Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023
MA'NAVIY MAKON VA MADANIY MEROS DIALEKTIKASI
Mamatqulov Eldor Safarovich
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti E-mail : eldormamatkulov@mail .ru Tel: +998946238952
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yangi ma 'naviy makon va milliy-madaniy meros tushunchasining o'zaro dialektikasi masalalari tahlil qilingan. Yangi ma'naviy makonni yaratish borasidagi ustuvor vazifalar aniqlashtirilgan.
Kalitso'zlar: Yangi ma'naviy makon, milliy-madaniy meros, Uchinchi renessans, Yangi O'zbekiston, taraqqiyot strategiyasi.
ABSTRACT
This article analyzes the issues of mutual dialectics of the new spiritual space and the concept of national-cultural heritage. Priorities for creating a new spiritual space have been identified.
Key words: New spiritual space, national-cultural heritage, Third Renaissance, New Uzbekistan, development strategy,
KIRISH
Hozirgi kunga kelib taraqqiyot yo'lidan borayotgan davlatimizda milliy-madaniy merosning xalqimiz hayotidagi ahamiyatini o'rganar ekanmiz, kundalik turmushimizdaumumjahoniy hamda milliy qadriyatlarning yuksakligini amaliy tatbiq etish orqali millatimizning yetuk ma'naviy taraqqiyotida hamda yurtimiz rivojlanishidagi o'rni va tadrijiyligi ortmoqda. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, milliy-madaniy meros tushunchasi va uning mohiyati, milliy-madaniy merosning davlat, jamiyat farovonligi va rivojlanishi, ahamiyati va tadrijiy imkoniyatlari ortib boradi. Lekin ushbu jarayonlarni madaniyat bilan bog'lash o'rinli hisoblanadi. "Madaniyat" tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), aniq jamiyat, elat va millat (o'zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o'ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo'llaniladi. [6]
Tarixda va zamonaviy ilm-fanda milliy-madaniy meros tushunchasi, uning ma'naviy makondagi o'rni masalasi ko'plab, Sharq va G'arb allomalarining asarlarida asosiy bahs mavzusi bo'lib kelgan. Jumladan, Sharq allomalaridan Abu Nasr Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" asarida, Ibn Sino "Tadbirul manzil", Abu Rayhon Beruniy esa "O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlarida ushbu masalaga alohida ahamiyat qaratganlar. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli kitobida ham milliy-madaniy meros tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotidagi, yangi ma'naviy makonni yaratish borasidagi ahamiyati borasida dolzarb masalalar ilgari surilgan.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ajdodlarimizning boy madaniy va moddiy merosini asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish maqsadida ko'plab tizimli amaliy ishlar olib borildi. Buning misoli o'laroq shuni aytish kerakki, yurtimizning nufuzli shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar, qadamjolar, masjid va madrasalar qayta ta'mirlanib, o'z go'zalligini namoyon etmoqda. Yana shuni ta'kidlash joizki, mustabid tuzum davrida nomlari qoralangan buyuk allomalarimizning nomlari tiklanib, asarlari tarjima qilindi, bu orqali esa tarixiy haqiqat tiklandi. Qadriyatlarimiz qayta tiklandi, ommaviy bayramlar nishonlanmoqda, o'zbek tili o'z o'rnini topdi, shu orqali milliy merosimiz ham o'z qadrini topdi [8].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir xalqning ko'p yillik tarixiy tadrijiyligi mahsuli milliy merosda namoyon bo'ladi. Milliylik aks etmagan har qanday milliy merosning yashovchanligi uzoq davom etmaydi. Boz ustiga har qanday milliy meros millat kelajagini belgilovchi g'oyaviy asos bo'lib xizmat qiladi.
Bizning fikrimizcha, milliy meros quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1. milliy urf-odatlar, an'ana, marosim, qadriyatlar;
2. dunyoqarash;
3. turli rasm-rusumlar;
4. dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan kashfiyotlar;
5. millatdan yetishib chiqqan allomalar va ular yaratgan asarlar;
6. davlatchilik;
7. milliy-madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar. [8]
Ularning har biri millat vakillari sa'y-harakatlari bilan asrlar davomida shakllantiriladi va keyingi avlodga meros sifatida qoldiriladi.
