Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
MAHALLA - O'Z-O'ZINI BOSHQARISH DEMOKRATIK INSTITUT
SIFATIDA
Nodir Botirovich Nurulloyev,
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Raxmatov Nozimjon Gaforovich, IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mahalla fuqarolar yig 'inlari tuzilishi, raislari, o 'rinbosarlari va mutaxassislarining faoliyatining samaradorligi va uning o 'ziga xos xususiyatlari, fuqarolar yig'ini kengashi (ijro organi), taftish komissiyasiga oid ma'lumotlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Mahalla, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolar yig'ini, fuqarolar yig'ini kengashi, taftish komissiyasi, mahalla yettiligi.
АННОТАЦИЯ
В статье представлена научно и теоретически обоснованная информация о структуре сходов граждан махалли, эффективности деятельности их председателей, заместителей и специалистов, их особенностях, а также сведения о совете схода граждан (исполнительном органе) и ревизионной комиссии.
Ключевые слова: махалля, органы самоуправления граждан, сход граждан, совет схода граждан, ревизионная комиссия, махаллинская семерка.
ABSTRACT
The article presents scientifically and theoretically substantiated information about the structure of citizens ' assemblies of the mahalla, the effectiveness of their chairmen, deputies and specialists, their features, as well as information about the council of the citizens ' assembly (executive body) and the audit commission.
Keywords: mahalla, citizens' self-government bodies, citizens' assembly, citizens ' assembly council, audit commission, mahalla seven.
KIRISH
O'zbekiston hududida o'zini o'zi boshqarish tizimi qadim zamonlardan mahalla shaklida rivojlanib kelgan. Osiyo qit'asi va musulmon Sharqida davlat tuzilishi tajribasi va boshqaruvi o'z xususiyatlari va an'analariga ega. Mazkur institutning asosiy mohiyati aholi turmushini qo'shni jamoalar doirasida ijtimoiy-hududiy tarzda tashkil qilishdir. Ushbu maqolada biz 2023 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning asosiy jihatlaridan mahalla - o'z-o'zini boshqarish instituti sifatida,
Research BIB / Index Copernicus
O'zbekiston siyosiy va ijtimoiy hayotiga muhim o'rin tuthan holda, mamlakatdagi taraqqiyot (rivojlanish) jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" nomli asarida, odamlar ko'payishi natijasida kishilik jamoalarga ehtiyoji borasidagi g'oyalarni ochib bergan va shunday yozgan edi: "har bir inson o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi. [1, 56-b.]. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo'lgan narsalarni yetkazib beradi".
"Mahalla" arabcha "mahallun" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "mahallatun" so'zi "joy", "hudud" ma'nosini anglatadi. Muhammad Narshaxiy o'zining "Buxoro tarixi" asarida Kandiz darvozalari oldidagi harakatlarni tasvirlaganda, usha hududda qachonlardir mavjud bo'lgan Fag'sodara mahallasini tilga olgan.
Qadimda mahallaga oqsoqol boshchilik qilgan. Oqsoqol maxsus saylanadigan kishi bo'lib, u kundalik hayotni boshqargan, uni urf odatlarga muvofiq to'g'ri oqimga yo'naltirgan. Oqsoqol lavozimiga nomzodlar mahallaning eng obro'li va davlatmand a'zolari tomonidan taklif etilgan, so'ng uni mahalliy qozikalon tasdiqlagan.
1990 yil 19 oktyabrda Toshkent shahar Sovetining III sessiyasida "Toshkent shahar mahalla qo'mitalari to'g'risida"gi nizom qabul qilindi.
Yurisprudensiya tarixida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish institutiga ko'plab ta'rif va izohlar berilgan. Masalan, Germaniyalik mashhur davlatshunos G.Yellinek mahalliy o'zini o'zi boshqarish deganda "davlatning professional mansabdor lavozimiga ega bo'lmagan shaxslar orqali boshqarilishini, bunda boshqaruvdan manfaatdor shaxslar vositasida davlatning byurokratik boshqaruv tizimiga qarama-qarshi bo'lgan boshqaruvni" tushunadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 127-moddasi birinchi qismida "Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular raisni saylaydi" [2, 41-b.], - deb ta'rif berilgan.
O'zbekiston o'zini o'zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut "mahalliy o'zini o'zi boshqarish" deb atalsa, O'zbekiston uni "fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi" deb atadi [3, 88-b.]. Bu shunchaki nomni o'zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish so'zi
Research BIB / Index Copernicus
o'zini o'zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to'laroq ko'rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o'zini o'zi boshqaruv orqali emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya'ni mahalliy boshqaruvda davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O'zbekistonda o'zini o'zi boshqaruvning "mahalliy o'zini o'zi boshqaruv" emas, "fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruvi" deb nomlanishi masalaning asl mohiyatiga mos keladi va o'zini o'zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan xoli ekanligini ko'rsatadi.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Maqolani yozishda tizimlilik, qiyosiy tahlil, analiz va sintez, umumlashtirish kabi tadqiqot usullarifan foydalanildi.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results). O'zini o'zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko'rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tuzilmasidir.
"O'zini o'zi boshqarish" tushunchasi bilan "o'zini o'zi boshqarish organlari" tushunchasi bir-biridan farq qiladi. O'zini o'zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo'lsa, o'zini o'zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
O'zini o'zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o'zini o'zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlaridagi ishtirokini ta'minlovchi muhim vositalardan biridir.
