KURDLARNING KELIB CHIQISHIGA DOIR AYRIM YONDASHUVLAR TAHLILI
Nazarova Fotima TDShU "Jahon siyosati" ta'limyo'nalishi 3 kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada kurdlarning kelib chiqishi, etnik jihatdan xalq bo 'lib shakllanishi, etnik o 'ziga xosligi, shuningdek, mazkur masalaga doir bir necha yondashuvlarning mavjud ekanligi haqida so'z yuritiladi. Maqolada kurdlarning etnik guruh yoki ozchilik emasligi, aksincha ular bir butun xalq, millat ekanligi haqida so 'z yuritiladi.
Tayanch so 'z va iboralar: kurdlar, Kurdiston, Minorskiy nazariyasi, Sovet Mar nazariyasi, "Shohnoma", "Kurdlar va Kurdiston tarixining qisqacha mazmuni", "Sharifnoma ".
Abstract: This article discusses the origins of the Kurds, their ethnic formation, their ethnic identity, and the existence of several approaches to the issue. The article argues that the Kurds are not an ethnic group or a minority, but a whole nation.
Keywords: Kurds, Kurdistan, Minorsky Theory, Soviet Mar Theory, "Shahnameh", "Summary of the History of the Kurds and Kurdistan", "Sharifnoma".
KIRISH
Zamonaviy jahon tartiboti yangi va noodatiy kuch vositalari bilan o'zgarib bormoqda. Katta kuchlar tomonidan mintaqalarga geosiyosiy ta'sir ko'rsatishda gibrid yondashuvlarga amal qilinmoqda. Ammo, o'zgarmas ikkita muhim omil mavjudki, u har qanday siyosiy jarayonlarga, har qanday davrda jiddiy ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega. Bulardan biri diniy omil bo'lsa, ikkinchisi etnik omildir. Jahonda ikki mingdan ortiq etnoslar mavjudligi, ularning aksariyati o'z mustaqil davlatchiligini tashkil qilish uchun kurash olib borayotgani, o'z navbatida, xalqaro huquq nuqtai nazaridan etnoslar bilan bog'liq qoidalarning turlicha talqin etilishi yoki yagona yondashuv mavjud emasligi bugungi noan'anaviy tahdidlar sharoitida yanada dolzarb o'rin egallamoqda. Xususan, dunyodagi yirik etnoslardan biri hisoblangan kurdlar muammosi nafaqat Yaqin Sharqda, balki jahon miqyosidagi katta muammo hisoblanadi. Kurdlarning Yaqin Sharqdagi to'rtinchi eng katta etnos ekanligi, qolaversa, mintaqaga ta'sir ko'rsatish vositasiga aylanishi uchun ulardan geosiyosiy maqsadlar yo'lida foydalanishda ancha harakatlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sabablar va ayniqsa, kurdlar muammosining tub ildizini teran anglash uchun kurdlar etnosining paydo bo'lishi va unga oid yondashuvlarni o'rganish, tahlil etish zarurati ortib bormoqda.
Scientific Journal Impact Factor
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqolada g'arb, rus, turk, kurd olimlarining kurdlar kelib chiqishiga oid fikrlari va qarashlari aks etgan adabiyotlardan foydalanildi. Maqolaning maqsadi kurdlarning kelib chiqishiga doir ayrim yondashuvlar tahlilini ochib berishdan iborat. Maqsaddan kelib chiqqan holda, kurdlarning kelib chiqishi, ularning etnik jihatdan xalq bo'lib shakllanishida qanday bosqichlarni bosib o'tganligini asoslash vazifalar sifatida belgilab olindi. Maqolada tarixiyli, tizimli-mantiqiy, content va event tahlil usullaridan foydalanildi.
