MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA MARIYA MONTESSORI METODIKASIDAN FOYDALANISH
Nazokat Boboqulova
Termiz davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Mariya Montessori metodikasidan foydalanish haqida so'z boradi. Ta'limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi hamda uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli -tuman ehtiyojlari qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson jamiyat va atrof muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvidir. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta'lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg'or usullar tatbiq etib kelinmoqda. Shulardan biri Mariya Montessori texnologiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o'zlashtirilgan "tabiiy" usul bo'lib, bola tarbiyasida o'zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan. "Bizning bolalarga bo'lgan munosabatimizni o'ylar ekanman -deydi.
Kalit so'zlar: bola, ong, individ, mashq, metodika
USE OF MARIA MONTESSOR METHODOLOGY IN EDUCATION OF
PRESCHOOL CHILDREN
ABSTRACT
This article discusses the use of the Maria Montessori method. The humanization of education and the discovery of human potential and the satisfaction of its diverse needs in education, the priority of national values, the harmonization of human society and the environment. Therefore, today a number of advanced methods are used to develop the pedagogy of preschool education. One of these is Maria Montessori technology. It is essentially a "natural" way of life and is known for its perfection in child rearing. "I think about the way we treat children," he said.
Keywords: child, mind, individual, exercise, methodology
KIRISH
Montessori biz ularda tug'ilajak aqliy tuyg'ularini ehtiyojkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qilidiruvchi omil hisoblanamiz". Demak biz bolalarni rivojlantiriuvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo'lishimiz kerak? - degan savolga javob izlashimiz zarur. Eng
avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz degan fikrdan qutilishimiz kerak. U nafaqat o'z oilasining a'zosi balki jamiyatning bir bo'lagi ekaniga ko'nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga tegishli bo'lgan yagona insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Kichik yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi (Montessori metodikasi bo'yicha) Agar biz bugungi kunda «Zamonaviy maktablarda o'quvchilarning intellektual rivojlanish darajasi qay ahvolda?» degan savolni bersak, Montessori bizning savolimizga shunday javob berar edi: «Maktab o'qituvchisi o'quvchi intellektining quruvchisi hisolanadi. O'quvchi o'qituvchi imkon bergan darajada shakllanadi. O'qituvchi nimaniki bergan bo'lsa, o'shani biladi. O'qituvchi nimani tushuntirgan bo'lsa, o'quvchi undan ko'p ham, kam ham narsani tushunmaydi. O'quvchilarning muvaffaqiyatlarini maqtashganda bu maqtovlar bevosita o'qituvchiga ham tegishlidir. Sinfning yutug'i — uning muvaffaqiyatidir. Uning mahorati shundaki, o'quvchilarga yetkazishni zarur deb bilgan darsini bolalarning diqqat bilan tinglashlaridir». Aytilgan bu so'zlar ayni haqiqat. Xo'sh, bular boshlang'ich maktabga tegishlimi yoki bolalar bog'chasiga aloqador? O'qituvchi, tarbiyachi, xullas, bolalarni tarbiyalovchilarning barchasi ta'lim-tarbiya jarayonida faoliyat yurituvchi asosiy shaxs hisoblanadilar. Shuningdek, ularning ruhiy rivojlanishida ham cheksiz quvvat manbai hisoblanadi. Bolalarga faqatgina kattalar tomonidan yoki o'z xohishi bilan yoxud belgilangan dasturga ko'ra taqdim etiladigan «taomni» qabul qilishgina qoladi, xolos. Va shu o'rinda «erkinlik», «erkin tarbiya» deb ataluvchi tushunchani yuzaga keltiradi. «Erkinlik» masalasi qancha ko'p muhokama qilinmasin, bola baribir qaram bo'lib qolmoqda. Hattoki unga yuqori darajada e'tibor ko'rsatilganda ham u erkin emas, balki «qarovsiz»dir. Ya'ni, uning intellekti qarovsiz, «yoqimsiz taomni