"FUQAROLARNING O'ZINI O'ZI BOSHQARISH ORGANLARI" TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING QIYOSIY
TAHLILI
E. X. Zaitov
O'zbekiston Milliy universiteti "Sotsiologiya" kafedrasi mudiri Sotsiologiya fanlari bo'yicha (PhD), dotsent e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tushunchasining mazmun-mohiyati va uning qiyosiy tahlil Kunnrnra xapaKaT KH^HHraH. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari va xorijiy olimlarning bu boradagi qarashlari ijtimoiy-huquqiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: mahalla, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolar, qonun, jamoa, ma'naviy qadriyat, mahalliy boshqaruv, hokimiyat, sotsiologiya.
THE CONTENT AND ESSENCE OF THE CONCEPT OF" SELF-GOVERNING BODIES OF CITIZENS " AND ITS COMPARATIVE
ANALYSIS
E.Kh.Zaitov
National University of Uzbekistan Head of the "Sociology" department Sociology (PhD), associate professor
ABSTRACT
This article attempts to analyze the essence of the concept of citizens' self-government bodies and its comparative analysis. The legal basis of the activities of citizens' self-governance bodies and the views of foreign scientists in this regard are analyzed socio-legally.
Keywords: neighborhood, self-government bodies of citizens, citizens, law, community, moral value, local government, power, sociology.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarda mavjud turli shakllarda namoyon bo'ladigan eng quyi bo'g'inlar - mahalliy o'zini ozi boshqarish organlari darajasida talqin
April 20, 2024
231
etiladi. O'zbekiston Respublikasida esa "mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari "tushunchasi ilmiy kategoriya sifatida "fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari" deb yuritiladi. Bunday nomlanish bejiz emas bizningcha. Ushbu tushunchalarning o'zaro farqli jihatlarini Fransiya davlatining Tuluza universiteti professori Mishel Salinas quyidagicha ifodalaydi: "Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining o'tmishi har bir mamlakatda o'ziga xos bo'lib, bu O'zbekistonda o'zgachadir. Shu ma'noda, yurtingizdagi mahalla tizimini mazmun-mohiyatiga ko'ra noyob, deb aytish mumkin" [1].
Ushbu fikrlarga hamohang tarzda Nyu-York davlat universiteti professori Parviz Morvij: "O'zbek mahallasi noyob hisoblanadi, chunki u alohida shaxslar, oilalar, jamoalar va xalqlarni jamiyatga birlashtiradi. Mahalla alohida inson, jamiyat va davlat o'rtasidagi bog'lovchi bo'g'in, ular birdamligining vositasidir. An'analarga asoslangan demokratiyaning ideal tushunchasi ham aynan shundan iboratdir" [2] degan fikrni bildiradi. Ushbu fikrlardan kelib chiqib tahlil etadigan bo'lsak, dunyoda bizning milliy mahallamiz kabi boshqaruv idorasining o'xshashi yo'q. Zero, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Ma'lumki, dunyoda noyob, o'xshashi yo'q mahalla tizimi mustaqillik yillarida aho liga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylandi" [3]. Shunday bo'lsa-da, ushbu kategoriyalarning farqli jixatlariga yanada oydinlik kiritishimiz maqsadga muvofiqdir. Avvalo, ushbu institut xorijiy mamlakatlarning tajribasida "mahalliy boshqaruv", "mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari" kabi nomlar bilan yuritilganligi bois, ular o'rtasidagi farqni ham aniqlab olishimiz zarur. Bu borada huquqshunos mutaxassislar ta'kidlaganidek, agar mahalliy organlar markazdan tayinlansa va o'z faoliyati yuzasidan faqat ma rkaz oldida javob bersa, bunday organlarni mahalliy boshqaruv organi sifatida tushunmoq lozim. Agar mahalliy boshqaruv organlari mahalliy aholi tomonidan saylansa, bunday organlarni mahalliy o'zini o'zi boshqaruv organlari deb hisoblash lozim [4, 51 -b.].
Huquqshunos olimlarimizdan Sh. Jalilov ushbu masalaga baho bera turib, ma'muriy-hududiy birliklardagi aholining manfaatlarini ifodalaydigan va saylab qo'yiladigan organlar hamda ularning ma'muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga molik ishlarni boshqarish mahalliy boshqaruv ekanligini ta'kidlaydi [5, 82-b.]. Ko'pchilik davlatlarda bunday mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari - "munitsipalitetlar" deb ataladi. "Munisipal" degan tushuncha bilan "mahalliy" degan tushuncha bir xil ma'noni anglatadi. Rim imperiyasi davrida "municipium" degan so'z o'zini o'zi boshqarish huquqiga ega bo'lgan (aholi tomonidan mansabdor shaxslarni saylash) shaharning nomini bildirgan. Umuman olganda, "municipium" so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "munis" (mas'uliyat), "sario", "gesirio" (bo'ynimga olaman) ma'nosini bildirgan. Bu bilan mahalliy aholi o'z bo'yniga muayyan maxsus ishlarni boshqarish mas'uliyatini olgan [6, 96-b.].