Kurdlarning kelib chiqishi, Kurdistonda paydo bo'lishining boshlanishi to'g'risida fikrlar turlichadir. Ularning kelib chiqishi va qadimgi tarixi to'g'risida ko'plab nazariya va tadqiqotlar paydo bo'lib, ushbu tadqiqotlarning ba'zilari kurdlarning milliy xususiyatlarini, masalan turli xil tushunchalarga ega bo'lgan "Kurd" nomini bog'lash orqali kurdlarning kelib chiqishi haqida xulosa chiqarganligini ta'kidlaydilar.
Medelarning hukmronligi atigi bir asrga cho'ziladi, lekin ularning dini va sivilizatsiyasi Aleksandr Makedonskiy kelgunga qadar Eronda saqlanib qoladi. Xuddi shu davrdan boshlab toki Islomning tug'ilishigacha bo'lgan vaqt mobaynida Kurdlarning taqdiri Eronni navbatma-navbat boshqargan yirik imperiyalar: Saljuqiylar, Parfiya va Sosoniylarga bog'liq bo'lib qoladi. Arab Xalifaligida Abu Muslimning qo'zg'olonlari boshlangandan so'ng norozi bo'lgan Kurdlar islomni qabul qilishdan bosh torta boshlaydilar. Ularning noroziligi bir asr davom etadi. Arablar Kurdlarni islomga o'tkazish uchun har qanday usulni qo'llab ko'radilar. Masalan, xalifa Umayyaning onasi Marvon Hokim Kurd bo'lgan edi1.
Kurdlarning taxminan 75% i islomnin sunniy mazhabiga, 15% i alaviylarga mansub. Alaviylar Turkiya Kurdistoni shimoli va Eron Kurdistoni g'arbining asosiy aholisi hisoblanishadi. Eron va Iroqda shuningdek alaviylarga yaqin bo'lgan shia kurdlari va ehlilak (Alloh bandalari) kurdlar istiqomat qilishadi.Bundan tashqari Kurdistonning ba'zi qismlarida zardushtiylarning avlodlari bo'lgan yazidi kurdlari ham yashashadi. Nasroniy kurdlar ham mavjud.
Arab Xalifaligi kuchsizlanishi bilan, IX asrning o'rtalaridan Kurdlar siyosiy hayotda faollasha boshlaydilar. 837-yilda Rozegit nomli Kurd yo'lboshchilaridan biri Van ko'li bo'yida Ahlat nomli vassallikni tashkil qiladi. Garchi Ahlat rasman
1 Martin van Bruinessen, Agha, Shaikh and State: The Social and Political Structures of Kurdistan (London: Zed Books Ltd., 1992), P. 267.
NATIJALAR
xalifalikning vassali sanalsada, amalda u deyarli mustaqil faoliyat olib borgan. Bu Kurdlarning ilk davlati edi.
X asrning ikkinchi yarmida Kurdiston 4 yirik Kurd sulolari tomonidan bo'lib olinadi. Bular - shimolda Shaddadidlar (951-1174), sharqda Hasanvohidlar (959-1015) va Banu Annaz (990-1116), g'arbda Diyorbakir Marvonidlari (990-1116). Bu sulolalardan qaysi biridir agarda Markaziy Osiyodan ko'chmanchi qabilalar bostirib kelmaganda butun Kurdlarni birlashtirib, yagona Kurd davlatini tuzishi mumkin edi. Eronni bosib olib, Bag'dodni siqib qo'ygan Saljuqiylar Kurd sulolalarini birma-birbo'ysundirishadi.Tarixan, bo'ri forslar singari hind-Yevropalik etnik guruh bo'lib, ular turli xil madaniy va til omillari bilan bog'langan. Aslida, ular o'zlarining tillariga ega, ular eron tillari bilan bir oiladan kelib chiqqan bo'lib, hind-Yevropadan kelib chiqqan2.
