Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18157
1005
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / inklyuziv / rivojlanish / takomillashuv / harakat / education / upbringing / inclusive / development / improvement / action

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruzabonu Bobir Qizi Umarova

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining takomillashuvi, va bu ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOP AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM IN PRESCHOOL EDUCATION

This article discusses the new system of education in our country, ie the improvement of the system of inclusive education, and the introduction of this system of education in preschool education, the adoption of new decisions and decrees to develop the system of inclusive education , it is said that the tasks are loaded.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIM TIZIMINI

RIVOJLANTIRISH

Feruzabonu Bobir qizi Umarova

Samarqand davlat universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti magistranti

umarovaferuzka97@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta'lim tizimi ya'ni inklyuziv ta'lim tizimining takomillashuvi, va bu ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat

DEVELOP AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM IN PRESCHOOL

EDUCATION

Feruzabonu Bobir kizi Umarova

Master of Pre-school Education of Samarkand State University umarovaferuzka97@gmail.com

ABSTRACT

This article discusses the new system of education in our country, ie the improvement of the system of inclusive education, and the introduction of this system of education in preschool education, the adoption of new decisions and decrees to develop the system of inclusive education , it is said that the tasks are loaded.

Keywords: education, upbringing, inclusive, development, improvement, action

KIRISH

Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalaming sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash ko'zda tutildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

MUHOKAMA

2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.

Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko'rsatkichlar va tegishli davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida "Yo'l xaritasi" asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi.

Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan:

2020 — 2022-yillar davomida:

inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish;

inklyuziv ta'lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta va malakasi oshirish;

inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich va

boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlanishi;

inklyuziv ta'lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish;

alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o'rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantirish;

alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo'lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;

inklyuziv ta'lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta'lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilish;

2023 — 2025-yillar davomida:

inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy qilish;

alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish;

inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish;

inklyuziv ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko'rish;

o'quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo'yildi.

NATIJA

Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi.

XULOSA

Maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog'lom bolalar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim

olishini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir.

Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?

-o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi

- mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi;

-dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; -o'qishga bo'lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi; -O'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; -Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; -Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari yo'qoladi. Inklyuziv ta'lim sog'lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko'rsatadi? -O'zlariga o'xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar; -Tengdoshlariga g'amxo'rlik hissi uyg'onadi;

-Ularni qo'llab-quvvatlash, yordam berishga intilish -insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; -O'quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o'zaro hurmat tarbiyalanadi

-Yoramga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar

-Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta'limga yo'naltirilgan maktabgacha ta'lim

tashkilotlari kun sayin ko'payib va takomillashib bormoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida qarori PQ-4312 08.05.2019

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risidagi qarori -4860 13.10.2020

3. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . - Казань, 2013

4. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

5. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. - М.: Мозаика-Синтез, 2011. - 144 с.

6. D.S.Qaxarova " Inklyuziv ta'lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma 2014-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.