Научная статья на тему 'KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH'

KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1357
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurash / milliy va erkin kurash / sport qadriyatlari / kurash tarixi / Turizm va sport vazirligi / yoshlar sporti. / wrestling / national and freestyle wrestling / sports values / history of wrestling / the Ministry of Tourism and Sports / youth sports.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shodi Bobomurodovich Umirov

Maqolada kurash sport turining ahamiyati, yoshlar orasida mazkur sportni ommalashtirishning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri bayon etilgan. Asosiy e’tibor kurashchilarning jismoniy fazilatlarini shakllantirish masalalariga qaratilgan. Har bir jismoniy fazilatning jahon stndartlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WRESTLERS DEVELOP PHYSICAL PROPERTIES

The article examines the importance of wrestling, the influence of the promotion of this sport among young people on the development of society. The main attention is paid to the formation of the physical qualities of the wrestlers. The world standards of each physical quality are analyzed.

Текст научной работы на тему «KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH»

KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH

Shodi Bobomurodovich Umirov

Toshkent davlat agrar unversiteti Termiz filliali Jismoniy tarbiya o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada kurash sport turining ahamiyati, yoshlar orasida mazkur sportni ommalashtirishning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri bayon etilgan. Asosiy e'tibor kurashchilarning jismoniy fazilatlarini shakllantirish masalalariga qaratilgan. Har bir jismoniy fazilatning jahon stndartlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kurash, milliy va erkin kurash, sport qadriyatlari, kurash tarixi, Turizm va sport vazirligi, yoshlar sporti.

WRESTLERS DEVELOP PHYSICAL PROPERTIES

ABSTRACT

The article examines the importance of wrestling, the influence of the promotion of this sport among young people on the development of society. The main attention is paid to the formation of the physical qualities of the wrestlers. The world standards of each physical quality are analyzed.

Key words: wrestling, national and freestyle wrestling, sports values, history of wrestling, the Ministry of Tourism and Sports, youth sports.

Kurash - milliy sport turlaridan biri bo'lib, bu mashg'ulot orqali o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg'ularini mustahkamlash, jismonan soglom va ma'nan barkamol qilib tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda sportning barcha turlariga yurtimizda davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 2020-yil 4-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to,g,risida"gi qarori qabul qilindi.[1]

Kurashchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirish, kuch, tezkorlik, metin iroda, chidamlilik va egiluvchanlikni sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Kuch -tashqi ta'sirlarni muskul zo'riqishlari bilan yegish qobiliyati hisoblanadi. Muskul kuchini rivojlantirishda muskul to'qimalari hajmi va shaklini o'sishi bilan kuzatiladi. Tananing barcha muskul guruhlari hajmini ortirish bilan tana tuzilishini takomillashtirish mumkin. Kuch sifati kurash turlarida muhim ahamiyatga ega. Harakatlar davomida hosil bo'lgan kuch dinamik kuch deb ataladi. Harakatlarsiz, muskul zo'riqishi hisobiga hosil qilingan kuch esa statik kuch deb ataladi. Muskul kuchi yordamida og'irlikka ta'sir qilish ko'rsatkichi absolyut kuch ko'rsatkichi deb ataladi.