Taxminan 1150-yilda Sulton Sanjar Kurdistonda alohida viloyat tashkil qiladi.Saljuqiylarning qulashidan 12 -yil o'tib mashhur Salohiddin tomonidan asos solingan Kurdlar sulolasi - Ayyubiylar (1169-1250) to 13-asrdagi Mo'g'ullar bosqiniga qadar musulmon dunyosida yyetakchlikni o'z qo'liga oladi. Yevropalik salibchilarga qarshi kurashlari bilan nom qozongan Salohiddinning imperiyasi butun Kurdiston, Suriya, Misr va Yamanni o'zida birlashtirilgan edi.15-asrning yarmida Kurdlar Turk-Mo'g'ullardan qutiladi. Kurd viloyati avtonomligini saqlab qoladi, lekin u amalda mayda sulolar orasida bo'linib ketgandi.16-asrning boshlarida Kurdiston Usmoniylar va Eron o'rtasidagi asosiy raqobat maydoniga aylanadi. Ikki buyuk davlat iskanjasiga tushib qolgan Kurdiston, tabiiyki, siyosiy jihatdan tarqoq holga kelib qoladi, birlashishga imkon qolmaydi. 1514-yilda Usmoniylar Eronning ustidan kichik g'alaba qozonishadi, lekin forslar hali toliq mag'lub etilmagandi3.
Shu sababli Turkiya Eron chegarasiga doimo xavfsirab qarardi. Shunday vaqtda nufuzli Kurdlardan bo'lgan Idrissi Bitlissi Turk sultoniga Kurd zodagonlarining barcha xuquqlari, imtiyozlarini qayta tiklash, o'z davlatlarini tuzishga izn berish berishni so'rab, buning evaziga mobodo Eron Usmoniylarga qarshi urush ochgudek bo'lsa, Kurdlar Turkiya chegaralarini muhofaza etishlarini taklif qiladi. Sulton Salim Bitlissining taklifini qabul qilib, sodiqligiga ishonishi uchun barcha Kurd zodagonlari bilan ko'rishib chiqadi. Shu tariqa Turkiya va Kurdiston ittifoqchilarga aylanadilar. Kurdlar alohida davlat bo'lib yakkalanib qolish o'rniga o'zlari yashab qolgan davlatlari tarkibida qolib, teng huquqqa erishishni afzal bilishadi.
2 Stefano M. Torelli. KurdistanAn Invisible Nation. ISPI.2016. - P. 18.
3 Michael Rubin, Kurdistan Arising? Considerations for Kurds, their Neighbors, and the Region (Washington, D.C., American Enterprise Institute, 2016); P.165.
1188
Alohida milliy davlat g'oyasi Orta Sharq sharoitiga to'g'ri kelmaydi. Bunday mafkura quyidagi sabablarga ko'ra muammoga yechim topishdan ko'proq chigalliklar olib kelishi mumkin;
Orta Sharqda Yevropadagidek ijtimoiy tizim mavjud emas, ularning har ikkisi turli yo'llarda shakllangan. Yevropada islohotlar davri, uyg'onish, sanoat to'ntarishi va demokratik inqiloblar bolgan bir holda, Orta Sharq bunday jarayonlarni boshidan kechirmagan. Orta Sharqda Yevropadagi kabi burjuaziya yoki ijtimoiy sinflar shakllanmagan;
Bir-biri bilan bogliq bolmasada, Orta Sharqda etnik va diniy farqlar ajratilmagan. Kurd-turk-arab, musulmon-xristian, sunniy-shia bir joyda, birgalikda yashab kelishgan. Bunday ijtimoiy hayot separatizmdan ko'ra ko'proq murosa va birgalikda yashashga asoslangan;
Etnik va diniy farqlar esa birinchi navbatda katta imperiyalar tomonidan vosita sifatida ishlatila boshlangan, so'ng jamiyatga ham oz tasirini o'tkazgan;
Orta Sharqdagi etnik farqdan ko'ra katta tasirga ega bo'lgan omil bu- dindir;
Orta Sharqda etnik turfaliklar o'rtasida jiddiy nizolar deyarli kelib chiqmagan, urushlarning asosiy sababi gegemoniyaga intilish, tashqi kuchlar tasiri yoki diniy bolgan;
Millatchilik, alohida millat asosida davlat tuzish g'oyasi Orta Sharq uchun yangi hisoblanadi. Birinchi galda bu mintaqada harbiy davlatlar tashkil topgan. Mintaqadagi arablarning millatchiligi esa din bilan qorishib ketgan4.
