Научная статья на тему 'TALABA YOSHLARDA JISMONIY SIFATLARDAN CHIDAMLILIKNI TAKOMILLASHTIRISH'

TALABA YOSHLARDA JISMONIY SIFATLARDAN CHIDAMLILIKNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

916
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy sifatlar / sport / kurash / boks / chidamlilik / yugurish / jismoniy rivojlanish / polvon / chovondoz / physical attributes / Sports / fight / Bocks / endurance / running / physical development / polvon / sledgehammer

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Javlonbek Saotboy O’g’li Xudoyberganov, Xumoyun Mirzo G’ulomrasul O’g’li Muxammatov

Ushbu maqolada chidamlilik-jismoniy sifatlarning mazmuni qisqacha yoritilib bergan. Chunki uning qo'llanilish va bajarilish xususiyatlar, turlari barcha amaliy harakat faoliyatlarda, shuningdek, barcha sport turlarida o'ziga xos yo'l bilan qo'llaniladi va zaruriyati, ehtiyoji tug‟iladi. Chidamlilik deganda, ijtimoiy turmush sharoiti, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‟ulotlari (trenirovka) hamda sport musobaqalarida uchraydigan katta-kichik qiyinchiliklarga bardosh berish, chidash va uni yengish jarayonlari tushuniladi. Chidamlilik belgilari va sifatlari juda ko'p mashqlarni takrorlash, uzoq vaqtlar mashq bo'lishini talab etadi. Chidamlilikda nafas olish, nafasni ichda saqlab turish, mushaklar va barcha bo'g‟inlarning og‟ir-yengil harakatlarni bajarishga odatlanishi ustuvor turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article summarizes the content of endurance-physical qualities. Because its application and performance characteristics, types are applied in all practical activities, as well as in all sports in a unique way, and the need arises. Endurance refers to the process of coping, enduring, and overcoming the challenges of social life, physical education classes, sports training, and sports competitions, both large and small. Signs and qualities of endurance require a lot of repetition of exercises, long periods of exercise. Endurance breathing, holding the breath in, and the habituation of muscles and all joints to perform light and heavy movements are paramount.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLARDA JISMONIY SIFATLARDAN CHIDAMLILIKNI TAKOMILLASHTIRISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-993-997

TALABA YOSHLARDA JISMONIY SIFATLARDAN CHIDAMLILIKNI

TAKOMILLASHTIRISH

Javlonbek Saotboy o'g'li Xudoyberganov

Toshkent viloyati CHDPI "Fakultetlararo jismoniy tarbiya" kafedrasi o'qituvchisi

Xumoyun Mirzo G'ulomrasul o'g'li Muxammatov

Toshkent viloyati CHDPI "Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishi 2 -kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chidamlilik-jismoniy sifatlarning mazmuni qisqacha yoritilib bergan. Chunki uning qo'llanilish va bajarilish xususiyatlar, turlari barcha amaliy harakat faoliyatlarda, shuningdek, barcha sport turlarida o'ziga xos yo'l bilan qo'llaniladi va zaruriyati, ehtiyoji tug'iladi. Chidamlilik deganda, ijtimoiy turmush sharoiti, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg'ulotlari (trenirovka) hamda sport musobaqalarida uchraydigan katta-kichik qiyinchiliklarga bardosh berish, chidash va uni yengish jarayonlari tushuniladi. Chidamlilik belgilari va sifatlari juda ko'p mashqlarni takrorlash, uzoq vaqtlar mashq bo'lishini talab etadi. Chidamlilikda nafas olish, nafasni ichda saqlab turish, mushaklar va barcha bo'g'inlarning og'ir-yengil harakatlarni bajarishga odatlanishi ustuvor turadi.

Kalit so'zlar: jismoniy sifatlar, sport, kurash, boks, chidamlilik, yugurish, jismoniy rivojlanish, polvon, chovondoz,

IMPROVING ENDURANCE FROM PHYSICAL QUALITIES IN STUDENT

YOUTH

ABSTRACT

This article summarizes the content of endurance-physical qualities. Because its application and performance characteristics, types are applied in all practical activities, as well as in all sports in a unique way, and the need arises. Endurance refers to the process of coping, enduring, and overcoming the challenges of social life, physical education classes, sports training, and sports competitions, both large and small. Signs and qualities of endurance require a lot of repetition of exercises, long periods of exercise. Endurance breathing, holding the breath in, and the habituation of muscles and all joints to perform light and heavy movements are paramount.

