Научная статья на тему '«LAYLI VA MAJNUN» AFSONA VA HAQIQAT'

«LAYLI VA MAJNUN» AFSONA VA HAQIQAT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1170
529
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Layli / Majnun / Bertels / xalq qissalari. / Layla / Majnun / Bertels / folk tales.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasiba Yunusali Qizi Saydaliyeva

Mazkur maqola Layli va Majnun haqida rivoyatlar, ulardagi qahramon va voqealar tarixiyligi haqidagi ayrim qarashlar yoritiladi. Qissalar syujetining badiiy adabiyot namunalarida aks ettirilishi va ayrim ijodkorlar manbalaridagi namunalar keltirib o`tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“LAYLI AND MAJNUN” MYTH AND TRUTH

This article covers the legends about Layla and Majnun, their views on the hero and the history of events. The plot of the story is reflected in the samples of fiction and examples from the sources of some artists.

Текст научной работы на тему ««LAYLI VA MAJNUN» AFSONA VA HAQIQAT»

«LAYLI VA MAJNUN» - AFSONA VA HAQIQAT

Nasiba Yunusali qizi Saydaliyeva

A.Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi, 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Layli va Majnun haqida rivoyatlar, ulardagi qahramon va voqealar tarixiyligi haqidagi ayrim qarashlar yoritiladi. Qissalar syujetining badiiy adabiyot namunalarida aks ettirilishi va ayrim ijodkorlar manbalaridagi namunalar keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Layli, Majnun, Bertels, xalq qissalari.

"LAYLI AND MAJNUN" - MYTH AND TRUTH

Nasiba Yunusali kizi Saydalieva

A.Navoi University of Uzbek Language and Literature, Department of Textual Studies

and Literary Sources, 1st stage master

ABSTRACT

This article covers the legends about Layla and Majnun, their views on the hero and the history of events. The plot of the story is reflected in the samples of fiction and examples from the sources of some artists.

Keywords: Layla, Majnun, Bertels, folk tales.

Yaqin va O'rta Sharq xalqlari adabiyotida Layli va Majnun mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana 13 asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she'r va dostonlar bitlib keladi. Ushbu Layli va Majnun haqidagi qissa arab xalqlari orasida keng tarqalgani va g'oyat mashhur bo'lgani haqida I.Yu. Krachkovskiy shunday fikr bildirgan: "Sharqdagi "Layli va Majnun" g'arbdagi "Romeo va Juletta"ga nisbatan mashhurroqdir"

"Layli va majnun" ko'p asirlik tarixga ega. Uning ildizlari mashhur adabiyotshunos-matnshunos, akademik I.Yu. Krachkovskiy takidlaganidek VII - asrga borib taqalidi. Mazkur davrda arab qabilalarida otashin muhabbat xaqidagi sherlar tarqala boshladi. Ularda go'zal bir qizga oshiq bo'lib, mahbubasi visoliga yetolmay iztIrob chekayotgan yigitning kuchli dard-u armonlari, sevgilisinig husnu jamoli ta'rifi, unga bo'lgan samimiy muhabbati, ehtiroslari bir biridan nafis baytlar zamiriga jo bo'lgan edi [1-3].

Ba'zi manbaalarda kelishicha, Majnun tarixiy shaxs bo'lib, uning asl ismi manbaalarda Qays ibn Mulavvah, Mahdiy ibn Muod, Al Aqra va bazan Al Buxtariy ibn Al-Ja'd tarzida keltiriladi. Arab olimi ibn Qutaybaning "Kitob ush-sher va -shuaro" asarida kelishicha Majnun o'z qabilasidagi Layli ismli qizni sevib unga bag'ishlab she'rlar to'qigan.1

Bundan tashqari Al Johiz Abu Bakr Al Volibiy va boshqa arab olimlarining kitoblarida Layli va Majnun haqida turli tuman rivoyatlar keltiriladi. Ammo yuqoridagi fikrni rad etuvchi qarashkarham bor. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hoshim Al Qalbiy (764 yil vafot etgan), arab tarixchisi Hishom al Qalbiy (819 yil vafot etgan)lar Majnun tarixiy shaxs emas, unung nomi majoziy, sevgi hijron sherlari esa Umoviy honadoniga mansub bir oshiq yigit tomonidan bitilgan va nomini oshkor etmaslik uchun Majnun tahallusini qo'llagan deyishadi.