Nisbiy kuch esa absolyut kuchning tana og'irligiga nisbati tushuniladi. Misol uchun 50 kg vaznga ega og'ir atletikachi 100 kgli toshni ko'tara olsa, uning absolyut kuchi 100 Fga teng. Nisbiy kuchi esa absolyut kuch 100 Fni tana vazniga taqsimotiga teng ya'ni 2,0 Fga teng. Shuning uchun ham og'ir atletika musobaqalarida vazni yengil bo'lgan sportchilar ko'rsatgan natijalari boshqalar bilan teng bo'lib qolganda ham ularga g'oliblik beriladi. Kuch fazilati og'irliklar bilan mashqlar, trenajerlarda, rezina espanderlar va sherigining qarshiligi bilan mashqlar yordamida rivojlantirish mumkin. Kuch sifati kurash turlarida zarur hisoblanib og'ir yuklar bilan mashqlar bajariladigan kurash mashqlarida muhim o'rin tutadi. Kuch ko'rsatkichlari dinamometrlarda o'lchanadi. Kuch fazilatini og'irliklar ko'tarish, maxsus jixozlar va anjomlarda mashqlar bajarish hamda tananing qarshiliklarini yengish bilan rivojlantirish mumkin. Kuch fazilatini rivojlantirish uslublari og'irliklarni imkoniyat darajasida ko't ara olish qobiliyatini rivojlantirish va mashqlarni ko'p marta takrorlash hamda yengil yuklama bilan mashqlar bajarish uslublaridan iborat bo'ladi. Og'irliklarni imkoniyat darajasida ko'tarish uslubi: mashqlar og'ir yuklarni imkoniyat chegarasiga qadar ko'tarish bilan izohlanadi.[2] Bir urinishda mashqlarni 1-3 marta bajarish mumkin. Mashg'ulotlar davomida urinishlar soni 5-6 marta bo'lib, har urinish orlig'ida 10 daqiqaga qadar dam olish tavsiya etiladi. Bu uslubda muskul chidamliligi ortishi ta'minlanadi. Mashqlarni takrorlash uslubi: o'rtacha og'irlikdagi yuklar bilan mashqlarni har urinishda 5-15 marta bajarish. Mashg'ulotlar davomida urinishlar soni 3-5 marta bo'lib har urinish orlig'ida 3-5 daqiqa dam olish mumkin. Bu uslubda muskul hajmini samarali ortishi kuzatiladi. Yengil yuklar bilan mashqlar uslubi: yengil va o'rtacha og'irlikdagi yuklar bilan mashqlar bajarishni tavsiya etadi. Bu uslubda mashqlar har urinishda 15-25 martagacha bo'ladi. Mashqlarni tezlik maromida bajarish kerak. Bir mashg'ulot dav omida urinishlar soni 5-6 marta bo'lishi ular oralig'idagi dam olish 52 muddati 5-10 daqiqa bo'lishi mumkin. Bu shakldagi mashg'ulotlar shug'ullanuvchilarning tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishga asos bo'ladi. Kuch mashqlari bilan mashg'ulot tayyorlov va asosiy qismida shug'ullanish tavsiya etiladi. Bu vaqtda organizmda jismoniy va ruhiy charchoqlar sodir bo'lmagan bo'ladi. Muskul kuchini rivojlantirishda samarali natijalarga erishish uchun mashqlarni muskul guruhlari uchun alohida qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Kuch sifatlarini rivjlantirishda nafas olish jarayonlariga katta e'tibor qaratish kerak. Qisqa vaqtda og'ir yuklarni ko'tarishda nafasni tutib turish, kuch mashqlarni bajarishda chuqur nafas olmaslik, kuch mashqlarni bajarish vaqtida nafas olishni bir maromga solish tavsiya etiladi. Tezkorlik - harakatlarni tez bajara olish qobiliyati. Harakatlarni bajarishda organizmni tez javob bera olish imkoniyati deb tushunish mumkin. Harakatlar reaksiyasi tezkorlikni namoyish qilishning asosiy shakllaridan biri. Tezkorlikni namoyon qilishda harakat xaqida tushuncha hosil qilish, bu ma'lumotni asab tizimida o'zlashtirish hamda muskul tizimiga faoliyatni bajarish xaqida ko'rsatma berish kabi fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Tezkorlikni namoyon

