Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING RIVOJLANISHI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4567
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / rivojlanish / innovatsiya / texnologiya / barkamol avlod. / education / upbringing / development / innovation / technology / harmoniously developed generation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruzabonu Bobir Qizi Umarova, Nilufar Avloqulovna Sodiqova

Ushbu maqolada kundan-kunga rivojlanib borayotgan maktabgacha ta’lim tizimiga yangi innovatsion ta’lim shakllarining va texnologiyalarining joriy etilishi, rivojlanish strategiyasining ishlab chiqilishi, chekka qishloqdagi mamlakatimiz aholisi uchun maktabgcha ta’lim tashkilotlarini barpo qilinishi va shart – sharoitlar yaratish , maktabgacha ta’limga qamrov sonini oshirish, har bir bolani maktabgacha ta’limda mukammal ta’lim va tarbiya olishi uchun ijmoiy ko’maklashish kabi isloatlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF AN ALTERNATIVE EDUCATION SYSTEM IN PRESCHOOL EDUCATION

This article discusses the introduction of new innovative forms and technologies of education in the ever-evolving system of preschool education, the development of development strategies, the establishment of pre-school educational institutions for the population of rural areas and the creation of conditions for preschool education. reforms such as increasing the number of coverage, social support for every child to receive a perfect education and upbringing in preschool education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING RIVOJLANISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

MAKTABGACHA TA'LIMDA MUQOBIL TA'LIM SHAKLINING

RIVOJLANISHI

Feruzabonu Bobir qizi Umarova

Samarqand davlat universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti magistranti umarovaferuzka97@gmail .com

Nilufar Avloqulovna Sodiqova

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 8-

DMTT direktori murodj onov2018@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kundan-kunga rivojlanib borayotgan maktabgacha ta'lim tizimiga yangi innovatsion ta'lim shakllarining va texnologiyalarining joriy etilishi, rivojlanish strategiyasining ishlab chiqilishi, chekka qishloqdagi mamlakatimiz aholisi uchun maktabgcha ta'lim tashkilotlarini barpo qilinishi va shart - sharoitlar yaratish , maktabgacha ta'limga qamrov sonini oshirish, har bir bolani maktabgacha ta'limda mukammal ta'lim va tarbiya olishi uchun ijmoiy ko'maklashish kabi isloatlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, rivojlanish, innovatsiya, texnologiya, barkamol

avlod.

THE DEVELOPMENT OF AN ALTERNATIVE EDUCATION SYSTEM IN

PRESCHOOL EDUCATION

This article discusses the introduction of new innovative forms and technologies of education in the ever-evolving system of preschool education, the development of development strategies, the establishment of pre-school educational institutions for the population of rural areas and the creation of conditions for preschool education. reforms such as increasing the number of coverage, social support for every child to receive a perfect education and upbringing in preschool education.

Keywords: education, upbringing, development, innovation, technology, harmoniously developed generation.

Feruzabonu Bobir kizi Umarova

Master of Preschool Education, Samarkand State University

Nilufar Avlokulovna Sodiqova

Director of the 8th state preschool education organization of Akdarya district of Samarkand region murodj onov2018@gmail .com

umarovaferuzka97@gmail .com

ABSTRACT

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Mamlakatimizda ta'lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" keng ko'lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan bo'lib, hech kimdan kam bo'lmagan navqiron avlodning har tomonlama sog'lom, yuksak ma'naviyatli bo'lib kamol topishi yo'lidagi muhim hujjatdir. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish belgilangan.

Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolani maktab ta'limiga tayyorlash imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarning ota-onalarini metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash va ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish orqali maktab ta'limiga tayyorlashning muqobil tizimi ham joriy etildi.

Ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha ta'lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli ravishda yozish va o'qishni yanada yaxshiroq o'rganishiga xizmat qiladi.

Ta'lim va tarbiyaning muqobil shakli bu — maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modelidir. Maktabgacha ta'lim muqobil shakllarini tashkil etishning maqsad va vazifalari. -Bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, -Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalar ilg'or horijiy tajribani xisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq xar tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart sharoitlar yaratish, -Bolalarni boshlang'ich ta'limga sifatli tayyorlash,

-Uzoq hududlarda va qishloq joylarda yashovchi maktabgacha yoshdagi bolalarni teng huquqli sifatli maktabgacha ta'limga ega bo'lishini ta'minlash,

-Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim soxasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy -texnik bazasini mustahkamlash,

-Bola shaxsining asoslarini shakllantirish,unda bilimga qiziqishni rivojlantirish,

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

-MTT qurilishi imkoniyati bo'lgan uzoq qishloq joylari, tog'li tumanlar va borish qiyin bo'lgan aholi punktlarida kamxarj bo'lgan, bepul sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanshini ta'minlash,

-Maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish. Maktabgacha ta'limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlash choralarini ko'rish nazarda tutilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga nisbatan kam bo'lganda, yechimni nimada ko'rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining "Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o'tish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida 2018-2019-o'quv yilidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi.

Tajriba guruhlari maktabgacha ta'lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta'lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari, maktabgacha ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.

— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomida bir yoki ikki smenada ta'lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning o'ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.

Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga borma-yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang'ich ta'limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o'tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Maktabgacha ta'limning ushbu muqobil shakli bog'chaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo'lmagan darajada faollashtirishni ko'zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta'lim shaklidir. Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari taqdimotida MTV tomonidan 16 ta qayta jihozlangan avtobuslar, bolalar maydonchalari bo'lgan ikkita avtoturargoh va 2 ta modulli MTT taqdim etildi.

Isuzu HC 40 rusumli avtobuslar asosida harakatlanadigan MTTlar belgilangan yo'nalish bo'ylab harakatlanadi. Ko'chma guruhlarda bo'lish muddati 3 soatdan oshmaydi, maksimal soni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 16 nafar bola bo'ladi. Darslarni barcha tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli qilish maqsadida, MTV mutaxassislari turli yoshdagi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

guruhlar uchun maxsus dastur ishlab chiqdilar, o'qituvchilar esa tegishli tayyorgarlikdan o'tdilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son qarori

3. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA PQ-4312 08.05.2019

4. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING "MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" GI QARORI PQ-3261 09.09.2017

5.LEX.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.