KO'RSATUVLARNI HODISA SODIR BO'LGAN JOYDA TEKSHIRISH TERGOV HARAKATINI VIDEOYOZUV ORQALI O'TKAZISHNING O'ZIGA
XOS HUSUSIYATLARI
Muslimbek Akmal o'g'li Anvarov
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Tergov faoliyati" yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amalga oshirayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatlarni aniqlash, tez-to'la va samarali ochishda tergov sohaviy xizmatlariga ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakatini videoyozuv orqali o'tkazishning o'ziga xos hususiyatlarining muhim jihatlariga to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakati, jinoyat, videoyozuv vositalari, metall detektorlar, ultrabinafsha nurlarining ko'chma manbalari, dalillar maqbulligi, isbotlash jarayoni.
АННОТАЦИЯ
В борьбе с преступностью, осуществляемой правоохранительными органами, в раскрытии преступлений, в быстром и эффективном открытии следственных служб проверка указаний на месте происшествия насыщена важными аспектами особенностей проведения Проведено расследование посредством видеозаписи.
Ключевые слова: исследование доказательств на месте происшествия, преступление, видеофиксирующая техника, металлодетекторы, портативные источники ультрафиолетовых лучей, допустимость доказательств, доказывающий процесс.
ABSTRACT
In the fight against crime carried out by law enforcement agencies, in the detection of crimes, in the rapid and efficient opening of investigative services, the verification of the instructions at the scene of the incident is full of important aspects of the specific features of conducting the investigation by video recording, has been passed.
Keywords: investigation of evidence at the scene of the incident, crime, video recording equipment, metal detectors, portable sources of ultraviolet rays, admissibility of evidence, evidentiary process.
876
April 24, 2024
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^^zbekjStan^jlliy^niViiSiieii
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amaldagi qonun hujjatlarining samarasini yanada oshirishga katta e'tibor berilmoqda. Yurtimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida dastlabki tergovda fan-texnika vositalaridan o'z vaqtida va to'g'ri foydalanish tergovchi faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amalga oshirayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatlarni aniqlash, tez-to'la va samarali ochishda tergov sohaviy xizmatlarida kriminalistik vositalarning, shuningdek, ilg'or tajriba yutuqlarining keng qo'llanilishiga erishish zarurligi ta'kidlanadi.
Ma'lumki, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakati sud-huquq amaliyotida keng qo'llaniladigan tergov harakatlaridan biri bo'lib, ushbu tergov harakatini isbotlash jarayonida qo'llash orqali dalillar to'plash ancha samarali natija beradi, tergov amaliyotida mazkur tergov harakati qasddan odam o'ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o'g'rilik va shu kabi bir qator jinoyatlar bo'yicha ish yuritish davomida keng qo'llaniladi.
Tergovchi tomonidan ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakatini to'g'ri rasmiylashtirilishining muhimligi shundaki, jinoyat protsessual kodeksi talablari buzilgan holda olingan dalill JPKning 951-moddasiga ko'ra dalillarning maqbul emasligiga sabab bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi JPKning 91-moddasi 3-qism 3-bandida ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakatini videoyozuv orqali o'tkazishning shartligi belgilab qo'yilgan. Ammo ushbu tergov harakatini o'tkazishda ba'zi kamchiliklarga ham yo'l qo'yilmoqda. Bularga ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishning o'z vaqtida o'tkazilmasligi, bu esa ish uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarning yo'qolishiga yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Natijada o'tkazilgan ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish samaradorligi pasayib ketadi[1]. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida ko'rsatuvlar olingandan so'ng ularni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish ishni yuritayotgan tergovchilar tomonidan babzan nomiga olingan ko'rsatuvlarni qanchalik haqiqatga mosligini tekshirish maqsadidagina o'tkaziladi. Bu esa ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish tergov harakati orqali erishish mumkin bo'lgan natijalarni subbektiv ravishda pasaytiradi.
Ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishning o'ziga xos hususiyatlariga va undan kutilayotgan natijalarga qarab, tergovchi zarur ilmiy-texnik vositalarni oldindan tanlaydi, ularning holati va ishga tayyorgarligini tekshiradi (masalan, video jihozlar, lenta, o'lchash asboblari, kompas, izlar bilan ishlash vositalari va boshqalar). Zarur bo'lganda, metall detektorlar, ultrabinafsha nurlarining
April 24, 2024
877
ko'chma manbalari, jasadlarni aniqlash moslamasi to'siqlarni va harakatlarni yengib o'tish uchun turli hil yordamchi qurilmalar, joyida topilgan narsalarni qadoqlash va tashish uchun materiallarni belgilaydi.
Ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish va aniqlashtirishni qayd etish fototasvirga tushirish, videoga olish, ovoz yozish uskunalarini ishlatish, reja va sxemalarni tuzishdan iborat. Videoyozuv ko'rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning qaysi yo'nalishda qaysi yo'llar orqali hodisa joyiga borganligi, qanday harakatlarni amalga oshirganligi, hodisa joyidagi va aniqlangan obbektlarning holatini tasavvur etishda yordam beradi. Videoyozuvda ko'rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning qayerda bo'lganligidan tashqari, uni tegishli joyga qaratgan qo'li hamda yo'nalish harakati bo'yicha muayyan oriyentirlarni ko'rsatishi va joyida amalga oshiriladigan harakatlarning tasvir aniq ifoda etilishi kerak.
Tasvirga olish ko'rsatuvlari tekshiriladigan shaxsning yonboshidan yoki orqasidan amalga oshiriladi. Ko'rsatuvlari tekshiriladigan shaxsni oldidan qayd qilish mumkin emas, chunki bu holda ko'rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga uning yurish bevosita o'zimiz ko'rsatib berishga sababchi sifatida xizmat qilamiz, bu esa mumkin emas.
Agar harakat yo'nalishi bo'yicha tushuntirishlar olish yoki boshqa maqsadlarda to'xtash lozim bo'lsa, videoyozuv to'xtatiladi. To'xtashlaring boshlanish va tugash vaqti qaysi vaqtda va qayerda, qanday sabablarga ko'ra to'xtalganligi videoyozuv va bayonnomada qayd qilib o'tilishi kerak.
Videoyozuv yordamida ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishda, bu joy turli tomonlardan (burchaklardan) va masofalardan olinadigan tasvirga ega bo'lishi tavsiya etiladi, chunki bu odam ko'rgan narsani idrok etishga tabsir qilishi mumkin. Videoyozuv yordamida ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishni rejalashtirayotganda, tergovchi tayyorgarlik ko'rishi lozim bo'lgan holatlar:
-videoyozuv uzluksiz bo'ladimi yoki uni to'xtatib turish kerakmi va qaysi daqiqalarda to'xtatiladi;
-tergovchining videokamerani yoqish va o'chirishdagi nutqi (tergov harakatining boshida va ohirida, shuningdek videoyozuv to'xtatilganda oraliq nutqlarda)
-ko'rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning, mutaxassisning, holislarning va tergov harakatining boshqa ishtirokchilarining nisbiy pozitsiyasi: kamida ikki nafar holislar videoyozuvga ko'rinishi va ko'rsatuvi tekshirilayotgan shaxs oldida bo'lishi lozim.
Ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishning videoyozuvi gumon qilinuvchining (ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi) barcha harakatlari va
April 24, 2024
878
ko'rsatmalarini, shuningdek, uning psixologik holatini (bu muhim) qayd etish imkonini beradi. Bundan tashqari, videoyozuv paytida ushbu tergov harakatining majburiy ishtirokchilari (xolislar, himoyachi) mavjudligini vizual tarzda ko'rsatish mumkin. Shu tarzda videoyozuvdan foydalanish uning daliliy qiymatini oshiradi[2].
Tergovchi yoki mutaxassis tergovchining ko'rsatmasi bo'yicha olingan fotosuratlardan fotosuratlar jadvalini tuzadi, bu erda fotosuratlar xronologik tartibda joylashtirilishi kerak. Fotosuratlar ostiga ketma-ket raqamlar qo'yiladi va tushuntirish yozuvlari kiritiladi.
Agar fotosuratlarda qayd etilgan harakatlar o'rtasida sezilarli vaqt o'tgan bo'lsa, tushuntirish yozuvlarida ushbu harakatlarning vaqtini ko'rsatish tavsiya etiladi. Tushuntirish yozuvlarida guvohlikni tekshirish sanasi har qanday holatda ham ko'rsatilishi kerak. Agar fotosuratlar avtomatik ravishda suratga olish sanasi va vaqtini yozib qo'ysa, ular tushuntirish yozuvlarida aks ettirilmasligi kerak.
Agar ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirishda videoyozuvdan foydalanishining iloji bo'lmasa, guvohlikni joyida tekshirishning eng to'liq rasmini bir vaqtning o'zida suratga olish, audio yozish va diagrammalarni tuzish yordamida olish mumkin. Audioyozuv va fotografiya, audioyozuv va diagramma, fotosurat va diagrammaning kombinatsiyasi ham yaxshi ishlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, tergov harakatining borishi va natijalarini qayd etishning qo'shimcha vositalarining bunday kombinatsiyasi yaxshi natijalarga olib kelsa ham, mashaqqatli va ancha vaqt talab etadi[3].
REFERENCES:
1. Sharafutdinov A.O. "Dastlabki tergov faoliyatining strategik yщnalishlari". X,yKyK-npaBO-Law,2005.
2. Mirazov D.M. "Jinoyat sodir etilgan shaoitni tiklash-jinoyat ishi bo'yicha dalillarning muhim manbai. Тошкент, 1997.
3. Александров С. А. Содержание системы развития уголовно-правовых гарантий. -Горький, 1974.
879
April 24, 2024