Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EGILUVCHANLIK VA CHAQQONLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EGILUVCHANLIK VA CHAQQONLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2008
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy rivojlanish / jismoniy tayyorgarlik / egiluvchanlik / chaqqonlik / qisqa masofa / harakatchanlik. / physical development / physical fitness / flexibility / agility / short distances / mobility.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Miyassar Ichanovna Masharipova, Laylo Sobirova

Maktabgacha yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyati ustida ish olib borilgan olimlarning adabiyotlari o’rganilib, yangi metodika ishlab chiqildi va maktabgacha yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlari rivojlantirishga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF FLEXIBILITY AND NIMBLENESS QUALIFICATIONS OF PRESCHOOL CHILDREN

The literature of scientists who worked on the method of developing the qualities of flexibility and dexterity in preschoolers was studied, a new method was developed, the qualities of flexibility and dexterity were developed in preschoolers.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EGILUVCHANLIK VA CHAQQONLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EGILUVCHANLIK VA CHAQQONLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI

Miyassar Ichanovna Masharipova

Urganch davlat universiteti nnurj amol @mail .ru

Laylo Sobirova

Urganch davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maktabgacha yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyati ustida ish olib borilgan olimlaming adabiyotlari o'rganilib, yangi metodika ishlab chiqildi va maktabgacha yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlari rivojlantirishga erishildi.

Kalit so'zlar: Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, egiluvchanlik, chaqqonlik, qisqa masofa, harakatchanlik.

METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF FLEXIBILITY AND NIMBLENESS QUALIFICATIONS OF PRESCHOOL CHILDREN

Miyassar Ichanovna Masharipova

Urgench State University nnurj amol@mail.ru

Laylo Sobirova

Master student of Urgench State University

ABSTRACT

The literature of scientists who worked on the method of developing the qualities of flexibility and dexterity in preschoolers was studied, a new method was developed, the qualities of flexibility and dexterity were developed in preschoolers.

Keywords: physical development, physical fitness, flexibility, agility, short distances, mobility.

KIRISH

Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi. O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta'lim-tarbiya muassasalari, oila,

jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g'ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog'liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlami rivojlantirishga, yoshlami mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir. Bolalarni o'rab turgan muhit o'zgarib bormoqda. Oddiy, sodda o'yinlar o'rniga kompyuter o'yinlari kirib keldi. Bolani aqliy, estetik rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda.

Ularni ahamiyatini inkor etmagan holda aytish kerakki, harakatli o'yinlar, sayrlar, tengdoshlari bilan muloqot qilishga bolaning vaqti tobora kamayib ketyapti. Yyin bilan bola faoliyatining boshqa turlari, o'yinlarning har xil turlari orasidagi muvozanatning buzilishi (harakatli va o'tirib o'ynaydigan, alohida va birgalikdagi) maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligida ham, harakat qobiliyatlarining rivojlanish darajasida ham o'z salbiy aksini topadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi bo'yicha turli adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin etilmaydi.

Masalan,T.I.Osokinani darsliklarida harakat faoliyatlarini shakllantirish bilan birga jismoniy sifatlar: chaqqonlik (shu jumladan, harakat koordinatsiyasi qobiliyatlari), umumiy chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari, shuningdek, muvozanat saqlash qobiliyatini rivojlantirish zaruriyati qayd etiladi. A.V.Keneman va D.B.Xuxlaevaning o'quv qo'llanmasida kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni, muvozanatni saqlash qobiliyatini alohida ajratgan holda rivojlantirish zarurati xususida so'z boradi. Ayni vaqtda maktabgacha ta'lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vazifalarida kichik yoshlardan boshlab jismoniy sifatlarni maqsadli yo'naltirish zarurati to'g'risidagi mulohazalarning yo'qligi e'tiborni tortadi. Faqat tayyorlov guruhi uchun dasturda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va kuchni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi muayan eslatma paydo bo'ladi.

A.N.Livitskiy, X.A.Meliev va boshqalar fikriga ko'ra, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi o'qitish va tarbiyaga oid mavjud dasturlar tahlili bolalar bilan kun tartibida o'tkaziladigan jismoniy tadbirlarning bosh vazifasi asosiy harakatlarning shakllanishi ekanligidan dalolat beradi. Mazkur maqsadni ro'yobga chiqarish uchun ularda, odatda, jismoniy mashqlar va harakatli o'yinlardan iborat bo'lgan keng qamrovli o'quv materiali taqdim etilgan.

