Научная статья на тему 'KORXONA, MUASSASA VA TASHKILOTLARDA SODIR ETILGAN O‘G‘IRLIK JINOYATI BO‘YICHA HODISA SODIR BO‘LGAN JOYNI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI'

KORXONA, MUASSASA VA TASHKILOTLARDA SODIR ETILGAN O‘G‘IRLIK JINOYATI BO‘YICHA HODISA SODIR BO‘LGAN JOYNI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘g‘irlik / hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish / korxona / muassasa / tashkilot / dalillar / isbot qilish

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nishonov Eldorjon Muzafar O‘g‘li

Maqolada korxona, muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilingan. Muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishgan holda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida dalillarni olish, qayd etish va tekshirishning taklif jihatlarini yoritib bergan. Muallif tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish isbotlashning samarali va ishonchli vositasi ekanligi, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘tkazish taktikasi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda korxona, muassasa va tashkilotlarning joylashgan joyi hamda o‘g‘irlik jinoyatining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KORXONA, MUASSASA VA TASHKILOTLARDA SODIR ETILGAN O‘G‘IRLIK JINOYATI BO‘YICHA HODISA SODIR BO‘LGAN JOYNI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI»

KORXONA, MUASSASA VA TASHKILOTLARDA SODIR ETILGAN O'G'IRLIK JINOYATI BO'YICHA HODISA SODIR BO'LGAN JOYNI KO'ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI

Nishonov Eldorjon Muzafar o'g'li mayor, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma'muriy-tashkiliy faoliyati fakulteti Ichki ishlar organlarining ma'muriy faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi, 100197, Toshkent shahri, Intizor ko'chasi, 68-

uy, E.mail: [email protected] Ilmiy mutaxassisligi: 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi. UO'K: 343.593:343.98.068, ORCID: 0009-0004-9898-653X https://doi.org/10.5281/zenodo.14762628

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 20th Janyary 2025 Accepted:26th January 2025 Published:29th January 2025 KEYWORDS

o'g'irlik, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, korxona, muassasa, tashkilot, dalillar, isbotqilish

Maqolada korxona, muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan o'g'irlik jinoyati bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish tergov harakatini o'tkazish taktikasi bo'yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilingan. Muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga J J kirishgan holda hodisa sodir bo'lgan joyni

ko'zdan kechirish jarayonida dalillarni olish, qayd etish va tekshirishning taklif jihatlarini yoritib bergan. Muallif tomonidan hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish isbotlashning samarali va ishonchli vositasi ekanligi, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda korxona, muassasa va tashkilotlarda o'tkazish taktikasi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishda korxona, muassasa va tashkilotlarning joylashgan joyi hamda o'g'irlik jinoyatining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan. O'g'irlik jinoyati bo'yicha kelib tushgan ariza, xabar va boshqa ma'lumotlar asosida hodisa sodir bo'lgan joyning o'z vaqtida va sifatli ko'zdan kechirilishi, uning qachon, qayerda va qanday sharoitlarda sodir etilganligini aniqlab olishga imkon beruvchi eng muhim tergov harakati hisoblanadi. Bu esa ish bo'yicha to'g'ri qaror qabul qilish va guvohlarni aniqlashga xizmat qiladi.

B.B.Murodovning fikricha, "hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish tergov harakati natijasida olingan ma'lumotlar shaxsning qilmishiga huquqiy baho berish hamda guvohlar va ishga oid boshqa ashyoviy dalillarning topilishida muhim ahamiyat kasb etadi"1.

1 Murodov B.B. Jinoyat ishini tugatish institutini takomillashtirish. y.f.d. (DSc) dissertatsiyasi. IIV Akademiyasi. -T., 2018. - 107-b.

Yuqoridagi fikrlarga qaramasdan huquqni qo'llash amaliyotida hodisa sodir bo'lgan joy aksariyat holatlarda ko'zdan kechirilmasdan qolmoqda. Bu ayniqsa, korxona, muassasa va tashkilotlarni sodir etilgan o'g'irlik jinoyati bo'yicha ko'p kuzatilmoqda.

Korxona, tashkilot va muassasalarni ko'zdan kechirishda ham O'zbekiston Respublikasi JPKning 135-141-moddalarida nazarda tutilgan ko'zdan kechirishning umumiy qoidalaridan foydalaniladi.