Keywords: physical attributes, Sports, fight, Bocks, endurance, running, physical development, polvon, sledgehammer.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-993-997

KIRISH

Insonlarning amaliy faol harakatlari, shuningdek, jismoniy sifatlar tana (gavda) a'zolarining funktsiyalari (faoliyati) bilan bevosita bog'liqdir. Ya'ni barcha faol harakatlar inson tanasining tez harakat qilishini, ya'ni nafas olish, yurak urishi, qon aylanishi, ichki a'zolarda moddalarning hazm bo'lishi, almashishini ta'minlaydi. Shu asosda juda ko'p biologik, kimyoviy va fiziologik o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bunday faol harakatlar negizida chidamlilikka doir mashqlar alohida o'rin tutadi. Chidamlilik deganda, ijtimoiy turmush sharoiti, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg'ulotlari (trenirovka) hamda sport musobaqalarida uchraydigan katta-kichik qiyinchiliklarga bardosh berish, chidash va uni yengish jarayonlari tushuniladi. Tabiiyki, bunday ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi yoki tug'ma omil emas. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko'rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi.Ixtisoslashish predmeti sifatida tanlangan ma'lum faoliyatga nisbatan chidamlilik maxsus chidamlilik deb ataladi. Egiluvchi va sakrovchining maxsus chidamliligi shu sport turiga xos bo'lgan harakatlarni uzoq vaqt bajara olish qobiliyatidir. Chidamlilik talab qiladigan mashqlarda harakat malakalari texnika egallash darajasi bilan birga organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari hisobga olinadi. Nafas olish imkoniyatlari harakatlarning tashqi tuzilishiga uncha bog'liq emas. Jismoniy tarbiya va sportda umumiy charchash ko'p uchraydi. Barcha muskul guruhlari faol ishtirok etadigan sport turlarida charchash tez sodir bo'ladi. Chidamlilik belgilari va sifatlari juda ko'p mashqlarni takrorlash, uzoq vaqtlar mashq bo'lishini talab etadi. Chidamlilikda nafas olish, nafasni ichda saqlab turish, mushaklar va barcha bo'g'inlarning og'ir-yengil harakatlarni bajarishga odatlanishi ustuvor turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Chidamlilik belgilari va sifatlar ko'proq quyidagi faol harakatlarda uchraydi va belgilanadi.

1 Yengil atletikaning qisqa, o'rta va ayniqsa uzoq masofalarga (10-20 km. va undan ortiq) yugurish jarayonlarida nafas olishning qiyinlashishi, oyoqlar va qo'llarning charchashi, holsizlanishi sodir bo'ladi. Ayniqsa, qo'llar, elka, bel va natijasida yuqoridagi faoliyatlar yengil o'tishini yoki ularga chidash imkoniyatlari yaratiladi.

2. Suvda suzish, futbol o'yini (90 daqiqa davomida yugurish, to'p surish) va boshqa sport turlarida ham u yoki bu darajada toliqishi tabiiydir. Ularni yengish va bardosh berish uchun har bir shug'ullanuvchi ko'proq mashq bo'lishini talab etiladi. O'quvchi yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya darslarida (yengil atletika, gimnastika,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-993-997