qilishda yuqori malakali sportchilarda 0,1-0,2 soniya sarf etilishi mumkin. Tezkorlikni rivojlanganligiga irsiy xususiyatlar ham katta ta'sir etadi. Tezkorlik fazilat qisqa masofalarga yugurish bilan bir qatorda yakkakurash turlari, boks, qilichbozlik va ko'plab boshqa sport turlari asosi bo'la oladi.[3] Tezkorlik asosini oddiy va murakkab reaksiyalar tashkil etadi. - Oddiy reaksiya - oldindan ma'lum bo'lgan signalga tezkor harakat bilan javob berish. O'yin yoki harakatlar boshlash uchun hakamlarning ruxsati, hushtak chalishdan so'ng harakatlarga kirish jarayonlari oddiy reaktsiya hisobiga amalga oshiriladi. - Murakkab reaktsiyada notanish harakatlarga javob reaksiyasi. Bu jarayonlarda kurashchilar kutilmagan harakatlarga javob harakatlari bajarish bilan izoxlanadi. 53 Tezkor mashqlarni bajarish va ularni ko'plab takrorlash oddiy reaksiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Murakkab reaksiyalarni rivojlantirishda kurash bellashuvlardan foydalanish mumkin. Umumiy tezkorlikni rivojlantirishda tezkor mashqlarni ko'plab bajarish, uloqtirish va musobaqalashish uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tezkorlikni namoyon etishda harakatni bajarish uchun qisqa vaqt sarf etish, harakat qismlarini tez bajarish, harakatlar takrorlash tezligini ortirish talablari qo'yiladi. Tezkorlik qobiliyati ko'p holda tug'ma bo'lib, sport tayyorgarlik jarayonlarida takomillashtirib boriladi. Tezkorlik fazilati ham etakchi fazilatlardan biri bo'lib barcha kurash turlarida o'z ahamiyatiga ega. Qisqa vaqt ichida katta tezlikda harakatlar bajarish kerak bo'lgan kurash turlarida kurashchilar tezkorlik sifatini keng rivojlantiradilar. Tezkorlikni rivojlantirishda kurashning maxsus tezkor harakatlari bilan bir qatorda qisqa masofaga yugurishlar va mokkisimon yugurishlardan keng foydalaniladi. Chidamlilik - jismoniy harakatlarni tashqi va ichki ta'sirlarni engib, uzoq muddat davomida bajara olish qobiliyati. Chidamlilik charchoqqa qarshi turish qobiliyati deb ham tushunish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq vaqt jismoniy harakatlar bajarish va charchashni engishga o'rgatish zarur bo'ladi. Kurashchilarda chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq masofaga yugurishlar, kross va marafon yugurishlari bilan bir qatorda uzoq vaqt bellashulardan foydalanish mumkin. Chidamlilikni ikki hilga ajratish mumkin. - Umumiy chidamlilik - harakatlarni uzoq muddat davomida o'rtacha shiddatda bajara olish qobiliyati hisoblanib, bu faoliyat aerob imkoniyatlar hisobiga amalga oshiriladi. Umumiy chidamlilik yurak qon tomir, nafas olish va organizmning boshqa a'zolarini jismoniy harakatlar bajarishda samarali faoliyat ko'rsatishi bilan izoxlanadi. Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda uzoq masofaga yugurishlar, suzish va velosipedda uchish mashqlaridan foydalaniladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uslublari mashqlarning takroriy, izchil, ketma ket, oraliq va almashinish shakllarida bo'ladi. 54 - Maxsus chidamlilik - kasbiy faoliyat yoki mutaxassislashgan sport turi shakliga muvofiq bo'lgan, charchoqqa qarshi tura olish qobiliyati deb atash mumkin.[4] Maxsus chidamlilikning shakllari: tezkor chidamlilik; kuch chidamliligi: statik chidamlilik. Chaqqonlik - jismoniy harakatlar vazifalarini tez, aniq, samarali bajara olish qobiliyati. Chaqqonlikni rivojlantirishda