NATIJALAR

Chaqqonlik ko'rsatkichlari va psixik jarayonlar orasidagi bog'liqliklar.

Chaqqonlik deb ataladigan jismoniy sifatni tavsiflash uchun testlar sifatida to'pni nishonga otish, qo'llarni yon tomonga yozish hamda majmuali muvozanat mashqi (MMM) olindi. Bu testlar barcha maktabgacha yosh guruhlarida qo'llanildi. Yg'il bolalar guruhida aniqlangan bog'liqlik darajasining xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.

Uch yoshda bolalarning chaqqonlik deb ataluvchi jismoniy sifatga oid imkoniyatlarini, ularning psixik jarayonlar bilan o'zaro bog'liqligini ochib beruvchi barcha test mashqlari tahlilida ishonchli bog'liqlik ko'zga tashlanadi. Pedagogik tajriba natijasida chaqqonlikning namoyon bo'lishi hamda psixik jarayonlar orasidagi o'zaro bog'liqlikning quyidagi xususiyatlari aniqlandi. Masalan, to'pni nishonga otish ko'rish xotirasi va tafakkur bilan bog'liq, bajarish aniqligini tekshirish uchun qo'lni yon tomonga yozish - eshitish va ko'rish xotirasi, shuningdek, tafakkur bilan, MMM esa faqat diqqat bilan bog'liq. Natijada, pedagogik tajriba uch yoshli o'g'il bolalar guruhida chaqqonlik ko'rsatkichlari bilan psixik jarayonlar orasidagi ishonchli bog'liqliklarning 27,7 % holatini aniqlash uchun imkoniyat berdi. To'rt yoshda tajriba guruhi o'g'il bolalarida chidamlilik ko'rsatkichlari va psixik jarayonlar orasida aniqlangan ishonchli bog'liqliklar miqdorining bir oz pasayishi kuzatildi, lekin ular baribir nazorat guruhidagidan ko'proq edi . Bu yosh guruhida chaqqonlik ko'rsatkichlari bilan psixik jarayonlar orasidagi aniqlangan ishonchli bog'liqlikning umumiy foizi 22,2 % ga teng bo'ldi.

Chaqqonlik ko'rsatkichlari bilan psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlik

Test Jinsi Nazorat guruxi Tajriba guruxi

X H Idrok Diqqat Tas. X « X H Idrok Diqqat Tas.

UCH YOSH

To'pni nishonga otish O' 220 320 80 230 260 530 260 480 500 320 70 10

Q 610 110 290 640 230 70 670 650 680 130 290 150

Qo'lni yon tomonga yozish O' 120 290 590 260 20 90 170 510 550 230 130 720

Q 220 260 180 290 260 170 630 230 90 10 60 120

MMM O' 150 280 100 30 40 10 160 90 500 90 80 360

Q 30 260 430 90 100 230 130 340 290 320 440 320

TO'RT YOSH

To'pni nishonga otish O' 200 290 300 490 230 510 530 270 450 160 250 270

Q 400 160 120 180 290 90 60 20 290 60 230 260

Qo'lni yon tomonga yozish O' 10 60 310 360 120 280 160 180 70 320 200 100

Q 80 650 210 160 130 230 200 130 110 620 510 120

MMM O' 90 260 230 270 290 120 30 70 60 20 610 250

Q 10 320 80 30 130 120 160 40 240 500 230 300

BESH YOSH

To'pni nishonga otish O' 200 120 60 270 160 30 220 530 170 130 260 480

Q 190 120 80 520 270 60 270 420 590 180 320 150

Qo'lni yon tomonga yozish O' 280 290 180 480 300 220 340 110 170 200 620 130

Q 130 180 220 60 90 320 210 160 290 240 150 680

MMM O' 90 310 260 80 270 320 610 640 500 10 130 520

Q 260 270 400 100 30 180 310 10 220 510 80 120

OLTI YOSH

To'pni nishonga otish O' 190 60 270 280 220 190 320 270 580 150 210 90

Q 320 280 150 120 530 10 30 600 140 20 80 170

Qo'lni yon tomonga yozish O' 710 230 120 380 100 70 160 280 230 600 250 20

Q 350 470 160 90 160 130 70 20 620 180 20 140

MMM O' 760 270 290 130 90 520 300 210 560 100 620 70

Q 180 450 290 360 120 180 320 540 10 70 200 180

O'g'il bolalarda rq398 (P<0,05), qizlarda rq410 (P<0,05) bo'lganda, bog'liqlik tahlili natijalari ishonchli hisoblandi.

