Sodiqova U. U.
Osiyo texnologiyalar universiteti "Ijtimoiy fanlar va raqamli texnologiyalar " kafedrasi o'qituvchisi
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MASOFALI TA'LIMDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi islohotlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligi ta 'kidlangan qonun va qarorlar asosida masofali ta 'limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida masofali ta 'limning samaradorligi va amaliy jihatlari keng muhokama qilinadi. Videoanjumanlar va kompyuterli ta'limiy o'yinlardan foydalanish orqali tarbiyachi-pedagoglar va bolalarning malaka va qobiliyatlarini oshirish imkoniyatlari ko 'rsatilgan. Shuningdek, masofali ta 'lim tizimining tarbiyalanuvchilarning diqqat va fikrlash qobiliyatlarini oshirish, vaqtni tejash va ta 'lim jarayonini samarali tashkil etishdagi o 'rni ham alohida qayd etilgan.
Kalit so'zlar: Masofali ta'lim, innovatsion texnologiyalar, maktabgacha ta'lim, videoanjuman, kompyuterli ta'limiy o'yinlar, tarbiyachi-pedagog, malaka oshirish, ta'lim samaradorligi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, ta'lim innovatsiyalari.
Sodiqova U. U.
Teacher
of the Department of "Social Sciences and Digital Technologies"
Asian University of Technologies
OPPORTUNITIES FOR USING DISTANCE LEARNING IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Annotation: This article covers the issues of developing distance learning based on laws and resolutions that emphasize the need to use innovative technologies in educational reforms in the Republic of Uzbekistan. In particular, the effectiveness and practical aspects of distance learning in preschool educational organizations are widely discussed. The possibilities of improving the skills and abilities of educators and children through the use of video conferencing and computer educational games are shown. The role of the distance learning system in increasing the attention and thinking skills of students, saving time, and effectively organizing the educational process is also highlighted.
Keywords: Distance learning, innovative technologies, preschool education, video conferencing, computer educational games, educator, advanced training, educational efficiency, laws of the Republic of Uzbekistan, educational innovations.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 5-moddasida "Ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash va o'quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda amalga oshirish", 46-moddasida esa pedagog xodimlarning majburiyatlari sifatida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o'qitish va tarbiyaning ilg'or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi"15,-lozimligi ta'kidlangan.
Shuningdek, 36-modda - Ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat bandida: "Ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta'lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o'tkazishga hamda ta'lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan "16, - deyilgan.
2017-2121 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo'nalishining "Ta'lim va fan sohalarini rivojlantirish" bandida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish" vazifalari belgilangan17.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4851-son qarorida "Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi"18.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, ma'lumotlarni uzatish, qabul qilish hamda Internet xizmat turlaridan foydalanish davr talabi sifatida qabul qilinmoqda.
Masofali ta'lim kunduzgi ta'lim qatorida turgan o'qitish shaklidir. Unda ta'lim jarayonida kompyuter va telekommunikatsion texnologiyalariga asoslangan eng yangi,an'anaviy va innovatsion usul, vosita va o'qitish shakllaridan foydalaniladi.
Uzluksiz ta'lim tizimida masofali ta'lim bilan bog'liq bo'lgan videoanjuman o'zaro tajriba almashinuv, mustaqil bilim olish va boshqalar samarali
15 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH "Tai^HM ryFpHCHga"rH KoHyHH 2020 hh^ 23 cema6pb, yp^-637-coh https://lex.uz/docs/5013007
16 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr "Tai^HM ryFpHCHga"rH KoHyHH // KoHyH xy^^araapu Mai^yMoraapu mhjihh 6a3acH, 24.09.2020 h., 03/20/637/1313-coh
17 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu aHaga pHBO^aHTHpum 6ynHHa xapaKaraap crpareruacH ryFpucHga. - T.: Agorar, 2017. -111 b.
18 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgeHTHHHHr 2020 hh^ 6 OKra6pgaru "Ax6opor rexHOflorHa^apu coxacuga rai^HM TH3HMHHH aHaga raKOMHOTamrHpHm, himhh ragKHKoraapHH puBO^arnupum Ba y^apHH IT -HHgycipua 6n.iaH HHrerpauHa kh.ihw Hopa-rag6Hp.iapH ryFpucHga"rH nK-4851-coH Kapopu https://lex.uz/docs/5032128
yo'nalish hisoblanadi. Quyida maktabgacha ta'lim tashkilot(MTT)larida masofali ta'limdan foydalanish imkoniyatlari to'g'risida so'z yuritamiz.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglarining aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular oilaviy sharoitlariga ko'ra ta'limning kunduzgi shaklidan foydalanishda ma'lum bir qiyinchilikka duch kelmoqdalar. Shu jumladan, kunduzgi bo'limlarga qatnab o'qishga imkoniyati bo'lmagan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari ham bor.
