Turdiyev A. G. Termiz davlat pedagogika instuti maktabgacha ta'limda tarbiyani tashkil etish kafedrasi
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM JARAYONIDA MEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonida media vositalaridan foydalanishni usullari, vositalari, uslublari haqida ma 'lumot keltirilgan. Asosan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta 'limi ham muhim o 'rinda turadi
Kalit so'zlar: barkamol avlod, elektron darsliklar, kompakt disklar, videoaudio tasmalar, ta'lim-tarbiya, axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari.
Turdiyev A. G. education in preschool education Department of organization Termez State Pedagogical Institute
THE USE OF MEDIA IN THE EDUCATIONAL PROCESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Annotation: in preschool educational organizations, information is presented about the methods, means, methods of using media in the educational process. Multimedia education also plays an important role in the high educational achievement of children mainly ofpreschool age
Keywords: harmonious generation, electronic textbooks, CDs, video-audio tapes, education, information technology, computerization and computer networks.
Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Asosan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta'limi ham muhim o'rinda turadi. Multimedia ta'limi orqali biz bolalarda milliy qadiryatlarni video rolik shaklida jonlantirishimiz ham mumkun.
Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTTda multimedia texnologiyasidan foydalanishdagi masalalardan yana biri ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini
мЭкономнка h соцнумм №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
487
oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Ta'lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, an'anaviy o'qitish usullariga nisbatan samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Hozirda ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari ta'lim jarayonining muhim negizi bo'lib, yoshlarning yangi axborotlarga bo'lgan talablarini qondirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida aynan 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual salohiyatni shakllantirishning boshlang'ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi aynan shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta'limda multimédia ta'limiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy o'qitish metodlari, innovatsion texnologiyalar, multimédia vositalarining o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahorati va pedagog tajriba bilan bir qatorda, interfaol metodlar, multimédia vositalari barkamol avlodni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
Multimedia ta'lim vostitasining afzaliklari qanday va biz multimédia ta'limni qanday qilib maktabgacha ta'lim muassasalarida qo'lashimiz mumkin degan savol paydo bo'lishi tabiiydir. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediani turli xil mashg'ulotlarda qo'lash mumkin. Masalan, tabiat bilan tanishtirishda, elementar matematik ta'savurlarini shakilantirishda hamda xorijiy tilda mashg'ulotlarini tashkil etishda multimedia vositalari yuqori natijalar beradi. Mashg'ulot jarayoni bolalarni zeriktirib qo'ymaydi va ularni mashg'ulotga bo'lgan qiziqishlarini yanada ham ko'proq oshirishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediani qo'llashdan ko'zlangan maqsad bolalarga qisqa vaqt ichida ko'proq va samarali ta'lim berishdan iboratdur. Hozirgi vaqtda bolalarning kompyuter va gadjetlarga qiziqishlari juda yuqori.
Shu tufayli pedagoglar ulardan tog'ri va unumli foydalanib, bolalarni yo'naltiri, qiziqishlaridan kelib chiqan holda ta'lim tashkil etilsa, bolalarning qiziqishlari yanada ham ortadi. Masalan, bolalarga multimedia ta'limidan foydalanib ularga til o'rgatish mashg'ulotlarni qiziqarli qilib tashkil etish mumkun. Ayniqsa, turli ranglardan foydalangan holda bolalarning ta'savuri kengaytirib, ularning diqqatini tortish, ularning tilga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortirish mumkin. Jumladan, bolalarda fasilar to'grisida tasavvurlarini shakllantirishda qo'l keladi. Bolalarda bahor fasli haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bahor faslinini ko'rsatish bilan birgalikda undagi yashilik, daraxtlar va gularning rangi, bahor faslida nishonlanadigan bayramlarni havola qilish imkoniyati mavjud.
Maktabgacha ta'lim tashkilotkarida tayyorlov guruhida multimediali mashg'ulotlarni olib borish maktabga tayyorlash jarayonida tasavvurlarini boyitadi, ularning talim faoliyati to'g'risidagi tasavvurlarini shakilantiradi natijada ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishlari uchun zamin tayyorlaydi, shu bilan birga bolalarning inovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmasi multimedia ta'limini tashkil qilish orqali shakilantirib boriladi.
Shunungdek, multimedia ta'limidan zamonaviy, inovatsion ta'limning bir shakli sifatida mashg'ulotlar jarayonida to'g'ri foydalanish maktabgacha ta'limda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ham inovatsion texnologyalardan foydalanish bo'yicha ko'nikma va malakalarini shakilantirishga xizmat qiladi.
Multimedia va gipermedia texnologiyalari kuchli taqsimlangan ta'lim resurslarini birlashtiradi, ular bolani idroki shakllanishi va namoyon bo'lishi uchun muhitni ta'minlaydi. Multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalari tizimda prinsipial jihatdan yangi uslubiy yondashuvlarni ochadi. Multimedia - zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv dasturiy ta'minot nazorati ostida vizual va audio effektlarning o'zaro ta'siri, ular matn, ovoz, grafik, fotosuratlar, videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi.
O'yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta'sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya'ni, multimedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo'llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishda qo'shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta'lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo'lib, ular animatsiya bilan berilgan bo'ladi. Ta'lim tizimida foydalanib kelinayotgan an'anaviy ko'rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an'anaviy usulda o'rgatish mobaynida, bolaga uning qog'ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko'rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida ko'rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o'ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta'lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTTlarda ta'lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi to'liq ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTT tarbiyachilarining o'zlari tayyorlashi mumkin bo'lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo'llash mumkin. DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o'rganiladigan materialni bosqichlar bo'yicha to'la, ba'zi hollarda alohida elementlarini ko'rish mumkin, zarur bo'lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo'ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta'limning didaktik talablariga to'la mos keladi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA ORQALI TA'LIMNI TASHKIL QILISH TA G'ayratovich - Journal of new century innovations, 2022
2. BOLALARGA CHET TILLARINI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TA Gayratovich - Новости образования: исследование в XXI веке, 2022
3. MAKTABGACHA TA'LIMDA MULTIMEDIADAN FOYDALANISH TA G'ayratovich - IJODKOR O'QITUVCHI, 2022
4. КИЧИК МАКТАБ ЁШДАГИ БОЛАЛАР БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ
ГД Дурманова, АГ Турдиев, МП Аллахонова - Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2021
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
490