tanovvul» qilishga majbur. Natijada rivojlanish uchun keng erkinlik beruvchi hissiyotlarga bo'ysunadi. Faqatgina shunchaki harakatlanadigan bola erkin hisoblanmaydi. Balki o'z harakatlarida aniq o'ylangan maqsadga ega bo'lgandagina muayyan tashkil etilgan sharoitda o'z shaxsini rivojlantirishga va shakllantirishga qodir. Shaxsiy rivojlanishi uchun uning o'zi mustaqil ish tanlay oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biror bir ishga uzoq vaqt davomida o'z intilishi bilan katta intellektual, maqsad bilan sho'ng'ib ketadi. Fikrni jamlab predmetlarni (sensor materiallarda) tanlash imkoniyatini, muhokamasi va tuzatish imkoniyatini qo'lga kiritadi. O'z salohiyatini
yuzaga chiqarib, uni yuksaltirish uchun turtki bera oladigan bolagina erkin hisoblanadi. Bolani shaxsiy intellekt maktabiga joylash bilan biz uning turini muqarrar o'zgartiramiz; «bolalik psixologiyasi» nomida izohlanuvchi bola haqidagi barcha tasavvurlar, agar bolalarni Montessori sharoitida uzoq vaqt kuzatadigan bo'lsak, sezilarli darajada ba'zi bir munosabatlarda tamomila o'zini oqlamaydi. Uch yoshga yaqin yosh bola birinchi bor bolalar bog'chasiga kelganda unga xuddi hamma narsani yozish mumkin bo'lgan «oppoq qog'oz» degan tasavvur bilan emas, aksincha, tashqi olam ta'sirida to'plangan tartibsiz taassurotlarga ega, deb yondoshishimiz zarur. «Uch yoshli bola kechinmalarida turli chalkashliklardan iborat og'ir bo'shliq mavjud bo'ladi», deydi Montessori. Aksariyat hollarda oxiri uyqu bilan tugaydigan sababsiz injiqliklar va yig'i, uning ustiga yopiriladigan tashqi olamdan olingan hisobsiz taassurotlar hisobiga yuzaga keladi. Hyech kim xayoliga ham keltirmaydiki, sayr bola uchun mehnat hisoblanadi. Ayniqsa, hali uning sezgilari layoqatli bo'lmagani holda ko'rish va eshitish orqali xatolarini to'xtovsiz to'g'rilab boradi. Narsalarni kuzatib ko'zi bilan aniq baholay olmasligi uni o'ta toliqtiradi. o'z yoshligini eslay oladiganlarning hammasi buni tasdiqlashi, yosh bolalarni kuzatuvchi har bir e'tiborli odam buni har qadamda ko'rishi mumkin. Biz bolaga bu og'ir holatdan chiqib olishga yordam berishimiz kerak, unga dunyoni chalkashlik sifatida emas, balki tabiatan nihoyatda intiluvchanligini hisobga olgan holda, tabiatning qat'iy tartibda ekanini anglashga imkon berishimiz lozim. Bunga yaqinlashish uchun esa bola atrofdan tabiat qoidalari asosida boshlanuvchi uning ichki uyushqoqligi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lgan nimadir topishi kerak. Aytaylik, xuddi hasharotdek to'g'ridan-to'g'ri o'z shakl va mohiyatidan kelib chiqib, ranglarning shakli va sifatini topish kerak bo'ladi. Boshqacha aytganda, biz bola uchun aniq belgilangan sharoit yaratib berishimiz va unga intellektual mustaqil mashqlar uchun zarur tashqi vositalarni berishimiz kerak. Bu vositalar tasodifiy yoki o'qituvchi xohishi bilan tanlangan bo'lmasligi kerak. Balki bola uchun aqliy rivojlanishda mustaqil mashqlar obyekti bo'lib xizmat qiluvchi, Montessorining sezgi a'zolarini tarbiyalashga qaratilgan didaktik materallari bo'lishi, tajriba orttirilishi natijasida sekin-asta taqdim etishi kerak. Dastlab intellektning rivojlanishi uchun faktlarning to'planishi va ularning farqlanishi zarur bo'ladi. Bolaga bu asosda o'z intellektini oshirishga ko'maklashish faqatgina mashqlarda «o'zini-o'zi boshqarish» bilan amalga oshiriladi.A«Boshqa bir odam bizning o'rnimizga mashq qilib, bizga mahorat orttirish imkonini berishi aqlga sig'maydigan holatdir», deydi Montessori. Sensor materiallardagi sezgiga doir mashg'ulotlar bolalarga ajratish va tavsiflash (klassifikasiyalash) imkonini beradi. Hozirgi kunda ba'zi narsa-buyumlarni ularning sifatidan bo'lak boshqa belgilariga