Xalqqa xos bo'lgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar millat hayotining muayyan davrida uning kundalik turmushida yuzaga keladi. Ular avloddan avlodga o'tib, kundalik hayotda takrorlanib, millat vakillarining xatti-harakatlari, xulq-atvori va ko'nikmalarida o'z ifodasini topadi. Milliy an'analar millatning ko'p asrlik hayotida yuz beradigan turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar, etnoslarning ijtimoiy-ma'naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy-ijodiy faoliyati negizida atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog'liq holda avloddan avlodga o'tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar tafakkuri, orzu-o'ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylanadi. [5]
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Urf-odatlar va an'analarning uzoq muddat davomida nisbatan saqlanuvchanligi va ayni paytda, kundalik turmush hayotida takrorlanuvchanligi milliy merosning tarkibiy qismi bo'lishini ta'minlaydi. Ularning nisbatan uzoq vaqt amal qilishi, kundalik turmush va hayotda ko'p ishtirok qilishi millat birligini mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ular orqali millat vakillari o'zaro ma'naviy yaqinlashib boradi hamda boshqa millatlarga xos bo'lmagan, faqat o'zlariga xos bo'lgan, o'z zamoniga mos keladigan yangi-yangi urf-odatlar va an'analarni shakllantirib boradi. Milliy qadriyatlar millat ehtiyoji, manfaatlari, maqsadlariga xizmat qiladigan moddiy va ma'naviy ne'matlar majmuasini tashkil qiladi va milliy merosning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy merosda millatga xos bo'lgan rasm-rusumlar ham muhim o'rin egallab, ular millat tarbiyasining ma'lum tizimida aniq urf-odatlar, an'ana va qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan muayyan, ramziy, mas'uliyatli harakat hisoblanadi. Rasm-rusumlar millat fe'l-atvorining aniq maqsadini ko'zlovchi normalarni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Ularning xarakterli xususiyati shundaki, u aniq maqsadni amalga oshirish tomon qilinadigan harakat bo'lib, urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar kabi shakllangan emas, balki shakllantirishga qaratilgan amaliy harakatlar majmuasini tashkil qiladi. [7]
Bizning xalqimizga xos bo'lgan milliy merosning dunyo ahamiyatiga ega muhim qismi fan, madaniyat, falsafa, texnika, texnologiya va boshqa sohalarda amalga oshirilgan kashfiyotlar, g'oyalar, asarlar, yuksak intellektual ma'naviy salohiyat sohiblari bo'lgan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek kabi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan. Bu kashfiyotlar, eng avvalo, o'zbek xalqining milliy merosidir. Dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlar, ularda mujassam bo'lgan tarixiy obidalar, yodgorliklar, milliy hunarmandchilik, shaharsozlik, kiyim-kechak namunalari va hokazolar shular jumlasidandir. Shunga ko'ra, milliy meros millat tarixi salohiyati, kuch-qudrati va ayniqsa, kelajagining o'zga millatlar va jahon xalqlari ko'zgusida aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, o'zbek xalqining milliy-madaniy merosi o'z ichiga ona Vatanimizning ko'p yillik buyuk tarixiy o'tmishi, Sharq ma'rifatparvarligi, buyuk ajdodlarimizning jahon madaniyati va sivilizasiyasiga qo'shgan beqiyos hissasi va unda tutgan mavqei, vatandoshlarimiz, buyuk ajdodlarimizning madaniyat, fan, din, adabiyot, san'at sohasida erishgan yutuqlarining jahonshumul ahamiyati, diyorimizdagi madaniyat, san'at, me'morchilik,
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
fan va huquq sohasidagi bebaho yodgorliklar, o'zbek milliy urf-odatlari, an'analari, udumlari va boshqalarni qamrab oladi hamda biz uni o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra juda keng qamrovga ega tushuncha sifatida anglamog'imiz lozim.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.
3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.
4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbekiston,
5. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti, 2021. - B. 464.
6. Otamuratov S. Globallashuv: Millatni asrash mas'uliyati (siyosiy-falsafiy qirralar). -Toshkent: O'zbekiston, 2018.- 352 b.
7. Quronov M. Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2019-yil 23-avgust.
8. Salimov O. va boshq. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. - Toshkent:
2017.
2019.