Ko'zdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotlarda o'tkazilsa ma'muriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o'tkazilsa qo'mondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni ko'zdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim2. Yana bir e'tiborli jihati shundaki, korxona, muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan o'g'irlik sodir etilganligi haqida ancha vaqt o'tganidan so'ng murojaat qilgan holatlarda yoki tergovga qadar tekshiruv o'tkazgan subyekt hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirmagan bo'lsa, surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borish vaqtida buni amalga oshirish muhimdir. Ayrim mualliflar o'g'irlik sodir etilganidan keyin ma'lum vaqt o'tgan bo'lsa, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishdan oldin jinoyat ishi qo'zg'atilishi, shuningdek jabrlanuvchi va guvohlar so'roq qilinishi lozim, deb hisoblab, quyidagi hollardan biri mavjud bo'lgandagina hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishni tavsiya etadi: o'g'irlik sodir etilgan joyning xususiyatlarini aniqlash zarur bo'lganda; hodisa sodir bo'lgan joyda yo'q qilinishi mumkin bo'lmagan izlar qolganda; o'g'irlik natijasida hodisa sodir bo'lgan joyga o'zgartirishlar kiritilganda (bino, panjara ta'mirlangan va boshqa) hollarda3.

Ushbu yondashuv kamchiliklardan holi yemasligi uchun unga to'liq qo'shilmaymiz va buni quyidagilar bilan to'ldirilishi lozim:

o'g'irlik sodir etilgan joy isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar qatoriga kiradi4 va uning izlarini aniqlash va olish dastlabki tergovning har tomonlama va to'liqligini ta'minlashga xizmat qiladi; o'g'irlik jinoyati bo'yicha tergovga qadar tekshiruv olib borayotgan subyekt hodisa sodir bo'lgan joyda yo'q qilinishi mumkin bo'lgan jinoyat izlari bor yoki yo'qligiga to'liq ishonch hosil qiladi hamda hodisa sodir bo'lgan joy to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi. Yuqoridagi vazifalarni to'g'ri hal etish uchun o'g'irlik jinoyati sodir etilgan holatdan kelib chiqqan holda yondashish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun surishtiruv yoki tergov olib borayotgan mansabdor shaxs o'g'irlik haqidagi ariza va xabarni tekshirishda birinchi navbatda, unda nima aks etganligiga; uni kelib tushish manbasiga; jinoyat sodir etilgan paytdan boshlab ariza va xabar kelib tushguniga qadar o'tgan vaqtni hisobga olishi zarur. Chunki, bir korxona, tashkilot va muassasalarda sodir etilgan o'g'irlik jinoyati boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda sodir etilgan o'g'irlik jinoyatida takrorlanmasligi mumkin yoki o'g'irlik sodir etish usullari har doim bir xil bo'lavermaydi.

Korxona, muassasa va tashkilotlarni ko'zdan kechirishda umumiy ko'zdan kechirish amalga oshiriladi. Bunda ushbu tergov harakatini olib boruvchi shaxs quyidagi tadbirlarni bajaradi: hodisa sodir bo'lgan joyni aylanib chiqib, hodisa bilan bog'liq obyektlarni aniqlaydi va olingan ma'lumotlar asosida sodir bo'lgan hodisa xususiyati haqida umumiy tasavvur hosil qiladi. Masalan, o'g'irlik sodir bo'lgan xonani ko'zdan kechirayotganda, surishtiruvchi va tergovchi ehtimoliy kirish joylarini (derazalar, kirish eshigi), xonalardagi tartibsizlikni tekshiradi.

2 O'zbekiston Respublikasi JPKning 139-moddasi 3-qismi. Elektron manba: https://lex.uz/acts/111460. Murojaat qilingan sana: 28.01.2025-yil

3 Овчаренко Е.И. Доказывание в досудебном производстве по уголовным делам о хулиганстве: Дис. ... канд. юрид. наук. М., 2004. С. 97-98.

4 Узбекистон Республикаси ЖПКнинг 81-моддаси. Elektron manba: https://lex.uz/acts/111460. Murojaat qilingan sana: 28.01.2025-yil