Besh yoshda, ancha kichik yoshlilar guruhidagidek, ijobiy ishonchli bog'liqliklar asosan pedagogik tajribadan so'ng ko'zga tashlandi. Masalan, agar nazorat guruhida ishonchli bog'liqlik faqat bir holatda aniqlangan bo'lsa (qo'lni yon tomonga yozish bilan idrok orasida), tajriba guruhida ular ettita (36,7 %), ya'ni barcha guruhlar orasida eng yuqori darajaga etdi.

Olti yoshli o'g'il bolalar chaqqonlik va boshqa psixik jarayonlar ko'rsatkichlari orasidagi ishonchli bog'liqliklarni kamroq miqdorda namoyish etdilar . Lekin agar nazorat guruhida ikkita test mashqi bo'yicha birorta ham bog'liqlik ko'rsatkichi qayd etilmagan bo'lsa, uchinchi mashqda (MMM) ular ikkita bo'ldi. Tajriba guruhida dastlabki ikkita testda bog'liqlik ularning har birida faqat bir holatda yuzaga keldi. MMM va psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlik darajasini tahlil qilish davomida ahvol bir oz yaxshi edi - ishonchli bog'liqlik ikkita holatda aniqlandi. Agar chaqqonlik va psixik jarayonlar ko'rsatkichlari orasidagi ishonchli bog'liqliklarning umumiy miqdori

tajriba guruhidagi olti yoshli bolalarda 22,2% ni tashkil qilgan bo'lsa, nazorat guruhida 11,1% bo'ldi.

Qizlar guruhida, chaqqonlik va psixik jarayonlar ko'rsatkichlari orasidagi o'zaro bog'liqlikning mutlaqo boshqacha namoyon bo'lishi kuzatiladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, to'pni otishda yaxshi eshitish va ko'rish qobiliyati, shuningdek, tafakkur; harakat aniqligini tekshirish uchun qo'llarni yon tomonga yozishda eshitish xotirasi, MMMni bajarishda diqqat talab etiladi. Qizlarning nazorat guruhida to'pni nishonga otishda eshitish xotirasi bilan idrok orasida; uchinchi testda faqat tafakkur bilan ishonchli bog'liqliklar aniqlandi; ikkinchi testda biror holatda ham bunday bog'liqlik kuzatilmadi. Natijada, chaqqonlik bilan psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlikning umumiy miqdori nazorat guruhidagi uch yoshli o'g'il bolalarda 16,6% ga teng bo'ldi.

Uch yoshli qizlarning tajriba guruhida pedagogik tajribadan keyin ishonchli bog'liqlikning umumiy miqdori 27,7% ga etdi.

To'rt yoshli qizlarning tajriba guruhida ham, nazorat guruhida ham avvalgi yosh guruhiga nisbatan ishonchli bog'liqlik miqdori kamroq qayd etildi. Biroq bu holatda ham pirovard natijada tajriba guruhi ustunroq bo'lib chiqdi. Ularda pedagogik tajriba tugaganidan so'ng ishonchli bog'liqlik miqdori 16,7% ni, nazorat guruhida esa 5,5% ni tashkil qildi.

Besh yoshda chaqqonlik bilan psixik sifatlarning o'zaro bog'liqligida birmuncha ko'tarilish qayd etildi, lekin bu faqat tajriba guruhiga taalluqli (4.8-jadval). Tajribadan so'ng uchala mashqda ham psixik jarayonlar bilan ishonchli bog'liqliklarning mavjud bo'lgani fikrimizni tasdiqlaydi. Birinchi holatda - ko'rish xotirasi va tafakkur bilan, ikkinchisida - tasavvur bilan, uchinchisida - idrok bilan. Bunday bog'liqliklar qizlarning mazkur guruhida 22,2% ni tashkil etdi.

Ammo chaqqonlik va psixik sifatlar ko'rsatkichlari orasidagi ishonchli bog'liqliklarning eng kichik foizi olti yoshli qizlar guruhida qayd etildi - 11,1%. Faqat to'pni nishonga otish va MMMda ko'rish xotirasi bilan bog'liqlik kuzatildi. Nazorat guruhiga kelsak, ularda faqat bir holatda - MMM bilan ko'rish xotirasi orasida -ishonchli bog'liqlik aniqlandi.