kurash va h.k.) charchashi, toliqishi tabiiydir. Chunki ko'pchilik yoshlarda jismoniy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik jihatlari to'la yetishmaydi. Shu sababdan eng avvalo, jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy tayyorgarliklarga ega bo'lishi lozimdir. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar, jismoniy mehnat va sportda jismoniy sifatlar tushunchasi bir-biri bilan bevosita bog'langan. Ya'ni har kungi yurish-turish, o'quv jarayoni va jismoniy mehnatda "chaqqon", "yengil", "abjir", "zo'r", "kuchli", "botir-jasur", "bardoshli-chidamli" kabi xalq iboralari ko'p uchraydi. Ularning mazmunida fanda qo'llaniladigan "chidamlilik", "kuchlilik", "egiluvchanlik", "chaqqonlik" kabi iboralar jismoniy sifatlar deb tushuniladi. Bular o'z navbatida "jismoniy tayyorgarlik", "jismoniy rivojlanish", "maxsus jismoniy tayyorgarlik", "sport mahorati", "sport shakli" kabi iboralar va tushunchalar bilan mujassamlashgan. Ularning eng muhim belgilari haqida ba'zi fikr-mulohazalar yuritish mumkin bo'ladi. Kuchlilik-jismoniy sifatlarning asosi (otasi) hisoblanadi. Chunki uning qo'llanilish va bajarilish xususiyatlar, turlari barcha amaliy harakat faoliyatlarda, shuningdek, barcha sport turlarida o'ziga xos yo'l bilan qo'llaniladi va zaruriyati, ehtiyoji tug'iladi. Sport sohasida kuchlilik asosan shtanga, kurash, boks, qo'l kuchini sinash, tosh (gir) ko'tarishda qo'llaniladi. Yuqorida ta'kidlangan sport turlarida mushaklarning tortish, cho'zish, itarish, urish, saqlab turish (shtanga) va h.k. harakatlari orqali amalga oshiriladi.Bunda har bir sport turining xususiyati, texnik-taktik jihatdan harakatlarni bajarishda sekin, tez va tez-kuch sifatlar ishlatiladi. Mushaklarning kuchi (dinomometriya, stanometriya) va harakat tezligi (sekundomer, komppyuter va h.k.) asosiy o'rinda turadi, ular maxsus asboblar orqali o'lchanadi. Harakat tezligi (suzish, yugurish, to'pni urish, tepish va h.k.) kuch bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ya'ni suzish, yugurish, to'pni darvozaga zarb-kuch bilan tepishda texnik-taktik harakatlar, tezlik va kuchlar bir-biri bilan bog'lanib ketadi.Turnikda qo'llarga osilib tortilishda kuch va bajarish usuli (texnik) o'zaro bog'liqdir. Ya'ni elka, bo'yin va boshini yuqoriga ko'tarishda tezlik, oyoqlarni to'g'ri tutgan holda oldinga ozroq ko'tarish qo'llarda tortilishiga qulaylik tuqdiradi. Demak, kuchli bo'lish uchun tezlik sifatlarni ham egallash lozim bo'ladi.Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda kuch ko'p ishlatiladi, to'la qopni (50-70 kg) ulovlarga (ot, eshak, mashina) ko'tarib ortish yoki uni tushirish. Bundan qo'llar, bel, oyoqlarda kuch bo'lishi lozim. Bu faoliyatni bajarish texnikasi ham turli xil bo'lishi mumkin. Ya'ni ikki qo'lda ko'tarish yoki quchoqlab olib ko'tarish; qishloq sharoitlarda kurash va ko'pkari (uloq) o'yinlarida "polvon" (kuchli) va chovondoz-polvon (yengil-kuchli) iboralari qadimdan buyon ishlatilib kelinadi. Bu fazilat va jismoniy sifatga (kuchli) ega bo'lish uchun ular ko'p yillar davomida mashqlar qiladi. Unda turli xil vositalar va usullardan foydalaniladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-993-997

XULOSA

Chidamlilik jismoniy sifati xulosalar natijalarining katta amaliy ahamiyati shundaki, bu fazilat jismoniy sifatga ega bo'lish uchun ular ko'p yillar davomida mashqlar qiladi. Unda turli xil vositalar va usullardan foydalaniladi.

REFERENCES

1. Nurmatov Farkhat Abdualimovich. Khudoiberganov Javlonbek Saotboy oglu. IMPROVING THE QUALITIES OF PHYSICAL ENDURANCE IN STUDENT YOUTH. Journal of Natural Remedies Vol. 21, No. 12(2), (2021) 2. Xudoyberganov J.S. Talaba yoshlarda jismoniy chidamlilik sifatlarini takomillashtirish. YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ СИСТЕМАСЫНДА АРАЛЫКТАН О^ЫТЫУДЬЩ ИНТЕГРАЦИЯСЫ"АТАМАСЫНДА ЭТКЕРИЛЕТУЕЫН ХАЛЫКАРАЛЫК ИЛИМИЙ-ТЕОРИЯЛЫК КОНФЕРЕНЦИЯ Нукус 2021 29-31 бетлар.