Shu tariqa VII asirning 2-yarimidan boshlab arab poeziyasida Majnun tahallusli mungli sherlar ko'paib keng tarqalib boradi.Vaqt o'tishi bilan ko'plab afsonalar,rivoyatlar to'qiladi va turli manbalardan joy ola boradi.Endi Majnun nomi arabistondagina emas,balki Yaqin va O'rta Sharq o'lkalarida ham keng shuhrat topadi.

Mana shunday manbalar bora -bora yozma adabiyotga ham ko'chadi. Badiiy adabiyotda dastlab Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy,Ashrab Jomiy, Amir shayhim Suhayliy qalamiga mansub dostonlar yaratildi. Turkiy tilda esa Gulshahriy, Oshiq Posho, Shohidiy kabi shoirlar Layli va Majnun o'rtasidagi isgq sarguzashtlari haqida o'z dostonlarida ayrim parchalar berdilarki,"bu parchalarLayli va Majnun afsonasining turkey tildagi dastlabki kurtaklari sifatida ahamiyatlidir"

Bulardan tashqari, Layli va Majnun doston qilib kuylagan Nosirxoja Valadi Mansurxoja,Fozil Yo'ldosh o'g'lining "Layli va Majnun" dostonlari ham borki, ularda bir mavzuga tayanilgan bolsada, har biri o'ziga xos talaqin jihatdan ajralib turadi [4].

Xususan, Navoiy "Xamsa"sining uchinchi dostoni ham Layli va Majnun qissasi haqidadir.Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy xamsachili an'analarini davom ettirib,bu mavzuda yozgan salaflarini hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.Ulardan farqli o'laroq asarini turkiyda yozganini alohida ta'kidlaydi. Navoiy Nizomiy dostonini "qal'a"ga,Dehlaliynikini "yaxshi beazakli qasrga" o'xshatib, o'z dostonini esa qal'a va qasr atrofidagi shahar va bog'larga qiyos etadi. Shoir o'z asarini Firoqnoma, "Nomai dard" ham ataydi.

Layli va Majnun bayon etilgan asarlarda mavzu bir bo'lsa-da, matniy, voqealar bayoni jihatdan farqlar bo'lishi mumkin. Bunga sabab har bir ijodkor o'z davri ijtimoiy muhitidan kelib chiqib yondashishi hamda asrlar davomida og'izdan-og'izga o'tish jarayonidagi o'zgarishlar hamdir [5].

1 D. Yusupova, «Layli va Majnun» dostonining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari.

2 T.Ahmedov,Alisher "Navoiyning Layli va Majnuni" ,T:. Fan.1970,29 b.

■ „- - 1008 I

Xususan, fizika matematika fanlari doktori,professor Mansurxon Toirov bir maqolasida sharqshunos olinm Bertels bayon qilmagan hamda Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Jomiy, Dehlaviy va boshqa asarlarda bayon etilmagan holatlar aks etgan ikki asarga duch kelganini yozadi.Ulardan biri boshqa asarlarda ko'rinmagan,kishini hayron qoldiruvch sifatlar bilan boyitilgan Hazrat Inoyatxon bolsa, ikkinchisi 1976-yil Kievda B.Shidfar tahriri va so'zboshisi asaosida yetib kelgan "Bani amir qabilasilik Majnun haqida rivoyat" asarlaridir.

Quyida hazrat Inoyatxon bergan «Layli va Majnun» rivoyatidan parcha keltiriladi:

...Majnunning ota-onasi Majnunning Layliga bo'lgan telbalarcha ehtirosini davolash uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rib bo'lishgach, eng yaxshisi Laylining ota-onasiga murojaat qilish fikriga kelishadi va bu Majnunning jonini qutqarish uchun ularning eng oxirgi umidlari bo'ladi. Ular Laylining ota-onalariga maktub yo'llaydilar (ular boshqa dinga mansub edilar), unda bunday deyilgan edi:

«Bizlar Majnunning xayolidan Laylini ko'tarish uchun imkoniyatimiz darajasidagi barcha choralarni ko'rdik, lekin biror-bir natijaga hali-beri erishmadik. Va bizlarda tanho bir umiddan boshqa umid qolmadi - mabodo sizlar ularning nikohiga rizolik bersangizlar».