kasbiy faoliyat yoki sport mutaxassisligiga oid vositalar va jixozlardan foydalaniladi. Chaqqonlik muskullar sezuvchanligi, o'z o'zini boshqara olish, asab markazini takomillashganligi, xarakatlarni tez o'zgartira olish va harakatlarni murakkabligiga tez moslasha olish qobiliyatlari bilan namoyon bo'ladi. Shuningdek yangi harakatlarni tez o'zlashtirish, harakatlarni sharoitlar tez o'zgarishiga muvofiq boshqara olish qobiliyatlari ham chaqqonlik sifatlarini belgilaydi. Chaqqonlik - harakatlarni tez o'zlashtira olish, harakatlarni boshqara olish hamda yangi harakatlarga tez kirisha olish mahorati deb ham qarash mumkin. Chaqqonlikni rivojlantirishda kurashchining makon va zamonni xis qila olish hamda harakatlarni boshqara olish qobiliyatini rivojlantirishga e'tibor qaratiladi. Chaqqonlik o'ziga xos fazilat bo'lib kurashda turlicha namoyon bo'ladi. Chaqqonlik uchun kurash turlarida muskul zo'riqishlari bir vaqtda sodir bo'lishini, muskul zo'riqishlari makon talablari asosida vujudga kelishi, chaqqonlik makon (joy) va zamon (vaqt) muvofiqligida amalga oshirilishi, chaqqonlikni namoyon etish uchun barcha harakatlar o'zaro muvofiqlikda bo'lishi talab etiladi. Chaqqonlikni yuqori darajasi har handay harakatlarda ham tana muvozanatini saqlay olish qobiliyati hisoblanadi. Chaqqonlikni rivojlanirishda kurash usullariga xos bo'lgan harakatlardan keng foydalanish mumkin. Chaqqonlikni rivojlantirishda quyidagi vazifalar hal etiladi;

- Murakkab mashqlarni bajarishda harakatlarni boshqara olish;

- Sharoitlar tez o'zgarishiga muvofiq harakatlarni tashkil etish;

- Harakat vazifalarini aniq va tez bajarish.

Chaqqonlikni rivojlantirishda kurash turlari bajariladigan, shakli tez o'zgarib turadigan murakkab jismoniy mashqlar va harakatlarning ahamiyati katta bo'ladi. 55 Mashqlar murakkab, noan'anaviy bo'lib, harakat vazifalarini bajarishda yangicha yondoshish, ixtirochilik va kutilmagan harakatlarni taklif etishi kerak. Chaqqonlikni har mashg'ulotda rivojlantirish talab etiladi. Chunki bu qobiliyatni doimo takomillashtirib, yangi harakat malaka va ko'nikmalari bilan boyitib, sharoitga tez moslasha olish qobiliyatini shakllantirib, makon va zamonda o'z harakatlarini boshqara olish qobiliyatini rivojlantirib borilishini hamda kurash turlariga muvofiq harakatlar tezligi va aniqligini takomillashtirishni talab etiladi. Harakatlarni boshqara olish qobiliyatini rivojlantirish makonni va zamonni, harakatlar tezligi, shakli va maromini, tana va uning qismlarini makondagi holatini xis etish qobiliyatini rivojlantirish bilan olib boriladi. Kurashchilar chaqqonligini rivojlantirishda akrobatika, gimnastika va sakrash mashqlari hamda kurashchilar maxsus harakatlaridan keng foylaniladi. Egiluvchanlik -harakatlarni keng ko'lamda bajarish qobiliyati. Egiluvchanlik irsiy xususiyatlarga bog'liq, shunga qaramay egiluvchanlik qobiliyatiga yosh va jins hamda jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari ham ta'sir etadi. Umumiy va maxsus egiluvchanlik farqlanadi. Umumiy egiluvchanlik - bo'g'imlarnining harakatchanligida izoxlanib, barcha harakatlarni keng ko'lamda bajara olish qobiliyati deyish mumkin. Maxsus egiluvchanlik - sport turlariga muvofiq bo'lgan harakatlarni bajarishda namoyon

etiluvchi egiluvchanlik. Kurash turlarida egiluvchanlik qobiliyati etakchi jismoniy fazilat bo'lib hisoblanadi. Egiluvchanlik shakllari:

- Faol egiluvchanlik: muskul kuchi yordamida amalga oshiriladi.

- Sust egiluvchanlik: tashqi ta'sirlar ta'sirida amalga oshiriladi.

- Dinamik egiluvchanlik: harakatlar davomida bajariladi.

