^ot^n^", "qаt'iyаtlilik" kаbi shаxs sifаtlаrining nаmoyon etilishi, shuningdek, mаktаbgаchа tаrbiyа yoshidаgi boated xаvotirlаnish dаrаjаsini psixokorreksiyаlаsh uchun onаdаgi xаvotirlаrni
ЗАMОНАВИЙ TАЪЛИM I СОВРЕMЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
bolaga transformatsiyalashuvi tufayli ona-bola munosabatlarini o'yin texnologilariga integratsiyalash orqali ta'sir etishning zarurati psixodiagnostik va psixokorreksion yo'nalishlarda muqobil yechimlari topilishi tadqiqot davomida ishlab chiqilgan model yordamida aniqlandi.
Keltirilgan xulosalar asosida quyidagi amalíy tavsíyalarni berish maqsadga muvofiq:
• bolani tarbiyalashda qo'rqitish usulidan foydalanmaslik; og'zaki tushuntirish va o'rnak bo'lish orqali yondashish usulining imkoniyatlaridan kengroq foydalanish;
• ta'lim-tarbiya jarayonida bolaga haddan tashqari ko'p talab qo'ymaslik, bolani mumkin bo'lgan xatolari uchun tanqid qilmaslik, balki ijobiy taraflarini ko'proq sifatlash;
• bola qiyinchilikka duch kelganda, ularni ruhan qo'llab quvvatlash, rag'batlantirish, bolani boshqa muvaffaqiyatli tengdoshlari bilan
doimiy ravishda yoqimsiz solishtirmaslik, tanqid qilmaslik va shaxslararo munosabatlarda bolani erkin fikrlashini rivojlantirish;
• bolalarning xavotirlanish holatlari bilan ishlashda ularning jins va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, o'ziga bo'lgan ishonch, irodaviy sifatlarning rivojlanishini ta'minlovchi muallif tomonidan ishlab chiqilgan rivojlantiruvchi trening dasturdan foydalanish;
• bolalarning o'zlariga bo'lgan ishonchini intensiv rivojlantirishga qaratilgan metodika va so'rovnomalarni takomillashtirib, bolalarni intellektual qobiliyatlarini va individual psixologik xususiyatlarini aniqlab borish. Maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda ota-onalar hamkorlikda bolalarning xavotirlanish muammolarini aniqlash orqali, bolalarda uyatchanlik, tortinchoqlik, odamovilik yoki befarqlik kabi salbiy xislatlarni bartaraf etish.
Foydalanílgan adabíyotlar ro'yxatí:
1. G'oziyev Е^'. Umumiy psixologiya. - T.: 2010. - 544 b.
2. G'.B.Shoumarov. О^ psixologiyasi. - T.: Sharq, 2010. - 283 b.
3. V.M.Karimova. Psixologiya. - T.: 2000. - 200 b.
4. Сaфaeв Н.С. Дyxoвнoсть и нaциoнaлнoe сaмoсoзнaниe лиcx1нoсти. Мoнoгрaфия.-Т.: Фaн, 2004. - 211 с.
5. Nishanova Z.T, va boshq. Psixologik xizmat. - T.: 2014. - 424 b.
6. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to'plami II Amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo'llanma. - T.: О^М, 2003. — 169 b.
7. Samarov R.S. Deviantnoye povedeniye: xarakteristika form imotivov. - Tashkent.: VShSAP. 2004. - 30 s.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)