MUHOKAMA
Kurdlarning kelib chiqishiga oid muhokamlar serqirra bo'lib, Shu o'rinda arab tarixchilarining fikrini keltirishimiz mumkin. Islom hujjatlarini kuzatuvchilar kurd so'zining eng qadimgi zikri Imom (Ali bin Abi Tolib) va uning Basradagi ishchisi (Ziyod bin Abih) o'rtasida almashilgan xabarlar bo'lganligini aniqlaydi. "Kurdlar" so'zi ikki marotaba tilga olingan va arablar kurdlarni: "Kurdlar (Shahrazur) tog'ning aholisi, ular tog'larda yashab, yaylov va suv so'rab, atrofdagilar bilan aralashib ketishgan", - deb aytganlar. Qayd etish joizki, kurdlarni arab kelib chiqishi bilan bog'laydigan ba'zi tarixchilar ham bor. Ular Ma'rib to'g'onining qulashi voqeasini keltirishadi va kurdlar qishloq xo'jaligining yetishmasligi, shuningdek, aholining migratsiyasi nuqtai nazaridan Yamandan shimolga Arabiston yarim oroli tomon ko'chib o'tishni boshladilar va forslar o'rtasida joylashdilar. Shuni ta'kidlash kerakki, kurdlar bir tomondan o'zlarini kelib chiqishi arablardan va ularning avlodlari
4 Loveday Morris, "How the Kurdish Independence Referendum Backfired Spectacularly," Washington Post, October 20, 2017, accessed January 8, 2018, https:// www.washingtonpost.com/world/how-the-kurdish-independence-referendum-backfired- /2017/10/20/3010c820-b371-11e7-9b93-b97043e57a22_story.html;
1189
Scientific Journal Impact Factor
ekanliklari va boshqa tomondan ular xalifalik tarixi bosqichida islomiy e'tiqodni qabul qilganliklarini keltirib o'tadilar5.
Yana bir guruh tarixchilar kurdlarning aksariyati ularning nasl-nasabi va kelib chiqishi shumerlar bilan zamondosh bo'lgan va Iroqda joylashgan shaharda (Bobil) yashagan va miloddan avvalgi 2649-yillarda uni boshqarishga qodir bo'lganligiga borib taqaladi, deb hisoblashadi. Muhammad Amin Zakiy qadimgi kurdlar Kavkaz xalqi, ammo ular oriylarga aylangan, degan fikrni ilgari suradi.
G'arbdagi turli Yevropa mamlakatlaridan kelgan sharqshunoslar kurdlar tarixi va ularning kelib chiqishi bilan qiziqishgan. Kurdlarning kelib chiqishi to'g'risida G'arb mamlakatlaridagi ba'zi yuqori darajadagi diplomatik doiralarning istagiga erishish uchun sharqshunoslar o'zaro bir-biriga zid bo'lgan ba'zi bir qarama-qarshi nazariyalarni ilgari surdilar, ularning kurd xalqining kelib chiqishini aniqlashdagi ko'plab nazariya va qarashlari bir-biridan farq qiladi. Ushbu nazariyalardan biri Minorskiy nazariyasi. Bu Minorskiy tomonidan ishlab chiqilgan nazariya bo'lib, u kurdlarning kelib chiqishini forslarga borib taqaladi, deb ta'kidlagan, ya'ni kelib chiqishi hind-yevropa va ularni Eron xalqi bilan tasniflagan, kurdlar XVII asrda mintaqadan (Urmiya ko'li) orolga (Ibn Umar) ko'chib kelgan. Biroq bu nazariya kurdlar bilan aralashmagan murakkab sulolalarning kelib chiqishini hisobga olmadi. Yana bir nazariya bu Sovet Mar nazariyasidir. Bunda asl kurdlar boshqa Osiyo millatlari hisoblangan armanlar, xaldeylar va kavkazlarga o'xshash xususiyatga ega, deb aytiladi.
