Научная статья на тему 'MAKTAB FIZIKA KURSIDA O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKNI O‘RGANISH'

MAKTAB FIZIKA KURSIDA O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKNI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1997
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musbat / manfiy / Benjamin Franklin / tok / o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok / sinusoidal o‘zgaruvchan funksiya / amplituda / davr / chastota / faza. / positive / negative / Benjamin Franklin / electric current / direct and alternating electric current / sinusoidal variable function / amplitude / period / frequency / phase.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umarov Abdusattor Ortikovich, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fizika kursidan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokni o‘qitishda elektrotexnika fani bilan bog‘lagan holda mavzularni ochib berishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF SUSTAINABLE AND ACCURATED CURRENT SCHOOL PHYSICS COURSE

this article is devoted to the fact that in general secondary schools in physics course in teaching direct and alternating electric current, topics are disclosed on the basis of their connection with the subject of electrical engineering

Текст научной работы на тему «MAKTAB FIZIKA KURSIDA O‘ZGARMAS VA O‘ZGARUVCHAN TOKNI O‘RGANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

О

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

MAKTAB FIZIKA KURSIDA O'ZGARMAS VA O'ZGARUVCHAN TOKNI

Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining fizika kursidan o'zgarmas va o'zgaruvchan tokni o'qitishda elektrotexnika fani bilan bog'lagan holda mavzularni ochib berishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: musbat, manfiy, Benjamin Franklin, tok, o'zgarmas va o'zgaruvchan tok, sinusoidal o'zgaruvchan funksiya, amplituda, davr, chastota, faza.

ИЗУЧЕНИЕ ПОСТОЯННОГО И ПЕРЕМЕННОГО ТОКА В ШКОЛЬНОМ

КУРСЕ ФИЗИКИ Умаров Абдусаттор Ортикович стар. преподаватель кафедры физики Ферганский политехнический институт, Зохидов Иброхимжон Обиджонович к.п.н., доцент кафедры Методика преподовании физики Наманганского государственного университета Аннотация: данная статья посвящена тому, что в общих средне-образовательных школах в курсе физике при обучении постоянного и переменного электрического тока, темы раскрываются на основе их связи с предметом электротехники.

Ключевые слова: положительный, отрицательный, Бенджамин Франклин, электрический ток, постоянный и переменный электрический ток, синусоидальная переменная функция, амплитуда, период, частота, фаза.

STUDYING OF DIRECT AND ALTERNATING CURRENT IN THE SCHOOL COURSE OF PHYSICS Umarov Abdusattor Ortiqovich Senior Lecturer Department of Physics Ferghana Polytechnic Institute Zokhidov Ibrokhimjon Obidjonovich candidate of pedagogical sciences, docent, Department of Methods of Teaching

Physics, Namangan State University

Annotation: this article is devoted to the fact that in general secondary schools

in physics course in teaching direct and alternating electric current, topics are

disclosed on the basis of their connection with the subject of electrical engineering.

433

O'RGANISH

Umarov Abdusattor Ortikovich Farg'onapolitexnika instituti Fizika kafedrasi katta o 'qituvchi Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich Namangan davlat universiteti Fizika o 'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Key words: positive, negative, Benjamin Franklin, electric current, direct and alternating electric current, sinusoidal variable function, amplitude, period, frequency, phase.

KIRISH

Fan, texnika va texnologiyalar doimiy taraqqiy etayotgan hozirgi kunda fizika fani va uning asoslarini o'rganishda, qonuniyatlarini yanada kengroq tushunish, ularni mustaqil o'rganish va amaliyotda qo'llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, fizika fani keng ko'lamda jadal rivojlanayotgan, murakkablashib borayotgan fan-texnika va texnologiyalarning asosidir.

ADABIYOTLAR TAXLILI A TAJRIBA METODI

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika fani mavzularidan elektr tokiga oid mavzularni alohida yondashuv bilan o'qitilishi maqsadga muvofiqdir [1].