Shu o'rinda asosli savol tug'iladi, «mahalla va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari», «qishloq va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari», «ovul va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari», «shaharcha va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari» tushunchalari orasida tenglik belgisini qo'ysak bo'ladimi? Yo'q, albatta. Qishloq, ovul, shaharcha (ma'muriy hududiy birliklar) va mahalla (hududiy birlik) - fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruvi amalga oshiriladigan hudud sifatida qonunchiligimizda talqin qilinishini unutmasligimiz zarur.
Tenglik belgisini qo'yish masalasiga kelsak, uni «fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari» va «fuqarolar yig'ini» tushunchalari orasida qo'yishimiz to'g'ri bo'ladi. Sababi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishini amalga oshirishga nisbatan belgilangan konstitusiyaviy huquq aynan tegishli hududlarda istiqomat qiladigan mahalliy aholining saylanadigan vakillari orqaligina amalga oshiriladi. Mazkur vakillar yig'ilishini qonun fuqarolar yig'ini sifatida talqin etadi.
Research BIB / Index Copernicus
Fuqarolar yig'inini mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlariga, ya'ni mahalliy Kengashlarga tenglashtirsak bo'ladi. Sababi fuqarolar yig'ini ham xuddi vakillik organlari kabi:
- mahalliy aholi tomonidan saylovlar natijasida shakllantiriladi;
- tegishli hududda istiqomat qiladgan aholi manfaatlarini ifodalaydi;
- aholi nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yig'ini o'z ishchi organlariga ega, bunda mahalliy ahamiyatga molik
masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo'lgan organlarni nazarda tutamiz. Uning strukturasi quyidagicha:
- fuqarolar yig'ini kengashi (ijro organi);
- taftish komissiyasi;
- fuqarolar yig'ini kengashining devoni.
Fuqarolar yig'ini:
- fuqarolar yig'ini raisini, uning o'rinbosarlarini (fuqarolar yig'ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va a'zolarini saylaydi;
- tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil bo'ladi;
- kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish va voyaga yetmagan bolalari bo'lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to'lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash to'g'risidagi masalalarni fuqarolar yig'ini hududi bo'yicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydi;
- fuqarolar yig'ini hududida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan yoxud bunday tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarni aniqlashda, shuningdek bunday shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etadi.
Fuqarolar yig'ini qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O'zini o'zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o'zini o'zi boshqarish
Research BIB / Index Copernicus
organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok etishda ko'rinadi [4, 330-343-bb.].
Biror-bir yo'l bilan o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to'sqinlik qilish mumkin emas.
Fuqarolar yig'iniga rahbarlikni rais (oqsoqol) amalga oshiradi. U fuqarolar yig'ini tomonidan uch yil muddatga saylanadigan organ hisoblanadi. Fuqarolar yig'ini raisini saylash tartibi «Fuqarolar yig'ini raisi saylovi to'g'risida»gi 16-oktyabr 2018-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solindi [5, 371-b.].
Fuqarolar yig'inlari raislari saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi respublika komissiyasi uning tarkibiga Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi vakillari albatta kiritilgan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tuziladi.
Fuqarolar yig'ini raisi saylovini tashkil etish va o'tkazish uchun fuqarolar yig'ini (fuqarolar vakillarining yig'ilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yig'ini raisining navbatdagi saylovi e'lon qilinganidan keyin ishchi guruh o'z faoliyatini tugatadi.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xo'jalik anjomlari va boshqa ko'char hamda ko'chmas mol-mulk ularning mulkidir. Allomalar merosi orqali mahalla va davlar boshqaruvi haqida ma'lumot olish mumkin [6, 193-b.].
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasi jamiyat hayotining turli sohalarini qamrab olgan keng ko'lamli o'zgarishlarni ifodalaydi. Hokimiyatni qayta taqsimlash, fuqarolar huquqlarini kengaytirish, iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, ijtimoiy innovatsiyalar va jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish - bularning barchasi mamlakatning kelajakdagi rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Shuni ta'kidlash kerakki, yangi qoidalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ijtimoiy-madaniy kontekstni diqqat bilan ko'rib chiqishni talab qiladi. An'analarni saqlash va innovatsiyalarni joriy etishga mutanosib yondashuv barqaror rivojlanishning kalitidir. Davlat institutlarida boshqaruv va shaffoflik korruptsiyaning oldini olish va resurslarni adolatli boshqarishni ta'minlashning asosiy elementlariga aylanmoqda. Biroq, jamiyatning turli sohalari ehtiyojlarini hisobga olish va imkoniyatlardan teng foydalanishni ta'minlash muhimdir. Ushbu jihatlarning har birini muhokama qilish o'zgarishlarni
Research BIB / Index Copernicus
amalga oshirishda tizimli va muvozanatli yondashuv zarurligini ko'rsatadi. Bu sohalarni sinchiklab ko'rib chiqish va ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlash O'zbekistonga an'analarga hurmat va innovatsiyalarga tayyorlik asosida barqaror va farovon kelajak qurish imkonini beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toskent, 2023. - 41-b.
3. Malikova G.R., Normuhamedova S.B. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish huquqi: O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2023. - 88 bet.
4. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. - To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022. - 330-343-betlar.
5. Mamatov X.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. - Toshkent: Yurist-media markazi, 2018. 371-391-b.
6. Masharipova G.K. Xorazm Ma'mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy merosining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri. Falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent. 2021. 302 b.