ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2020. № 3-2 (102)
УДК 373.2
М.Б. Шарипова, Ш.Н. Неьматова
ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ
В данной статье речь идет о формировании эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений.
Ключевые слова: эстетическое воспитание, культура, сенсор, природа, развитие, художественное творчество, искусство, эстетическое наслаждение.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning estetik tarbiyasi to 'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to'grisida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va hara-katlardan huzur qiladi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam beradi va aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki ho'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning siyratiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifoda-langan, ta'sirli, faol tusda bo'ladi. Bu ayniqsa ular qo'g'irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo'ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo'shilib harakat qiladilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradi-lar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tomondan tarbiya-lashda san'atning har xil turlari va janrlaridan (mu-siqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati, adabiyot va h. k.) foydalaniladi. San'at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas manbai bo'lib xizmat qiladi. San'atning hamma turlari-adabiyot, mu-siqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir. San'atdan bolalar bog'chasini bezashda, ta'lim berishda, bolalarning mustaqil faoliyatlarida foydalaniladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari ganch, chinni, yog'och, loy, plastilindan xilma-xil buyumlar, o'yinchoqlar yasash mumkin. Bolalar o'yinchoqlarining yaxshi na-munalaridan guruh xonasini bezatishda foydalansa bo'ladi. Gilamchilik, to'qimachilik, kulolchilik, zardo'zlik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall patnislar, to'qilgan va tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san'atning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqari, bog'chada har bir viloyat, o'lka, respublikaning milliy madaniyatidan foydalanish kerak. Ta'lim-tarbiya ishlarida o'zbek xalq amaliy san'ati namunalaridan foy-dalanish katta ahamiyatga egadir. O'zbek naqshlari tushirilgan chiroyli guldor matolar qo'g'irchoqlar uchun ko'ylak, oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda qo'yilgan vazifani bajarishda mustaqillik,ijodkorlikka intilish namoyon bo'la boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifodali bo'lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahra-monlarning hatti-hara-katlaridan quvonadilar,yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qoladilar. Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomon-larini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni «ular hali anglab yeta olmaydi-lar, Bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlari hali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davri tarbiyaviy ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanish-larini takomillashtirishdir Estetik tarbiya keng ma'noli lushuncha bo'lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, tur-mush va san'atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi. Estetik va axloqiy tarbiyaningo'zaro bogiiqligi shundaki, kishining go'zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo'lishiga o'xshab ketadi. Aksincha, go'zallikni ko'ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib ke-ladi. Tarbiyaning bu turi mehnat tarbiyasi bilan ham bogiiq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biror bir
© М.Б. Шарипова, Ш.Н. Неьматова, 2020.
Вестник магистратуры. 2020. № 3-3 (102)
ISSN 2223-4047
foydali ishni bajarayotib, o'zlarining imkoniyatlari o'sib borayotganligini sezadilar. Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida o'zaro bog'lanish bor. Kishining mustahkam soglig'i, jismoniy kamolotisiz uning go'zalligini tasavvur etib bolmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi shular jumlasiga kiradi. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar. Ularda ijobiy qah-ramonlardan quvonib, salbiy qahramonlarning harakatlardan xafa bo'lish holatlari yuz beradi. Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmuhsin, Shukur Sa'dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan she'rlari ularda ijobiy his-tuyg'ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga o'rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so'zlarning ta'sirchanligini his qilishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi' bo'lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'langan xolda amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Юсупова П. Мактабгача тарбия педагогикаси. Т.: Укитувчи,1993.
ШАРИПОВА МАХБУБА БАХШИЛЛОЕВНА - преподаватель кафедры педагогика, педагогический факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.
НЕЬМАТОВА ШИРИНОЙНИЗОМИДДИНОВНА - студент, Бухарский государственный университет, Узбекистан.