Ular bularga javoban «Bu bizlarni mazax bo'lishga olib kelsa-da, harqalay Layli nazarimizda bir onga bo'lsada, Majnun haqida o'ylamay tura olmaydi chamamda. Bizlar uni maktabdan olib ketganimizdan buyon u kundan-kun so'nib borayotir. Shuning uchun bizlar Laylini Majnunga uzatishga qarshi emasmiz, lekin shu shart bilanki, uning aqli raso ekanligiga imonimiz komil bo'lsa». Buni eshitgan Majnunning ota-onasi juda ham quvonib ketishdi va Laylining ota-onasida aqldan ozibdi, degan shubha uyg'otmaslik uchun Majnunga o'zini aqlli tutib yurishlikni maslahat berishadi. Majnun Layli bilan ko'rishish nasib bo'lishi uchun ota-onasi nimaniki xohlagan bo'lishsa, barisini bajarishga rozi bo'ladi. Ular Sharq udumlariga binoan qalliq uyi tomon tantanavor yo'l oladilar [6]. U yerda kuyov uchun maxsus gullardan marjon qilib o'ralgan joy tayyorlangan... Sovchilar o'tirgan xonaga tasodifan Laylini kunda maktabga borib kelishida kuzatib yurgan kuchukcha kirib qoladi. Majnunning nigohi u kuchukchaga tushib qoladi va uning ichki hissiyoti tashqariga otilib chiqadi. U o'zining to'rdagi martabali joyida o'tira olmaydi. U kuchukcha oldiga yugurib boradi va uning panjalarini o'pa boshlaydi hamda guldan qilingan marjonni u kuchukning bo'yniga ilib qo'yadi. Majnun u kuchukka aytmagan yoki ko'rsatmagan biror-bir hurmat-izzat alomati yoki ta'zimi qolmaydi. «Oshiq uchun sevgilisi uyidan ko'tarilgan chang Ka'ba misoldir». Majnunning o'zini bunday tutishi uni o'zgalar nigohida aqldan ozgan qilib ko'rsatadi. Chunki muhabbat tili muhabbatsiz odamlar uchun tushunarsizdir va Majnunning bunday xatti-harakati boshqalar nazarida odatdagi ahmoqlik bo'lib

3 M.Toyirov, Majnun maktublar yoxud ko'rganmisiz oshiq ko'zini.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

ko'rinadi. Barcha odamlar xafa bo'lib qolishadi. Laylining ota-onalari esa nikohga rozilik berishmaydi. Bu Majnun ota-onasining umidlarini tugal so'ndiradi va ular ushbu ondan boshlab uni kuzatib yurishni yig'ishtirishadi, chunki ularning nazarida uning uchun o'lim va hayot bir narsaning o'zi edi. Bu Majnunga shahar kezib Laylini qidirishi uchun erkinlik baxsh etadi. U yo'lida kimki uchrasa, undan Laylini so'rab boradi. Tasodifan Majnun tuyada xat tashuvchini uchratib qoladi va undan Layli haqida so'rasa, u: «Uning ota-onalari bu yurtni tashlab yuz chaqirim nariga ko'chib ketishgan», deya javob beradi. Majnun undan Layliga o'zining salomini yetkazishni iltimos qiladi. Xat tashuvchi «Jonim bilan», deya uning iltimosini qabul qiladi. Lekin Majnun so'zlay boshlaganida uning gapi uzoq, juda ham uzoq vaqtga cho'zilib ketadi. «Sevgi maktubini tugallash mumkin emas». Uning sofdilligi xat tashuvchining ko'nglini ochadi va hayajonga soladi. Majnun tuyaning yonida yurib ketayotgan bo'lsa-da va o'zining uzoq yo'lida yaxshi hamroh bo'lsa-da, tuyakash unga rahmi kelib, «Sen o'z maktubingni menga bayon qila borib 10 mil masofani o'tib qo'yding. Men uni Layliga yetkazishim uchun qancha vaqt sarflashim kerak bo'ladi bilasanmi? Bor yo'lingdan qolma, men naiki kerak bo'lsa, barini bajo keltiraman», deya murojaat qiladi. Shunda Majnun orqaga buriladi, lekin yuz odim ham yurmasdan qaytadan xat tashuvchiga yetib olib «Ey mening mehribon va marhamatli do'stim, Layliga yetkazishing uchun senga yana bir necha og'iz so'zlarimni aytish yodimdan ko'tarilibdi», deya o'zining sevgi maktubini so'zlari bilan davom etirib yana o'n mil masofa o'tib ketganiniyam sezmay qolibdi. Shunda xat tashuvchi «Baraka topkur, o'zingga rahming kelsin, bor yo'lingdan qolma. Sen juda ham uzoq masofaga ketib qolding. Qandoq qilib sen menga aytgan gaplaringni yodimda saqlay olaman. Har^alay yodimda qoldirishga harakat qilaman, sen esa hoziroq orqangga qayt. Sen shundog'am uyingdan juda olislab ketib qolding», deya Majnunga rahmi kelib murojaat qilibdi. Shundan so'ng Majnun uyi tomon keta boshlab bir necha qadam qo'ygach, yana xat tashuvchidan aytib yuborishi zarur bo'lgan nimalardir xayoliga kelib, tag'in xat tashuvchiga yetib olib, qalbidagini bayon qilib, tuyaning yonida keta boshlabdi. Shunday asnoda ikki hamrohning safari yakuniga yetib, Majnunning o'zi Layli yashayotgan yurtga kirib boribdi. Xat tashuvchi bunday sof muhabbatdan hayronlikka tushibdi va «Sen Layli yashayotgan yurtga yetib kelding. Hozircha ushbu nuray boshlagan masjidda o'tira tur. Hozir sen men bilan shahar bo'ylab yursang, ular seni Layliga yetguningcha xiyla azoblashadi. Senga eng yaxshisi hozir bir oz bo'lsa-da, hordiq chiqarishdir, chunki sen juda uzoq masofani nafas rostlamasdan, dam olmasdan bosib o'tding. Men esa sening maktubingni Layliga yetkazaman» debdi. «Muhabbatdan sarxush bo'lganlar na vaqtni va na fazoni ko'radilar».