April 20, 2024
232
Boshqacha aytganda, bu tushuncha nemischa "munizipalitat", lotincha "municipium", fransuzcha "municipalisat" so'zlaridan olingan bo'lib, ko'pgina davlatlardagi saylash yo'li bilan tashkil etilgan o'zini o'zi boshqarish va boshqaruv organlarining yig'indisi hisoblanadi.
Rossiya olimlarining fikricha, mahalliy yoki munitsipal o'zini o'zi boshqarish organlari - bu mahalliy ishlarni maxsus saylanadigan organlar tomonidan boshqarish tizimi bo'lib, ular ma'lum bir davlatning ma'muriy-hududiy birligida yashovchi aholining manfaatlarini ifodalaydi [7, 385-b.].
Shuningdek, Yevropa adabiyotlarida "o'zini o'zi boshqarish" tushunchasiga berilgan ta'riflardan nemis olimi G. Yellinekka tegishli bo'lgan ta'rif eng ko'p tarqalgani, deb hisoblanadi. Jumladan, uning fikriga ko'ra, o'zini o'zi boshqarish bu, "professional davlat xizmatchilari bo'lmagan shaxslar orqali amalga oshiriladigan va davlat-byurokratik boshqaruviga qarama-qarshi bo'lgan manfaatdor shaxslarning boshqaruvidir" [8, 144-c.]. Xorij olimlaridan I. Redlix va P. Ashleylar mahalliy o'zini o'zi boshqarishni "mahalliy aholi yoki ularning saylangan vakillari tomonidan umumiy huquq yoki qonunchilik bilan ularga berilgan huquq va majburiyatlarni bajarish", deb ta'riflaydilar. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish Yevropa xartiyasida esa, "mahalliy o'zini o'zi boshqarish" tushunchasiga "mahalliy boshqaruv organlarining aholi manfaatlarini ko'zlab va majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan holda asosiy ommaviy ishlarni boshqarish va nazorat qilishga oid huquq va real imkoniyatlaridir" [9], deb ta'rif berilgan. Huquqshunos olim I. Xamedov fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqiy maqomiga oid qonun xujjatlarini tahlil qilib, uning o'ziga xos tartibda shakllanishiga, shuningdek, ham nodavlat, ham davlat tashkiloti xususiyatlariga egaligiga e'tibor qaratadi. Uning fikricha, o'zini o'zi boshqarish tuzilishi prinsiplarida davlat asoslarining ishtiroki uning joylardagi real rivojlanishi bilan izohlanadi. Davlat va nodavlat asoslar uyg'unlashtirilishi davlat hokimiyati ham, mahalliy o'zini o'zi boshqarish ham yagona xalq hokimiyatchiligining turli shakllari ekanligini anglatadi. O'zini o'zi boshqarishni tashkil etishning bunday maqomi va prinsipi ularning o'zaro hamkorligini ta'minlaydi. Jamoatchilik asoslari fuqarolar irodasini ifodalash shaklida, shuningdek, o'zini o'zi boshqarish tuzilmalarida bevosita demokratiyaning turli- tuman shakl va usullari amal qilishida ifodalanadi [10, 50-c.].
Bildirilgan fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, ushbu tushunchalarning asosiy xususiyatlari yetarli darajada izoxlab berilgan. O'z navbatida, mahalliy boshqaruv va o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy umumiy xususiyatlari jumlasiga quyidagilar kiritish maqsadga muvofiq. Xususan, ushbu tushunchalar:
birinchidan, xalq hokimiyatchiligining ko'rinishi;
April 20, 2024
233
ikkinchidan, aholining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish huquqlarini amalga oshirishning imkoniyati va faoliyat ko'rinishi;
uchinchidan, konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri bo'lib hisoblanadi [11, 158-b.].
Milliy tajribamizga xos bo'lgan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi esa, mahalliy aholining xohish-irodasiga ko'ra shakllangan, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqil bo'lgan, shuningdek, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydigan va qonun hujjatlari bilan berilgan o'z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradigan fuqarolik jamiyati institutidir. Qonunchiligimizda "fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari" davlat hokimiyati tizimiga kirmasligi ifodalangan bo'lib, unga: "fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o'z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir", deb ta'rif berilgan. Ushbu ta'rifdan ham ko'rish mumkinki, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi bu "mustaqil" va "kafolatlanadigan" faoliyatdir. Mustaqil faoliyat doirasida aholi o'z ixtiyori bilan mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hech kimning aralashuvisiz amalga oshirsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari orqali ularning faoliyatlari kafolatlanadi.
Bu shunchaki uning nomini boshqacha ifodalash emas, balki masalaning mohiyatini chuqur anglatuvchi iboradir. "Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari" tushunchasiga nisbatan, "fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari" atamasi o'zini o'zi boshqarishning mustaqil demokratik instituti sifatida yaqqol namoyon bo'ladi. Shunday qilib aytish mumkinki, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlaridan eng asosiy farqi bu - uning davlat hokimiyati tizimiga kiritilmay, mustaqil faoliyat yuritishida hamda bevosita fuqarolar tomonidan shakllantirilishidadir. Xorijiy mamlakatlardagi mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari esa, joylardagi davlat organlari orqali amalga oshiriladi va ular davlat hokimiyati tizimiga kiritiladi hamda qoida tariqasida yuqori turuvchi davlat hokimiyati yoki boshqaruvi organi tomonidan shakllantiriladi.