Deraza oynasilning olib tashlanganligi, xonalardagi shkaflarning ochilganligi, tortmalarning tortib chiqarilganligi, televizor turgan joyda simlarning tashlab ketilganligini aniqlaydi. Surishtiruvchi va tergovchi korxona, muassasa va tashkilotlarga o'g'irlik uchun kirilganligi, kirish deraza orqali amalga oshirilganligini taxmin qiladi;

ko'zdan kechirilishi lozim bo'lgan hudud chegaralarini belgilaydi, ularning atrofdagi hududga nisbatini aniqlaydi. Masalan, korxona binosidan o'g'irlik sodir etilganda nafaqat korxona hududida, balki uning bevosita yaqinida ham izlar mavjudligini aniqlaydi. Shu sababli korxona kiravershidagi avtomobil yo'liga va boshqa joylarga e'tibor qaratish zarurligini tushunadi; yog'ingarchilik ta'siridan, tasodifiy yoki qasddan buzilishidan, yo'q qilinishi mumkin bo'lgan izlarning himoya qilinishini aniqlaydi. Masalan, korxona yaqinida topilgan transport vositasining g'ildirak izlari darhol gips qolip tayyorlash yoki fotosuratga olish orqali qayd etilishi kerak;

hodisa sodir bo'lgan joyda jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan qoldirilgan izlar (narsalar) aniqlangan taqdirda, jinoyat sodir etgan shaxsni, jinoyat qurollarini va sodir etilgan qilmish holatlarini aniqlashda ahamiyatli bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa narsalarni topish maqsadida qidiruv itini qo'llash to'g'risida qaror qabul qiladi5;

asoslar mavjud bo'lganda tezkor xodimlarga jinoyat sodir etgan shaxsni ta'qib qilish bo'yicha topshiriq beradi. Bunday asosga misol qilib, tergov-tezkor guruhining hodisa joyiga kelgan paytda jinoyat sodir etgan shaxs devordan oshib o'tib qochishga urinayotganini keltirish mumkin;

hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning boshlang'ich nuqtasini va usulini, yo'naltiruv hamda umumiy fotosuratga olish kerak bo'lgan joylarni tanlaydi. Odatda, hodisa joyida video yoki fotosuratga olishni ekspert-kriminalist amalga oshiradi, tergovchi (surishtiruvchi) esa nima qayd etilishi kerakligini belgilaydi.

Ko'rsatilgan harakatlar bajarilgandan so'ng, ko'zdan kechiruvchi shaxs ushbu tergov harakatining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda hodisa sodir bo'lgan joy vaziyatiga oid barcha masalalarni o'rganadi: hodisa joyidagi predmetlarning o'zaro joylashuvi va aloqasini aniqlaydi, ularning tashqi ko'rinishi va holatini tekshiradi, aniqlangan barcha narsalarni foto yoki video tasvirga olish, rejalar, chizmalar yordamida batafsil qayd etadi, ko'zdan kechirish bayonnomasiga zarur yozuvlarni kiritadi.

Umumiy ko'zdan kechirish davomida uni o'tkazayotgan shaxs statik usulni qo'llaydi. Bu usulning mohiyati predmetlarning dastlabki holatini o'zgartirmasdan ko'zdan kechirishdan iborat. Ushbu usul hodisa joyidagi vaziyatning asl, o'zgartirilmagan holatda qayd etilishini ta'minlaydi6.

Umumiy ko'zdan kechirish bosqichi har qanday turdagi hodisa sodir bo'lgan joyni tekshirish uchun standart hisoblanadi, u aynan ko'rsatilgan tartibda va usulda amalga oshiriladi. Umumiy ko'zdan kechirishni o'tkazish jarayonidagi asosiy xatolar ko'zdan kechirish joyining noto'g'ri chegaralarini belgilashdir. Bu chegaralar asossiz ravishda toraytirilganda, bir qator izlar yoki predmetlar tergovni olib boruvchi shaxsning e'tiboridan chetda qoladi. Bu esa, o'z navbatida, jinoyat ishi bo'yicha dalillar bazasining yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Bunday xatolarning oldini olish uchun hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirayotgan shaxslarga uning chegaralarini imkon qadar kengaytirishni tavsiya etish maqsadga muvofiq. Bu vaziyatda «qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi» tamoyili bo'yicha harakat qilish mumkin. Bir tomondan, katta hududni ko'zdan kechirishga ko'p vaqt va kuch sarflanadi. Biroq ikkinchi tomondan, muhim dalillarni olish imkoniyati barcha sarflangan kuch va vositalarni oqlaydi. Umumiy ko'zdan kechirishni tugatgach, ushbu tergov harakatini amalga oshirayotgan shaxs batafsil ko'zdan kechirishga o'tadi. Bunda hodisa sodir bo'lgan joydagi barcha ob'ektlar

5 Криминалистика. Учебник для бакалавров. 2-е изд./Под ред. А.Г. Филлипова. М.: Юрайт. 2015. С. 205.