Maqolaning maqsadi shundaki, hozirda maktabda berilayotgan materiallarga o'zgartirishlar kiritmagan holda mavzular mohiyatini ochib berishga qaratilgan qo'shimcha bilimlarni fanlararo aloqadorlik asosida innovatsion usullardan foydalanib elektrga doir materiallar va misollar bilan ko'rsatib berishdir.

Berilayotgan materiallar o'qituvchining mahorati, mashg'ulotni o'tkazish metodikasiga, bilimlarni o'quvchilarga etkazishda foydalanayotgan usulning mazmun mohiyatini to'liq anglab dars davomida vaqtdan unumli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda o'quvchilarning qanchalik bilim va axborotga ega ekanligini bilib olish zarur bo'ladi. Buning uchun o'qitishning interfaol: "B-B-B", "Muammoli o'qitish", "Tushunchalar tah lili", "Venn diagrammasi", "FSMU" texnologiyasi va boshqa usullardan foydalanish mumkin. Mazkur pedagogik texnologiyalar o'quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o'zlashtirish, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu pedagogik usullarlardan o'tilgan mavzuni mustahkamlashda, so'rashda, uyga vazifa berishda hamda o'zlashtirilgan bilimlar natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

O'tkazilgan tajriba va sinovlar shuni ko'rsatdiki, aksariyat o'quvchilar "+" va "-" ishoralari qanday belgilanganligi, ko'p holda o'zgarmas va o'zgaruvchan toklarni aralashtirib yuborishlari, ularni sxematik belgilashi sabablarini, qarshiliklar va ular haqidagi bilimlarni to'la bilmaslik kabi hollar uchraydiki, natijada bu "bilmasliklar" bir fazali o'zgaruvchan toklarda o'tkazgichning bir tomoni musbat ikkinchi tomoni manfiy deb tushunish va bolalarni yoshligidanoq tokdan qo'rqitish holatlarini kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Shuning uchun maktabda tok qonunlari mavzusini o'qitishda oldin ishoralar haqidagi quyidagi tarixiy ma'lumotlar va tokning xavfsiz kuchlanishlari bo'yicha bilimlarni berish tavsiya etiladi.

Elektrning kashf qilinishi insoniyat hayotida katta o'zgarishlarni bo'lishiga sabab bo'lgan. Elektr va magnit to'g'risidagi birinchi ma'lumotlar Fales Maletskiy va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

O

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

boshqa antik davr mutafakkirlari tomonidan keltirilgan. Ular matoga ishqalangan qaxraboning engil buyumlarni, zarrachalarni tortishini yaxshi bilishgan va tahlil qilishgan. Faqatgina 1750 yilga kelib amaliy ishlar boshlangan. Bendjamin Franklin chaqmoq qaytargichni ixtiro qildi. Keyinchalik chaqmoq qaytargichni I.Vinkler, P.Divish, M.Lomonosov, G.Rixmanlar ham qurishgan. Bendjamin Franklin elektrning sodda nazariyasini yaratgan hamda musbat va manfiy zaryad tushunchalarini kiritgan. Ularni (+), (-) ishoralari bilan belgilashni taklif etgan. Keyinroq uning o'zi elektr zaryadining saqlanish qonunini ochgan [2].

Umumiy holda xavfsizlik texnikasida kuchlanish 12 V gacha, tok kuchi 10 mA gacha bo'lganda tok inson hayoti uchun xavfsiz bo'lib, yoqimsiz sezgi hosil qiladi deyilgan. SHunday bo'lsada ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra bunday kuchlanishlar ham xavfli bo'lishi mumkin (o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga bu to'g'rida batafsil ma'lumot berish kerak).

NATIJA

O'zgaruvchan tokning keng qo'llanilishining sababi uning oddiy yo'l bilan deyarli isrofsiz transformatsiyalash mumkinligidir, ya'ni turli kuchlanishli - uzoq masofaga elektr energiyani uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste'molchi uchun past kuchlanishli - elektr toki olish mumkinligidir. Kattaligi va yo'nalishi jihatidan o'zgaradigan tok o'zgaruvchan tok deyiladi. Kattaligi va yo'nalishi jihatidan sinusoidal qonunga mos ravishda davriy o'zgaradigan tok sinusoidal o'zgaruvchan tok deyiladi.