Shunday qilib, tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, bu safar ham tajriba guruhining 3-6 yoshli bolalari pedagogik tajribadan keyin o'zlarini faqat yaxshi tomondan namoyish etdilar. Jismoniy va psixik sifatlarni kuchliroq rivojlantiradigan harakatli o'yinlardan maqsadli foydalanishga asoslangan pedagogik tajriba ushbu ko'rsatkichlar orasidagi ijobiy bog'liqlik miqdorini oshirishga turtki berishi yakqol ko'rinib turibdi.

Egiluvchanlik va psixik jarayonlar ko'rsatkichlarining o'zaro bog'liqligi Egiluvchanlik va psixik jarayonlar orasidagi ishonchli o'zaro bog'liqlikni aniqlash uchun quyidagi testlardan foydalanildi - uch va to'rt yoshli bolalar uchun -ko'prikcha va engashish, besh va olti yoshlilar uchun mazkur testga yana bir boshqa test - elka bo'g'imlarini burish qo'shildi.

Egiluvchanlik va psixik jarayonlar ko'rsatkichlarining o'zaro bog'liqligi

Test Jinsi Nazorat guruxi Tajriba guruxi

X X H Idrok Diqqat Tas. X « X H Idrok Diqqat Tas.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14

YH Em

Ko'prik cha O' 320 60 310 200 170 80 390 120 400 160 420 10

Q 150 230 120 180 10 160 150 180 290 90 120 610

Engashish O' 190 280 340 130 60 510 170 130 540 10 90 160

Q 480 10 160 190 80 40 30 600 190 160 220 630

TYPT Em

Ko'prik cha O' 70 610 170 310 510 160 550 580 420 430 170 120

Q 110 80 120 390 160 360 150 400 20 70 430 520

Engashish O' 40 320 360 150 130 220 30 480 460 150 80 30

Q 60 100 290 160 90 180 280 30 210 120 290 560

EEm Em

Ko'prik cha O' 30 160 120 10 410 120 230 560 40 320 130 180

Q 130 160 250 100 260 690 20 520 160 540 40 560

Engashish O' 720 150 100 80 40 160 100 30 620 200 710 480

Q 30 10 400 290 80 60 640 420 130 160 400 450

Elka bo'g'imlari ni burish O' 470 130 610 270 290 150 40 130 220 310 690 510

Q 70 260 190 280 10 20 320 380 390 120 10 130

o.rm Em

Ko'prik cha O' 130 270 260 180 50 180 310 170 220 260 180 530

Q

Engashish O' 660 480 200 130 730 510 390 160 390 530 120 460

Q 100 120 20 130 520 90 180 160 130 570 590 680

Elka bo'g'im larini burish O' 150 130 40 20 130 20 160 280 310 20 500 60

Q 10 560 290 300 320 330 420 730 30 560 20 270

O'g'il bolalarda rq382 (P<0,05) va qizlarda rq378 (P<0,05) bo'lganda, bog'liqlik tahlili natijalari ishonchli deb hisoblandi.

Nazorat guruhining uch yoshli o'g'il bolalarida bog'liqlikning faqat bitta ishonchli koeffitsienti qayd etildi - engashish bilan tasavvur orasida. Lekin tajriba guruhida tajriba tugaganidan so'ng bunday ko'rsatkichlar miqdori to'rttaga etdi: ko'prikcha mashqi bilan eshitish xotirasi, tafakkur va diqqat orasida, engashish bilan tafakkur orasida. Tajriba guruhidagi uch yoshli o'g'il bolalarda ishonchli bog'liqlik miqdorining yig'indisi 33,3% ni, nazorat guruhida esa 8,3% ni tashkil qildi.