- Statik egiluvchanlik: tana holati o'zgarmasdan namoyon etiladi[5]. Egiluvchanlik muskullar, bo'g'imlar hamda paylarning egiluvchanligiga muayyan bog'liq bo'ladi. Egiluvchanlikni ortirish uchun razminka - muskullarni qizdirish mashqlari, egiluvchi muskullar guruhini massaj yoki cho'zish 56 mashqlarini bajarish kerak. Egiluvchanlikka tashqi muhit harorati, kun vaqtlari ham ta'sir etadi. Egiluvchanlik qobiliyati ham tug'ma qobiliyatlardan hisoblanib, mashg'ulotlar davomida yanada rivojlanishi mumkin. Shunga qaramay egiluvchanlik fazilati tezkorlik va chaqqonlik fazilati kabi tez salbiy o'zgarishga uchrovchi fazilat hisoblanib, muntazam jismoniy tayyorgarlikni, maxsus mashqlarni bajarishni talab etadi. Yoshga muvofiq bu jismoniy fazilatlar sustlashib borish kuzatiladi. Egiluvchanlikni rivojlantirishda muskullar, pay va bo'g'imlarning cho'zilishini ta'minlovchi mashqlarni sekin asta bajarish tavsiya etiladi. Mashqlar tezligi va ko'lamini bir maromda ortirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mashqlar oddiy, egiluvchan, cho'ziluvchan keng ko'lamdagi harakatlardan, tashqi ta'sirlar yordamida, rezina espanderlar va og'irliklar bilan bajarilishi mumkin. Bu shakllardagi mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, bo'g'imlar cho'ziluvchanligiga ta'sir etadigan jismoniy yuklamalardan keng foydalanish bo'g'imlar egiluvchanligini rivojlantiradi.

Jismoniy fazilatlar, harakatlar bajarish jarayonlarida harakat maqsadiga muvofiq o'zaro bog'liqlikda namoyon bo'ladi. Jismoniy fazilatning birining yuqori darajada rivojlangan bo'lishi boshqa fazilatlarni ham takomillashuviga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida jismoniy fazilatlarni uyg'un rivojlantirishga katta e'tibor qaratish kerak. Jismoniy tayyorgarlik darajasi ortib borish bilan kurashchilar maxsus fazilatni takomillashtirishga harakat qiladilar. Ko'p holatda bunday tayyorgarlik jismoniy fazilatlarni nomutanosib rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Og'ir yuklama bilan bajariladigan statik mashqlar tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni egallashga to'sqinlik qilishi mumkin. Tezkorlikni rivojlantirish uchun esa og'ir yuklamalarni bajarish maqsadga muvofiq emas. Bunga og'ir atletikachilarni sport o'yinlari harakatlarini bajarishdagi qiyinchiliklari yoki sprinterlarni og'ir yuklarni ko'tarishda paydo bo'ladigan qiyinchiliklarini misol qilish mumkin. Shuning uchun sportchilar jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etishda jismoniy fazilatlarni 57 o'zaro muvofiqlikda rivojlantirishga e'tibor qaratish kerak. Buning uchun mashg'ulotlarning haftalik tartibiga sport o'yinlari, suzish, kurash, gimnastika va akrobatika hamda kuch mashqlarini bajarish uchun bir kun ajratish kerak. Kurashchilarni jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda maxsus sifatlarni ham tarbiyalashga katta e'tibor berish kerak. Kuch

namoyon qilish jarayonlarida, tezkorlik mashqlari hamda harakatlarni boshqarish mashqlarni bajarishda ongli ravishda yondoshish kurashchilarda maxsus jismoniy sifatlarni shakllanishiga olib keladi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/-5080074

2. K.Yusupov. Kurash halqaro qoidalari texnikasi va taktikasi. Toshkent 2005.

3. Toshkent., O'zbekiston Davlat jismoniy madaniyat instituti 2005 yil - 171 b

4. N.X.Azizov. Belbog'li turkiston kurashi. Toshkent: O'qituvchi 1998.

5. Yusupov K., Kurash, T., 1999; Mo'minov A., Prezident. Sport. G'alaba!, T., 2001.

6. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Toshkent. 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.