Majnun uning maslahatiga ko'nib o'sha joyda qoladi. Uning dam olgisi keladi, lekin Layli yashayotgan shaharda ekanligi oyog'ini qaysi yo'nalishda uzatish muammosini keltirib chiqaradi. Shimoldamikan, balki janubda, balki sharqda yoki g'arb

tomondadir Layli, deya fikri bir to'xtamga kela bermagach, o'zicha «Mabodo bu shaharda Layli bo'lsa-yu, u tomonga oyog'imni uzatsam, men tomonimdan o'ta yuzsizlik bo'ladi, yaxshisi oyoqlarimni arqon bilan osib qo'ygan ma'quldir» degan xulosaga keladi. «Ma'shuqaning uyi oshiq uchun misli Ka'badir». Majnun tashnaligini qondirmoqlik uchun suv qidirib tashlandiq bir idish tagida bir ozgina yomg'ir suvini topib ichadi.

Xat tashuvchi Laylini uyidan topgach, unga «Sen bilan xoli gaplashmoq uchun juda ko'p g'ayrat qilishimga to'g'ri keldi. Jahonda biror-bir kimsaning senga bo'lgan muhabbati muhabbatiga teng kela olmaydigan Majnun mendan senga maktub yubordi va u yo'l-yo'lakay maktubini bayon qilib borar ekan, sening shahringga mening tuyam bilan barobariga yetib keldi» debdi. Shunda Layli: « Ey, Osmonu falak! Bechora Majnun! Unga nima bo'ldi?!» deya nido qilibdi. Layli o'zining qari enagasidan: «Nafas rostlamay yuz mildan oshiq yo'lni o'tgan odamga nima bo'ladi?» deb so'raganida, u darrov javob berib, «Bunday odam o'ladi» debdi. Shunda Layli «Bundan biror-bir chora bormi?» deya so'raganida, enaga «U bulturdan beri yig'ilib qolgan yomg'ir suvidan ichishi kerak va u suvdan ilon ham ichgan bo'lishi kerak bo'ladi. So'ngra uning ikki oyog'ini arqon bilan bog'lab kallasini yerga qaratib osib qo'yish kerak bo'ladi va u shunday holda uzoq vaqt osilib turishi kerak. Shu uning hayotini saqlab qolishi mumkin» deb javob beribdi. Shunda Layli qichqirib, «Bularning barchasini topish qanchalar qiyin-a!» deb oh chekibdi. Lekin, Xudo Majnunni yo'lga solibdi va shuning uchun barcha holatlar uning uchun yaxshilik bilan yakun topibdi».