6 Круглова, А.А. Осмотр места происшествия по делам о грабежах и разбойных нападениях //Вестник ВосточноСибирского института. - 2014. - № 1. - С. 3.

tekshiriladi. Batafsil ko'zdan kechirishning mohiyati har bir ob'ektni hodisa joyida sinchkovlik bilan va batafsil o'rganishdan, biror-bir ob'ektning muhim belgisini o'tkazib yubormaslikdan iborat.

Hodisa sodir bo'lgan joyni batafsil ko'zdan kechirish jarayonida ko'pincha dinamik usul qo'llaniladi. Bunda ko'zdan kechirayotgan shaxs turli predmetlarning holatini o'zgartiradi. Bunday o'zgartirish predmetlarni siljitish, ko'chirish, ag'darish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Ko'rsatilgan harakatlar qo'l barmoqlari izlarini, mato tolalarini, mikrozarrachalarni aniqlash uchun bajariladi.

Ushbu usulni qo'llashda izlarni qayd etish va olishning turli texnik vositalaridan foydalaniladi (daktiloskopik kukun, cho'tka, daktiloskopikplyonkalar).

Shuningdek, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishda sun'iy koordinatalar usulidan foydalanish mumkin. Buning mohiyati shundaki, tergovchi buyumlar, narsalar, izlar va boshqalar topilgan joylarda ma'lumotnomalar tuzadi. Tergovchi ma'lumotnomada aynan nimani, qayerda va qachon aniqlaganligni qayd etadi. Bunday usul parchalangan narsa va buyumlar topilgan taqdirda, hodisa joyini ko'zdan kechirishda ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Ushbu usul ko'zdan kechirish uchun emas, balki keyingi tergov tajribasi yoki ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish uchun muhimdir. Ular yordamida tergov harakatlari natijalarining ishonchliligi tekshiriladi.

Agar qidiruv qatnashchilaridan birortasi tekshirilayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan predmetlar yoki izlarni topsa, bu predmetlar va izlar tergovchi (surishtiruvchi) xolislar bilan, zarur hollarda esa ekspert-kriminalist bilan birga yetib kelmaguncha va ularning turgan joyini qayd etmaguncha ko'chirilmasligi kerak.

Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishda izlarni aniqlanmasligining yana bir sabablaridan biri bu, uni amalga oshirish tezligi va sifatining maqbul uyg'unligining ta'minlanmayotganligidir. Bir tomondan, o'g'irlik sodir etiladigan tipik joylarning o'ziga xos xususiyatlari aksariyat holatlarda ko'zdan kechirishni imkon qadar tezroq o'tkazishni talab qiladi: aks holda, korxona, muassasa va tashkilotning normal ish rejimi buzilishini, shuningdek dalillarni yo'qotish yehtimolini kamaytiradi. Ikkinchi tomondan, ko'rsatilgan holatlarning "bosimi" ostida, hodisa joyini ko'zdan kechirishning sifati va uning to'liq bajarilishini ta'minlamasdan, uni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilinib, rasmiyatchilik uchungina ko'zdan kechirilishidir.

Fikrimizcha, o'g'irlik jinoyati bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish tezligi va sifatining optimal muqobilligini ta'minlashga quyidagilar xizmat qilishi mumkin: Korxona, muassasa va tashkilot vakilining ko'zdan kechirish o'tkazishda ishtirok yetishi maqsadga muvofiqdir. Mazkur taktik harakat hodisa sodir bo'lgan joy va uning chegaralarini, shuningdek obyektlarni tez va sifatli aniqlashga yordam beradi;

hodisa sodir bo'lgan joydagi izlarni qidirish, aniqlash va olib qo'yishning texnik vositalaridan (ultrabinafsha va oddiy yoritqichlar, metall detektorlar, magnitli qidiruv liftlari va boshqalar) faol va mohirona foydalanish zarur;

hodisa sodir bo'lgan joydagi vaziyatni, unga kelish va yashirinish yo'nalishlarini, shuningdek unda ishtirok etgan jabrlanuvchi yoki guvohning harakatlarini vizual, hajmli, obrazli va harakatda tasvirga olish kelgusida ish holatlariga to'g'ri huquqiy baho berish hamda tergov tusmollarini tuzish imkonini beradi.