3. Xudoyberganov J.S. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri taraqqiyoting asosi. Актуалние визови современной науки сборник научних трудов 65-68 бетлар Украина 2020.

4.Xudoyberganov J.S. Kurashchilarning sport mahoratini oshirishda texnik harakatlarini va jismoniy sifatlarining o'rni. МуFаллим хам узликсиз билимлендириу 127- 130 бетлар Илмий методикалык журнал Нукус 2021 йил

5.Xudoyberganov J.S.THE IMPORTANCE OF DEVELOPING RESILIENCE IN STUDENTS. Academicia globe:inderciencse reachearch 115-119 betlar Issn 27761010 Volume 2, Issue 6, June, 2021 Indonezia 2021 yil iyun

6. Xudoyberganov J.S. Ознакомление молодёжи с воспитательным значением кураша. Internatinal Scientific Conference 122-126 бетлар Больгария 2020 йил

7. Xudoyberganov J.S. Kurashchilarning texnik-taktik mahoratini oshirish metodikasi. «Дене тэрбиясы хэм спортты Fалабалык рауажландырыу перспективалары: машкала хэм шешимлер» атамасындаFы республикалык онлайн илимий-эмелий конференция 137-139 бетлар Нукус 2020 йил

8.Журабоев А.Б. Худойберганов Ж.С Юсупбаева А.С СПОРТ МАШЕУЛОТЛАРИ - СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ ОМИЛИ СПОРТ МАШЕУЛОТЛАРИНИНГ ТАЙЁРГАРЛИК ДАВРИ. МуFаллим хам узликсиз билимлендириу 139- 143 бетлар Илмий методикалык журнал Нукус 2021 йил

9. Утепбергенов А.К. Шукруллаев Ж. М. PRELIMINARY STAGES OF DIDAKTIKS IN THE PROCESS OF AKMEOLOLOGIKAL APPROACH TO VOLLEYBALL SPORTS. 28-31. METHODICAL RESEARCH JOURNAL

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-993-997

10. Утепбергенов А.К, Шукруллаев Ж.М. Особенности акмеологического подхода и системы дидактического обоснования развития физических качеств у школьников средствами волейбольного. Экономика и социум №3(82) 2021.

11. Шукурллаев Ж.М. Укувчи ёшларни волейбол спорт турига танлаб олишнинг методик хусусиятлари. ACADEMIC RESEARCH in EDUCATIONAL SCIENCES. №.1. 2020 2-октябр.

12. Abdulaxatov A.R, Xudoyberganov.J.S Technique of improving the technical and tactical skills of national wrestlers. Asian Journals of Multidimensional Research 4447 бетлар .Yanvar 2020 йил. INDIA 2020

13.Адизов.Б.Р, Худойберганов, Абдулахатов А.Р, Ж.С,Юсупбаева. А.С.Мирахматов. The Practical State of Teachinng Physical Education in Higher Education Institutions. TEST Engineering & Management Америка Колифорния штати. Tom. 83: 628-631 бетлар May/Iyun 2020 йил

14. Abdulaxatov A.R, Xudoyberganov.J.S Wrestling sports is an invaluable education instrument. Монография журнали.Польша 2020 йил 28-31 бетлар

15. A.R Abdulaxatov, J.S Xudoyberganov Scientific and pedagogical ways to instill in students the national and universal values through "kurash". Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 2020

16. А.Р Абдулахатов, Ж.С Худойберганов, М.Э Курбонова Образовательный кластер-как ресурс инновационного развития региона. МуFаллим х,эм Yзликсиз билимлендириу, 2020

17. Sultonov A.I. Xudoyberganov J.S PHYSICAL QUALITIES AND THEIR ESSENCE. NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal 131-138- betlar INDIA 2021

18. Xudoyberganov J.S Activities in the Field of Physical Education. Activities in the Field of Physical Education 17-22- betlar Toshkent 2021.

19. Xudoyberganov J.S Yoshlarda jismoniy chidamlilik sifatlarini rivojlantirish. MAKTAB VA HAYOT 2021 йил 40-41- betlar Toshkent 2021

20. Xudoyberganov J.S Kurashchilarning sport mahoratini oshirishda texnik harakatlarini va jismoniy sifatlarining o'rni . МуFаллим хам узликсиз билимлендириу 127- 130 бетлар Илмий методикальщ журнал Нукус 2021 йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.