qarab ajratish imkoniyati mavjud emas. Montessorining sensor materiallari ham narsa-buyumlar sifatini: o'lchami, shakli, rangi, yuzaning silliqligi va g'adir-budurligi, og'irligi, harorati, hidi, shovqin, ovozini tahlil qiladi va ko'rsatib beradi. Predmetlarning sifatigina bir-biridan farqlanadi, ularning o'zi emas, chunki bu sifatlar predmetning belgisini bildiradi. Misol uchun Montessori materiallaridagi ixtiyoriy predmetni olaylik, u favqulodda oddiy, bola diqqatini o'zida jamlovchi sifatlarga ega. Unda bolaning e'tiborini tortuvchi sifatlar mavjud bo'lib, uni qiynab qo'yuvchi barcha ortiqcha belgilar olib tashlangan. Masalan, balandlik va hajmni farqlash imkonini berish uchun bolaga shunchaki hajman har xil bo'lmagan silindir, kub va prizmalar berish kerak. Qo'ziqorin, tuxum yoki jo'jaxo'roz va shunga o'xshash narsalar berilmaydi. Shaklni farqlash uchun tekis geometrik shakl va jismlardan foydalaniladi. Uychalar, gullar va olmalar bu tarkibga kirmaydi. Rangni farqlashda esa qo'g'irchoq, gul yoki qo'lda yasalgan o'yinchoqlar emas, balki oddiy rangli shoyi qirqimlari kifoya. Ranglar tartibini anglatuvchi yo'nalishda joylashgan bu predmetlar ranglarning sifatiga qarab ham ajratiladi. Bola mashq qilar ekan, bu sifatlarni farqlab beradi: endilikda u predmetlarning ko'proq yoki kamroq, baland va past, yo'g'on va ingichka, ko'p va kam bo'lishi mumkinligini farqlaydi. Ranglar bo'yalganlik darajasiga qarab turlicha bo'lishini, tovushlar turlicha jarangdorlikda, shakllar bir-biriga o'xshashligi jihatidan turli darajada bo'lishini anglab yetadi. Bola material predmetlarini juftlash va qo'yish bilan sifatlar ayniyatini o'rnatish holatida bo'ladi. Masalan, bola geometrik shaklni kartonga qo'yish, ularni yacheykaga yasoylash, ikkita rangli jadvalni yonma-yon qo'yishni bajaradi. Shuningdek, ikkita kub, prizma yoki tayoqni qo'yadi. Keyinchalik esa individual darslar yoki o'z shaxsiy xulosalariga tayanib, bola sifatlar tafovutini aniqlaydi: uzun-kalta, yorqin-xira, katta-kichik va boshqalar. Va nihoyat, qachonki rangli katakchalar, prizma, tayoq, silindr geometrik shakllar kabi predmetlar turlari bo'yicha ketma-ket joylashganda sifatlar darajasini farqlashni boshlaydi. Biz har doim bolalarimizdan quyidagi iboralarni eshitamiz: «bu xuddi o'zi», «u bungao'xshaydi», «judayam o'xshash», «sal-pal o'xshash», «ko'proq», «semizroq», «kengroq», «buxiraroq», «bu rangliroq», «bu baland, bunisi pastroq» va shu kabi. Uning o'ziga ma'lum bo'lmagan, ammo ongda yashirin yotgan va unda zarurat tug'ilgandagina yuzaga chiquvchi aniq so'zlarni ishlatishni boshlaydi. Sifati bo'yicha farqlanuvchi narsa va buyumlar ma'lum tartib asosida guruhlarga taqsimlanadi. Bunday vaziyatda tevarak-olam bola uchun chalkash tuyulmaydi.
XULOSA
Har bitta predmet o'z o'rnida va darajasida bo'ladi. Bola o'zlashtirgan har bir bilim faqatgina «tasavvuriy» bo'lmay, balki «aniq» faktlar asosida egallanadi. Shu
taxlitda bola ongida mustahkam va muntazam boyib boruvchi dastlabki tartib o'rnatiladi. Yosh bolaning kelajakda aqliy rivojlanishi asosan dastlabki ichki tartibning o'rnatilishiga bog'liq. Montessori bu o'sishni homila rivojlanishi bilan taqqoslaydi: homilaning o'sishi emas, balki uning tartib bilan rivojlanishi muhimdir. Bu tartibning ahamiyati shundaki, u to'g'ri rivojyaganishni kafolatlaydi. Hamda yashash imkoniyati hisoblanadi. Homila butunlay ulg'aygan, lekin ichki organlari nomutanosib bo'lsa, u hayotga layoqatsiz bo'ladi.
REFERENCES
1. «Bolalar bog'chalari uchun dasturlar» T.:1992y
2. "Barkamol avlod yili" davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori . O'zbekiston ovozi 28.01.2010 y
3. «Bolalar bog'chasida tarbiyachi programmasiga oid metodik ko'rsatmalar»T.: 1967y
4. Godina G.N. «Maktabgacha kichik yoshdagi bolarga ta'lim tarbiya berish T.: 1989y
5. Daminova M., Adambyekova T. «O'yin mashg'ulotlari» T.: «O'qituvchi» 1993y
6. Logipova V.I. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» T.: «O'qiuvchi» 1992y
7. Yusupova G. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi». T «O'qituvchi» 1993
8. Fausyek Yu.U. Motessori bolalar bog'chasi. T.: «Yangi asr avlodi» 2007y
9. Yusuf xos Xojib. «Qutadg'u bilig» T.: «Yulduzcha» 1989y