Scientific Journal Impact Factor
6-SINF FIZIKA FANIDA TOVUSH HODISALARINI O'QITISH ORQALI TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich
Alijanov Dilmurod A 'zamjon
Namangan davlat universitetifizika o 'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n., zaxidov65@mail.ru
o 'g'li Namangan davlat universiteti fizika kafedrasi o'qituvchisi, dilmurod0413@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari 6-sinf fizika kursining "Tovush hodisalari haqida dastlabki ma'lumotlar" bobini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirish uchun darslikdagi bilimlarni to'ldirishga va o'quvchilarni mustaqil o'rganib, masalalar echishiga doir qo'shimcha materiallar tavsiya etilgan.
Kalit so'zlar: o'quv-tarbiya jarayoni, ta'lim samaradorligi, tovush hodisalari, chastota, tovush, tovush kuchi, balandligi, tezligi, detsibell, oktava, tovush tembri, to „lqin uzunligi, ovoz quvvati.
Аннотация: В данной статье рекомендуются дополнительные материалы на представленный знаний учебника и для обучения учащихся самостоятельному решению задач с целью повышения эффективности при преподавании главы «Первоначальное сведения о звуковых явлениях» в 6-м классе общеобразовательной школы по курсу физики.
Ключевые слова: учебный процесс, эффективность обучения, звуковые явления, частота, звук, громкость, высота звука, скорость, децибел, октава, тембр звука, длина волны, мощность звука.
Abstract: This article recommends additional materials on the presented knowledge of the textbook and for teaching students to independently solve problems in order to increase efficiency in teaching the chapter "Initial information about sound phenomena" in the 6th grade of a general education school for a physics course.
Key words: educational process, teaching efficiency, sound phenomena, frequency, sound, loudness, pitch, speed, decibel, octave, sound timbre, wavelength, sound power.
Hozirgi kunning asosiy vazifasi vatanimizga munosib farzandlarni tarbiyalash, bilimdon, vatanparvar, milliy iftixor tuyg'ulari yuqori bo'lgan, har qanday sharoitda faoliyat ko'rsata oladigan Yangi O'zbekistonning yangi avlodini kamol toptirishdir.
O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan [1]. Unda belgilangan vazifalar: uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va boshqalar. Bunlardan ko'rinadiki olib boriladigan barcha ishlar ta'lim samaradorligini oshirishga qaratiladi. Ta'lim samaradorligi, ta'lim mazmunining maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog'liqligi, shu bilan birga o'quvchilarga mos metodlar, modellar va vositalarning tanlanishi bilan asoslanadi. Bularga erishish uchun umumiy o'rta ta'lim ta'lim tizimini takomillashtirishning eng maqbul mazmuni, shakl va metodlarini yaratish taqozo etiladi.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni tarbiyalashda ilm-fan taraqqiyotiga yondashtirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotni yoritish jarayonida Respublikamiz rahbari Sh.M. Mirziyoyevning asarlari hamda N.SH. Turdiev Fizika darsligi nomli kitoblari metodologik manba bo'lib belgilandi.
Shu nuqtai nazardan umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinf fizika kursining "Tovush hodisalari haqida dastlabki ma'lumotlar" bobini [2] o'qitishning kirish qismida quyidagilarni aytish o'quvchilar diqqatini darsga tortadi. CHunki o'quvchi shu kungacha bular haqida to'la ma'lumotga ega bo'lmaydi va ularning bilishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi.
Nima uchun telefonda so'zlashganimizda kelayotgan ovozni tanish yoki notanishligini bilib olamiz? Nima uchun musiqa asboblaridan chiqayotgan ovozlarni yoqimli yoki yoqimsizligini bilamiz? Nima uchun ba'zi tovushlar (shovqinlar) biz ga yoqmaydi? SHunga o'xshash bir qator savollarni berishimiz mumkin. Bunday savollarga to'g'ri javob berish uchun fizika kursidan tovush hodisalarini yaxshi bilishimiz kerak. Qolaversa hozirgi kunda akustika fani juda yaxshi rivojlandiki, uning yutuqlari suv osti olamini o'rganishda, yangi musiqalar yaratilishida, aloqa tizimini rivojlanishida, elektromagni to'lqinlarni tarqatish va qabul qilishda, atrof-muhit obodonchiligida, yo'l va uy-joylar qurilishida, avtotransportlar ishlab chiqarilishida keng ko'lamda qo'llanilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqarmasd an, ko'p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Gs gacha, ayol tovushida 200 dan 9000 Gs gacha bo'lgan tebranishlar uchraydi. Nog'oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 000 Gs gacha bo'ladi.