Tadqiqot davomida huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish natijasida o'g'irlik jinoyati bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishda eng ko'p uchraydigan xato va kamchiliklar quyidagilar ekanligini aniqladik:

mutaxassis bo'lmagan shaxs tomonidan uyali aloqa vositasi yordamida sifatsiz foto suratga yoki videoyozuvga olish;

olib qo'yilgan daliliy ashyoning individual belgilarini, ularda tashqi izlarning mavjudligi va qadoqlash usuli kabi boshqa ma'lumotlarni hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish bayonnomasida aks ettirmaslik;

hodisa sodir bo'lgan joyning rejasi va sxemalarining yo'qligi, ularda izlarni va boshqa moddiy obyektlarni aniqlash joylarini ("nuqtalarini") ko'rsatmaslik;

ko'zdan kechirish chegaralarini asossiz ravishda toraytirish, o'g'irlik jinoyatini sodir etgan shaxsning hodisa sodir bo'lgan joyga kelish va yashirinish yo'nalishlarini ko'zdan kechirmaslik;

korxona, tashkilot va muassasa vakillari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni bayonnomaga kiritish.

Shunday qilib, hodisa sodir bo'lgan joyni batafsil ko'zdan kechirib, tergovchi turli usul va uslublarni qo'llashi mumkin. Ularning barchasi jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan turli xil izlar va predmetlarni topish, qayd etish va olib qo'yishdan iborat. Hodisa sodir bo'lgan joydagi barcha buyumlarni yetarli darajada batafsil va diqqat bilan ko'rib chiqmaslik eng keng tarqalgan xatolardan biridir. Buning natijasida muhim izlar topilmasligi mumkin. Bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik maqsadida hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirayotgan shaxs hodisa sodir bo'lgan joyda turgan har bir mayda detalga, har bir buyumga e'tibor qaratishi shart. Bunda hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish tergov-tezkor guruhining barcha a'zolari jinoyatning barcha mumkin bo'lgan izlarini aniqlash va olib tashlash maqsadida kelishilgan holda harakat qilgan taqdirdagina samarali hisoblanadi.

Hodisa sodir bo'lgan joyni korxona, muassasa va tashkilotlarni ko'zdan kechirishni amalga oshirishdagi muammolardan yana biri ushbu tergov harakatini amalga oshiruvchi shaxsning vakolatlari doirasini belgilashdir. Huquqni qo'llash amaliyotida ko'pincha qaysi holatda hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, qaysi holatda esa tintuv o'tkazish talab etiladi, degan savol tug'iladi. Ushbu tergov harakatlarining o'xshashligi shundaki, ularning ikkalasi deyarli bir-biridan farq qilmaydigan usullar yordamida amalga oshiriladi. Tintuv va hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishning o'zaro farqi haqida gapirar ekanmiz, shuni ta'kidlash kerakki, bu masalada yagona tushuncha mavjud emas. Huquqni qo'llash amaliyotida tintuv va ko'zdan kechirishni farqlash tekshirilayotgan obyektlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarga qarab amalga oshiriladigan vaziyatlar uchraydi. P.A.Savin «shkaflar va boshqa omborlarning ichini ko'zdan kechirishni o'z ichiga olgan hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish noqonuniy (hatto qulflanmagan ob'ektlar tekshirilgan hollarda ham) ekanligini ta'kidlagan7.

Fikrimizcha, ushbu fikrga quyidagi sabablarga ko'ra qo'shilmaymiz. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 139-moddasi ikkinchi qismida "fuqaroning uyi yoki xizmat joyini ko'zdan kechirish zarurati bo'lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi ko'zdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi" deb ko'rsatilgan. Ushbu asosga ko'ra, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishni noqonuniy deb topib bo'lmaydi.

Kriminalistika nazariyasida batafsil ko'zdan kechirish bosqichida hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish jarayonida dinamik usuldan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu usul ko'zdan kechirilayotgan predmetlarni ag'darish, ochish, qismlarga ajratishni, ya'ni ob'ektlarning ichki qismlarini tekshirishni nazarda tutadi8. Ayni mazkur fikrlar bizning nuqtai nazarimizni tasdiqlaydi.

Tintuvning hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishdan farqlari orasida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

tintuvdan farqli o'laroq, ko'zdan kechirish faqat jinoyat izlarini yashirish xavfi mavjud bo'lmaganda o'tkaziladi. Chunki ushbu tergov harakati kechiktirib bo'lmaydigan va jinoiy sud

7 Савин, П.А. Отдельные аспекты применения следователем психологических знаний при проведении следственных действий // Вестник ЮУрГУ. Серия «Право». - 2013. - т. 13. - № 3. - С. 110.