Keyingi kuni Layli yeguliklar to'pladi-da, o'zining siridan voqif bo'lgan kanizagidan ularni Majnunga yubordi. Layli kanizakdan Majnunga maktub ham yo'llab, u ham Majnun kabi uni ko'rishga intizor va oshiqayotganini, lekin bunga qulflangan xonadaligi monelik qilayotganini va birinchi imkoniyat paydo bo'lishi bilanoq uni ko'rishga borishini bildiradi. Kanizak nuray boshlagan masjidga borib, u yerda ikki kishi borligini ko'radi. Unga ulardan biri o'z xayoli bilan band bo'lib, atrofida ro'y berayotgan voqealarga befarqday ko'rinadi, ikkinchisi esa to'ladan kelgan bo'lib, baquvvat ko'rinadi. Kanizak Layli bunday xayolparastni sevishi mumkin emas va hattoki, o'zim ham u xayolparastni seva olmagan bo'lar edim, degan o'yda bo'ladi va har ehtimolga qarshi ulardan, qay biringni isming Majnun, deya so'raydi [7-10]. O'z xayoli bilan band bo'lgan Majnun kanizakning savolini eshitmaydi hisob. Lekin bekorchilikdan o'tirgan ikkinchi odam kanizak qo'lidagi yeguliklarni ko'rib juda ham xursand bo'lib ketadi va «sen kimni qidirayotirsan», deb so'raydi. Shunda kanizak «Mendan bularni Majnunga yetkazishni so'rashgan edi. Bu senmisan?» deya so'raydi. Shunda u odam qo'llarini savatga uzatib, «Men sen bu yemaklarni keltirgan odamman», deya javob beradi hamda kanizakka bir necha og'iz hazilomuz so'zlarni aytadi. Kanizak qaytgach, Layli «Sen unga savatni berdingmi?» deya so'raydi. - «Ha» deya javob beradi kanizak. Layli har kuni o'z taomlarining katta qismini Majnunga jo'natib turadi

va u taomlarni har safar Majnun bilan bir masjidda bekorchilikdan to'xtagan begona odam qabul qilib oladi. Layli kunlardan bir kun kanizakdan «Sen hecham menga u nimalar deyayotganini va taomlarni qanday yeyayotgani haqida gapirmayotirsan», deya so'rab qoladi. Shunda kanizak, «U senga ming-ming rahmatlar yo'llab, taomlar unga juda ham manzur bo'layotganini ma'lum qilayotir hamda u odam bilan gaplashish kishiga huzur bag'ishlaydi. Sen bir onga ham bezovta bo'lishingga o'rin yo'q. U kundan-kunga to'lishib borayotir», deya javob beradi. Shunda Layli «Mening Majnunim hech qachon to'lishmagan va u hech qachon to'lishishga monandlik bildirmagan hamda u doimo o'z xayoli bilan band bo'lganligi sababli biror-bir kimsaga iltifot ko'rsata olmaydi ham. O'ta g'amgin bo'lganidan so'zlamaydi hisob», deya javob beradi va taomlarni o'zga bir odamga yetkazib berilayotganini gumon qiladi. So'ngra, «U yerda yana biror bir kimsa bormi?» deya so'raydi. Kanizak «Ha, u yerda yana bir odam bor, lekin u menimcha telbaroqqa o'xshaydi. U kim kelayotir va kim ketayotir -payqamaydi ham. U biror bir so'zni eshitmaydi ham va biror og'iz gapirmaydi ham. U sen sevgan odam bo'lishi mumkin emas», deya javob beradi. Shunda Layli, «Menimcha, hech shubhasiz o'sha odam Majnun bo'lishi kerak. Shu kungacha taomlarni u odamga yetkazmaganing uchun ming afsuslar qilaman. Lekin bunga aniq ishonch hosil qilish uchun bugun sen likopchaga taom o'rniga xanjar qo'ygin-da, o'sha har kuni taom olayotgan odamga: «Layliga kasalidan foriq bo'lishi uchun sening bir necha tomchi qoning kerak bo'lib qoldi degin», deya topshiriq berib yuboradi. Kanizak masjidga borganida u odam katta xursandchilik bilan taomlarni olish uchun u tomonga shosha boradi, lekin xanjarni ko'rib hayron bo'lib qoladi. Kanizakdan Laylining shifo topishi uchun uning bir necha tomchi qoni zarur bo'lib qolganini eshitgach esa, «Yo'q, yo'q. Men aniq Majnun emasman. Ana u Majnun. Undan so'ra», deya o'zini undan olib qochadi. Gangib qolgan kanizak Majnunning oldiga borib baland tovush bilan «Layli shifo topishi uchun sening bir necha tomchi qoning lozim bo'lib qoldi», deyishi bilan Majnun hech bir ikkilanmasdan xanjarni qo'liga oladi-da, «Laylining kori-holiga mening qonim kerak bo'lib qolganidan qanchalar baxtiyorman. Mabodo Layli shifo topishi uchun jonimni berish lozim bo'lgan taqdirda, u ham men tomonimdan arzimas bir tortiq bo'lar edi. Mabodo, men o'z jonimni unga tortiq qila olganimda edi, olamdagi eng baxtiyor odam bo'lar edim», deya qo'lini turli yerlaridan kesa boshlaydi. «Oshiq ma'shuqasi uchun nainki qilmasin, buni hech qachon ko'p bo'lib ketdi deb bilmagan». «Ma ol, bori shu ekan», dedi Majnun kanizakka o'z qoni solingan idishni uzatar ekan. «Muhabbat azobdir, lekin oshiq har qanday azobdan-da yuqoridir»...