Ba'zi tarixchilar "Kurd" so'zining kelib chiqishi "Karduk" so'ziga borib taqaladi, deb ishonishadi. "Yunonistonning bosh qo'mondoni" kitobida (Anabisis yoki o'n ming askarning sayohati) Zagros tog' tizmasida yashagan eng kuchli odamlarga ushbu nom berilgan. Bu ism birinchi marta Sosoniylar davlatida (milodiy 215-617-yillar) ishlatilgan va unga barcha badaviy Eron qabilalari kirgan va bu ism islomning dastlabki kunlaridanoq arabchaga ko'chirilgan. Kurdlar hozirgi Eronda Mad mamlakatida o'rnashib olgan va o'z imperiyasini (miloddan avvalgi 765-550) tashkil etgan, Midiya qabilalariga mansub hind-yevropaliklardir6.
Ba'zi tarixiy va antropologik tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, kurdlar oriy kelib chiqishi bor va ular sharqiy Forsdan (Eron) kelib, kurd xalqini shakllantirgan va o'zlarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Ossuriya imperiyasi davrida ularning mustaqillik uchun kurashda Ossuriyaliklarga qarshi chiqib, Midiya bilan ittifoq tuzdilar. Biroq ba'zi izlanishlarda ular hozirgi mamlakatida yashagan turli xil
5 Marva Xassun ^l jSVI J^i ja L> (Kurdlarning kelib chiqishi qanday?) Mawdoo3.com 11.01.2019
6 Dilzar Solih jljJl-^IjS'VI-Uij^'-V-^^ https://www.irfaasawtak.com/iraq/2017/09/29
1190
Scientific Journal Impact Factor
oriy va semit xalqlarining aralashmasi bo'lib, ular kurd xalqini tashkil qilganliklari keltiriladi. Kurdlarning oriy irqiga mansubligini tasdiqlovchi jihati shundan iboratki, ularning islomdan oldingi rasmiy dinlari (zardushtiylik) bo'lib, ular oriy irqlari orasida tarqalmagan.
Ba'zi tarixchilar ularning kelib chiqishi arab ekanligini va ular orolning janubidan boshqa arab qabilalari bilan ko'chib kelganliklarini va tog'li hududlarda yashab, uning aholisi bilan aralashib ketganliklarini va arab tillarini unutib, kurd xalqini shakllantirganliklarini eslatib o'tdilar. Ammo, Ibn Xaldun (vafoti 808-hijriy yil) o'z tarixida kurdlarning arablarga nisbat berishini istisno qilgan va ularning Tafsir at-Tabariyda Fors badaviylari ekanligini aytib o'tadi.
Ismning kelib chiqishiga kelsak, ba'zi tadqiqotchilar ularning kurdlar nomi Gurs so'zidan kelib chiqqan, ya'ni Ossuriya (jangchi) degan ma'noni anglatadi, u Ossuriyaning Kurtu so'zidan olingan va u hozirgi shakliga aylandi. Kurdlar to'rt xalqqa bo'lingan: kurmanj, goran, lor va kalher. Ular sivilizatsiya o'rnatgan holda boshqa qabilalarga o'z ta'sirini o'tkazib, o'zlarining kurd tilini umumiy til sifatida o'rnatgan eng qadimgi oriy xalqlaridandir. Dajla va Furot manbalaridan Arabiston ko'rfazigacha bo'lgan imperiyadagi barcha qabilalar va millatlar tomonidan ishlatilgan.
Firdavsiy o'z kitobi "Shohnoma"da "Kurd" atamasi bu xalqqa shu paytgacha ma'lum bo'lgan noyob jasorat tufayli qo'llanilganligini tasdiqlagan.