Shu boisdan ushbu toifadagi tarbiyachilarga uyda turib, malakalarini oshirishda masofali kurslaridan ruyxatdan o'tib o'qishlari mumkin.
Kurslarni to'la o'tagan tarbiyachi va mudiralarning malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga maxsus sertifikat ham beriladi.
MTTlaridagi masofali ta'lim elementlaridan biri bo'lgan videoanjumalardan ham unumli foydalanish imkoniyati mavjud.
Masalan, Toshkent shahridagi yoki boshqa bir viloyat markazidagi namunali MTT tarbiyachisi va pedagogi "Ilk qadam" tayanch dasturidagi ma'lum bir mavzu bo'yicha namunali mashg'ulot o'tkazishi hamda viloyatlardagi MTTlarning tarbiyachi-pedagoglari bilan savol-javob jarayonini amalga oshirib muhokama etish imkoniyatiga ega. Natijada, namunali va ilg'or MTT tarbiyachi pedagogining uslubiyoti, shuningdek ish tajribasi ommalashtiriladi.
Bunday videoanjumanlar universitetlarning "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'lgan pedagogika fakultetlari hamda pedagogika kollejlari qoshida tashkil etiladi. Chunki, ushbu tashkilotlarda videoanjuman o'tkazish uchun zarur bo'lgan jihozlardan foydalanish mumkin.
Videoanjumanga tayyorgarlik ko'rgan MTTlarining tarbiyachi-pedagoglari va tarbiyalanuvchilarni tayyorlovchi rahbar bilan birga yuqorida qayd etilgan ta'lim tashkilotlariga keladilar va videoanjumanga ishtirok etadilar.
Videoanjumanda dastlab tashkilotchi MTTlarning tarbiyachi-pedagogi o'z uslubini bayon etadi va MTTlarining mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirgan uslubini namoyish etadi. So'ngra boshqa shahardagi MTT tarbiyachi-pedagogi navbatma-navbat tanlagan mavzu bo'yicha o'z uslublarini bayon etadilar va ko'rsatadilar. Videoanjuman davomida savol-javoblar o'tkaziladi hamda uslublar tahlil etilib ma'lum bir xulosa qilinadi.
Shuningdek, videoanjuman aloqa terminali yordamida turli viloyatlardagi MTT tarbiyalanuvchi (bola)lari o'rtasida ta'limiy yoki rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlari bo'yicha ko'rik-tanlov yoki musobaqa o'tkazish mumkin.
Musobaqa katta va maktabga tayyorlov guruhi bolalari uchun mo'ljallangan mavzularga tegishli "Katakni to'ldir" turidagi kompyuterli o'yini bo'yicha o'tkaziladi.
Buning uchun har bir guruh (komanda)ga "Bo'sh katakni to'ldir" turidagi 5 ta kompyuter o'yini taklif etiladi.
• Vazifa: guruh (komanda) a'zolari tomonidan ushbu kompyuterli ta'limiy o'yinlarni ma'lum bir muddatda bajarishdan iborat.
• Natij a: Qaysi bir guruh o 'yinni qisqa muddatda baj arsa shu guruh o'yin g'olibi bo'ladi.
Quyida, shunday "Bo'sh katakni to'ldir" turidagi kompyuterli ta'limiy o'yinlardan namuna keltiramiz.
Iliciiyu I
Bu o'yinda shuni ta'kidlash kerakki, gigienik va ergonometrik talablarga ko'ra har bir bola uchun o'yin davomiyligi 3-4 daqiqadan oshmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida videoanjuman va kompyuterli o'yinlar o'tkazish uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar kompyuter savodxonligiga ega bo'lishlari shart. Tarbiyachi - pedagoglar masofali ta'lim portalidan kurslarga yozilish o'z kompyuter savodxonligini shakllantirishlari mukin.
Shunday qilib, masofali ta'limdan ta'lim jarayonida foydalanish ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi va shu asosda barkamol avlod va yetuk mutahassislarni tarbiyalashda muhim omil kasb etadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
- masofali ta'limdan foydalanish natijasida tarbyalanuvchilarning diqqatlari barqarorlashdi, fikrlashlari ortadi va o'quv materiallari ko'proq qabul qilinadi;
- masofali ta'limdan foydalanishda ta'lim oluvchilarning faolliklari
ortadi;
- masofali ta'limdan foydalanishda ma'lum bir miqdorda vaqt tejaladi, tejalgan vaqt hisobida ta'lm oluvchilarga qo'shimcha ma'lumot berish imkoniyati
yaratiladi.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr, O'RQ-637-son https://lex.uz/docs/5013007
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., - № 6.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6079-son Farmoni. https://lex.uz/docs/5030957
4. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. - T.: Fan, 2009. -145 b.
5. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o'quv-uslubiy qo'llanma). -Qarshi: Nasaf, 2011. - 257 b.