Asrlar davomida muhabbati muhabbat timsoli bo'lib kuylanib kelayotgan Majnun va Layli shoirlar tomonidan o'ylab topilgan siymolar bo'lmasdan, haqiqatda ham yashab o'tgan insonlardir. Zamondoshlari tomonidan «Laylining Majnuni» taxall usini olgan shoir Qays ibn al-Mulavvax shimoliy arablarning Banu Amir qabilasi farzandi bo'lgan. Qator qadimiy arab olimlaridan qolgan bebaho qo'lyozmalar Majnun taxallusli

shoir Qays ibn al-Mulavvax haqiqatan ham yashab ijod etganidan darak beradi. Majnun o'z she'rlarining ko'pini og'zaki aytib yurgan, ba'zan qumlarga yoki toshlarga bitgan. Uning muhabbati va she'rlariga oshiq bo'lganlar u she'rlarning ko'pining saqlanib qolishiga va keyinchalik olimlar tomonidan oqqa ko'chirilishiga sabab bo'lishgan. Layl i va Majnun xalifa Abd al-Malik davrida hayotining oxirgi yillarini o'tkazib, 689 va 699 yillar o'rtasida foniy olamni tark etishgan. Barcha «Layli va Majnun» dostonining asosiy qahramonlaridan biri bo'lgan Naufal ibn Musaxik (706 yil vafot etgan) davlat arbobi va she'riyat muxlisi bo'lgan. Bu dalil ham «Layli va Majnun» dostonlarida tarixiy haqiqat berilganiga yaqqol dalildir.

Har qanday afsona va riviyatlar asosida haqiqat bo,lganidek,Layli va Majnun qissasi ham tarixiy xaqiqatga egadir.Agarda uning tarixiy ildizlari bo'lmaganda edi,asrlar davomida bizgacha yetib kelgan,sof,go,zal muhabbatni tarannum etgan nodir asarlar yaratilmagam bo'lar edi.

REFERENCES

[1] Jurayev, K. (2020). NOSIRXOJA VALADI MANSURXO'JANNING" LAYLI VA MAJNUN" DOSTONI. Архив Научных Публикаций JSPI.

[2] Kahhorova, S. A. (2020). POETIC INTERPRETATION OF NONEXISTANCE (FANA) IN THE EPIC "LAILI AND MAJNUN" OF FUZULI. Scientific reports of Bukhara State University, 3(3), 176-179.

[3] Ergasheva, M. O. (2020). ALISHER NAVOIY IJODIGA BIR NAZAR. Интернаука, (11-2), 65-66.

[4] Sabitova, T. (2021). ALISHER NAVOIY" XAMSA" SINING YARATILISHIDA BOSHQA XAMSANAVISLARNING ROLI. Academic research in educational sciences, 2(1).

[5] BERDtQULOV, H. ALISHER NAVOIY VA ABDURAHMON JOMIY O'RTASIDAGI BUYUK DO 'STLIK NAMUNASI. Uluslararasi Türk Leh?e Ara§tirmalari Dergisi (TÜRKLAD), 3(2), 268-272.

[6] Ozoda, T. (2021). "LAYLI VA MAJNUN" SYUJETI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

[7] Becka, J. (1974). Aloxon Afsahzod, Dostoni Layli va Majnun-i Abdurrahmoni Jomi (Book Review). Archiv Orientalni, 42, 175-176.

[8] Mamajonova, S. N. Z. (2020). NAVOIY-BARHAYOT SIYMO. Интернаука, (6-2), 79-80.

[9] Payzullakhujaeva, A. K. (2020). FAMOUS PLAYWRIGHTS OF UZBEKISTAN. Мировая наука, (8), 25-28.

[10] Matkarimova, S. S. Q. (2021). MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINING ELEKTRON RESURSLARINI YARATISHDA TALMEH SAN'ATINING O 'RNI. Scientific progress, 1(6), 528-534.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.