Kurdiston atamasi milodning 12-asrida Saljuqiylar davrida paydo bo'lgan, professor Assaad Shamsi shunday deydi: Kurdiston (kurdlar vatani) so'zi ma'muriy geografik atama sifatida milliy va demografik ma'noga ega, bu kurdlar tomonidan ixtiro qilinmagan, aksincha, u Sulton hukmronligi davrida ( milodiy 1118-1157-yillarda Saljuqiy Sinjar) kelgan. tog'li mintaqaning g'arbiy qismini ajratib, qarindoshi (Sulaymon Shoh ) hukmronligi ostidagi davlatga aylantirdi va uni Kurdiston nomi bilan atadi va bu davlatga Ozarbayjon va Loriston (Snah, Dinur viloyatlari), Xamadan, Kirmanshoh (Eronda) va Zagros tog'laridan g'arbiy hududlar, masalan Iroq Kurdistonidagi Shahrazur va Koy Sanjak oralig'idagi yerlar kirgan.
Arab tili va islom madaniyati kurdlar orasida tarqalib, ularni diniy ilmlarni o'rganishga undadi, shuning uchun kurdlarning o'ziga xosligi va madaniyati islom dinidir va ularning jamiyati islomiy va o'ziga xos shaxsiy hayotiga ega.
Professor (Assaad Shamsi) (Nur al-Shom) aytadi: "Kurdlarning Islomga kirishi ularga o'zlarining islomiy jamoat ichida tili va merosi bilan alohida guruh sifatida ohis qilishlariga olib kelishi mumkin. Ular turli xil davrlarda Islom xalifaligining askarlariga aylangan va hatto Islomiy chegaralarning sodiq himoyachisiga aylangan.
Abbosiylar davrida ular xalifalikni himoya qilishda ajoyib rolga ega edilar va shubhasiz kurdlarning islom jamoatida boshidan kechirgan adolat va birodarligi barcha islomiy spektrni o'z ichiga olgan yangi islomiy o'zlikni shakllantirishga hissa qo'shgan. Ammo zamonaviy davrdagi kurdlarning bir qismi millatchi va dunyoviy chaqiriqlar ta'sirida kurd o'ziga xosligi va islomiy e'tiqodga zid bo'lgan yo'lni bosib o'tdilar va zolim rejimlar kurd jamiyatida radikal harakatlarning paydo bo'lishiga olib keldi7.
Kurd tarixchisi Muhammad Amin Zakiy o'zining "Kurdlar va Kurdiston tarixining qisqacha mazmuni" kitobida kurdlarning kelib chiqishini izohlaydi. Miloddan avvalgi X asrda hind-yevropa xalqlari Kurdistonga ko'chib kelgan va kurd millatini birgalikda shakllantirish uchun tub xalqlar bilan Kurdistonga joylashdilar8.
Sharqshunoslar tomonidan kurdlarning hind-yevropa oilasidan kelib chiqishi borasidagi bahs-munozaralar ko'pchilikka ma'lum bo'lsa-da, lekin kurdlarning o'zlari qanday fikr yuritishi alohida ahamiyatga ega. Buning uchun 1596-yilda amir Sharifxon Bitlisiy tomonidan yozilgan "Sharifnoma" (fors tilida yozilgan) asarini o'qib chiqish lozim bo'ladi. Ushbu kitob muallifi asarning kirish qismida Peshdodidiy sulolasi taxtiga Jamshidni o'rniga o'tirgan zolim Zoxxak haqidagi afsona va ushbu sulolaning beshinchi podsholari haqida so'z yuritadi. Unda Zoxxak o'zining da'vosiz kasalini shifo topishi uchun inson miyasini qo'yning miyasi bilan almashtirgani va bundan doimiy mashg'uloti chorvachilik bilan shug'ullangan kurdlarning paydo bo'lishi haqida bayon etiladi. Vaqt o'tib arablar ularni shayton ruhi singgan qabila deb ataydi. Sharifnomaning kurd tilida Qohirada nashr etilgan sonida Farijulla Zakiy arablarning shayton ruhi haqidagi masalaga to'xtalib, kurdlarning ularga hech qanday aloqasi yo'q degan xulosaga keladi.