Bu bilimlardan so'ng quyidagi ma'lumotlarni berishni tavsiya etamiz. Detsibel to'g'risida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun qattiqlikning odam qulog'i seza oladigan minimal o'sishi taxminan ldetsibelga teng ekanligini eslatib o'tish kerak. Quyida keltirilgan jadvalda [3] (barcha jadval ma'lumotlari shu adabiyotdan olingan) har xil tovushlarning qattiqlik darajasining kattaliklari haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Har xil tovushlarning balandliklari
Balandli Tovush Effektiv
Tovush gi> detsibellarda kuchi1, f m • c larda bosim1, — m 2 larda
Soatlarning chiqqillashi 20 10 7 -3 6,4 • 10
Sekin suhbat 40 10 5 6,4 • 10-2
O'rtacha qattiqlikdagi 60 10 3 6,4 • 10-1
nutq
SHovqin 80 10 1 6,4
Katta orkestr 100 10 64
fortissimosi
Og'riq sezish 120 103 640
1 "Tovush kuchi" va "bosimi" kataklaridagi sonlar chastotalari o'rtacha
sohadagi (1000 Gs atrofida) tovushlar uchun hisoblangan bo'lib, taxminiy
xarakterga egadir.
Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki
qanday cholg'u asbobi chalinayotganini aniqlash mumkin. Tovush ichidagi ko'p
chastotali tebranishlardan eng kichik chastotasi v0 ni asosiy ton deyilib,
2v0, 3v0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi. Mana shu obertonlar
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil tembrga ega bo'ladi.
Ushbu bilimlardan so'ng quyidagilarni qo'shimcha tarzda tavsiya etiladi. Musiqada eng ko'p qo'llaniladigan tovushlarning yuksakligi haqida tasavvur hosil qilish uchun royalda eng past tovush torning sekundiga 27 tebranishiga, eng yuksak tovush esa - 4184 tebranishga mos keladi.
Tebranishlarining soni ikki marta farq qiladigan, ya'ni oktavani tashkil qiluvchi tovushlar qatori yuksakliklari bo'yicha bir-biridan teng uzoqlashgan tovushlar kabi seziladi. Musiqa tovushlari sakkiz oktavani tashkil qiladi: subkontroktava (16-32 Gs), kontroktava (32 - 65,5 Gs), katta oktava (65,5 - 131 Gs), kichik oktava (131 - 262 Gs), birinchi oktava (262 - 523 Gs fizikada bu oktavani uchinchi oktava kabi belgilash qabul qilingan), ikkinchi (523 - 1046 Gs), uchinchi (1046 -2092 Gs) va to'rtinchi (2092 - 4184 Gs) oktavalar.
Ashulachilarning ovozlari quyidagi chastotalar va ularga mos asosiy tonlar to'lqin uzunliklarning diapazonlari bilan xarakterlanadi:
Havoda to'lqin
Ovoz tonlari CHastota, Gs uzunligi, 150S da, m
(tembr) larda larda
Bas 90-340 3,80-1,00
Bariton 110-440 3,10-0,77
Tenor 130-520 2,60-0,65
Kontralto 200-780 1,70-0,44
Metsse-soprano 220-880 1,30-0,32
Soprano 260-1050 1,55-0,39
Koloratur -1390 -0,25
soprano
Agar tovushning jaranglash davomiyligi 1/20 sekunddan kam bo'lsa, quloq uning yuksakligini baholay olmaydi. Biz seza oladigan eng zaif tovushlardagi tovush balandligini baholash uchun zarur bo'lgan (yuqorida ko'rsatilgan) vaqt ichida bir-ikki tebranish, eng yuksak tovushlarda esa - 1000 gacha tebranish sodir bo'ladi.