8 Коваленко, А. Г. Комментарий к Уголовно-процессуальному кодексу РФ. М.: Эксмо, 2013. С. 192.

ishlarini yuritish ishtirokchilari hali o'zlariga tahdid borligini taxmin qilishmaydi va qidirilayotgan narsani yashirish choralarini ko'rishmaydi. Shu bilan birga, tintuv o'tkazishda bunday xavf har doim avvaldan mavjud bo'ladi;

ko'zdan kechirish tintuvga qaraganda fuqarolarning manfaatlarini ancha kamroq cheklaydi, Chunki u mohiyatan erkin kirish imkoniyati mavjud bo'lgan ob'ektlarni kuzatishdan iborat bo'lib, ularning egalarining xohishiga qarshi binolar va omborlarni ochish kabi majburiy qidiruv harakatlarini amalga oshirish zarurati mavjud emas. Shu bilan birga, tintuv o'tkazishda, O'zbekiston Respublikasi JPKning 161-moddasi 5-qismiga muvofiq, agar egasi ularni ixtiyoriy ravishda ochishni rad etsa, har qanday omborlar va xonalar majburan ochilishi mumkin;

hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirishdan ko'zlangan maqsad tintuv maqsadlaridan ancha keng. Chunki, ko'zdan kechirish hodisa sodir bo'lgan joy, hudud, turar joy va shu kabilarni batafsil tekshirish va qayd etishni nazarda tutadi, tintuvning maqsadi esa izlanayotgan narsani topish va olib qo'yishdan iborat. Shuni ta'kidlash kerakki, turar joyni majburiy ko'zdan kechirish va turar joyda tintuv o'tkazish o'rtasidagi chegara eng nozik hisoblanadi. Ko'rib chiqilayotgan tergov harakatlarining o'xshashligi shundaki, ularning ikkalasi ham majburiy bo'lib, shaxsning turar joy daxlsizligiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqi buzilishiga tahdid soladi. Shu munosabat bilan, amaldagi jinoyat-protsessual qonuni talablariga muvofiq, ular faqat sud qarori bo'yicha yoki sud qarorisiz kechiktirilmasdan o'tkazilishi mumkin. Lekin keyinchalik qonuniy yoki noqonuniy deb topish maqsadida ushbu tergov harakatlari o'tkazilganligi to'g'risida sudni xabardor qilish shart.

Agar korxona, tashkilo va muassasalar xodimlari tomonidan jinoyat izlari yashirilishi mumkin deb taxmin qilish uchun haqiqiy asoslar mavjud bo'lsa ko'rsatilgan faktlar tintuv o'tkazish uchun asos bo'ladi.

Shunday qilib, olimlarning korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat tintuv paytida kirish mumkin, degan pozitsiyasi noto'g'ri degan xulosaga kelishimizga asos bo'ladi. Buning sababi shundaki, tintuvning maqsadi jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan ashyolarni topish va olib qo'yishdan iborat bo'lsa, hodisa joyini ko'zdan kechirishdan maqsad jinoyat izlarini topish, ularni qayd etish, zarur hollarda esa ushbu izlarni olib qo'yishdan iborat.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Murodov B.B. Jinoyat ishini tugatish institutini takomillashtirish. y.f.d. (DSc) dissertatsiyasi. IIV Akademiyasi. -T., 2018. - 107-b.

2. O'zbekiston Respublikasi JPKning 139-moddasi 3-qismi. Elektron manba: https://lex.uz/acts/111460. Murojaat qilingan sana: 28.01.2025-yil

3. OB4apeHKo Е.И. Дoкaзывaние в досудебном производстве по уголовным делaм о хули^нстве: Дис.... ганд. юрид. HayK. М., 2004. С. 97-98.

4. O'zbekiston Respublikasi JPKning 81-moddasi. Elektron manba: https://lex.uz/acts/111460. Murojaat qilingan sana: 28.01.2025-yil

5. Криминaлистикa. Учебник для бaкaлaврoв. 2-е изд./Под ред. А.Г. Филлипoвa. М.: К^йт. 2015. С. 205.

6. Круглoвa, А.А. Осмотр мест^ происшествия по делaм о грaбежaх и рaзбoйных нaпaдениях //Вестник Восточно- Сибирского институтa. - 2014. - № 1. - С. 3.

7. Сaвин, П.А. Отдельные aспекты применения следoвaтелем психологических зтаний при проведении следственных действий // Вестник ЮУрГУ. Серия «Прaвo». - 2013. - т. 13. -№ 3.-С. 110.

8. Кoвaленкo, А. Г. Коммеш^рий к Угoлoвнo-прoцессуaльнoму кодексу РФ. М.: Эксмо, 2013. С. 192.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.