Nazorat guruhidagi to'rt yoshli bolalarda, birinchi holatdagidek, faqat bitta ishonchli bog'liqlik ko'rsatkichi qayd etildi -ko'prikcha mashqi bilan ko'rish xotirasi hamda diqqat orasida. Tajriba guruhida bunday bog'liqliklarning beshtasi qayd etildi: ko'prikcha mashqi bilan eshitish, ko'rish xotirasi va tafakkur; engashish bilan ko'rish xotirasi va tafakkur orasida. Natijada, to'rt yoshli o'g'il bolalarning bu guruhida ishonchli bog'liqliklar 41,6% ga, nazorat guruhida esa 16,6% ga teng bo'ldi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Besh yoshda nazorat guruhida ishonchli bog'liqliklar uchtaga etdi: ko'prikchani bajarish va diqqat, engashish va eshitish xotirasi, elka bo'g'imlarini burish va eshitish xotirasi orasida. Tajriba guruhi o'g'il bolalarida yana ham ko'proq ijobiy natijalar qo'lga kiritildi. Bu guruhda ishonchli bog'liqliklar miqdori pirovard natijada 58,3% ga, nazorat guruhida esa 22,2% ga etdi.

Olti yoshli o'g'il bolalar ham nazorat guruhida, ham tajriba guruhida egiluvchanlik va psixik jarayonlar o'zaro bog'liqlikning yuqori darajasini namoyish qildilar. Nazorat guruhida engashishlarni bajarish eshitish xotirasi, idrok, diqqat va tasavvurga, tajriba guruhida esa eshitish xotirasi, tafakkur, idrok va tasavvurga jiddiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Natijada, olti yoshli o'g'il bolalarning tajriba guruhidagi ijobiy bog'liqlik ko'rsatkichlari miqdori 33,3% ga, nazorat guruhida esa 16,6% ga teng bo'ldi.

Uch yoshli qizlarning nazorat guruhida faqat bitta holatda - engashish bilan eshitish xotirasi orasida ishonchli ijobiy bog'liqlik mavjudligi ma'lum bo'ldi.

Tajriba guruhida bunday bog'liqliklar uchta edi - birinchi holatda ko'prikchani bajarish natijalari va tasavvur orasida, ikkinchisida - engashish bilan ko'rish xotirasi hamda tasavvur orasida. Bu guruhda ishonchli bog'liqliklarning umumiy ko'rsatkichi 25% ni, nazorat guruhida esa 8,3% ni tashkil etdi.

Tajriba guruhidagi to'rt yoshli qizlarda ishonchli bog'liqliklarning umumiy miqdori uch yoshlilarga nisbatan to'rttagacha ko'paydi (33,3 %). Nazorat guruhidagi tengdoshlarda bu ma'lumotlar o'zgarishsiz qoldi.

Tajriba guruhidagi besh yoshli qizlarda egiluvchanlik bilan psixik jarayonlar ko'rsatkichilarning ishonchli ijobiy bog'liqliklarida jiddiy o'sish qayd etildi (4.9-

jadval). Ularda ishonchli ijobiy bog'liqlikning nisbiy ko'rsatkichi 44.4% ga, nazorat guruhi qizlarida esa 11,1% ga teng bo'ldi. Tajriba guruhining olti yoshli qizlarida ishonchli o'zaro bog'liqlikning ayniqsa yuqori darajasi kuzatildi - 50% .

Agar nazorat guruhidagi 3-6 yoshli qizlarda egiluvchanlik bilan psixik sifatlar ko'rsatkichlari orasidagi ishonchli bog'liqlikning umumiy miqdori ettiga teng bo'lsa, tajriba guruhida bu ko'rsatkich 24% ni tashkil qildi.

O'g'il bolalarda rq382 (P<0,05) va qizlarda rq378 (P<0,05) bo'lganda, bog'liqlik tahlili natijalari ishonchli deb hisoblandi.

Nazorat guruhining uch yoshli o'g'il bolalarida bog'liqlikning faqat bitta ishonchli koeffitsienti qayd etildi - engashish bilan tasavvur orasida. Lekin tajriba guruhida tajriba tugaganidan so'ng bunday ko'rsatkichlar miqdori to'rttaga etdi: ko'prikcha mashqi bilan eshitish xotirasi, tafakkur va diqqat orasida, engashish bilan tafakkur orasida. Tajriba guruhidagi uch yoshli o'g'il bolalarda ishonchli bog'liqlik miqdorining yig'indisi 33,3% ni, nazorat guruhida esa 8,3% ni tashkil qildi.

Nazorat guruhidagi to'rt yoshli bolalarda, birinchi holatdagidek, faqat bitta ishonchli bog'liqlik ko'rsatkichi qayd etildi -ko'prikcha mashqi bilan ko'rish xotirasi hamda diqqat orasida. Tajriba guruhida bunday bog'liqliklarning beshtasi qayd etildi: ko'prikcha mashqi bilan eshitish, ko'rish xotirasi va tafakkur; engashish bilan ko'rish xotirasi va tafakkur orasida. Natijada, to'rt yoshli o'g'il bolalarning bu guruhida ishonchli bog'liqliklar 41,6% ga, nazorat guruhida esa 16,6% ga teng bo'ldi.