Odam "fizikasi" (tovush parametrlari)
Ovoz quvvati Vt
shivirlash « 10 9
odatdagi nutq, so'zlashuv «7-10 6
baland ovoz «2-10 3
Eshita boshlash 10 12
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
chegarasidagi tovush intensivligi, Vt/m2
Og'riq sezila boshlash chegarasidagi tovush intensivligi, Vt/m2 10-100
Quloq seza oladigan chastotalar, Gs 1500-4000
Oddiy suhbatlashishda chastotalar diapozoni, Gs: erkaklarda ... 85-200 ayollarda ... 160-340
Ashula aytish chog „ida tovush paychalarining taxminiy tebranishlari soni, Gs:
bas 80-350
bariton 110-400
tenor 130-520
soprano 260-1050
bola ovozi 260-1050
koloratur soprano 330-1400
Xonandalar tovush paychalarining uzunligi, sm:
bas « 2,5
tenor 1,7-2,0
soprano « 1,5
Ayol tovushining yuqori balandligi (qo'shiq aytayotganidagi), kGs 2,35
Inson tanasi to'qimalarida tovush tezligi, m/s.....1530-1600
Quyidagilardan darslikda berilgan amaliy topshiriq o'mida foydalanish mumkin:
Tovushning tezligi (t=20 0 S da)
Quyma yoki metal s, m/s Quyma yoki metal s, m/s
Alyumin 6220 Platina 3960
Duralyum in 6400 Qo^g'oshin 2160
Temir 5850 Kumush 3600
Oltin 3200 Po'lat 5000-6100
Latun 4280-4700 Rux 4170
Scientific Journal Impact Factor
Mis 4700 CHo'yan « 3850
Qalay 3320 Havo « 340
Suv « 1440 Kislorod « 316
1. Qaerda tovushning tezligi katta: havodami yoki temirdami? Tovush vakuumda tarqalishi mumkinmi?
2. Ba'zan biz eshikni ochayotib, g'ichirlagan tovushni eshitamiz. Bu tovushning hosil bo'lishi qanday tushuntirish mumkin? Eshikning roli qanday?
3. Muhitning qanday xossalari tovush tezligini aniqlaydi? Buni havo va suv misolida tushuntiring.
4. Tovushning aniq muhitda, masalan, havoda tarqalish tezligi nimaga bog'liq?
5. Nima uchun poezd yaqinlashayotganini bilish uchun relslarga quloq tutiladi?
6. Oyga meteorit tushdi. Erdagi sezgir asboblar qancha vaqtdan keyin portlash tovushini qayd qiladi?
7. Agar tebranayotgan kamerton oyoqchasi stol ustiga qo'yilsa, uning tovushi ancha baland eshitiladi. Nima uchun?
8. Tovush chiqarayotgan kamertonni oldin qo'lda tutib turiladi, so'ngra oyoqchasi bilan stolga suyab qo'yiladi. Qaysi holda tovush tezroq to'xtaydi va nima uchun?
Darslikdagi 12-mashqqa qo'shimcha quyidagi masala echish namunalari va masalalarni tavsiya etamiz [4].
Masala echish namunalari:
1-masala. Kamerton bilan suvda hosil qilingan to'lqin bir qirg'oqdan S = 200 m masofadagi ikkinchi qirg'oqqa t = 125 s da etib kelgan. Agar suv to'lqinining qirg'oqqa urilish chastotasi v = 0,4 Gs bo'lsa, uning to'lqin uzunligi A topilsin.
Berilgan: S = 200 m; t = 125 s; v = 0,4 Gs = 0,41/s
Topish kerak: A = ?
Echilishi: To'lqinning uzunligi A uning tarqalish tezligi v va chastotasi bilan quyidagi bog'lanishga ega: A = v
Bunda to'lqinning tarqalish tezligi v = S / t. Binobarin:
200m 200m
A= v/v = S /v t=-
0.41--125c c
50
4 m
Javob: A= 4 m.
2-masala. CHo'yanda tovushning tarqalish tezligini birinchi marta fransuz olimi Bio quyidagicha aniqlagan. CHo'yan quvurning bir uchida zang urildi, bunda
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
quvurning ikkinchi uchidagi kuzatuvchiga ikkita tovush: dastlab cho'yan bo'ylab kelgan bir tovush, bir oz vaqtdan keyin havo bo'ylab kelgan ikkinchi tovush eshitildi. Quvurning uzunligi s = 930 m, etib kelgan tovushlar vaqtining farqi A t = 2,5 s bo'lsa, tovushning cho'yanda tarqalish tezligi v topilsin. Tovushning havoda tarqalish tezligi v0 = 340 m/s.
Berilgan: S = 930 m; A t = 2,5 c; v0 = 340 m/s. Topish kerak: v = ?
Echilishi: Tovush bir jinsli muhitda to'g'ri chiziqli tekis tarqalganligi uchun, uning tarqalish masofasi quyidagi formuladan aniqlanadi: S = vt
s
Bundan tovushning havoda tarqalish vaqti 10 = —, cho'yanda tarqalish vaqti
v0
s
esa t = — bo'ladi. Masala shartiga ko'ra A t = t -10 bo'lganligi uchun:
v
A t = 10 - t = — = -v0 v
s s , . s -vnAt — =--A t = -0—
v v0 v0
Bundan tovushning chshyanda tarqalish tezligi v quyidagiga teng bo'ladi:
c 930м
= 340м / c-= 3952м / c.
s -v0At 930м - 340м / c • 2,5c
Javob: v = 3952 m/s.