O'zbek tilining izohli lug'atida esa mahalla "shaharning bir necha ko'chaning o'z ichiga olgan bir bo'lagi va uning aholisi" sifatida ta'riflangan. Shuningdek, mahalla tushunchasi "jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta'sirchan kuch", "o'zini o'zi boshqaruvchi ijtimoiy tashkilotning noyob shakli", "o'zini o'zi boshqarishning noyob bo'g'ini", "joylardagi o'zini o'zi boshqarish tizimining tayanchi", "tarbiyaviy ahamiyatga molik bo'lgan o'ziga xos maskan", "keng xalq ommasini davlat, hokimiyat idoralari bilan bog'lab turuvchi ko'prik", "noyob, betakror ijtimoiy
April 20, 2024
234
boshqaruv idorasi", "demokratik tuzilma", "qadriyatlar maskani", "xalq vijdoni", "demokratiya darsxonasi" kabi yuksak e'tiroflar bilan ta'riflanadi.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlab o'tish mumkinki aholini dardini eshitadigan va ularning muammolarini davlat darajasiga olib chiqadigan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ya'ni mahallalar ijtimoiy institut sifatida xar qachongidan ham ahamiyati oshib bormoqda. Bugungi kunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining takomillashtirilib va vakolat doirasining kengaytirilib borilayotganligi mamlakatimizda demokratik islohatlarni jadallik bilan amalga oshirishda mahalla yetakchi ekanligidan darak beradi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati va uning jamiyatimiz taraqiyotidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini sotsiologik jihatdan tahlil qilish va o'rganish xar qachongidan dolzarbligini oshirmoqda.
REFERENCES
1. Salinas М. "Mahalla - oila institutini mustahkamlashning muhim omili" // "Xalq so'zi" gazetasi, 2012 yil 4 dekabr. // http:www.oldxs.uz/yuzma/133-bugun-sonda/3339- mahalla xalqaro.html
2. Mahalla institutining Amerika Qo'shma Shtatlaridagi taqdimoti // "Xalq so'zi" gazetasi, 2014 yil 13 iyun. // http://xs.uz/index.php/homepage /khorizhda/item/1386.
3. Mirziyoyev Sh. Demokratik islohotlarning izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot rejasini yaratish barqaror taraqqiyot kafolatidir // O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning O'zLiDePning VIII syezdidagi ma'ruzasi, 19.10.2016 yil.
4. Azizxo'jayev А.А. Davlar hokimiyati vakillik organlarining huquqiy muhofaza qilishga oid faoliyatining nazariy muammolari: Yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent: 1993. - B. 51.
5. Jalilov Sh.I. O'zbekiston Respublikasining o'zini o'zi boshqarish huquqi (Darslik) - Toshkent: Voris, 2007. - B. 82.
6. Ollamov YA., Saidova Х. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish huquqi: nazariy va amaliyot masalalari. - Toshkent: TDYul, 2006. - B. 96.
7. Баглай М.В., Лейбо Ю.И., Энтина Л.М. Конституционное право зарубежных стран. 3-е изд., перераб. и доп. - Москва: Норма, 2012. - Б. 385.
8. Холопов В.А. Государственное и муниципальное управление. Ростов н/Д, Феникс, 2010. - С.144.
9. Европейская Хартия местного самоуправления. Страсбург, 15.10. 1985 г. // www.consultant. ru - Россия Федерациясининг хукукий портали.
235
April 20, 2024
International Scientific and Practical Conference
10. Хамедов И.А. Организационно-правовые проблемы совершенствования системы государственного управления в Республике Узбекистан. Док.дис. юрид. наук. - Ташкент 2004. - С. 50.
11. Узбекистан махдллалари: кеча ва бугун [Матн] / Н.М. Эгамбердиева [ва бошк.]. - Тошкент: INVEST BOOK, 2022. - Б. 158.
12. Kholmamatovich Z.E. The essence and significance of the neighborhood in the development of the national mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С.271-277.
13. Kholmamatovich Z.E. The role of guardianship and trusteeship in the social protection of the interests of socially orphaned children //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - №. 2. - С. 2-2.
14. Zaitov E. Retrospective Approach to Scientific Researches on "Orphan hood" at Different Periods //Eclss Online 2020a. - 2020. - С. 103.
15. Zaitov E.K. Theoretical and methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & Applied science. Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №. 12. - С. 1067-1069.
16. Kholmamatovich Z.E Theoretical and methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. - 2021. - №. 12. - С. 102-104.
17. Заитов Э. Mahallaning o 'rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал социальных исследований. - 2024. - Т. 7. - №. 1.
236
April 20, 2024
International Scientific and Practical Conference