Besh yoshda nazorat guruhida ishonchli bog'liqliklar uchtaga etdi: ko'prikchani bajarish va diqqat, engashish va eshitish xotirasi, elka bo'g'imlarini burish va eshitish xotirasi orasida. Tajriba guruhi o'g'il bolalarida yana ham ko'proq ijobiy natijalar qo'lga kiritildi. Bu guruhda ishonchli bog'liqliklar miqdori pirovard natijada 58,3% ga, nazorat guruhida esa 22,2% ga etdi.

Olti yoshli o'g'il bolalar ham nazorat guruhida, ham tajriba guruhida egiluvchanlik va psixik jarayonlar o'zaro bog'liqlikning yuqori darajasini namoyish qildilar. Nazorat guruhida engashishlarni bajarish eshitish xotirasi, idrok, diqqat va tasavvurga, tajriba guruhida esa eshitish xotirasi, tafakkur, idrok va tasavvurga jiddiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Natijada, olti yoshli o'g'il bolalarning tajriba guruhidagi ijobiy bog'liqlik ko'rsatkichlari miqdori 33,3% ga, nazorat guruhida esa 16,6% ga teng bo'ldi.

MUHOKAMA

3-6 yoshli bolalarning turli yosh - jins guruhlarida o'tkazilgan pedagogik tadqiqotlar turli jismoniy sifatlarning takomillashuvi jarayoniga pedagogik tajribaning ta'sir ko'rsatishi xususiyatlarinigina emas, balki ulardagi o'zgarishlarning yosh

xususiyatlarini ham aniqlash imkonini berdi. Agar harakatli o'yinlarni maxsus tanlash asosida jismoniy va psixik sifatlarni maqsadli rivojlantirish ko'rsatkichlari samaradorligi tahlil qilib ko'rilsa, shunday xulosa chiqarish mumkin: bunday mashg'ulotlar barcha jismoniy sifatlarning rivojlanishini jiddiy yaxshiladi. Pedagogik tajriba barcha jismoniy sifatlarning o'zgarishlariga xos tabiiy yosh xususiyatlarini saqlab qolishgina emas, balki ayrim hollarda xatto bu jarayonlarni tezlashtirish ham mumkin bo'lganligini ko'rsatdi. Bu ko'proq chaqqonlik va egiluvchanlikka, eng kam darajada chidamlilik, kuch va tezkorlikka taalluqli. Harakat apparatining alohida jismoniy mashqlar ta'siriga bo'lgan yaqqol ifodalangan geteroxron reaktsiyasidan dalolat beruvchi ma'lumotlar olindi. Bu shunda namoyon bo'ldiki, hatto turli test topshiriqlari asosida u yoki bu jismoniy sifatning o'zgarishlarini tahlil etishda ham ishonchlilik darajasi juda farqli bo'ldi, alohida hollarda variantlilik koeffitsienti 80% gacha etdi: bu maktabgacha yoshdagi bolalar organizmining ko'pincha tezlashuv jarayoni, hususan asab-mushak apparati rivojlanishining jadallashuvi vaqtida jismoniy mashqlar ahamiyatini chegaralovchi funktsional tizimlaridagi qator mexanizmlarning kuchli ta'siri ustida so'z yuritishga imkon beradi. Shunisi aniqki, 3-6 yoshli bolalarning asab-mushak apparati hali etilmagan bo'lib, u tezkor shakllanish bosqichida. Bundan tashkari, shu hodisaga ham diqqat qilish kerak: bu yoshdagi bolalar yakqol ifodalangan alohida yosh-jins xussiyatlariga ega bo'ladilar. Bu qator olimlarning turli j insdagi bolalargina emas, turli yosh vakillariga ham, ushbu davrda jismoniy tarbiya jarayonida - tabaqalashtirib yondashish zarurligi to'g'risidagi fikrlarini tasdiqlash uchun yo'l beradi.

Jismoniy sifatlar ko'rsatkichlari o'sish sur'atlarining yoshga ko'ra o'zgarishlarini tahlil qilish yillik tsiklda guruhning o'rtacha ko'rsatkichlarini tadqiq etish asosida amalga oshirildi.