3-masala. Tovush havodan suvga o'tganida uning to'lqin uzunligining necha o'zgarishini X/Â0 topilsin. Tovushning havoda tarqalish tezligi v0 = 340м/e, suvda tarqalish tezligi esa v = l450м / c.
Berilgan: v0 = 340м/c; v = 1450м/c.
Topish kerak: X / X0 =?
Echilishi: Ma'lumki to'lqinlar qanday muhitda tarqalishidan qat'iy nazar, ularning chastotasi v yoki davri T o'zgarmaydi. Binobarin, to'lqinlarning har xil muhitda tarqalish tezligi v va to'lqin uzunligi X o'zgaradi.
To'lqinning uzunligi X uning bir davri T ga teng vaqtda tarqalgan masofasiga teng, ya'ni: X0 =v0T va X = vT
Bundan izlanayotgan X/ X0 nisbat quyidagiga teng bo'ladi:
X v 1450м / c
X0 v0 340м / c
= 4,26.
Scientific Journal Impact Factor
Javob: Suvda tovush to'lqinining uzunligi havodagidan A/A0 =4,26 marta katta ekan.
1. Odam qulog'i 1,5-3 kGs diapozondagi tovushlarga juda sezgir. Agar tovushning tezligi 340 m/s bo'lsa, ushbu diapozon uchun to'lqin uzunligini aniqlang.
2. Tovush havoda 0,5 kGs tebranish chastotasida 330 m/s tezlik bilan tarqaladi. Tovushning tarqalish yo'nalishida bir xil fazalarda tebranuvchi eng yaqin ikki nuqta orasidagi maofani toping.
3. Agar muhitda tovush to'lqinlari 500Gs tebranish chastotasida 340 m/s tezlik bilan tarqalsa, u holda muhitning o'zaro 17 sm masofada turgan ikki zarrasining tebranishlaridagi faza farqi nimaga teng? Zarralar to'lqin tarqalayotgan chiziqda yotibdi.
4. Kamertonning tebranish chastotasi 1,38 gGs. Kamerton tebranuvchi qismining uzunligi nimaga teng? Tovushning tezligi 332 m/s.
5. Ayni bir chastotali tovush to'lqinining havodagi uzunligi suvdagiga nisbatan 4,25 marta, g'ishtdagiga nisbatan 10,7 marta kam. Tovushning suvda g'ishtda tarqalish tezligini aniqlang. Tovushning havoda tarqalish tezligi 340 m/s ga teng deb oling.
6. Tovush havodan po'latga o'tayotganda chastota, tebranish davri va to'lqin uzunligi qanday o'zgaradi? Tovushning po'latdagi tezligi 5000 m/s.
7. Agar tovushning suvda tarqalish tezligi 1500 m/s, exolotdan yuborilgan javob signali esa 1,6 sekunddan keyin qabul qilingan bo'lsa, dengizning chuqurligini aniqlang.
8. Katta o'lchamdagi mahsulotlarning nuqsonlarini (defekt) aniqlash uchun ultratovushdan foydalaniladi. Agar birinchi qaytgan signal 8-10 6 s dan keyin, ikkinchisi esa 2-10 5 s dan keyin qabul qilingan bo'lsa, alyuminiydan yasalgan detalning nuqsoni qanday chuqurlikda aniqlangan? Detalning balandligi qanday? Tovushning alyuminiyda tarqalish tezligi 510 m/s.
9. Odam momaqaldiroq tovushini chaqmoq chaqqandan keyin 9 s o'tgach eshitdi. Razryad qanday uzoqlikda sodir bo'lgan?
10. Kuzatuvchidan 4,5 km masofada chaqmoq chaqdi. Momaqaldiroq tovushi chaqmoq chaqqandan keyin qancha vaqt o'tgach eshitiladi?
Mavzularni yuqoridagi kabi qo'shimcha materiallar bilan boyitib, mashg'ulotlarni o'tilishi o'quvchilar tomonidan mavzularni o'zlashtirish
Qo'shimcha tavsiya etilayotgan masalalar:
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
samaradorligi va faolligini oshishiga, natijada ularning fanga bo'lgan qiziqishlarining ortishiga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. (https://lex.uz/pdfs/4312785)
2. Turdiev N.SH. Fizika 6 sinf. -T.: Niso Poligraf, 2019. 190 b.
3. Enoxovich A.S. Spravochnik po fizike i texnike. M.: Prosve^enie, 1989.
4. Gladkova R.A., Kutilovskaya N.I. Fizikadan savol va masalalar to'plami. -T.: O'qituvchi, 1988.