MUXOKAMA

Sinusoidal qonun bo'yicha o'zgaruvchi funksiyaning amplitudasi, davri, chastotasi va fazasi mazkur funksiyani xarakterlovchi kattaliklar hisoblanadi.

Sinusoidal o'zgaruvchan funksiyaning amplituda qiymati deb, uning musbat va manfiy yarim davrlarda erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi. 1-rasmda tok kuchi (Im) ning amplituda va oniy qiymatlari tegishlicha belgilangan.

O'zgaruvchan tok kuchining bir marta to'la tebranishi uchun ketgan vaqt oralig'i o'zgaruvchan tokning davri (T) deyiladi.

Davrga teskari bo'lgan kattalik tokning chastotasi deyiladi: CHastota gersda o'lchanadi (Gs=1/c).

O'zgaruvchan tokning standart chastotasi sifatida Hamdo'stlik va Evropa mamlakatlarida 50Gs, AQSHda hamda Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarda 60Gs qabul qilingan. Elektrotexnik qurilmalar uchun asosiy chastota sifatida 50^60 Gs ishlatilishi quyidagilarga bog'liq. CHastota 50^60 Gs dan kichik

1-pacM.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qiymatlarida elektr mashinalar va transformatorlarning tannarxi ortadi. SHuningdek, elektr lampochkalar yorug'ligining lippillashi ko'zga sezilarli bo'lib qoladi. CHastotani 50 Gs dan birmuncha orttirish elektr mashinalarda energiyaning isrofini ortishiga sabab bo'lib, hosil bo'ladigan o'zinduksiya EYUK va elektr sig'imi hodisalari o'zgaruvchan tok qurilmalarining ishiga salbiy ta'sir qiladi.

Faza-biror t vaqtda stator chulg'amlari o'ramlarining rotorning magnit kuch chig'iqlariga nisbatan holatidir. SHuning uchun ana shu t = 0 paytda chulg'amlarda induksiyalangan EYUK ning qiymatini bilish ahamiyatga ega.

2-rasmdagi grafikda boshlang'ich faza y ning qiymati sinusoidaning

koordinata boshidagi holati bilan aniqlanadi. Sinusoidal o'zgaruvchan funksiyaning nol qiymatlardan o'tish nuqtasi davrning boshlanish lahzasi hisoblanadi. Musbat boshlang'ich faza koordinata boshidan chap tomonga, manfiysi o'ng tomonga qo'yiladi [3].

Yuqoridagilardan (o'zgaruvchan tokni hosil qilish jarayoni bo'yicha generator yakori uning qutblaridan o'tayotgan holati) shunday xulosaga kelish mumkinki o'zgaruvchan tok (bir fazali) ham ikkita o'tkazgich sim orqali elektr energiyasi uzatilsada uning bir tomoni manfiy (-) ikkinchi tomoni musbat (+) deyilmaydi.

Elektr toki rangsiz, ta'msiz, hidsiz va "qo'l bilan" ushlab bo'lmaydigan bo'lganligi uchun ham u bilan ishlaganda biroz qo'rqish bilan yondoshiladi. Aslida elektrga oid qonuniyatlarni yaxshi o'zlashtirsak, bunday qo'rqishlarga o'rin qolmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. Xabibullaev P.Q. va boshqalar. Fizika 8-sinf. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. -T.: "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. 173 b.

2. Raximov N., Rasulov R. Nanofizika va nanoelektronika asoslari. Namangan, 2012. 104 b.

3. Raximov A. Elektrotexnika va elektronika asoslari. -T.: O'qituvchi, 1988. 255 b.

2- pacM. Y3rapyBHaH tokhhot ôom^aHFHH $a3acH Ba $a3a CH^^HmH.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.