To'rt yoshli o'g'il bolalarda eng yuqori sur'at kuch va egiluvchanlikni, qizlarda esa kuch va chaqqonlikni tahlil etganda kuzatildi.

Besh yoshdagi o'g'il bolalar chidamlilik (13,8%) va kuch (10,5%) ko'rsatkichlarining, qizlar esa kuch (12,0 %) hamda chaqqonlik (7,6%) ko'rsatkichlarining yuqori o'sish sur'atlarini saqlab qoldilar.

XULOSA

Jismoniy sifatlar ko'rsatkichlari o'sish sur'atlarining yoshga ko'ra o'zgarishlarini tahlil qilish yillik tsiklda guruhning o'rtacha ko'rsatkichlarini tadqiq etish asosida amalga oshirildi.

Uch yoshli o'g'il bolalarda kuchning rivojlanishida (12%) va chidamlilikning rivojlanishida (11,5%) o'sish sur'atlari ancha yuqori. Shu yoshdagi qizlar guruhida

chidamlilik (22,5%) hamda kuch (6,0%) sifatlarining o'sish sur'atlari yaqqol ifodalanganligi qayd etildi.

To'rt yoshli o'g'il bolalarda eng yuqori sur'at kuch va egiluvchanlikni, qizlarda esa kuch va chaqqonlikni tahlil etganda kuzatildi (3.5 va 3.6-rasmlar).

Besh yoshdagi o'g'il bolalar chidamlilik (13,8%) va kuch (10,5%) ko'rsatkichlarining, qizlar esa kuch (12,0 %) hamda chaqqonlik (7,6%) ko'rsatkichlarining yuqori o'sish sur'atlarini saqlab qoldilar.

Uch yoshli qizlarning nazorat guruhida faqat bitta holatda - engashish bilan eshitish xotirasi orasida ishonchli ijobiy bog'liqlik mavjudligi ma'lum bo'ldi.

Tajriba guruhida bunday bog'liqliklar uchta edi - birinchi holatda ko'prikchani bajarish natijalari va tasavvur orasida, ikkinchisida - engashish bilan ko'rish xotirasi hamda tasavvur orasida. Bu guruhda ishonchli bog'liqliklarning umumiy ko'rsatkichi 25% ni, nazorat guruhida esa 8,3% ni tashkil etdi.

Tajriba guruhidagi to'rt yoshli qizlarda ishonchli bog'liqliklarning umumiy miqdori uch yoshlilarga nisbatan to'rttagacha ko'paydi (33,3 %). Nazorat guruhidagi tengdoshlarda bu ma'lumotlar o'zgarishsiz qoldi.

Tajriba guruhidagi besh yoshli qizlarda egiluvchanlik bilan psixik jarayonlar ko'rsatkichilarning ishonchli ijobiy bog'liqliklarida jiddiy o'sish qayd etildi. Ularda ishonchli ijobiy bog'liqlikning nisbiy ko'rsatkichi 44.4% ga, nazorat guruhi qizlarida esa 11,1% ga teng bo'ldi. Tajriba guruhining olti yoshli qizlarida ishonchli o'zaro bog'liqlikning ayniqsa yuqori darajasi kuzatildi - 50% .

REFERENCES

1. Баскакова И.Л. Внимание дошкольника, методы его изучения и развития. Изучение внимания школьников. - М.: Издательство «Институт практической психологии», Воронеж: НПО «МОДЭК», 1995.- 64 с.

2. Глазырина Л.Д. Физическая культура дошкольникам. Старший возраст: Пособие для педагогов дошк. учреждений.- М.: Гуманит. изд. центр «Владос», 2001.-264 с.

3. Goncharova.O.B. Yosh sportchilarning jismoniy qobilyatlarini rivijlantirish. O'quv uslubiy qo'llanma Toshkent. O'zDJTI, 2005 yil. 171 bet.

4. Salomov.R.S, Sharipov.A.K. Jismoniy tarbiya nazaryasi va uslubiyati. 2 jild. Darslik. Toshkent. "ITA-PRESS" 2015. 182 bet.

5. Усманходжаев Т.С. Народные игры, национальные виды спорта и пути их использования в физическом воспитании детей и молодёжи / СоFлом авлод тарбияси буюк давлат куриш заминидир. Илмий амалий анжуман материаллари. 2-кисм. Тошкент. 1994, - Б. 165-166.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.