Yana bir afsonaga ko'ra, kurdlar Solomonning surgun qilingan avlodlari hisoblanadi. Ushbu afsona arablarning karrada - quvg'indi deb nomlangan etimologiyasiga asoslanadi. Hammasidan ko'ra, xalq etimologiyasida kurd nomi fors tilidagi gurd, "qahramon " so'zidan kelib chiqqan9.
Alohida qayd etish kerakki, uzoq tarix kurdlar arablar va forslar singari ham qadimiy xalq ekanligini, ammo o'z davlatchiligiga tarix davomida ega bo'la olmaganiga guvoh bo'luvchi asarlar ham yozilgan. Masalan, XI asrda tug'ilgan buyuk kurd yozuvchisi Ahmed Xani "Mam va Zin" poemasida Kurdiston masalasiga e'tibor qaratib, kurdlar arablar, forslar va turklar o'rtasidagi qonli janglarning
7 j^j aj^jjIj ..jIjSVI https://islamicsham.org/nashrah/3674 05.05.2018
8 ^a ^ljj'Vl ^^jl^! liUj ..^IjS'Vl https://gate.ahram.org.eg/News/1807081.aspx 18.01.2018.
9 Никитин В. Курды -Москва:"Прогресс", 1964 г. -С.64
1192
Scientific Journal Impact Factor
qurboniga aylangani va shu sababdan ular doim o'zaro birlashishdan mosuvo bo'lib kelgan10.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda o'zining yagona bir davlatiga ega bo'lmagan kurd xalqining shakllanish jarayoni bir necha bosqichlarni bosib o'tgan. Kurdlarning haligacha o'z davlatiga ega bo'lmaganligining asosiy sabablaridan biri deb etnik shakllanish va uning o'ziga xosligini keltirishimiz mumkin. Ayni vaqtda bu kabi xususiyatlarni chuqur tadqiq etish Yaqin Sharq mintaqasidagi kurdlar muammosiga yechim sifatida keltiriladigan omillardan biri bo'la oladi. Shu nuqtai nazardan, kurdlarning ajdodlari haqida turli yondashuvlar mavjud bo'lishiga qaramay, ular asosan turklar, forslar, arablar singari juda qadimiy xalq ekanligiga asos bo'luvchi tarixiy dalillar ancha ekanligi ma'lum bo'ladi.
1. Martin van Bruinessen, Agha, Shaikh and State: The Social and Political Structures of Kurdistan (London: Zed Books Ltd., 1992), P. 267.
2. Stefano M. Torelli. KurdistanAn Invisible Nation. ISPI.2016. - P. 18.
3. Michael Rubin, Kurdistan Arising? Considerations for Kurds, their Neighbors, and the Region (Washington, D.C., American Enterprise Institute, 2016); P. 165.
4. Loveday Morris, "How the Kurdish Independence Referendum Backfired Spectacularly," Washington Post, October 20, 2017, accessed January 8, 2018, https:// www.washingtonpost.com/world/how-the-kurdish independence-referendum-backfired- /2017/10/20/3010c820-b3 71-11 e7-9b93-b97043e57a22_story.html;
5. Marva Xassun ^j^Vl J^ j* (Kurdlarning kelib chiqishi qanday?) Mawdoo3.com 11.01.2019
6. Dilzar Solih
https: //www.irfaasawtak. com/iraq/2017/09/29
7. j^S^x ^Jjti ..^IjSVl https://islamicsham.org/nashrah/3674 05.05.2018
8. ^ ¿Sljftl l^b ..^IjSVl https: //gate.ahram.org.eg/News/1807081. aspx 18.01.2018.
9. Никитин В. Курды -Москва:"Прогресс", 1964 г. -С.64
XULOSA
REFERENCES
10 Никитин В. Курды -Москва:"Прогресс", 1964 г. -С.268
1193